WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Toshkent shahri Davlat Veb-sayt

6,325

Talabalar

227

Xorijiy talabalar

402

O'qituvchilar

3

Fakultetlar

17

Kafedralar

2016

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

2016

Yangi tarix – yangi zafarlar

O‘zbekiston Milliy universiteti  O‘zbek filologiyasi fakulteti  va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti negizida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil topdi. Shu bilan birga uchinchi fakultet sifatida O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ham qo'shildi.

2018
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari kengayib, Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili), O'zbek tili va adabiyotini o'qitish,  Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo'yicha) ta’lim yo‘nalishlari qatoriga yangi O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo’nalishi qo‘shildi.

2019

Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha mavjud talabdan kelib chiqqan holda Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi. 

2020

Tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim sohasida rus tili tili bo‘yicha alohida yo‘nalish ochildi.

2021

Universitetda bakalavriat mutaxassisliklari bo'yicha Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti  (fransuz tili), Kompyuter lingvistikasi,  Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o'zbek tili), Amaliy filologiya,  Folklorshunoslik va shevashunoslik singari yangi ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi. 

2022

Zafarli qadamlar

Universitetda Sotsiologiya yo‘nalishi ochildi. OTMlar Milliy reytingida  oltinchi oʻrinni egallab,  THE xalqaro reyting tashkiloti koʻrsatkichiga koʻra 1001+ top universitetga aylandi.

Xorijiy talabalar uchun

ToshDOʻTAU har yili butun dunyo boʻylab eng iqtidorli talabalarni qabul qiladi. 

1.  O‘zbekiston vizasiga ega boʻlish
Agar Siz Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmasangiz, ToshDOʻTAU da toʻliq kunlik kursda qatnashish uchun Sizga talabalik vizasi kerak boʻladi. Oʻzbekistonga sayohat qilishdan oldin oʻz mamlakatingizda ushbu vizani olish uchun ariza topshirishingiz va vizaning koʻrib chiqilishi uchun yetarli vaqt ajratishingiz kerak. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun viza va immigratsiya boʻyicha markazlarga murojaat qiling.
2. Turar joy
Bakalavr bosqichi talabalariga yotoqxonadan joy kafolatlanadi. Yotoqxonada yashash uchun ariza topshirish haqida qoʻshimcha maʻlumot olish uchun ToshDOʻTAU Xalqaro hamkorlik boʻlimi bilan bogʻlaning.
3. Universitet bilan tanishuv
Birinchi kurs xorijiy talabalar uchun moslashish tadbirlari mahalliy talabalar bilan bir vaqtda boʻlib oʻtadi. Bunda siz universitetning barcha xizmatlari maslahatchilari bilan suhbatlashishingiz mumkin. Shuningdek, siz universitetning akademik va ijtimoiy hayoti haqida ham maʼlumot olasiz.
4. Toshkent aeroportidan universitetga borish
Universitetga borish yoʻriqnomasi universitetga aeroport va temir yoʻl vokzalidan yetib borish haqida maʼlumot beradi. Universitet xodimlariga kelish vaqtingiz haqida xabar berishingiz kerak boʻladi.
5. O‘zbekiston turmush tarziga moslashish
Boshqa davlatga oʻqishga kelish hayotingizdagi katta oʻzgarishdir. Esda tutingki, bu oʻtish davri hisoblanadi. Sababi boshqa madaniyatdagi hayotga moslashish uchun vaqt kerak boʻlishi tabiiy. Bu yerdagi madaniyat bilan tanishish imkoniyatidan foydalaning. Xuddi shu madaniyatga ega boʻlgan odam bilan vaqt oʻtkazish ham jarayonga moslashishingizga yordam beradi.
6. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni
Ba'zi mamlakatlardan kelgan talabalar tegishli idoralardan roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻlishi mumkin. Batafsil maʼlumot uchun viza va immigratsiya markazlariga murojjat qiling.

Xalqaro hamkorlik

Universitetning 50 dan ortiq xorijiy OTMlar turli bitim, shartnoma va kelishuvlarga ega. 2017 yildan universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari 30 dan ortiq xorijiy OTMlarda almashinuv dasturlari asosida o‘quv va boshqa jarayonlarda ishtirok etishdi. Bundan tashqari universitet quyidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan: UNESCO, Erasmus Office in Uzbekistan, SDSN, KOICA, TIKA, British Council.

🤩 Qozog‘istonda o‘tgan xalqaro turkologiya konferensiyasida ToshDO‘TAU rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov hamda prorektor Nozliya Normurodova ishtirok etdi.
Yalpi majlisda akademik Shuhrat Sirojiddinov Alisher Navoiy merosining turkiy adabiy til taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’ruza qildi. Anjuman doirasida ToshDO‘TAU va Axmet Baytursinov nomidagi Tilshunoslik instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔗 Batafsil

🌎 Polshaning Bialstok universitetida 2026-yil 25–29-may kunlari Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro hamkorlik haftaligi bo‘lib o‘tdi. Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti nomidan Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ozodaxon Shavkatovna hamda bo‘lim ko‘ngillisi Maftuna To‘rayeva qatnashdi.

🔗Batafsil

✅ 2025-yil 27-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan Oʻzbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisining “Inklyuziv xalqarolashtirish: oliy ta’lim dasturlarida imkoniyat va tenglikni kengaytirish” mavzusidagi Texnik yordam missiyasi (TYM) natijalariga bag‘ishlangan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

🔗 Batafsil

Til kurslari

Talabalar uchun imkoniyatlar

Kutubxona

ILMDAN BIR SHU’LA DILGA TUSHGAN ON, 
SHUNDA BILURSANKIM, ILM BEPOYON.
 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Axborot - resurs markazida 10 ming nomdagi 30 mingga yaqin badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy - siyosiy adabiyotlar, 300 mingdan ortiq elektron resurslar, 5 mingga yaqin mobile kitoblar mavjud. 
Ularni quyidagi raqamlarda ko‘rish mumkin:

  • Badiiy adabiyotlar – 8060 ta;
  • Darsliklar – 3736 ta.
  • Ilmiy adabiyotlar – 3239 ta;
  • Kurs kitoblari – 13374 ta;
  • Siyosiy adabiyotlar – 2124 ta;

Shuningdek, kutubxonaning elektron hujjat fondidagi nashrlar soni 302 000 tani tashkil etadi. Ular quyidagilardan iborat:

  • O‘quv adabiyotlari – 13374 ta;
  • Darsliklar – 5128 ta;
  • Ilmiy adabiyotlar – 3518 ta;
  • Chet tillardagi adabiyotlar – 1024 ta.

Qolaversa, universitet professor-o'qituvchilari, Respublikamizning mashhur tilshunos, adabiyotshunos olimlari, Xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan universitetlarning olimlari, talabalari tomonidan ham kitoblar Axborot-resurs markaziga taqdim etilib kelinmoqda.
Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmasining faksimile nusxalari Rossiya,  Buyuk Britaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Misr arab respublikalaridan keltirilayotganligi Axborot-resurs markazi fondida nodir manbalarning ham ko'payayotganligidan, yangi tadqiqotlar uchun zamin hozirlayotganligidan dalolatdir.
Axborot-resurs markazida 40 kishilik o‘quv zali, 60 ta internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy kompyuterlar, bir vaqtning o‘zida 100 nafar talaba foydalanishi mumkin bo‘lgan Masofaviy o‘quv zali hamda kutubxonachilik qonun-qoidalariga muvofiq barcha jihozlar mavjud.

Sport zali

Jismoniy mashqlar ko‘p dori o‘rnini bosa oladi, lekin dunyodagi hech bir dori mashq o'rnini bosa olmaydi.

Sport – mamlakatni dunyoga eng tez tanitadigan soha. Lekin sport bilan shug‘ullanish, avvalo, inson salomatligining garovidir. Shu munosabat bilan universitetimiz talabalari uchun zamonaviy jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan sport majmuasi bunyod etilgan. Ushbu majmuada muhtasham sport zali, fitness uchun zaruriy anjomlar, og‘ir va yengil atletika bilan shug‘ullanish imkoni hamda voleybol va basketbol maydonlari mavjud. Majmua doimiy ravishda talabalarning ixtiyorida. 
Ish vaqti: Haftaning barcha kunlari. Soat 9:00 – 22:00. 

Soģlomlashtirish markazi

SALOMATLIK – TUMAN BOYLIK

Universitetning maqsadi o'qituvchi, xodim va talabalarning sog'lig'i, xavfsizligi va farovonligini ta'minlashdir. Buning uchun bizda barcha imkoniyat va shart-sharoitlar mavjud. Shu maqsadda universitet hududida salomatlik markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz doimiy ravishda talabalarning hamda professor-o‘qituvchilarning salomatligini ko‘rikdan o‘tkazib boradi va o‘zining tegishli tavsiyalarini taqdim etadi. 

Talabalar turar joyi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 670 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta TTJ mavjud. 

TALABALAR TURAR JOYI KIMLARGA BERILADI?

  • I, II guruh nogironlari;
  • boquvchisini yo‘qotgan talabalarga;
  • Oilasi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da qayd etilgan talabalarga;
  • oilasida 2 va undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladigan talabalar bo‘lgan ehtiyojmand talabalarga.

2022-yilda universitetda davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli 1 ta talabalar turar joyi barpo etiladi. Batafsil: https://lex.uz/docs/-5622798
Talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan talabalar uchun ijara to‘lovining 50% i davlat byudjetidan  qoplab beriladi. Birinchi navbatda, ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun amalga oshirilishi belgilangan. 

Ovqatlanish zali

Birgalikda ovqatlanish universitet hayotining muhim qismidir. Bu qadrdon va yangi do'stlar bilan uchrashish uchun ajoyib imkoniyat. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatadigan restoran sifatida foydalaniladigan ovqatlanish zali nafat kundalik ovqatlanish, balki ijtimoiy markaz hamdir.

Universitet ovqatlanish xizmatlari xilma-xil milliy va xalqaro taomlarga boy. oshxonalardan turli xil taomlarni taqdim etadi. Ovqatlanish xizmatlari talabalar, xodimlar, professor-o'qituvchilar va mehmonlarga har kuni turli xil to'yimli va yoqimli taomlarni taqdim etishga intiladi. Hattoki sizda maxsus parhezga ehtiyoj bo’lsa yoki sog’lom ovqatlanishga harakat qilsangiz, biz sizga kerakli maʼlumot va yordamni taqdim eta olamiz.

Marhamat, oshxonada taqdim etiladigan taomlar ro’yxatiga qarashingiz mumkin.

Fakultetlar

O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi Farmoniga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti negizida tashkil qilingan. 
Fakultet 1918-yil 12-may – Turkiston xalq dorilfununiga asos solingan kundan boshlab Adabiyot va falsafa (1918-1920), so‘ngra Sharq fakulteti (1921-1942), Tarix va filologiya (1942-1956), Filologiya (1956-1981-yillarda o‘zbek, rus hamda roman-german filologiyasi, shuningdek, jurnalistika bo‘limlarini o‘z ichiga olgan), nihoyat 1981-yildan O‘zbek filologiyasi fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
Fakultet talabalariga universitet tashkil etilgan dastlabki yillarda Munavvarqori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdurahmon Sa’diy kabi olimlar adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid nazariy kurslardan dars berganlar. Ana shu an’ana va tajribalar natijasi o‘laroq, G‘ulom Karimov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi, Ayyub G‘ulomov o‘zbek tilshunosligi, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov adabiy tanqid, Begali Qosimov o‘zbek milliy uyg‘onish davri adabiyotini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy maktab yaratgan. Bu ilmiy maktablar an’analari bugungi kunda ham munosib davom ettirilmoqda.
Fakultetda tahsil olib, ilmda yuksak natijalarga erishgan olimlar ko‘p. Jumladan, tilshunos va adabiyotshunos olimlar: Izzat Sulton, Matyoqub Qo‘shjonov, Azim Hojiyev, Iristoy Qo‘chqortoyev, Naim Karimov, Baxtiyor Nazarov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylangan. Sarvar Azimov, G‘ulom Karimov, Subutoy Dolimov, Matyoqub Qo‘shjonov, Ozod Sharafiddinov, Hafiz Abdusamatov, Laziz Qayumov, Naim Karimov, Begali Qosimov, Umarali Normatov va Abdug‘afur Rasulovlar O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi unvoniga sazovor bo‘lgan.
Mashhur yozuvchi va shoirlardan Oybek, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Saida Zunnunova, O‘lmas Umarbekov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Shukur Xolmirzayev, Rauf Parfilar ijod sirlarini shu dargohda o‘rganishgan.
Fakultetda tahsil olganlardan to‘rt nafari O‘zbekiston Qahramonlaridir. Ulardan biri – adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov ko‘p yillar fakultetda adabiy tanqid sirlaridan saboq bergan. O‘zbekiston xalq shoirlari – Abdulla Oripov va Erkin Vohidov, yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim G‘ofurov nafaqat fakultet, balki butun O‘zbekiston faxri sanaladi.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani

Qodirov Axror Bahodir o‘g‘li

Tel: 

E-mail: 

Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4797-son Farmoni asosida tashkil etilgan.
Fakultetga tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili kabi ta’lim yo‘nalishlari,   sinxron tarjima (ingliz tili), badiiy tarjima (ingliz tili), ilmiy-texnik tarjima (ingliz tili), qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) mutaxassisliklarida  mutaxassislar tayyorlaydi. Ushbu mutaxassislar ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qilish, xalqaro anjuman va forumlarda sinxron, vizual, ketma-ket tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash, o‘zbek tili va dunyodagi yetakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va lug‘atlar, elektron darsliklar yaratish bilan bog‘liq ilmiy-metodik ishlanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va bu borada erishilgan natijalarni amaliyotga keng tatbiq etish borasida izlanishlar olib boradi.

Ona tili va adabiyot ta'limi fakultet dekani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi 4797-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbek  tili va adabiyot ta’limi fakulteti deb tashkil etildi. Hozirda fakultet Ona tili va adabiyot ta’limi deb nomlanadi.

Fakultetda 6011140 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu mutaxassislar umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida pedagog, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti va boshqa tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida mustaqil tadqiqotchi, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilingan o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kurslarda, o‘zbek tili va madaniyati markazlarida o‘qituvchi, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarda, vazirlik va tashkilotlar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida kasbiy faoliyat olib boradilar.
Universitetni tashkil etish haqidagi Farmonda Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetining asosiy vazifalari sifatida o‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda umumta’lim maktablari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish belgilangan.

Ta'lim yo'nalishlari

Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) 70230502 Magistr
Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti 70230104 Magistr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Kompyuter lingvistikasi 70230801 Bakalavr Magistr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Noshirlik ishi 60230600 Bakalavr
O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 Bakalavr Magistr
Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 Bakalavr
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili 70230201 Magistr
Sotsiologiya 60310400 Bakalavr
Stomatologiya 60910100 Magistr
Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 Bakalavr

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Menejment

Magistr 2 yil

24 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Ijtimoiy ish

Magistr 2 yil

24 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Menejment

Magistr 2 yil

24 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar

Magistr 2 yil

24 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Folklorshunoslik va shevashunoslik

Magistr 2 yil

24 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Lingvistika: o‘zbek tili

Magistr 2 yil

24 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Sotsiologiya

Bakalavr 4 yil

19 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Ijtimoiy ish

Bakalavr 5 yil

19 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

Bakalavr 5 yil

19 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Ijtimoiy ish

Bakalavr 4 yil

19 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Kompyuter lingvistikasi

Magistr 2 yil uz

24 000 000 so'm

yiliga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Ijtimoiy ish

Magistr 2 yil

24 000 000 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Abdurashid Odilov

"Sport" telekanali bo'lim boshlig'i, taniqli sport sharhlovchisi

To'raboyeva Mahliyo Ozodova

Prezident Matbuot xizmati jurnalisti, taniqli bloger

Talabalar fikri

Rayan Shvaytser

ToshDO‘TAUda ta’lim olish oson emas, lekin umuman olganda , bu ajoyib muassasa! U shahar markaziga juda ham yaqin, universitet jamoasi ham mehmondo'st va har doim yordamga shay. Shahar ham, universitet ham muvozanatli turmush tarziga ega, bu yerda ijtimoiy va ilmiy muhit ajoyib. Har bir kursda professorlar maxsus material, tadqiqot va eksperimentlar orqali o'qitishga katta e’tibor berishadi . Nazariyani amaliyotga tatbiq qilish uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjud, bu esa bitiruvchilar uchun bebaho tajriba beradi hamda shunday noyob kadr sifatida keyinchalik ishga joylashadilar. Rayan Shvaytser , AQSH, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining Fulbrayt dasturi talabasi, tadqiqotchisi.

Li Di, Xitoy

ToshDO‘TAU ta’lim olish uchun ajoyib maskan! Men bu universitetda ta’limni osonlashtirishga yordam beruvchi ko'plab professorlarni uchratdim . Akademik qat'iylik juda aniq, hatto o'qituvchilar har qanday holatda ham o'z vaqtida tayyor bo'lishlari shart . Men Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasida ko'p yillar davomida ishlayotgan professorlarni uchratdim, ular mening o'qish jarayonim va talabalikdagi muvaffaqqiyatlarim haqida chin dildan qayg'urishlari yoqimli. Li Di, Xitoy, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

Krista Joy

ToshDO‘TAU darslariga qatnashar ekanman , o'zimni g‘amxo‘r muhitda, qolaversa, biroz talabchanlikni his qildim. Men yo'limda juda ko'p qiyinchiliklarga duch keldim , bu menga shaxsiy va akademik jihatdan o'sishimga yordam beradi . Ushbu universitetni tanlab adashmaganimga ko'p marotaba ishonch hosil qildim, chunki bu maskan mening kelajakdagi maqsadlarim va intilishlarim yo’lida qat’iy harakat qilishga undadi . Krista Joy , AQSH

Yan Oka

Men xorijlik talaba sifatida hayotimni keskin o‘zgartirishga tayyor edim va o'ylaymanki, men bu jarayonga boshqalardan ko'ra yaxshiroq tayyorgarlik ko'rganman. Hayratlanarlisi esa men bu bu yerda umuman hayajonlanmadim. Umuman olganda, tajriba haqiqatdan ham ajoyib bo‘ldi. Ta’lim mobaynida Siz muntazam ravishda rejalashtirsangiz va mashq qilsangiz , ishni oson bajara olasiz. Universitet xodimlari kutganingizdan ko‘ra samimiy va mehmondo'st. Menga o'xshagan chet ellik talaba uchun bu Siz topa oladigan eng yaxshi ta’lim dargohi deb ayta olaman. Yan Oka ,Polsha

Ahmet Bozkurt

Ushbu universitetda o’qiyotganimga 3 yil bo’ldi va shu vaqt davomida ilmga chanqoq talabalarni uchratdim, ular bilan do’st tutindim. Shuni aytishim joizki, universitet o’qituvchilari doimo qiziqarli darslar olib borish bilan birga bizga o’zbek urf-odatlari va madaniyatlari aks etgan mavzular bilan tanishtiradilar. Universitetda o’qish jarayonida juda qimmatli tajribaga ega bo’lmoqdaman desam adashmagan bo’laman. Ahmet Bozkurt ,Turkiya

Kristin Robinson

Aslida universitet juda yoqdi, ayniqsa, kampus xilma – xiillikka ega va xodimlar juda samimiy, eng yaxshi mezbonlar. Men o'zimni katta jamiyatga qo'shilgandek his qilyapman , hattoki umuman begona bo'lsam ham. Universitet jamoasi akademik muvaffaqiyat va ruhiy salomatlik bo'yicha juda katta yordam beradi. Kristin Robinson ,AQSH