WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Bastakorlik san’ati

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ta’lim dasturi mazmuni

Nomi: Kompozitorlik san’ati

Tavsif:

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga cholg’ular haqida mukammal bilimlarni o’rgatishdan iborat. Bu fan o’quv rejalariga muvofiq belgilangan semestrlarda yakka mashg’ulot tarzida o’tiladi va keyingi semestrlarda o’rganiladigan – “Partitura o’qish”, “Cholg’ushunoslik”, “Cholg’ulashtirish”  va  “Dirijyorlik”  kurslarini yanada chuqurroq, mukammal o’zlashtirib olishlariga katta yordam beradi.

Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, musiqa va undagi jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Siz 4 yil davomida “Bastakorlik sana’ti” ta’lim yo’nalishi bo’yicha kompozitorlik san’atining nazariy va amaliy ko’nikmalariga ega bo’lasiz.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240  kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan:

Jami auditoriya soati: 240 soat

Malakaviy amaliyot: 240 soat

Bitiruv malakaviy ish: 25 soat

O’quv jarayoninig tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

120

1-8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

13

2-4-6-8

Attestatsiya

22

1-8

Yakuniy davlat attestatsiyasi

1

8

Ta’tillar

40

1-8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

4

1-3-5-7

Jami

204

 

 

 

 

Qo’shimcha izohlar:

  • 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
  • O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining

haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha,

bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya

yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik

yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

  • Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi.
  • O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari zarur

hollarda oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

  • Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari

bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi:

O‘quv-tanishuv amaliyoti (60), Folklor amaliyoti (60; 2-semestrda jami 120 soat),

Pedagogik amaliyot (4-, 6-semestrlarda jami 240 soat), Bitiruv oldi amaliyoti (8-semestrda

jami 30 soat).

  • Oliy ta’lim muassasasi mutaxasislik fanlar o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar

buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi.

  • San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda  mashg‘ulotlar ayrim

fanlarda yakka tartibda (1-10 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha,

guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha

talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi.

  • Bitiruv malakaviy ishi (ijodiy asarlar notasi va ularning matn ko‘rinishidagi qisqacha

yozma tavsifi)ga rahbarlik uchun o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan 5 hafta

 mobaynida

jami 25 soat ajratiladi.

  • Mashg‘ulotlar uchun jo‘rnavozlik soatlari quyidagicha belgilanadi:

 - Kompozitorlik san’ati faniga jo‘rnavozlik soatlari o‘quv rejasida ko‘rsatilgan umumiy

vaqtning 400% hisobidan;

 - Dirijorlik sinfi bo‘yicha o‘quv rejada ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 200% hisobidan

belgilanadi,

 ­ Bitiruvchilarning ijodiy asarlarini ijro etish uchun orkestrlarga 10 soatgacha (har bir

asar

uchun) vaqt ajratilishi, 10-15 nafargacha qo‘shimcha ijrochilar taklif qilinishi ko‘zda

tutiladi.

  • An’anaviy musiqaning zamonaviy nota grafikasi, Partituralarda zamonaviy nota grafikasi

fanidan amaliy soatlar hisobiga soatbay hajmida 10 nafargacha bo‘lgan illustrator-

sozandalarga ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 200% hisobidan soat ajratiladi.

 

 

O'xshash dasturlar