WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon davlat pedagogika instituti

Fizika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

“Fizika”  ta'limi dasturi

Aniq fanlar fakultetining “Fizika” yo’nalishida aniq fanlarni o’qitishda fanlar integratsiyasi va metodik tamoyillar bilan chambarchas holda 4 yil davomida fizika  fanlarini nafaqat o’qitilish balki fanning umumiy ma’no va mazmuni to’liq o’qitiladi. Ta’lim berish davomida talabalarga pedagogik ta’lim va o’qituvchilik mahoratlari ham o’rgatib boriladi. Darslar davomida bolalar bilan ishlash darslarni samarali tashkil etish jarayonlari bevosita amaliy darslarda va seminar mashg’ulotlarida tushunchalar berib boriladi.

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi Aniq fanlar sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan “Fizika” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Fizika fani olam va borliqning yangi sohalari va yo’nalishlarini ochib beruvchi fan tarmog’i hisoblanadi.

Siz 4 yil davomida “Fizika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlangan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan:

  1. Majburiy fanlar: 4800 soat 

  2. Tanlov fanlar: 1560 soat

  3. Malakaviy amaliyot: 840 soat 

Jami: 7 200 soat

Qo‘shimcha izohlar:Qo‘shimcha izohlar:

  • 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar