WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Termiz davlat pedagogika instituti

Musiqa ta’limi va san’at

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

1.2.1. 60111300-Musiqa ta'limi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

- umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda musiqa madaniyati fani o'qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

- o'rta maxsus va professional ta'limda musiqa madaniyati fan oʻqituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

- O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shugʻullanish;

-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

- umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

1.2.2. 60111300- Musiqa ta'limi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:

- umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida;

- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

- davlat boshqaruv organlari, oʻrta, oʻrta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;

60111300-Musiqa ta'limi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari o'qishni tamomlagandan soʻng, maktabgacha ta'lim, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida musiqa fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, ta'lim sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni; ta'limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish huquqiga ega boʻladi

 

O'xshash dasturlar