Shamsro‘y Xasanova institut stipendiyasi
Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn institutiKimlar uchun
bakalavr
Shamsro‘y Xasanova stipendiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 22-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish to‘g‘risida” 422-sonli buyrug‘i ijrosiga muvofiq ta’sis etilgan.
Shamsro‘y Xasanova institut stipendiyasi (keyingi o‘rinlarda-stipendiya) institutning rangtasvir (turlari bo‘yicha), grafika (turlari bo‘yicha), xaykaltaroshlik (turlari bo‘yicha), amaliy san’at (turlari bo‘yicha), dizayn (turlari bo‘yicha), san’atshunoslik, muzeyshunoslik, menejment (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlarining bakalavriat bosqichi ikkinchi va uchinchi kurslarida ta’lim olayotgan, o‘quv semestri mutaxassislik fanlarini a’lo baholar bilan yakunlagan talaba-qizlarga tayinlanadi.