WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat pedagogika instituti

Psixologiya

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

1. 70110102 - Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligining umumiy tavsifi.

70110102 - Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi. Magistraturada o'qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.

Magistratura dasturining me'yoriy muddati 2 yil. Magistratura o'quv shakli( (kunduzgi), dasturining hajmi ta'lim foydalaniladigan ta'lim texnologiyalaridan qat'ly nazar 120 kredit birligini tashkii etadi. Bir o'quv yili uchun magistratura ta'lim dasturining hajmi 60 kreditni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-son qaroriga ko'ra, 70110102 – Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi magistraturasida o'qish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.

1.1. Qo'llanish sohasi. 1.1.1. 70110102 - Pedagogika va psixologiya magistrature mutaxassisligining malaka tnlabining qo'llanishi. Malaka talabi 70110102 - Pedagogika va psixologiya magistrature mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlovchi barcha oliy ta'lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi.

1.1.2. Olly ta'lim muassasasi mazkur magistratura mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo'lganda asosiy o'quv reja va fin dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.

1.1.3.Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari: - mazkur magistratura mutaxassisligi bo'yicha malaka talablari, o'quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o'quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas'ul hamda o'z vakolat doirasida bitiruvchilaring tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta'lim tashkilotining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o'quv bo'limi boshlig'i, dekanlar va kafedra mudirlari) va professor-o'qituvchilari; - magistrature mutaxassisligining o'quv rejasi va fan dasturlarini o'zlashtiruvchi oliy ta'lim tashkilotining talabalari; - magistratura bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari; • ta'limni boshqurish bo'yicha vakolatli davlat organlari; - oliy ta'lim tashkilotlarini moliyalashtirishni ta'minlovchi organlar; • oliy ta'lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari; - kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar, - oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirayotgan baklavriat bitiruvchilari va boshqa manfaatdor shaxslar.

1.2. 70110102 - Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi

1.2.1. 70110102 - Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: 70110102 - Pedagogika va psixologiya - ta'lim sohasidagi mutaxassislik bo'lib, barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahaliy davlat boshqaruvi organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqariga oid kompleks masalalarni hal etish, shuningdek sohani rivojlantirishda xavfsizlikni ta'minlash, istiqbolni belgilashga, kasbiy ko'nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarini qamrab oladi.

1.2.2. 70110102 - Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining

ob'ektlari: - oliy ta'lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyat; - fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar; - ta'lim sohasi strategiyasini ifodalovchi pedagogik va psixologik ko'rsatkichlar tizimi; - pedagogika va psixologiya ta'lim sohasidagi muammolar va ularning

yechimlarini topishni tashkil etish jarayonlari; - pedagogika va psixologiya ta'limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish jarayonlari; - o'quv jarayonini boshqarish texnologiyalari, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini loyihalashtirish va tashkil etish jarayoni, shaxsiy va kasbiy axborot maydonini shakllantirish jarayoni, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya jarayoni; - pedagogika va psixologiya ta'lim faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonlari; - pedagogika va psixologiya ta'lim sohasida ilmiy va amaliy tadqiqot, nazariy va amaliy tahlil, modellashtirishni amalga oshirish jarayonlari; - ilmiy-tadqiqot hamda ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlari jarayonlari. - ta'lim ko'rsatkichlarining tahlili jarayonlari. 1.2.3. 70110102 - Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari • ilmiy-pedagogik, •ilmiy-tadqiqot;

ma'naviy-ma'rifiy; • tashkiliy-boshqaruv; • oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi pedagogik faoliyatda va shukabilarni o'z ichiga oladi. Mutaxassislik bo'yicha tayyorlangan magistrlar kasbiy faoliyatlarining muayyan turlari ta'lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta'lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.

1.2.4. 70110102 - Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi bo'yicha magistrlarning kasbiy vazifalari: 70110102 - Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo'yicha magistr akademik darajasini olgandan so'ng oliy ta'lim muassasalari hamda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ITIlarda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirishi mumkin.

O'xshash dasturlar