Termiz davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi
Dastur haqida
1.2.1. 60110300- Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida (davlat va nodavlat), "Mehribonlik uylarida psixolog" kasb standartiga muvofiq tarbiyachi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida (davlat va nodavlat), "Mehribonlik" uylarida tarbiyachi kasb standartiga muvofiq tarbiyachi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- oʻrta maxsus va professional ta'limda oʻqituvchi kasb standartiga muvofiq o'rta maxsus va professional ta'limda mutaxassislik fanlari oʻqituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
-Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida (davlat va nodavlat), "Mehribonlik" uylari direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri, ommaviy axborot vositalari, avlat boshqaruv organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
1.2.2. 60110300 Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi yoʻnalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:
- umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida;
- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
-O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
-davlat boshqaruv organlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida; oʻrta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;
60110300- Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bitiruvchilari oʻqishni tamomlagandan so'ng, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida (davlat va nodavlat), "Mehribonlik uylari", oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda faoliyat olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, maktabgacha ta'lim tizimi muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega boʻladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—