WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Televideniye va radioeshittirish

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70320103 -Televideniye va radioeshittirish magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil.

70320103 - Televideniye va radioeshittirish mutaxassisligi bo‘yicha magistratura kasbiy faoliyatlarining obyektlari:

- Oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;

- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar;

- O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi; ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, davlat va nodavlat organlari axborot xizmatlari,

- Matbuot nashrlari va jurnalistik materiallar;

- Radio eshittirish va teleko‘rsatuvlar;

- Axborot agentliklari orqali tarqatiladigan yangiliklar;

- Internet jurnalistikasi materiallari, saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, gipermatnlar;

- Mediata’lim, mediamadaniyat, mediaetika;

- Jamiyatda tezkor axborot almashinuv va ishonchli axborot bilan ta’minlash kabi jarayonlar.

O'xshash dasturlar