WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat texnika universiteti

Transport logistikasi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Transport logistikasi (avtomobil transporti)

Tavsif:

Ushbu ta’lim dasturi – fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sоhasidagi yo‘nalish bo‘lib, u o‘z ichiga – “Xizmat ko’rsatish” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo’lib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish, logistik kompaniyalar va markazlar, terminallar va mintaqaviy transport uzellarida, yo’lovchi va yuk xo‘jaliklari korxonalarida kompleks masalalarni hal etish, shuningdek sohani rivojlantirish, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

71010402-Transport logistikasi mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining

Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatida:

ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etish; ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o’tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish; ilmiy adabiyotlar va internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish; ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish; mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish; oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo’yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish; o’quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o’qitishning texnik vositalaridan foydalanib o’quv mashg’ulotlarini o‘tkazish; elektron (e-learning), mobil (m-learning), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv-metodik majmualarni mukammal o‘zlashtirish; pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish.

Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida:

transport harakati bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni tuzishi ularning harakati bo’yicha yangi loyihalar kiritish va tadbiq qilish: bajarilayotgan tajriba-loyiha va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiq qilish; namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqishi va ularni qo‘llash; loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish; transport korxonalarida loyihalash-texnologik ishlarini o‘rganish, tahlil qilish. ishlab chiqish va qo'llash;

Tahlil va nazorat faoliyatida:

davlat, mahalliy hukumat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning transportdan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilish va ulardan o‘z faoliyatida foydalana olish; transport logistikasi markazlari va terminallarini loyihalash va qurish, transport sohasida yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish; transport logistikasini tashkil etish va boshqarish, xizmat ko'rsatish bo‘yicha ishlar sifatini oshirish va uni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish; mahalliy va horijiy transport jarayonlar hamda hodisalarni xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va qiyoslash.

Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida:

zamonaviy axborot texnologiyalari tizimidan foydalanib ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish; ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish; bajarilayotgan ish rejasini tuzish va bu ishni nazorat qilish, ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish, o‘z ishining natijalarini baholash; ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligini talablariga mosligini monitoring qilish; kasbiy etika qoidalariga rioya qilish; transport bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni tuzishi ularning harakati bo‘yicha yangi loyihalar kiritish va tatbiq qilish; transport harakatini samarali boshqarish; transport logistikasi texnologiyalarini ishlab chiqish va tahlil qilish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llashda ishtirok etish; transport xizmatlarini tashkil etishi va uning amaliy masalalarini yechish uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqish; logistik markazlar va omborlar ishini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish; texnikaviy-iqtisodiy tahlil qilish; ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali usullarini tanlash va qo‘llash; transport logistikasi mutaxassisligiga mos bo‘lgan mavzulardagi loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha ekspert guruhlarida ishtirokchi sifatida qatnashish; ixtisoslikka mos mavzu bo'yicha turli xizmatlarni ko‘rsatish.

Konsalting xizmati faoliyatida:

transport sohasidagi mutaxassislik bo‘yicha mavjud holatning analitik tahliliy sharhini ishiab chiqish; transport sohasidagi magistr ixtisosligiga mos mavzulardagi biznes loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha ekspert guruhlarida ishtirokchi sifatida qatnashish; transport sohasidagi mutaxassislikka mos mavzu bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.

 

 

 

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami:

120 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.

Jami auditoriya soati: 1080 soat

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish: 900;

Ilmiy-pedagogik ish: 360;

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) 540.

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

30

1–3

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasi

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish

25

1-4

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

9

4

Attestatsiya

9

1-4

Ta’tillar

25

1–4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

1,3

Jami

100

   

 

Qo‘shimcha izohlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

 

O'xshash dasturlar