WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

1. 70110201 Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta'lim) magistratura mutaxassisligining umumiy tavsifi

 

70110201-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) magistratura magistratura mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi.

Magistraturada o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.

Magistratura dasturining me'yoriy muddati 2 yil.

Magistratura o'quv dasturining hajmi ta'lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta'lim texnologiyalaridan qat'iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.

Bir o'quv yili uchun magistratura ta'lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-son qaroriga ko'ra, 70110201 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) mutaxassisligi magistraturasida o'qish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.

1.1. Qo'llanish sohasi.

1.1.1. 70110201-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) magistratura mutaxassisligining malaka talabining qo'llanilishi.

Mazkur Malaka talab 70110201-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash o'quv reja va fan dasturlarining o'zlashtirilishini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi hududidagi oliy ta'lim muassasalari uchun majburiy talablar majmuasini ifodalaydi.

1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari:

70110201-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) mutaxassisligi bo'yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o'quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas'ul oliy ta'lim muassasalarining professor - o'qituvchilari;

- mutaxassislikning o'quv reja va fan dasturlarini o'zlashtirish bo'yicha o'quv- tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi talabalari;

-o'z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta'lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o'quv bo'limi boshlig'i, dekanlar va kafedra mudirlari);

-bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtihon komissiyalari;

-oliy ta'lim muassasasini moliyalashtirishni ta'minlovchi organlar;

- oliy ta'lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlatorganlari;

- mutaxassislikni ixtiyoriy tanlash huquqiga hamda bakalavriat darajasiga ega bo'lgan abiturientlar va boshqa manfaatdorlar.

1.2. 70110201 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi.

1.2.1. 70110201 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) mutaxassisligi boʻyicha magistrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

- maktabgacha ta'lim sohasidagi mutaxassislik bo'lib, barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish;

-o'rta maxsus va professional ta'limda maktabgacha ta'lim sohasidagi mutaxassislik fani o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-oliy ta'limda kimyo fani o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-qayta tayyorlash, malaka oshirish bo'yicha ta'lim muassasalarida kimyo fani o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahaliy davlat boshqaruvi organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqariga oid kompleks masasalarni hal etish, shuningdek sohani rivojlantirishda xavfsizlikni ta'minlash, istiqbolni belgilashga, kasbiy ko'nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirigan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining qamrab oladi.

1.2.2. 70110201 Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta'lim) mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:

-uzluksiz ta'limda maktabgacha ta'lim o'qitish jarayoni;

-ta'limning nazariy masalalari; o'qitish metodikasi;

-fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqot faoliyati va jarayonlari;

-loyihalashtirish asosida o'quv jarayonini boshqarish texnologiyalari, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini loyihalashtirish va tashkil etish jarayoni, shaxsiy va kasbiy axborot maydonini shakllantirish jarayoni, maktabgacha ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya jarayoni; ta'lim sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni; ta'limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish;

-mos ixtisoslik bo'yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari;

-ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlari jarayonlarini qamrab oladi.

1.2.3. 70110201 Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta'lim) mutaxassisligi boʻyicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:

• pedagogik;

• ilmiy-tadqiqot;

• ma'naviy-ma'rifiy,

  • tashkiliy-boshqaruv;

Mutaxassislik bo'yicha tayyorlangan magistrlar kasbiy faoliyatlarining muayyan turlari ta'lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta'lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.

O'xshash dasturlar