WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Termiz davlat pedagogika instituti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

1.2.1. 60112100-Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

-umumiy oʻrta ta'lim maktab oʻqituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda huquq ta'limi fani o'qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

-o'rta maxsus va professional ta'limda huquq fani oʻqituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

 

-O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish;

umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

-umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

1.2.2. 60112100-Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:

- umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida;

- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda; Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;

-davlat boshqaruv organlari, oʻrta, oʻrta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;

60112100-Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari o'qishni tamomlagandan so'ng, umumiy oʻrta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, tarix muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega boʻladi.

O'xshash dasturlar