WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Abu Rayhon Beruniy universiteti

Toshkent viloyati Nodavlat Veb-sayt

1,364

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

32

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

5

Kafedralar

2024

Tashkil etilgan

Universitet haqida

Abu Rayhon Beruniy universiteti 2024-yilda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida tashkil etilgan. Universitet o'z faoliyatini buyuk ajdodimiz, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosini davom ettirish va zamonaviy bilimlarga ega yetuk mutaxassislar tayyorlash maqsadi bilan boshlagan. Qisqa vaqt ichida universitet zamonaviy ta'lim infratuzilmasini yaratdi va minglab talabalarga sifatli ta'lim olish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Universitetda iqtisodiyot, yurisprudensiya, tarix va psixologiya yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Bundan tashqari, qishloq xo'jaligi sohasidagi muhim yo'nalishlardan biri — o'simliklar himoyasi va karantini bakalavriat dasturi orqali kelajak agrar mutaxassislari shakllantiriladi. Bu kabi xilma-xil yo'nalishlar talabalarga ijtimoiy-gumanitar, huquqiy va amaliy fanlar bo'yicha keng tanlov imkonini beradi.

Ta'lim jarayonida zamonaviy o'qitish metodikalari, malakali professor-o'qituvchilar va amaliyotga yo'naltirilgan dastur talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko'nikmalarga aylantirishga xizmat qiladi. Universitet talabalarga qulay o'quv muhiti, zamonaviy auditoriyalar va kerakli infratuzilmani taqdim etish orqali ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ko'maklashadi.

Abu Rayhon Beruniy universiteti — yosh, ammo katta maqsadlar bilan rivojlanayotgan ta'lim muassasasi sifatida, mamlakatimizning ilm-fan va kadrlar tayyorlash tizimiga munosib hissa qo'shishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ygan. Universitet zamon talablariga mos, raqobatbardosh va Vatanga sodiq mutaxassislarni voyaga yetkazishni o'zining asosiy ustuvor yo'nalishi deb biladi.

Xorijiy talabalar uchun

{}

Xalqaro hamkorlik

 

🌟 Ege universiteti tadqiqotchisi tashrifi

Abu Rayhon Beruniy Universitetiga Turkiyadagi "TOP 1000 talik reytingi"da yuqori o'rinda turuvchi Ege Universiteti tadqiqotchisi Islam Mamedov tashrif buyurdi. O'zining ilmiy tadqiqoti bo'yicha tajriba yig'ish maqsadida O'zbekistonda bo'lgan yosh olim bizning Universitetda ham bo'lib, soha prorektorlari va professor-o'qituvchilar bilan o'zaro suhbat tashkil qilindi. Islam Mamedov Abu Rayhon Beruniy Universitetining Turkiya, xususan Ege Universiteti, qolaversa, o'z yurti Ozarbayjon bilan bog'liq ilmiy sohadagi aloqalarini yo'lga qo'yish va rivojlantirishda o'z hissasini qo'shishini ta'kidladi. Bunday xalqaro uchrashuvlar Universitetda ilmiy muhitning rivojida muhim rol o'ynaydi.


🌟 Malaka oshirish — Xitoy, Yellow River Conservancy Technical University

Abu Rayhon Beruniy universitetida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda professor-o'qituvchilarni o'z mutaxassisliklari bo'yicha xorijiy davlatlarda malaka oshirish kurslarida ishtirok etishini ta'minlash maqsadida universitetning Huquqshunoslik va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsenti Xushvaqtov Tuychi Suvanovich Xitoyning Yellow River Conservancy Technical University tomonidan tashkil etilgan 144 soatlik malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.

✅ Shuningdek, T.Xushvaqtov tomonidan Yellow River Conservancy Technical University bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini o'rnatish, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish hamda qo'shma ilmiy loyihalarni bajarish bo'yicha anglashuv memorandumini imzolash hamda kelajakdagi istiqbollar muhokama qilindi.


🔴 Ozarbayjon — "Study in Uzbekistan" ko'rgazmasi

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda! Avval xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasining Baku shahridagi "Ingla International Education and Training Center" tomonidan Ozarbayjonlik yoshlar o'rtasida O'zbekiston oliy ta'lim tizimiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida "Study in Uzbekistan" loyihasi doirasida "O'zbekiston oliy ta'lim tashkilotlarining III-ko'rgazmasi" bo'lib o'tmoqda. Ushbu ko'rgazma doirasida Abu Rayhon Beruniy universiteti va Ozarbayjonning bir qator yetakchi tashkilotlari bilan memorandum imzolandi.


🌟 Turkiya — "UFARMER ACADEMY" bilan hamkorlik

Abu Rayhon Beruniy universitetida ta'lim sifatini yaxshilash, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, yangi ta'lim yo'nalishlarini yo'lga qo'yish maqsadida Turkiyaning "UFARMER ACADEMY" qishloq xo'jaligida xususiy ta'lim markazi direktori Dr. Muhammet Sedat Kolcuoglu bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 💬 Uchrashuv davomida bir qator xalqaro hamkorlik loyihalari, talabalar almashinuvi kabi kelishuvlarga erishildi.


🌟 Koreya bilan qo'shma ta'lim dasturlari

Abu Rayhon Beruniy universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Koreya-O'zbekiston xalqaro hamkorlik assotsiatsiyasi professori Han Sung-woo bilan 2026/2027-o'quv yilidan Koreya universitetlari bilan 2+2 asosida qo'shma ta'lim dasturlarini joriy etish bo'yicha muzokara bo'lib o'tdi. ▶️ Muzokara yakunida hamkorlik bo'yicha memorandum imzolash bo'yicha kelishib olindi.

Til kurslari

{}

Fakultetlar

Yurisprudensiya va huquqshunoslik fakulteti talabalarga huquqiy bilim va ko'nikmalarni chuqur o'rganishga, shuningdek, huquqiy tizimning samarali ishlashini ta'minlashga qaratilgan ta'lim dasturlarini taklif etadi. Fakultet huquqiy muammolarni hal qilish, adolatni ta'minlash va huquqiy himoya qilish sohalarida yetakchi mutaxassislarni tayyorlaydi. Talabalar davlat va huquq nazariyasi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, konstitutsiyaviy huquq, xalqaro huquq va boshqa huquq tarmoqlari bo'yicha fundamental bilimlarni egallaydilar. Fakultetda ta'lim olish orqali siz huquqiy dunyoni chuqur o'rganib, huquqshunoslik sohasida yangi cho'qqilarga erishishingiz mumkin.

Ta'lim yo'nalishlari

Iqtisodiyot va yo'nalishlari 60410100 Bakalavr
O‘simliklar himoyasi va karantini 60810500 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr
Yurisprudensiya 60420100 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Nizomov Shovkat Shuxratovich

Yurisprudensiya yo'nalishi talabasi bo'lib, o'quv jarayoni davomida o'zining bilim va faolligi bilan ajralib turadi. U universitetning "Yashil makon" ekologik dasturlarida faol qatnashib, atrof-muhitni asrash va obodonlashtirish ishlariga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Huquqshunoslik sohasidagi bilimlarini ijtimoiy foydali ishlar bilan uyg'unlashtirib, namunali talaba sifatida tan olingan.