WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Turizm va mehmondo'stlik

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

71010101-Turizm va mehmondo‘stlik

Bilim sohasi: Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi: Turizm va mehmondo'stlik
 

ECTS kreditlari: 120

Qisqacha tavsif:
Dasturning maqsadi — turizm va mehmondo‘stlik sohasida zamonaviy bilim, amaliy ko‘nikma hamda kasbiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Talabalar turizm xizmatlarini tashkil etish, mehmonxona va joylashtirish vositalari faoliyatini boshqarish, turistik mahsulotlarni shakllantirish va sotish, ekskursiya hamda gidlik xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, turizm marketingi va menejmenti, mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, turizm xavfsizligi va xalqaro turizm talablari bo‘yicha bilimlarni egallaydilar. Shuninglek, turizm sohasida ilmiy tadqiqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Amaliyot: Magistrlar ikkinchi kursning ikkinchi semestridan boshlab turistik firmalar, mehmonxonalar, hostellar, dam olish maskanlari, sanatoriylar, muzeylar, ziyoratgohlar, turizm axborot markazlari, transport va ovqatlanish korxonalari hamda turizm sohasidagi davlat va nodavlat tashkilotlarda amaliyot o‘taydilar.

Karyera istiqbollari:
Bitiruvchilar turistik firma va turoperatorlik kompaniyalari, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, restoranlar, dam olish va ko‘ngilochar maskanlar, turizm axborot markazlari, gid-ekskursovodlik xizmatlari, turizm sohasidagi davlat boshqaruvi organlari hamda marketing va xizmat ko‘rsatish korxonalarida faoliyat yuritishlari mumkin. Dastur ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish va doktorantura (PhD) bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun zarur nazariy asosni beradi.

O'xshash dasturlar