WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Kimlar uchun

bakalavr

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli va ijodkor talabalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 691-son qaroriga asosan ta’sis etilgan.

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi (keyingi o‘rinlarda — davlat stipendiyasi) respublika davlat oliy ta’lim muassasalarining dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari bo‘yicha), grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha), amaliy san’at (turlari bo‘yicha), dizayn (turlari bo‘yicha), san’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlarining oxirgi ikki kursida ta’lim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalariga tayinlanadi.