WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat universiteti

Sport faoliyati (dzyudo)

Bakalavr Kunduzgi 3 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Nomi: Sport faoliyati (Dzyudo)

Tavsif:

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida faoliyat olib borish, dzyudo sport turi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish, sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bog‘liq bilim va malakalarga ega bo‘lasiz. Bugungi kunda dzyudo sport turi jismoniy tarbiya va sportning eng zarur va ommabop yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Siz 3 yil davomida “Sport faoliyati (Dzyudo)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestr (3 yil) davomida jami:
240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 5820 soat

Malakaviy amaliyot: 1260 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 120 soatni tashkil etadi.


 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

104

1–6

 

 

 

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

26

2,4,6

Attestatsiya

23

1–6

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

6

Ta’tillar

36

1–6

Kredit ta’lim tizimiga kirish

8

1–6

Jami

204

 

Qo‘shimcha izohlar:

1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar sport muassasalarida o‘tkaziladi.
Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

 

O'xshash dasturlar