WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti

Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (sanoatda)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

71020201-Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida padagogik faoliyat; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida va markazlarda hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot faoliyati va jarayonlar; ishlab chiqarish korxonalarida inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xavflardan ishchilar mehnatini muhofaza qilish; ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar; xavfsizlikni ta’minlash masalalariga oid huquqiy-me’yoriy xujjatlar; xafvlarni, risklarni baholash usullari va vositalari; inson va uning yashash muhitini xavflardan muhofazalash usullari va vositalari. Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyat turlariga quyidagilar kiradi: Ilmiy tadqiqot faoliyati; Ishlab chiqarish faoliyati; tashkiliy-boshqaruv faoliyati; Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda umumiy o‘rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyati (o‘rnatilgan tartibda); ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyatilarini o‘z ichiga oladi. 

O'xshash dasturlar