WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60720200- Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi  ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 4 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlangan kunga qadar 240 kredit to’plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan –40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

60720200- Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiumumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, fan va ishlab chiqarish, korxona va tashkilotlar, davlat boshqaruvi organlari, bojxona xizmati laboratoriyalari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

O'xshash dasturlar