WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
AFRASIAB UNIVERSITY

Turizm va mehmondo‘stlik

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Turizm va mehmondo‘stlik ta’lim yo‘nalishi — turizm industriyasi va mehmondo‘stlik xizmatlarini samarali tashkil etish, sayyohlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish hamda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan yo‘nalishdir.

Ushbu yo‘nalishda talabalar turizm asoslari, mehmonxona boshqaruvi, ekskursiya faoliyati, turistik xizmatlarni tashkil etish, marketing, menejment, xalqaro turizm, servis va mijozlar bilan ishlash fanlarini o‘rganadilar. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarda turizm xizmatlarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Bitiruvchilar turistik firmalar, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, aviatashuv va transport kompaniyalari, turizmni rivojlantirish tashkilotlari hamda xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarda faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar