Dastur haqida
Nomi: Sport faoliyati (Voleybol)
Tavsif:
Ushbu ta’lim dasturi orqali siz jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida faoliyat olib borish, voleybol sport turi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va o‘tkazish, sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bog‘liq bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Bugungi kunda voleybol jismoniy tarbiya va sportning eng zarur hamda ommabop sport turlaridan biri hisoblanadi.
Siz 3 yil davomida “Sport faoliyati (Voleybol)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestr (3 yil) davomida jami:
180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 4365 soat
Malakaviy amaliyot: 945 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 90 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
78 |
1–6 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
20 |
2,4,6 |
|
|
Attestatsiya |
17 |
1–6 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
3 |
6 |
|
|
Ta’tillar |
27 |
1–6 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
6 |
1–6 |
|
|
Jami |
151 |
|
Qo‘shimcha izohlar:
1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar sport muassasalarida o‘tkaziladi.
Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Psixologiya
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Sport faoliyati: futbol
—
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Marketing (60411200)
19 159 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Menejment (60411800)
19 159 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Sport faoliyati (voleybol)
8 140 000 so'm
yiliga
Alfraganus universiteti
Sport faoliyati (dzyudo)
25 000 000 so'm
yiliga