Dastur haqida
|
Fan/modul kodi BTTar1205 |
O‘quv yili 2024-2025 |
Semestr(lar) 2 |
Kredit 5 |
||
|
Fan/modul turi Majburiy |
Ta`lim tili O‘zbek |
Haftadagi dars soatlari 4 |
|||
|
1. |
Fanning nomi |
Auditoriya mashg‘ulotlari |
Mustaqil ta`lim |
Jami |
|
|
Boshlang’ich ta’limda tarbiya fani |
60
|
90
|
150 |
||
|
2 |
Fanning mazmuni Fanni o‘qitishning maqsadi – talabalarni- bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishini nazariy va amaliy asoslari bilan tanishtirish, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil et ko‘rsatish, ta’lim mazmuni sifati va samaradorligini oshirishda yangicha ishlashning mazmuni, mohiyati, tamoyili, metodi, vositalari va shakllaridan samarali foydalanish, sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Fanni o‘qitishning vazifalari – bo‘lajak pedagoglarda tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishning shart-sharoitlarini aniklash, pedagoglarning o‘quvchilar bilan o‘zaro muomalasini o‘rganish, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish, uning sifati va samaradorligini oshirishda yangicha ishlashning metodi, vositalari va shakllaridan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish, o‘quvchilarni o‘rganish, kuzatish va ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini aniqlash; guruh jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash metodikasini yoritish. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu: “Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida. Boshlang’ich ta’limda tarbiya fani” fanining maqsadi va vazifalari Tarbiyaning umumiy ta’rifi. Tarbiya jarayoni va uning mohiyati va shaxs tarbiyasidagi roli. Boshlang’ich ta’limda tarbiya fani haqida tushunch. Tarbiya fani asosida o‘quvchilarni g‘oyaviy tarbiyalash maksadi, vazifalari, usullari va pedagogik tahlili. 2-mavzu: Milliy tarbiya konsepsiyasi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-mavzu: Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar-tarbiya asosi. Farobiyning komil inson haqidagi fikrlari. Abu Rayhon Beruniyning moddiy va ma’naviy olam yaxlitligi to‘grisidagi qarashlari. Alisher Navoiyning o‘zlikni anglash haqidagi g‘oyalari ilmiy-ma’rifiy merosi va uning tarbiyaviy ahamiyati. 4-mavzu: Ta`lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta`lim muassasi integartsiyasi Mahalla haqida tushuncha. O’quvchi tarbiyasida oila, mahalla va maktab integratsiyasi.Oila, mahalla va maktab hamkorligining shaxs manaviyatini shakllantirishdagi o’rni. 5-mavzu: Tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda ilg`or xorijiy tajribalar Ilg‘or xorijiy pedagogik tajribaga uch xil asosiy yondashuv mavjud. Ular: ¬ namuna sifatida boshqa pedagoglar ishlariga nisbatan yaxshi natija ko‘rsatuvchi pedagogning o‘z ish tajribalariga yondashish; ¬ ilmiy tekshirish va tajriba-sinov ishlarini hayotga tadbiq eta oladigan, yaxshi natijalarga erishadigan faoliyatlariga yondashish; ¬ yangi, noyob bilimlar yaratuvchi ijodiy izlanuvchi ijodkor pedagoglarga yondashish. 6-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari,shakllari va vositalari Tarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil e’tish maqsadida foydalanaladigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o’qituvchi, tarbiyachilarga yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada e’rishgan yutuqlarga asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil e’tishi, usullari va ularga qo’yiladigan talablar shu qoidalarda o’z ifodasini topadi. 7-mavzu: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida muvafaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iste’dodini rivojlantirish omillari Farzand hatti -harakatini to’g’ri baholash:maqtov yoki jazolash. Farzand tarbiyasida har kimning oʻz pozitsiyasiga egaligi. Farzandni pedagogik psixologik jihatdan oqilona to’g’ri tarbilash. Muvaffaqiyatga erishgan shaxslarning “Oltin siri” haqida suhbat. 8-mavzu: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ta`lim taxnologiyalaridan foydalanish (1-4 sinf tarbiya darsi). O’quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim texnologiyalarini tanlashda o’quv fani o’qituvchisi taqvim mavzu rejada mazkur sinf uchun belgilangan tayanch kompetensiyalarni belgilab oladi. 9-mavzu: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijobiy fazilatlarini shakllantirish mexanizmi (1-4sinf tarbiya darsi). O'quvchilar va bolalar bilan bog'liq holda, ko'pincha bolaning atrofidagi kattalar uning istalmagan xatti-harakatlarini kuchaytiradi, chunki bola uning xatti-harakatlari tufayli narsalar e'tiborni oladi. 10-mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hikmatlardan foydalanish orqali tayanch kompetensiyalarni shakllantirish. Mamlakatimizda ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘qitiladigan umuta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida 6 ta tayanch kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda xususiy kompetensiyalar belgilandi. 11-mavzu: Tarbiya darslarida o`quvchini o`z ustida ishlash jarayoni (1-4 sinf tarbiya darsi). Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘z-o‘zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo‘lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. 12-mavzu:Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar. Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog’liq. O‘quvchilarni kuzatish va undan to‘plangan ma’lumotlar umumiylik va nisbiylik kasb etishi.Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning shakl va metodlari. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish. O‘quvchilarni o‘rganish, ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodikasi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari. Pedagogik ta’sirning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni. Pedagogik ta’sir k)fsatish turlari. 13-mavzu: Boshlang’ich sinflarda ”Tarbiya” darslarini inovatsion yondashuv asosida tashkil etish. Boshlang’ich sinflarda ”Tarbiya” darslarini inovatsion yondashuv asosida tashkil etish.Innovatsiyon yondashuv asosida ta’lim-tarbiya jarayonida samaradorlikka erishish. Innovatsiyon yondashuv asosida tashkil etiladigan dars ishlanmasini tuzish. 14-mavzu: Guruh jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash metodikasi.Shaxsga jamoa orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning shakl va metodlari. Jamoa xaqida tushuncha. Jamoada shaxsning qaror topishi. Guruh rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini tashkil etish, shakllantirish va jamoada shaxsni tarbiyalash - tarbiyaning yetakchi koidasi. O‘quvchilarning jamoa turmush tarzi, meyorlari va qoidalari. Guruh rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning ahamiyati.Gurux rahbari o‘quvchilarni yakka tartibda va ularni jamoa bilan tarbiyalashda ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlik. Ota-onalar bilan ish olib borishning an’anaviy tarkib topgan shakli, bu ota-onalar yig‘ilishlari. Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish - ta’lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi. Shark mutafakkirlari asarlarida komil insonni tarbiyalash masalasi. O‘quvchilar jamoasining shakllanish boskichlari. Jamoada o‘quvchilarning o‘zini o‘zi boshqarishi. Jamoa an’analari. Shaxs va jamoa. O‘quvchilar jamoasi.Jamoaning rivojlanish darajasini belgilash metodikasi. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichi. Komil inson shaxsini tarbiyalashda jamoaning o‘rni va ahamiyati. O‘quvchining rivojlanishi muhim jarayon. O‘quvchining kamolotiga, ruhiyatiga, fe’l-atvori shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. 15-mavzu: Mehnat tarbiyasi. Oila tarbiyasini tashkil etish shakl, metod va vositalari.Oila va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar metodikasi Oila haqida tushuncha va uning mohiyati. Oilaviy munosabatlar.Oilaning maqsadi va vazifalari. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari. Farzandning ota-ona oldidagi burchlari. Oila va islom. Donishmandlar oila hakida.Oila tarbiyasining mohiyati. Oila tarbiyasining obyektiv va subyektiv omillari. Oila tarbiyasida bolalarni ayliy jihatdan tarbiyalash muhimdir. Aqliy tarbiya. Oilada tarbiyaviy ishlar. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar. Oila, ta’lim muassasasi, mahalla va jamoatchilik hamkorligi.Oila muammolari. Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlari. Darsdan tashqari o‘tkaziladigan to‘garaklar. Oila — tarbiya o‘chog‘i. Oila — jamiyat negizi. Oila va jamiyat — mohiyatan bir- biri bilan chambarchas bog‘lik. Oila tarbiyasi. Guruh rahbari va tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan olib boradigan ishlari. O‘qituvchi-guruh rahbari sifatida. Ota-onalar guruhi majlisini muntazam tashkil etish. Ota-onalarga pedagogik bilim berish. Ota- onalar uchun ma’ruza. Birinchi ota-onalar guruh majlisini tashkil qilish metodikasi. III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlarida talabalar ” Boshlang’ich ta’limda tarbiya fani” o fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, amaliy mashg’ulotlar mavzulari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo‘shimcha bilim va xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi. “Boshlang’ich ta’limda tarbiya fani” fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari: 1. “Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanini o’qitish metodikasi” fanining maqsadi va vazifalari 2. Milliy tarbiya konsepsiyasi. 3. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar-tarbiya asosi. 4. Ta`lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta`lim muassasi integratsiyasi 5. Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilg`or xorijiy tajribalar 6. Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni va mohiyati. 7. Tarbiyaning umumiy metodlari,shakllari va vositalari 8.Boshlang`ich sinf o`quvchilarida muvafaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida 9.Boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ta`lim taxnologiyalaridan foydalanish (1-4 sinf tarbiya darsi). 10.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hikmatlardan foydalanish orqali tayanch kompetensiyalarni shakllantirish. 11.Boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijobiy fazilatlarini shakllantirish mexanizmi (1-4sinf tarbiya darsi). 12. Tarbiya darslarida o`quvchini o`z ustida ishlash jarayoni (1-4 sinf tarbiya darsi). 13. Boshlang’ich sinflarda ”Tarbiya” darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish. 14. Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar. 15. Guruh jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash metodikasi Shaxsga jamoa orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning shakl va metodlari 18. Mehnat tarbiyasi. Oila tarbiyasini tashkil etish shakl, metod va vositalari. Izoh: Ishchi fan dasturini shakllantirish jarayonida ishchi o‘quv rejada mazkur mashg‘ulot turiga ajratilgan soat hajmiga mos ishlar tanlab bajariladi. IV. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1. Tarbiyaning umumiy ta’rifi. Tarbiya jarayoni va uning mohiyati. 2. Farobiyning komil inson haqidagi fikrlari. Beruniyning moddiy va ma’naviy olam yaxlitligi to‘g‘risidagi qarashlari. 3. O’zini - o‘zi boshkarishning usullari. O‘zini - o‘zi idora qilish va tarbiyalash. 4. “Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanini o’qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 5. Pedagogning o‘quvchilar bilan muomala olib borishning mohiyati. 6. Guruh rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmun ekanligi. 7. Guruh rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini tashkil etish, shakllantirish. 8. O‘qituvchi faoliyatida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa. 9. Oila haqida tushuncha va uning mohiyati. Oila va islom. 10. O‘quvchilarning bilish faolligini taraqqiy ettirishda guruh rahbarining vazifasi. 11. O‘quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda guruh rahbarining maqsadi va vazifalari. 12. Rejalashtirish haqida tushuncha. Guruh rahbari ishini rejalashtirishning o‘ziga xos xususiyati. 13. Tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari. 14. Tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining qobiliyati va ishbilarmonligi. 15. Jamoa o‘zini o‘zi boshqarish qo‘mitasi sifatida. 16. Tarbiya metodlarining maqsadi, vazifalari va turkumlanishi. 17. Xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tarbiyaviy maqsadparda foydalanish yo‘llari. 18. Rejalashtirishda guruh rahbarining pedagogik tayyorgarligi, tajriba va shaxsiy xususiyatlari. 19.Sharq mutafakkirlari ijodida tarbiya tushunchasi 20. Jadid namoyondalarining ta’lim- tarbiyaga oid qarashlari 21Oila va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar metodikasi 22. Mehnat tarbiyasi. Oila tarbiyasini tashkil etish shakl, metod va vositalari. Izoh: Ishchi fan dasturini shakllantirish jarayonida ishchi o‘quv rejada mazkur Mustaqil ta’lim uchun belgilangan soat hajmidan tashqari soatlar hajmiga mos mavzular tanlab belgilanadi.
|
||||
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—