Dastur haqida
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi
70510102 – Mikrobiologiya magistratura mutaxassisligi mikroorganizmlarning tuzilishi, hayot faoliyati, genetikasi va biologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish, ulardan qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot va ekologiya sohalarida samarali foydalanish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Mutaxassislik mikrobiologik jarayonlarni tadqiq etish, biotexnologik ishlanmalarni yaratish va ilmiy izlanishlar olib borishni qamrab oladi.
Tarkib va o‘quv rejasi
Ta’lim jarayonida magistrantlar:
- Zamonaviy mikrobiologiya;
- Mikrobiologik genetika;
- Molekulyar biologiya;
- Tibbiy mikrobiologiya;
- Sanoat mikrobiologiyasi;
- Qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasi;
- Mikrobiologik tahlil usullari;
- Biotexnologiya asoslari;
- Mikrobiologik ekologiya;
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi;
- Akademik yozuv;
- Ilmiy-pedagogik faoliyat
yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.
Dasturni o‘rganish natijalari
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan magistr:
- mikroorganizmlarni ajratish, identifikatsiya qilish va tahlil etish;
- mikrobiologik tadqiqotlarni tashkil etish va olib borish;
- biotexnologik jarayonlarda mikroorganizmlardan foydalanish;
- mikrobiologik xavfsizlik va nazorat tadbirlarini amalga oshirish;
- ilmiy loyihalar va laboratoriya ishlanmalarini ishlab chiqish;
- oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritish
ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Karyera imkoniyatlari
Mutaxassislik bitiruvchilari:
- mikrobiolog-tadqiqotchi;
- biotexnolog;
- laboratoriya mutaxassisi;
- sanitariya va epidemiologiya tizimi xodimi;
- farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati mutaxassisi;
- oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchisi;
- ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari xodimi
sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
O'xshash dasturlar
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Fizika
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Geografiya
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ekologiya
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Geodeziya va geoinformatika (magistratura)
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
19 023 920 so'm
yiliga