Buxoro davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi(ma'naviyat asoslari)
Dastur haqida
70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) magistratura mutaxassisligi malaka talabining qoMlanilishi.
Malaka talabi 70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi
Malaka talabning asosiy foydalanuvchilari:
-mazkur magistratura mutaxassisligi bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul - oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari;
-magistrtura mutaxassisligining o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari;
-o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari);
-bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;
-oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
-oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
-ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklaridan birini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo‘lgan bakalavrlar va boshqa manfaatdorlar.
70112101-ljtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi
(ma’naviyat asoslari) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi
70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) mutaxassisligi bo‘yicha bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari:
70112101 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) magistratura mutaxassisligi - qo‘shimcha ravishda oliy ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
O'xshash dasturlar
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Arxeologiya
14 718 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Lingvistika (ingliz tili)
23 000 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Lingvistika (arab tili)
23 000 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Tarix
20 000 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy ish
19 023 920 so'm
yiliga
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Lingvistika: xitoy tili
20 000 000 so'm
yiliga