WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon davlat tibbiyot instituti

Pediatriya ishi

Bakalavr Kunduzgi 6 yil

Dastur haqida

60910300 - “Pediatriya ishi” yo’nalishining umumiy tasnifi

Ta'lim yo 'nalishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan.

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati:  6 yil

Ixtisoslik: Shifokor-umumiy pediatr.

Shifokor umumiy pediatr quyidagilarga tayyor bo’lishi kerak:
– ta’lim yo’nalishi bo’yicha oiliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar tomonidan  bo’sh o’rinlarni egallash mumkin bo’lgan lavozimlarda ishlash uchun davlat muassasalarida (qishloq, shahar shifokorlik punktlarida, ambulator-poliklinik muassasalarida, tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida, statsionarning maxsuslashtirilmagan bolalar bo’limlarida, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar muassasalarida, bolalar profilaktoriylari va dam olish uylarida), nodavlat tibbiy muassasalarida shaxsiy va individual tartibdagi faoliyat uchun.
– bakalavriyat yo’nalishining chegarasida tanlangan mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limni davom ettirishga.
– qayta tayyorlash va malakani oshirish tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga..

Sog'liqni saqlash yo'nalishi:
«60910300 Pediatriya ishi» ta'lim yo'nalishi sog'liqni saqlash sohasidagi yo'nalish bo'lib, u bolalar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, bolalar kasalliklarini oldini olish va davolash uchun ishlatiladigan inson faoliyati vositalari, bilimlari, usullari va metodlari majmuini o'z ichiga oladi.

O'xshash dasturlar