WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Jismoniy madaniyat

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Jismoniy madaniyat sohasi aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Siz 3 yil davomida “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish, sport turlari bo‘yicha dastlabki tayyorgarlikni olib borish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish metodikasi, sport pedagogikasi, sport psixologiyasi, sport fiziologiyasi hamda sog‘lomlashtirish texnologiyalari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni egallaysiz.

Ta’lim jarayonida Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, sport mahoratini oshirish, sport turlari asoslari, sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda pedagogik faoliyatga oid fanlarni o‘zlashtirasiz. Ta’lim dasturini tamomlaganingizdan so‘ng ta’lim muassasalari, sport maktablari va boshqa sport tashkilotlarida pedagog hamda sport mutaxassisi sifatida faoliyat yuritish uchun zarur tayyorgarlikka ega bo‘lasiz.

Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestir (3 yil) davomida jami: 180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 1800 soat

Malkaviy amaliyot: 540 soat

4 kun-nazariy va amaliy ta’lim/ 2 kun -amaliyot: 360 soatni tashkil etadi.

O'xshash dasturlar