Dastur haqida
Siyosatshunoslik, boshqaruvni empirik va ilmiy tahlil usullarini qoʻllash orqali tizimli oʻrganish. An'anaviy tarzda ta'riflanganidek, siyosatshunoslik davlat, uning organlari va institutlarini o'rganadi. Biroq, hozirgi zamonda bu termin bundan ancha kengroq bo'lib, hukumat va siyosiy organning faoliyatiga o'zaro ta'sir ko'rsatadigan barcha ijtimoiy, madaniy va psixologik omillarni o'z ichiga oladi.
Siyosatshunoslik (60310700) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari mutaxassislikka oid matnlarni tahlil qilish, yig‘ish, tasniflash va izohlash, siyosiy-ijtimoiy va tarixiy manbalarni o‘rganish, asosiy chet tilida nashr qilingan muhim darsliklar, shuningdek, jahon miqyosida O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati va xalqaro munosabatlardagi o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy jarayonlarni tadqiq qilish, O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi tutgan munosib mavqeyini yanada mustahkamlash va himoya qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Siyosatshunoslik o‘z predmeti doirasida jamiyat siyosiy hayotidagi o‘zgarishlarnii ilmiy asoslashga intiladi. Siyosat bevosita hokimiyat, boshqaruv sohasiga daxldor bo‘lib, davlat va jamoat ishlarini, odamlar, ijtimoiy guruhlar, xalqlar, millatlar, davlatlar o'rtasidagi munosabatlar bilan bog’liq faoliyat sohasini anglatadi. U siyosiy institutlar va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishini, siyosiy me’yorlar va an'analari, odamlaming hokimiyat-boshqaruv va tashkilotchilik faoliyatini, ijtimoiy-siyosiy manfaatlari va ehtiyojlarini, siyosiy g‘oyalari va qarashlarini o‘z ichiga oladi.
Kurs davomida har bir bakalavr talabasi 4 yil davomida 4 ta tilni mukammal o’zlashtirish imkoniyatiga ega:
1. O’zbek tili
2. Rus tili
3. Ingliz tili
4. Xalqaro ommabop til (til markazida 14 ta til o’rgatiladi)
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:
- Tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq davlat boshqaruv organlari tizimi;
- O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
- Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
- Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalqaro boshqarma va bo‘limlari;
- Xalqaro tashkilotlar;
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
O’zbekistonning tajribali professor-o’qituvchilaridan tashqari Yevropa, AQSh, Rossiya va Osiyo davlatlarining yetakchi universitetlari va ilmiy markazlarining mutaxassislari siyosatshunoslik ta'lim yo'nalishi talabalariga dars beradilar. Bundan tashqari, taniqli siyosatchilar, iqtisodchilar, xorijiy elchilar va jamoat arboblari muntazam ravishda ma’ruzalar o’qiydilar.
Ushbu yo'nalish Xalqaro Munosabatlar fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Fakultet O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini jahonning siyosiy maydonida himoya qila oladigan yetuk diplomatlar, siyosatshunoslar hamda xalqaro munosabatlar sohasining turli jabhalarida ishlay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Bugungi kunda bitiruvchilarimiz elchilar va diplomatlar bo’lib, davlat va nodavlat tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarini egallab, dunyodagi yetakchi xalqaro tashkilotlar va yirik kompaniyalarda muvaffaqiyatli ish faoliyatini olib bormoqdalar.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Psixologiya
62 937 500 so'm
yiliga
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Psixologiya
15 000 000 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Psixologiya
14 400 040 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Ijtimoiy ish
9 054 150 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Psixologiya. Inson va ijtimoiy o‘zaro munosabatlar psixologiyasi
24 000 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Psixologiya (amaliy psixologiya)
16 000 000 so'm
yiliga