WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Stipendiyalar

Xorijiy talabalar uchun bir yilgacha universitetning zamonaviy yotoqxonasidan bepul foydalanish imkoniyati mavjud

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Kimlar uchun

Hammasi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (TDMAU) xorijiy fuqarolarni jalb etish, ularning taʼlim olishini qo‘llab-quvvatlash hamda qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida, universitet hududida joylashgan zamonaviy talaba yotoqxonalaridan bir yilgacha bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Mazkur imtiyoz, universitetga qabul qilingan iqtidorli, faol va istiqbolli xorijiy talabalar uchun amal qiladi hamda ularning ijtimoiy barqarorligini taʼminlash va akademik rivojlanishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

TDMAU yotoqxonasi barcha xalqaro xavfsizlik, sanitariya va qulaylik me’yorlariga mos ravishda jihozlangan bo‘lib, unda quyidagi sharoitlar yaratilgan:

  • bepul Wi-Fi tarmog‘i,

  • o‘quv va dam olish xonalari,

  • oshxona va yuvinish xonalari,

  • sport-trenajyor zallari va boshqa zarur infratuzilmalar.

Ushbu imkoniyat universitetimizning xalqaro ochiqligini, xorijiy talabalarga nisbatan do‘stona munosabatini va sifatli taʼlim uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilmasini yaqqol aks ettiradi.