Namangan davlat pedagogika instituti
9,449
Talabalar
15
Xorijiy talabalar
214
O'qituvchilar
3
Fakultetlar
21
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qarori asosida tashkil etilgan va mazkur qarorning 2, 3.11-ilovalari bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha «YO‘L XARITASI»”, maqsadli ko‘rsatkichlar asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Institutga 2022-yil 21-iyulda 1163379-raqam bilan “Davlat muassasasi” tashkiliy-huquqiy shakli, identifikatsiya raqami (309732958) berilgan va yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Institutda hozirda 3 ta fakultet va 10 ta kafedra faoliyat yuritadi. Mazkur fakultetlarda 25 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 18 ta magistratura mutaxassisligi hamda 8 ta doktorantura yo‘nalishi mavjud. Shuningdek, institut tomonidan 2 ta ilmiy-metodik jurnal nashr etiladi.
Institut tasarrufida 6 ta o‘quv binosi, 3 ta talabalar turar joyi, 1 ta axborot-resurs markazi va 3 ta sport inshooti mavjud. Institutda 223 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, jumladan, Fan doktorlari 15 nafar, 107 nafar phd, dotsentlar faoliyat olib bormoqda. Institutda professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati 58,2 % ni tashkil etadi. Hozirgi kunda 9 522 nafardan ortiq bakalavr talabalari, 550 nafardan ortiq magistrlar va 66 nafardan ortiq doktorantlar tahsil olmoqda.
Insttutning bir qator iqtidorli talabalar tomonidan Respublika miqiyosida tanlov hamda musobaqalarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan:
- Davlat mukofoti sovrindorlari: 1 nafar
- Xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan talabalar: 27 nafar
- Respublika tanlovlarda yutuqqa erishgan talabalar: 120 nafar
- Viloyat miqyosidagi yutuqqa erishgan talabalar: 47 nafar
- Nomdor davlat stipendiyasi sohiblari: 12 nafar
- Xorijiy tillarni bilish bo‘yicha milliy va xalqaro sertfikatlarga ega talabalar: 476 nafarni tashkil etadi
Sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talabalar:
- Osiyo chempionlari 7 nafar
- Jahon chempionlari 14 nafar
- Respublika chempionlari 129 nafarni tashkil etadi.
Ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida institutda quyidagi markazlar faoliyat yuritadi:
- Kelajak o‘qituvchisi markazi – o‘qituvchilar tayyorlashning zamonaviy yondashuvlarini joriy etadi.
- Axborot-resurs markazi – raqamli axborot manbalaridan foydalanish imkonini ta’minlaydi.
- IT inkubator markazi – zamonaviy kasblarni o‘rganish uchun platforma vazifasini bajaradi.
- Ovoz yozish studiyasi – talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
- Rus tili markazi. – Ushbu markaz Rus tili ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda rus tilini o‘rganish istagini bildirgan institut talabalar uchun xorijiy mutaxassislar hamda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaqindan yordam berish uchun tashkil etilgan.
Namangan davlat pedagogika instituti hududda pedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha keng qamrovli ta’lim dasturlarini taklif etishi hamda zamonaviy infratuzilmasi orqali ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi bilan Namangan viloyatida muhim o‘rin egallaydi.
Xorijiy talabalar uchun
Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Talabalar Uchun Zamonaviy Ta’lim va Imkoniyatlar Markazi:
Namangan davlat pedagogika instituti talabalari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib, ularning ta’lim olishini qulay va samarali qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Xorijiy talabalar uchun bepul “O‘zbek tilini o‘rganishga qaratilgan” maxsus kurslar tashkil etilgan bo‘lib, bu kurslar ularni institut hayotiga tez va oson moslashishiga yordam beradi. Shu bilan birga, rus va ingliz tillari uchun mo‘ljallangan maxsus til kurslari ham mavjud.
Institutda talabalarga yuqori sifatli ta’lim olish bilan birga, ilmiy va madaniy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Zamonaviy Axborot-resurs markazi, ilmiy laboratoriyalar va o‘quv xonalari talabalarning tadqiqot va amaliy ishlarini samarali olib borishlariga xizmat qiladi. Sport bilan shug‘ullanishni xohlaganlar uchun eng zamonaviy fitnes-zallar va sport inshootlari doimiy foydalanishga ochiq.
Talabalarning ijodiy qobiliyatlari va ijtimoiy faolligini rivojlantirish maqsadida ko‘plab to‘garaklar faoliyat yuritadi: Tasviriy san’at to‘garagi, Dutorchi qizlar ansambli, Matematika va Fizika to‘garaklari, Texnologik ta’lim yo‘nalishidagi to‘garaklar. Sport yo‘nalishida esa futbol, shaxmat va shashka, voleybol va basketbol kabi mashg‘ulotlar mavjud.
Bundan tashqari, talabalarga chuqur bilim olish imkonini beruvchi yuqori malakali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Talabalarning aqliy va intellektual rivojlanishi uchun doimiy ravishda “Zakovat” intellektual dasturlari o‘tkaziladi. Xorijiy talabalar Namangandagi hayot va ta’lim jarayoniga tez moslashishi uchun har tomonlama yordam bilan ta’minlanadi.
Namangan davlat pedagogika instituti — bu nafaqat ilmiy bilim markazi, balki madaniy va ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradigan muassasa. Bizning institutimizda ta’lim olgan har bir talaba nafaqat zamonaviy bilimga ega bo‘ladi, balki o‘z iste’dodini rivojlantiradi, jamoaviy ishlash ko‘nikmasini oshiradi va xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassisga aylanadi.
Xalqaro hamkorlik
Namangan davlat pedagogika instituti xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini muntazam ravishda rivojlantirib kelmoqda. Institut xalqaro ta’lim makoniga faol integratsiyalashgan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv, qo‘shma loyihalar va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni amalga oshirmoqda.
Rossiya Federatsiyasi:
- Irkutsk milliy tadqiqot texnik universiteti
- Novosibirsk davlat universiteti
- A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti
- Udmurt davlat universiteti
- Minin universiteti
- N.P. Ogareva nomidagi Mordoviya davlat universiteti
Qozog‘iston:
- Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti
- M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti
- Jumabek Toshbayev nomidagi universitet
- Akademik E.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti
Qirg‘iziston:
- Osh davlat universiteti
- “Manas” nomidagi Qirg‘iziston-Turkiya universiteti
Belarus Respublikasi:
- A.S. Pushkin nomidagi Brest davlat universiteti
- Grodno davlat universiteti
- Polotsk davlat universiteti
- Belarus davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi
Turkiya:
- Karabuk universiteti
Finlandiya:
- Kareliya amaliy fanlar universiteti
Ozarbayjon:
- Nasimiy nomidagi Tilshunoslik instituti
Xitoy:
- Xitoy fan va texnologiya universiteti
Hindiston:
- Jamia Millia Islamia universiteti
- Parul universiteti
Janubiy Koreya:
- Gyeongsang milliy universiteti
Polsha
- Gdansk universiteti
Xalqaro tashkilotlar va elchixonalar bilan hamkorlik:
Institut quyidagi xalqaro tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorlik olib bormoqda:
- AQSh elchixonasi;
- Hindiston elchixonasi;
- Janubiy Koreya elchixonasi;
- Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi;
- Janubiy Koreyaning KOICA agentligi;
- hamda boshqa xalqaro tashkilotlar.
Xorijiy tajriba va akademik almashinuv:
Xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni institut faoliyatiga joriy etish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
2025-yil davomida institutning 70 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari Malayziya, Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Chexiya Respublikasi, Qirg‘iziston, Germaniya, Belarus, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Kipr va Janubiy Koreya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish, stajirovka o‘tash, xalqaro ilmiy anjuman va seminarlarda ishtirok etish, tajriba almashish hamda hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida xizmat safarlarida bo‘ldilar.
Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Insttutning bir qator iqtidorli talabalar tomonidan Respublika miqiyosida tanlov hamda musobaqalarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan:
- Davlat mukofoti sovrindorlari: 1 nafar
- Xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan talabalar: 27 nafar
- Respublika tanlovlarda yutuqqa erishgan talabalar: 120 nafar
- Viloyat miqyosidagi yutuqqa erishgan talabalar: 47 nafar
- Nomdor davlat stipendiyasi sohiblari: 12 nafar
- Xorijiy tillarni bilish bo‘yicha milliy va xalqaro sertfikatlarga ega talabalar: 476 nafarni tashkil etadi
Sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talabalar:
- Osiyo chempionlari 7 nafar
- Jahon chempionlari 14 nafar
- Respublika chempionlari 129 nafarni tashkil etadi.
Fakultetlar
Pedagogika fakulteti Namangan davlat pedagogika instituti tarkibidagi yetakchi fakultetlardan biri hisoblanadi. Fakultet tarkibida 3 ta kafedra faoliyat yuritadi. Ularda quyidagi professor-o‘qituvchilar mehnat qilmoqda:
- Maktabgacha ta’lim kafedrasida — 13 nafar professor-o‘qituvchi (shundan: 2 nafar professor, 5 nafar dotsent, 1 nafar DSc, 8 nafar PhD);
- Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasida — 15 nafar professor-o‘qituvchi (shundan: 1 nafar professor, 3 nafar dotsent, 2 nafar fan doktori, 9 nafar PhD);
- Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasida — 23 nafar professor-o‘qituvchi (shundan: 2 nafar fan doktori, 10 nafar PhD, 6 nafar dotsent, 7 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar o‘qituvchi, 3 nafar stajyor-o‘qituvchi).
Fakultetda jami 3 ta ta’lim shakli mavjud:
- kunduzgi ta’lim;
- kechki ta’lim;
- sirtqi ta’lim.
Hozirgi kunda Pedagogika fakultetida 6 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Bakalavriat yo‘nalishlari:
- Maktabgacha ta’lim;
- Boshlang‘ich ta’lim;
- Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi);
- Psixologiya (amaliy psixologiya);
- Maxsus pedagogika (logopediya);
- Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi.
Magistratura mutaxassisliklari:
- Pedagogika nazariyasi va tarixi;
- Ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi (maktabgacha ta’lim);
- Maxsus pedagogika: logopediya;
- Ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Fakultetning iqtidorli talabalari ham yuqori natijalarga erishmoqda. Jumladan, Maxsus pedagogika (logopediya) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Adashaliyeva Mehribonu Mirzohid qizi hamda Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Yo‘ldasheva Umida Xusniddin qizi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-fevraldagi 34-sonli buyrug‘iga muvofiq “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar.
Shuningdek, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Abdurazoqova Maftunaxon Jahongir qizi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan yengil atletika bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston chempionati” musobaqasida 4×400 metr estafetali yugurish turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallab, yana bir bor O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
Namangan davlat pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida:
— professor-o‘qituvchilar soni — jami 60 nafar, shundan: 5 nafar professor, 12 nafar dotsent, 3 nafar fan doktori, 24 nafar fan nomzodi;
— talabalar soni — jami 1714 nafar, ulardan 2 nafari Prezident stipendiyasi sohibi, 2 nafari nomdor stipendiyalar sohibi hamda 20 nafari nufuzli tanlovlar g‘olibi;
2. Yo‘nalishlar ro‘yxati:
60110500 — Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
60110600 — Musiqa ta’limi
60111300 — Texnologik ta’lim
60510100 — Biologiya
60530100 — Kimyo
60530200 — Geografiya
60530500 — Fizika
60540100 — Matematika
60540200 — Amaliy matematika
61010100 — Turizm va mehmondo‘stlik
3. Ta’lim turlari va shakllari:
• bakalavriat;
• magistratura;
• kunduzgi ta’lim (yuqorida keltirilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha);
• kechki ta’lim (60510100 — Biologiya, 60540100 — Matematika);
• sirtqi ta’lim (60110500 — Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60110600 — Musiqa ta’limi, 60111300 — Texnologik ta’lim) shakllari mavjud.
Namangan davlat pedagogika institutining Ijtimoiy fanlar fakulteti haqida umumiy ma’lumot
1. Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Ijtimoiy fanlar fakultetida jami 85 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan:
- 8 nafari professor,
- 33 nafari dotsent,
- 7 nafari fan doktori,
- 8 nafari fan nomzodi.
2. Ta’lim yo‘nalishlari:
- Xorijiy til va adabiyoti
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til
- Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)
- O‘zbek tili va adabiyoti
- Ona tili va adabiyoti (rus tili)
- O‘zga tilli guruhlarda rus tili
- Jismoniy madaniyat
- Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
- Tarix
- Ijtimoiy ish
3. Ta’lim darajalari va shakllari:
- Bakalavriat
- Magistratura
- Kunduzgi ta’lim
- Kechki ta’lim
- Sirtqi ta’lim
Erishilgan yutuqlar:
- “Yil talabasi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi — 1 nafar
- “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi — 1 nafar
- “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi — 1 nafar
- “Talabalar teatr studiyasi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi — 12 nafar
- “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi — 4 nafar
- “Munozara” respublika turniri g‘olibi — 3 nafar
- “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti sovrindori — 1 nafar
- “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi — 1 nafar
Ta'lim yo'nalishlari
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110701 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 | Magistr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr |
| Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000 | Bakalavr |
| Ijtimoiy ish 70920101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi(ma'naviyat asoslari) 70112101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) 70111101 | Magistr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201 | Magistr |
| Kimyo 60110800 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 60111900 | Bakalavr |
| Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 60112600 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha) 60110300 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300 | Magistr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi 70111202 | Magistr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| Musiqa ta’limi va san’at 70111301 | Magistr |
| Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha) 60111500 | Magistr |
| Ona tili va adabiyoti: rus tili 7010801 | Magistr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Bakalavr Magistr |
| O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili 70111601 | Bakalavr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) 70110101 | Magistr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tasviriy san'at 7010501 | Magistr |
| Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati 70111201 | Magistr |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 | Bakalavr |
| Ta’lim muassasalarining boshqaruvi 70110103 | Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 | Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 | Magistr |
| Ta’limda axborot texnologiyalari 70110105 | Magistr |
| Texnologik ta’lim 60111300 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Namangan davlat pedagogika instituti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
9 310 500 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti)
9 310 500 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
10 551 900 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi(Geografiya)
10 551 900 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo)
10 551 900 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo’yicha)
10 551 900 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti
10 551 900 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
Tasviriy san'at
10 551 900 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
10 551 900 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
10 551 900 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
Maxsus pedagogika (logopediya)
10 551 900 so'm
yiliga
Namangan davlat pedagogika instituti
Ona tili va adabiyoti: rus tili
9 310 500 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Fazliddin Erkinboyev
Habiyaliyeva Madina Xolmurod qizi
Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi
Sadirova Mehrigiyo Dilshod qizi
Komilov Umidjon Shuxratjon o'g'li
Adashaliyeva Mehribonu Mirzoxid qizi
Mamarasulova Gulshoda Bekmirza qizi
Yo'ldasheva Umida Xusniddin qizi
Nabijonova Madina Ulug’bek qizi
Talabalar fikri
Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi
Mamarasulova Gulshoda Bekmirza qizi