O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stependiyasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat UniversitetiKimlar uchun
kunduzgi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra har yili mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilar, talabalar va magistrantlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda munosib taqdirlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (o‘n bitta) quyidagi ta’lim yo‘nalishlaridan har biri bo‘yicha bittadan stipendiya hisobidan bakalavriat va magistratura uchun alohida-alohida taqsimlanadi:
- qishloq va suv xo‘jaligi;
- texnika va informatika;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;
- ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar;
- tabiiy fanlar;
- biznes va boshqaruv;
- pedagogika;
- madaniyat, san’at va sport;
- xorijiy tillar;
- huquq va xalqaro munosabatlar;
- jurnalistika.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi Toqsonbayeva Ayjamal Mangitboy qizi Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)ta'lim yo'nalishi 4-kurs studenti.