WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Termiz davlat pedagogika instituti

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

  “Tarix fanlari” kafedrasi 2021-yil iyul oyida tashkil etilgan. Tarix, sport va san’at fakulteti tarkibida bo‘lib, PhD. Isayev Oybek Ahmed o‘g‘li boshchiligida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada mustahkam shakllangan ilmiy an’analari, xususan, respublikaning nufuzli nashrlarida muntazam tarzda ilmiy maqolalar bilan qatnashish, yirik hajmdagi ilmiy tadqiqot ishlarini (doktorlik dissertatsiyalari, monografiya va ilmiy risolalar,o‘quv qo‘llanmalar) bajarish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy anjumanlar tashkil qilish va qatnashish, respublika va xorijdagi ilmiy muassasa va jamiyatlar bilan aloqa o‘rnatish va mavjud aloqalarni mustahkamlash kabi faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada 12 nafar professor – o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi, shundan asosiy shtatda 6 nafar, o‘rindoshlik asosida 6 nafarini tashkil etadi. Professor – o‘qituvchilardan 3 ta fan doktori professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar o‘qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 50 % ni tashkil etadi.

 

O'xshash dasturlar