WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Rangtasvir: mahobatli rangtasvir

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Rangtasvir: mahobatli rangtasvir ta`lim yo‘nalishi – arxitektura va rangtasvir san`ati sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, ijodiy va estetik kategoriyalar asosida devoriy rasm, mozayka, sgrafitto, vitraj, rangli suvoq inkrustatsiyasi kabi vositalaridan foydalnib arxitektura muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan loyihalashni o‘z ichiga oladi. Mahobatli rangtasvirning maqsadi arxitektura elementlari bilan uzviy ravishda mahobatli rangtasvir texnikalari turlarida bezash uyg‘unligi hisoblanadi. 

– Mahobatli rangtasvir sohasida arxitektura inshoatlarining interyer va yeksteryerlarda turli xil badiiy vositalarda – devoriy rasm, mozaika, straffito, vitraj asarlarini yaratish;

– mahobatli rangtasvirni loyihalash va bino muhitini tashkil qilish, ularni amaliyotga kiritish hamda bezash;

– tasviriy san`atning umumiy tarixi, san`at tarixi, taniqli jaxon va O‘zbekiston mahobatli rangtasvir san`ati rassomlar ijodini va tasviriy san`atning yo‘nalishlarini bilish;

– badiiy akademik maktab qonunlarini, plastik anatomiya, perspektiva va tasviriy sanat tushunchalari va ashyolarini bilish;

– jonli va jonsiz obektlarning (natura) badiiy chizmasini chizish va rangda yozish, mavzuga oid monumental kompozitsiyalar tuzish va turli monumental texnologiyalarida ijrosini amalga oshirish, asarning badiiy yechimini ishlab chiqish, tahlil qilish ko‘nikmalariga va badiiy didga ega bo‘lish.

O'xshash dasturlar