WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
AFRASIAB UNIVERSITY

Psixologiya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Psixologiya ta’lim yo‘nalishi — inson psixikasi, xulq-atvori va ruhiy jarayonlarini ilmiy asosda o‘rganishga qaratilgan mutaxassislarni tayyorlaydigan yo‘nalishdir. Ushbu yo‘nalishda talabalar umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya, amaliy psixologiya, psixodiagnostika, psixologik maslahat hamda psixokorreksiya asoslarini o‘rganadilar.

Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarda inson psixologik holatini tahlil qilish, psixologik diagnostika o‘tkazish, maslahat berish va turli ijtimoiy muammolarni hal etishda psixologik yondashuvlardan foydalanish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Bitiruvchilar ta’lim muassasalari, psixologik markazlar, sog‘liqni saqlash muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlari, inson resurslarini boshqarish bo‘limlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat yuritishlari mumkin

O'xshash dasturlar