WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Texnologik ta’lim

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

60112300 ─ Texnologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 3 yil.
60112300 ─ Texnologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriyat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanilgan holda dars berish, pedogogika ta’lim fanlar yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash, texnologik ta’lim va kasbiy ta’lim muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda, ishlab chiqarish korxonalarida kompleks masalalarini yechish huquqiga ega bo‘ladi.
60112300 ─ Texnologik ta’lim ─ umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashgan maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fani va kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borishi;
o‘rta maxsus va professional ta’limda mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
maktabdan tashqari ta’limda to‘garak fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
tashkilotlarda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan shug‘ullanish va fan o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri, tyuter sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

O'xshash dasturlar