WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat pedagogika instituti

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi(ma'naviyat asoslari)

Magistr Kunduzgi 1 yil

Dastur haqida

asoslari) magistratura mutaxassisligi malaka talabining qo’llanilishi.
Malaka talabi 70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi
1.1.2.    Malaka talabning asosiy foydalanuvchilari:
-mazkur magistratura mutaxassisligi bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul - oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari;
-magistrtura mutaxassisligining o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari;
-o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari);
-bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;
-oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
-oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
-ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklaridan birini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo‘lgan bakalavrlar va boshqa manfaatdorlar.
1.1.    70112101-ljtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi
(ma’naviyat asoslari) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi
1.2.1.    70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) mutaxassisligi bo‘yicha bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari:
70112101 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) magistratura mutaxassisligi - qo‘shimcha ravishda oliy ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
 

O'xshash dasturlar