WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60112100 ─ Milliy go‘ya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
60112100 ─ Milliy go‘ya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ─ fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Milliy go‘ya, ma’naviyat asoslari va huquq sohasi bo‘yicha fan, jismoniy shaxslar murojaatlari va kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalariga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
60112100 ─ Milliy go‘ya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng: umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida huquq, milliy go‘ya fanlaridan dars berish, tashkilot va muassasalar tizimida yoshlar masalalari bo‘yicha yetakchi, metodist, ichki ishlar organlari hodimi va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash, yuridik yo‘nalishdagi ilmiy ─ tadqiqot tashkilotlarida ilmiy faoliyat olib borish, ishlab chiqarish sohasida targibotchi, ma’naviyat va ma’rifat markazlarida targ‘ibotchi vazifasida faoliyat olib borish, turli tadbirkorlik subyektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda targ‘ibotchi, siyosiy partiyalarda tadqiqotchi ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, dasturiy ta’minot, axborot ─ kommunikatsiya texnologiyasi sohasida mutaxassis bo‘lib ishlash kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

O'xshash dasturlar