WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Dasturiy injiniring

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-Servis)

Tavsif:

Ushbu ta’lim dasturi orqali Siz hozirgi axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan “Kompyuter injiniringi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirgan holda bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Kelajak kasblaridan biri bo‘lgan “Kompyuter injiniringi” ta’lim yo‘nalishi hozirgi davrda eng zarur bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi.

Bu ta’lim yo‘nalishda 4 yil davomida o‘qish orqali Siz quyidagi nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:

  • Dasturlash: Turli dasturlash tillarida, jumladan, Python, Java, C++ va boshqa tillarda dasturlash ko‘nikmalari;
  • Algoritmlar va ma’lumot tuzilmalari: Samarali algoritmlar va ma’lumot tuzilmalarini ishlab chiqish va qo‘llash;
  • Kompyuter arxitekturasi: Kompyuter tizimlarining asosiy elementlari va ularning ishlash prinsiplarini bilish;
  • Operatsion tizimlar: Turli operatsion tizimlar, jumladan, Windows, Linux va boshqalarning ishlashini tushunish;
  • Tarmoq texnologiyalari: Kompyuter tarmoqlari, internet, tarmoq xavfsizligi va protokollar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lish;
  • Ma’lumotlar bazalari: Ma’lumotlar bazalarini loyihalash, yaratish va boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish;
  • Kompyuter grafikasi: Kompyuter grafikasi sohasidagi tasvirlar bilan ishlash audio va video ma’lumotalar ustida amallar bajarish texnologiyalarini o‘rganish.

Kompyuter injiniringi bo‘yicha ta’lim olgan mutaxassislar dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, IT-xizmatlar, tizimlar muhandisligi, kiberxavfsizlik, va boshqa ko‘plab sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin. Bu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olish Sizga zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va kelajakdagi faoliyatingiz uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Texnologiya olamida izlanuvchi mutaxassis bo'lishni xohlaysizmi?

Biz bilan ta’lim oling va kelajagingiz uchun yangi imkoniyatlarni oching!

Mazkur ta’lim dasturida Siz 8 semestr (4 yil) davomida jami 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.

Jumladan:

Auditoriya mashg’ulolari: 2278 soat

Malakaviy amaliyot: 360 soat

Mustaqil ta’lim: 3717 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 420 soat

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

113

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

12

6,8

Attestatsiya

16

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

50

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

8

1 – 8

Jami

204

 

 

Qo‘shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi;
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi;
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar