WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Kimlar uchun

Kunduzgi ta'lim

Tanlov maqsadi: Ushbu stipendiya talabalarni munosib moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, Kompaniyani yoshlar orasida targ‘ib qilish va Kompaniyaga istiqbolli yoshlarni jalb qilish, shuningdek, Kompaniya va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida joriy etilgan. Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin: “Uzbekistan GTL” MChJ maxsus stipendiyasi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga yaqin mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavriatning 3-4 kurslarida kunduzgi bo‘limda, shuningdek magistraturaning kunduzgi bo‘limida tahsil olayotgan, tanlov asosida saralangan, hujjat topshirish paytida yoshi 30 dan oshmagan oliy ta’lim muassasalari talabalariga tayinlanadi. Mutaxassisligi ushbu jadvalda ko‘rsatilmagan, ammo ishtirok etish istagini bildirgan talabalar ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.