Dastur haqida
ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI
70530901-Fizika (yo’nalishlar bo’yicha)
Bu yo‘nalishda tahsil olganlar fizika qonunlari va qonuniyatlarini mukammal o‘rganadi. Qo‘shimcha tarzda matematika, informatika hamda ingliz tilini qo‘shimcha fan sifatida o‘rganishi mumkin.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Ilmiy faoliyat |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
amaliy |
Laboratoriya |
seminar |
|||||
|
120 |
3600 |
630 |
218 |
166 |
60 |
186 |
1ki |
2340 |
2970 |
1-bosqichda o‘quv rejada belgangan barcha fanlar o‘zbek tilida olib boriladi. Ilmiy faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tiziminidagi institutlar
2-bosqichdan o‘quv rejadagi barcha fanlar o‘zbek tilida olib boriladi. Ilmiy faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tiziminidagi institutlar
2 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng fizik mutaxassisligi beriladi.
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasida o‘tkaziladi.
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari ilmiy tekshirish institutlari va umumta’lim maktablarda o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.
TA’TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)
- 2-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan
FANLAR
Majburiy fan
- Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
- Fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari
- Nochiziqli tebranishlar va to’lqinlar nazariyasi
- Elektromagnit nurlanishlarning muhitlar bilan ta’sirlashuvi
Tanlov fan
- 1-fan.
- Nazariy fizikaning matematik usullari
- Sochilish nazariyasi
- 2-fan.
- Polimerlar fizikasi va kimyosi
- Polimerlar sintezi, strukturasi va xossasi
- 3-fan.
- Optoelektronika asoslari
- Optik metrologiya
O'xshash dasturlar
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Fizika
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Geografiya
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ekologiya
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Geodeziya va geoinformatika (magistratura)
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
19 023 920 so'm
yiliga