WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Namangan davlat universiteti

Namangan viloyati Davlat Veb-sayt

14,499

Talabalar

133

Xorijiy talabalar

535

O'qituvchilar

10

Fakultetlar

27

Kafedralar

1942

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

2025/2026 oʻquv yilida universitetda 10 ta fakultet va 27 ta kafedra mavjud boʻlib, ularda 744 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda. Universitetda 71 ta bakalavriat, 27 ta magistratura mutaxassisliklari va 10 ta qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanmoqda. Joriy o‘quv yilida universitetda jami 14 499 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 7 943 nafar talaba bakalavriatning kunduzgi, 958 nafari kechki taʼlim, 3 711 nafari sirtqi taʼlim, 1 186 nafari 2-Oliy taʼlim, 218 nafari masofaviy taʼlim hamda 483 nafari magistratura yoʻnalishida tahsil olmoqda.

Xorijiy talabalar uchun

 

Hujjatlar ro'yxati 

  1. Hujjatlar quyidagi elektron pochta orqali yuboriladi: international@namdu.uz
  2. Pasportning skanerlangan versiyasi (PDF formatida).
  3. Sertifikatning skanerlangan versiyasi, o'qigan fanlari va ulardan olingan baholar (ballar) ko'rsatilgan diplom. Magistratura uchun bakalavr diplomining     oʻqilgan fanlari va olingan baholari (ballari) koʻrsatilgan skaynerlangan versiyasi.
  4. So'nggi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat - 3,5 sm × 4,5 sm
  5. IELTS : 5.5 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 71 yoki undan yuqori

Universitetga qabul tartibi

Namangan davlat universiteti bakalavriat yoki magistratura bosqichida o‘qish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.
Suhbat avgust oyining birinchi yoki ikkinchi yarmida rus, o‘zbek yoki ingliz tillarida o‘tkaziladi.

 

Xalqaro hamkorlik

Xoshimov Hakimjon Abduqaxxor o'g'li 

Bo’lim boshlig’i

Tel: +998 97 426 14 17, +99869 210 02 27

Husniddov Humoyun Husniddin o'g'li

bosh mutaxassis

Tel: +99899 398 90 94

Email: xalqaro@namdu.uz

 

Abdusattorov Nodirjon Azimjon o'g'li

Bosh mutaxassis

Tel: +99877 204 36 35

Email: exchange@namdu.uz

Bo’lim maqsadi: Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu munosabat bilan Xalqaro aloqalar bo’limi universitet bilan dunyoning boshqa ta’lim muassasalari o’rtasida do’stona, madaniy, o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatib, ularni takomillashtirib boradi. Shuningdek, u professor-o’qituvchilarning xorijda malakasini oshirish, stajirovkalar va qisqa muddatli o’quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg’armasi, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, AQSH va boshqa ko’plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiya dasturlarida qatnashish borasida tavsiyalar beradi.

 

Bo‘limning yaqin kelajakka mo‘ljallangan ustivor vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- ta’lim dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or (tan olingan reyting tashkilotlari - THE, QS, ARWU - ma’lumotlari bo‘yicha birinchi 1000 talikka kirgan) oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;

- ilmiy tadqiqot dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish va xalqaro ilmiy maktablar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;

- saloxiyatni rivojlanish dasturlarini takomillashtirish va xalqaro ilg‘or oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, xalqaro jamg‘armalar va donorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish;

- professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalarning xalqaro xamkorlik yo‘nalishidagi faoliyatlarda faol ishtirok etishi uchun zarur va rag‘batlantiruvchi shart-sharoitlarni yaratish, xalqaro faoliyatlar jarayoni va natijalarini ob’ektiv va shaffof monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;

- xalqaro miqyosda o‘tkazildigan oliy ta’lim muassasalari talabalari olimpiadalariga universitet iqtidorli talabalarini tanlab olish hamda maqsadli tayyorlash;

- universitetning xalqaro maydondagi akademik jozibadorligini oshirgan holda xorijiy talabalarni keng jalb etish;

- universitetga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish.

Safarga chiqish tartiblari

  • Xorijiy davlat OTM yoki tashkilotdan kelgan ( rasmiy taklifnoma yoki xat)
  • Safar rejasi
  • Safardan maqsadi
  • Safar muddati tugagach 3 ish kuni ichida xizmat safari natijasi haqida talabalar va professor-o’qituvchilar uchun foydali bo`lishi uchun taqdimot o`tkazib, safar yakunlari to`g`risidagi yozma hisobot va prezentatsiyani  universitetning xalqaro hamkorlik bo`limiga topshirish.

Til kurslari

Namangan davlat universiteti Xorijiy tillar bo'limi Til markazi tashkil etilgan bo'lib xozirda ushbu markazda yetakchi mutaxasislar tomonidan quyidgi xorijiy tillar o'qitish kurslari tashkil etilgan:

- Ingliz tili

- Xitoy tili

- Yapon tili

- Koreys tili

- Nemis tili

- Fransuz tili

- Turk tili

Shu bilan birga nafaqat universitet talabalari uchun balki abiturientlar uchun Ona tili, Matematika va Jismoniy tarbiya fanlaridan Milliy sertifikatga tayyorlov kurslari ham mavjud.

Bilim Xalqaro imkoniyat, muvaffaqiyat sari ishonchli qadam! 

Kelajagingizni xorijiy tillar bilan boshlang va markazimizga tashrif buyuring.

Manzil: Namangan shahar, Boburshox ko'chasi, 161-uy Namangan davlat universiteti.

telefon: +99893 044 30 25

telegram manzil: @tursunboyev_ulugbek

Talabalar uchun imkoniyatlar

Tojiboyev Komiljon Sharofiddinovich

Biologiya fanlari doktori, O'zbbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika instituti direktori.

Fakultetlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi  «Yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PF-5987-son farmoni asosida tashkil qilingan.

Namangan davlat Yuridik fakulteti 2020 yil sentyabr oyidan boshlab faoliyatini boshlagan. 

Missiya va qadriyatlar: Yuridik ta’lim va fan tizimini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro ta’lim maydonidagi raqobatbardoshligini ta’minlash, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish

Ta'lim yo'nalishlari va dasturlar
Bakalavriat dasturlari:

60420100-Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavr. Kunduzgi, ta’lim muddati 4 yil.
60420100-Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavr. Sirtqi, ta’lim muddati 5 yil.
60420100-Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavr. sirtqi,  ikkinchi ta’lim muddati 4 yil.
60420100-Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
Qo'shimcha kurslar yoki sertifikat dasturlari: Yuridik fakulteti tomonidan Namangan Yuridik texnikumi talabalarini Yuridik fakultetiga o‘qishga kirishlari uchun Maxsus kurslar tashkil qilingan.

Talabalar uchun ma'lumotlar
Stipendiyalar va moliyaviy yordam: Юридик факультетида 1 нафар Ўзбекистон Республикаси Президенти стипендиаси ва 2 нафар Навоий номида давлат стипендиаси совриндори таҳсил олади.

Amaliyot va ish imkoniyatlari: Юридик факультети битирувчи талабалари Прокуратура, Ички ишлар бошқармаси, Адлия бошқармаси, Адвокатлар палатаси, Нотариал палата, Мажбурий ижро бюросида амалиётларни ўтайдилар. Талабалар амалиётларни  ўз яшаш худудларидаги ҳуқуқни мухофаза қилувчи органларда ўтайдилар. 

Infrastruktura va resurslar
Laboratoriyalar va texnik jihozlar: Yuridik fakultetida  3 ta ma’ruza, 6 ta amaliy mashg‘ulotlar xonasi mavjud bo‘lib, barcha xonalar AKT jixozlari bilan jixozlangan.

Tadbirlar va faoliyat
Talaba tashkilotlari: Yuridik fakultetda “Bo‘lajak prokurorlar”, “Bo‘lajak sud xodimlari”, “Bo‘lajak notariuslar”, “Bo‘lajak advokatlar” klublari va “Notiqlik” va “Moxir qo‘llar” to‘garaklari faoliyat yuritadi.

Xalqaro hamkorlik: Yuridik fakulteti Ural davlat Yuridik universiteti, Osh davlat universiteti bilan halqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Aloqa va ijtimoiy tarmoqlar
Aloqa ma'lumotlari: Наманган шаҳар Х.Холхонов кўчаси 201 уй 

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/yuridikfakultet

Dekanat
RO‘ZIMAT JO‘RAYEV TO‘XTASINOVICH
Lavozimi    Dekan
Email    ilxomjon_xakimov@mail.ru
Ilmiy darajasi    Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni    Professor
NURMUXAMMAD BANNAYEV TOSHMAMATOVICH
Lavozimi    Dekan muovini
Email    -
Ilmiy darajasi    Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni    Unvonsiz
IBROXIM ATAMIRZAYEV XAKIMOVICH
Lavozimi    Dekan muovini
Email    -
Ilmiy darajasi    Darajasiz
Ilmiy unvoni    Unvonsiz

Biotexnologiya fakulteti 2019 yilda zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyotiga mos ravishda tashkil etilgan. Fakultetning asosiy maqsadi – biologiya, biotexnologiya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarini birlashtirgan holda, zamonaviy biotexnologiya sohasida raqobatbardosh, malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Shuningdek, fakultet ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va sanoat bilan uzviy hamkorlikda ishlashni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Fakultet tarkibida hozirda 2 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Har bir kafedra o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv, ilmiy va amaliy ishlarni olib boradi. Ushbu kafedralar orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishadi, balki laboratoriya va sanoat amaliyotlari orqali o‘z malakalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Biotexnologiya fakulteti zamonaviy laboratoriyalar, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va xalqaro hamkorliklar orqali talabalarga sifatli ta’lim berishga asoslangan. Fakultet faoliyatida biologiya, biotexnologiya, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligining turli sohalari kabi yo‘nalishlar alohida o‘rin tutadi.

Missiyamiz:
Biotexnologiya fakultetining bosh maqsadi — ilmiy asoslangan, innovatsion yondashuvlarga ega, mas’uliyat jihatidan faol biolog, qishloq xo‘jalik va biotexnolog-mutaxassislarni tayyorlashdir. Fakultet zamonaviy ta’lim va tadqiqotlar orqali o‘zidagi mavjud sohalarni barqaror rivojlanishishiga intiladi, shuningdek, mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi dolzarb muammolarga amaliy yechimlar taklif etadi.

Asosiy maqsadlarimiz:
Talabalarga chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berish orqali, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
Fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
Mahalliy va xalqaro ilmiy hamkorliklarni kengaytirish;
Biotexnologiyaning turli yo‘nalishlarida (oziq-ovqat, biologiya, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan loyihalarni ilgari surish.
Qadriyatlarimiz:
Innovatsion fikrlash – doimiy izlanish va yangilikka intilish;
Sifatli ta’lim – zamonaviy va amaliy bilim berishga sadoqat;
Ilmiy halollik – barcha ilmiy va o‘quv jarayonlarida axloqiy me’yorlarga amal qilish;
Jamiyatga xizmat – xalq farovonligi va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish;
Hamkorlik – mahalliy va xalqaro miqyosdagi ilmiy-akademik aloqalarni kengaytirish;
 

Mavjud ta'lim yo'nalishlari va dasturlar
T/r

Bakalavriat dasturlari:

Ta’lim shakli

1

60510100 - Biologiya (turlari bo‘yicha)

kunduzgi

2

60510100 - Biologiya (turlari bo‘yicha)

kechki

3

60710200 - Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi) kunduzgi ta’lim.

kunduzgi

4

60810900 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlar turlari bo‘yicha)

kunduzgi

5

60812100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

kunduzgi

6

60812000 - Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

kunduzgi

7

60811800 - Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik

kunduzgi

8

60812200 - O‘simlikshunoslik (gulchilik)

kunduzgi

9

60830100 - Suv bioresurslari va akvakultura

kunduzgi

10

60810900 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlar turlari bo‘yicha)

kechki

T/r

Magistratura dasturlari

Ta’lim shakli

1

70510101-Biologiya  (fan  yo’nalishi  bo’yicha)

kunduzgi

T/r    
PhD/DSc dasturlari

Ta’lim shakli
1

02.00.17. - “Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari”


kunduzgi

2

03.00.05-Botanika

kunduzgi

3

03.00.06-Zoologiya

kunduzgi

 

60710200 - Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi) - Biotexnologik usullar yordamida sifatli, ekologik toza va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish. Fermentatsiya texnologiyalari asosida sut mahsulotlari, non, pivo, sharbat va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish. Oziq-ovqat mahsulotlarining biologik faolligini oshirish, vitamin va probiotik qo‘shimchalar yaratish vas hu soxada chuqur bilim ko‘nikmalarga ega bo’lgan malakali kadrlar tayyorlash.
60810900 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlar turlari bo‘yicha) - Sifatli va yuqori hosilli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, turli xil ekinlarni agrotexnologik talablar asosida yetishtirish. Yerning unumdorligini oshirish va hosildorlikni ko‘paytirish uchun ilg‘or agronomik usullardan foydalanish. Dehqonchilik mahsulotlarining ekologik tozaligini saqlash va sifat standartlariga rioya qilish. 
Tuproq unumdorligini oshirish va himoya qilish. Yer degradatsiyasining oldini olish va tuproq unumdorligini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish. Mineral va organik o‘g‘itlarni samarali qo‘llash. Ekologik xavfsiz ekin yetishtirish usullarini o‘rganish hamda soha bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash.
60812100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasini rivojlantirish. Dorivor o‘simliklarning agrotexnologik o‘ziga xosliklarini o‘rganish va ularni sanoat miqyosida yetishtirish. O‘simliklarni ekologik toza va biologik usullarda parvarish qilish. O‘simliklarning tibbiy qiymatini oshirish uchun genetik va seleksiya tadqiqotlarini olib borish.
Biologik faol moddalarni ajratib olish  va qayta ishlash. Dorivor o‘simliklarning ildiz, barg, gul va mevalaridan foydali moddalarni ajratib olish usullarini o‘rganish. Fitokimyoviy ekstraktlar, efir moylari va boshqa biologik faol komponentlarni olish texnologiyalarini rivojlantirish. Dorivor o‘simliklarni farmatsevtika va kosmetika sanoati uchun xomashyo sifatida tayyorlash.
60812000 - Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish - Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish yo‘nalishi zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy maqsadi yil davomida yuqori hosildorlikka ega bo‘lgan sabzavot, meva va boshqa ekinlarni yetishtirish texnologiyalarini o‘rganish, ekologik toza va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda issiqxona tizimlarini samarali boshqarishdan iborat.
60811800 - Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik - Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik yo‘nalishi qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi meva, sabzavot va uzum mahsulotlarini ilmiy asosda yetishtirish, ularning sifatini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va ekologik toza mahsulotlar yetishtirishga qaratilgan.
60812200 - O‘simlikshunoslik (gulchilik) - O‘simlikshunoslik (gulchilik) yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi va landshaft dizayni sohalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy maqsadi gullarni ilmiy asosda yetishtirish, ularning seleksiyasi, parvarishi, ko‘paytirish texnologiyalarini o‘rganish va landshaft arxitekturasi hamda dekorativ bog‘dorchilikda foydalanishdan iborat.
60830100 - Suv bioresurslari va akvakultura - Suv bioresurslari va akvakultura yo‘nalishi suv ekotizimlari, baliqchilik va boshqa suv organizmlarini yetishtirish va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, uning asosiy maqsadi suv bioresurslaridan oqilona foydalanish, akvakultura texnologiyalarini rivojlantirish, baliqchilik sanoatini barqaror rivojlantirish va ekologik muvozanatni saqlashdan iborat.
Talabalar uchun ma'lumotlar
Universitetda tahsil olayotgan talabalar uchun turli xil moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari joriy etilgan bo‘lib, ularning o‘qishga bo‘lgan rag‘batini oshirish, ilmiy faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Davlat stipendiyalari:
Asosiy stipendiya: Kunduzgi ta’lim shaklida kontraktsiz (davlat granti asosida) o‘qiyotgan barcha talabalarga har oyda davlat tomonidan belgilangan miqdorda stipendiya to‘lanadi.
Iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiyalar: Ushbu stipendiyalar akademik yutuqlari va ilmiy faoliyati bilan ajralib turadigan talabalar uchun tanlov asosida beriladi.
Universitet tomonidan tashkil etilgan tanlovlar: Universitet tomonidan tashkil etilgan tanlovlar orqali iqtidorli talabalar qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.
Ijtimoiy yordamlar: Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar (yolg‘iz ota-onasiz qolganlar, nogironligi bo‘lganlar, kam ta’minlangan oila farzandlari)ga moddiy yordam va imtiyozlar taqdim etiladi. Uzoq hududlardan kelgan talabalarga yotoqxona joyi ajratiladi va bu borada moliyaviy yengilliklar ko‘zda tutilgan.
Amaliyot va ish imkoniyatlari: Fakultetning hamkor tashkilotlari va amaliyot joylari. Biotexnologiya fakulteti o‘z talabalarini nafaqat nazariy bilimlar bilan, balki amaliy ko‘nikmalar bilan ham shakllanishiga katta e’tibor qaratadi. Shu sababli, o‘quv jarayonida laboratoriya mashg‘ulotlari va ishlab chiqarish amaliyotlari muhim o‘rin tutadi.
Hamkor tashkilotlar
Xalq ta’limi boshqarmalari 
Oziq-ovqat sanoati korxonalari (Namangan don MCHJ, Namangan sharbat MCHJ, Namangan Tip-Top, Namangan Coca-Cola, Namangan Nestle MCHJ, Uchqo‘rg‘on Farel MCHJ qo‘shma korxonalari)
Farmatsevtika kompaniyalari (dori vositalari ishlab chiqarish va sinov laboratoriyalari)
Qishloq xo‘jaligi va seleksiya markazlari (To‘raqo‘rg‘on tuman “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi”, Namangan viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Uychi tuman Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik uzumchilik sabzavotchilik” ilmiy tatqiqot institutining Namangan tajriba stansiyasi. “Abu Bakr gullari” MChJ (aeroport yo’lidagi gul yetishtirish issiqxonalari), “Namangan gulchilikni rivojlantirish markazi” MChJ 
Ilmiy-tadqiqot institutlari (Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi).
 Infrastruktura va resurslar
Laboratoriyalar va texnik jihozlar: O'quv jarayonida foydalaniladigan jihozlar haqida ma'lumot.

Biotexnologiya fakultetida zamonaviy infratuzilma va ilg‘or texnik jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv muhit yaratilgan bo‘lib, bu talabalar va tadqiqotchilar uchun chuqur amaliy bilimlarni egallash imkonini beradi.

Fakultetda quyidagi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan zamonaviy laboratoriyalar faoliyat yuritadi:

-Algologiya
-Akvakultura
-Noananaviy xom ashyolardan sukat ishlab chiqarish
-Biologiya hamda Qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari uchun labaratoriyalar
Tadbirlar va ma’naviy-madaniy faoliyat
Talaba tashkilotlari: Fakultetdagi klub va jamoalar (sport, madaniyat, fan va boshqalar).

Biotexnologiya fakultetida talabalar uchun darsdan tashqari faoliyatga keng imkoniyatlar yaratilgan. Talabalar o‘z qiziqishlariga qarab turli klub va jamoalarga a’zo bo‘lishlari, tashabbuskorliklarini namoyon etishlari va ijtimoiy-samarali loyihalarda faol ishtirok etishlari mumkin.

Fakultetda faoliyat yuritayotgan asosiy talaba tashkilotlari:

“Bioinnovatorlar” klubi – talabalar uchun ilmiy seminarlar, loyihalar va tanlovlar tashkil etadi.
Sport to‘garaklari – futbol, voleybol, shaxmat-shashka, stol tennisi bo‘yicha fakultet jamoalari mavjud.
“BiotexArt” madaniyat klubi – teatr, musiqiy chiqishlar, adabiy kechalar orqali talabalar ijodiy salohiyatini namoyon etadi.
Ko‘ngilli talabalar jamoasi – ijtimoiy loyihalar, xayriya aksiyalari va talabalar o‘rtasidagi birdamlik tadbirlarini tashkil etadi.
Bu tadbirlar talabalarning shaxsiy rivojlanishi, liderlik qobiliyatlari va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalqaro hamkorlik
Biotexnologiya fakulteti xalqaro ilmiy-akademik hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi. Chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan uzviy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu talabalar va o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Hamkor xorijiy ilmiy tashkilotlari va universitetlari 

Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Kungming Botanika instiuti;
Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Shinjon Ekologiya va Geografiya instituti;
Janubiy Koreyaning Milliy Аrboretumi;
Turkiyaning Ege universiteti;
Ozarbayjonning Boku davlat universiteti;
Osh davlat universiteti;
Xujand davlat universiteti 
Rossiya Biotexnologiya universiteti; 
Magilov Oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari universiteti
Xalqaro aloqalar fakultetda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy tajribalarni jalb qilish va talabalarni global mehnat bozoriga tayyorlashga xizmat qiladi.

Iqtisodiyot fakulteti NamDU rektorining 2020 yildagi buyrug‘iga asosan Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti negizida tashkil etildi. 

Fakultetda bakalaviriat bosqichida  39 ta akademik guruh mavjud bo’lib, ularda 781 nafar bakalavriat talabalari, Magistartura bosqichida 31 nafar talabalar tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilda 4-bosqich talabalari Abdullabekova Noila va Mirhamidova Gulibonular Naoviy nomidagi davlat atama stipendiyasi sovrindorlariga aylanishdi. 4-bosqich talabasi Abdunabiyev Ahmadbek sportning May-Tay turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Fakultetda “Yosh olimlar” klubiga 50 dan ziyod talabalar qamrab olingan bo‘lib, ularning ilmiy va o‘quv faoliyatlariga bir qator salohiyatli professor-o‘qituvchilar biriktirilgan. 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “Bank ishi”, “Moliyaviy texnologiyalar” va “Buxgalteriya hisobi” kabi yangi yo‘nalishlarda talabalar qabuli amalga oshirilgan bo‘lib, 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning 87 % chet til sertifikatiga ega talabalar hisoblanadi. Bu orqali fakultetda ta’lim yo‘nalishlari soni 11 taga yetdi.

Missiya va qadriyatlar
Namangan davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti 2020-yilda Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti negizida tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgandan buyon unga f.m.f.n., dotsent T.Abdullayev, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) R.Imomov, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent N.Narzullayevlar rahbarlik qilishgan.
Namangan Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakultetining asosiy maqsadi – iqtisodiyot sohasida chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan, zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Fakultetning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar bilan izohlash mumkin: Birinchidan, sifatli iqtisodiy ta'lim berish, ya’ni, bozor iqtisodiyoti sharoitida talab qilinadigan kasbiy bilimlar bilan ta'minlash va mahalliy va xalqaro me’zonlarga mos iqtisodchilarni tayyorlash.
Ikkinchidan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ya’ni, talabalar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va hududiy va respublika miqyosidagi iqtisodiy muammolarni o‘rganish va yechimlar taklif qilish.
Uchinchidan, innovatsion va raqamli iqtisodiyotni o‘rganish, ya’ni, raqamli texnologiyalarni iqtisodiyotda qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va startap loyihalar va amaliyot markazlari orqali talabalarni zamonaviy tajribaga yaqinlashtirish.
To’rtinchidan, amaliyot bilan integratsiya qilish, ya’ni, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan hamkorlik qilish va talabalarning amaliyotlarini real iqtisodiy sharoitda o‘tkazish.
Beshinchidan, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish, ya’ni, talabalarda iqtisodiy fikrlashni, mas’uliyatni, tashabbuskorlikni rivojlantirish.
TA’LIM YO‘NALISHLARI VA DASTURLAR
BAKALAVRIAT DASTURLARI:

60410200-Buxgalteriya hisobi (ta’lim shakli kunduzgi, kechki, sirtqi, o`qish muddati 4 yil, 4,5 yil, 5 yil)
60410500-Moliya va moliyaviy texnologiyalar (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
60410600-Bank ishi (ta’lim shakli kunduzgi, kechki, sirtqi, o`qish muddati 4 yil, 4,5 yil, 5 yil)
60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha); (ta’lim shakli kunduzgi, kechki, sirtqi, o`qish muddati 4 yil, 4,5 yil, 5 yil)
60310400-Iqtisodiy xavfsizlik; (ta’lim shakli kunduzgi, sirtqi, o`qish muddati 4 yil, 5 yil)
60411300-Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha); (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha); (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
60411700-Logistika (yo`nalishlar bo`yicha); (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
60412200-Moliya sohasida boshqaruv; (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
61010400-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha); (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
61010100-Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish; (ta’lim shakli kunduzgi, o`qish muddati 4 yil)
MAGISTRATURA DASTURLARI:

70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha): (ta’lim shakli kunduzgi 2 yil)
71010101-Mexmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish (ta’lim shakli kunduzgi 2 yil)
71010101-Turizm va mehmondo‘stlik (ta’lim shakli kunduzgi 2 yil)
Iqtisodiyot fakultetida Magistratura bosqichi uchun talabalarning  til bilish sertifikati kamida B2 va undan yuqori bo`lishi kerak.

PHD/DSC DASTURLARI:

Fakultetda iqtisodiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) quyidagi ixtisosliklar bilan tayanch doktorantlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda:

08.00.04 –“Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”
08.00.13 –“Menejment”
08.00.04 –“Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo’yicha asosiy tadqiqot yo‘nalishlari quyidagi masalalarni qamrab olishi mumkin:
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish tizimining iqtisodiy samaradorligi.
Fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligi va boshqaruvi.
Resurslardan (yer, suv, mehnat) samarali foydalanish.
Tarmoqda raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi.
Qishloq infratuzilmasining rivojlanishi va u orqali iqtisodiy o‘sishga erishish.
Agrar siyosat va davlatning qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini iqtisodiy tahlil qilish.
08.00.13 – Menejment ixtisosligi iqtisodiyot sohasidagi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tashkilotlarning boshqaruv jarayonlarini, ularning samaradorligini oshirish, rahbarlikni rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini o‘rganishga qaratilgan.
MAZKUR IXTISOSLIKNING ASOSIY TADQIQOT YO‘NALISHLARI:

Tashkilotlarni boshqarishning iqtisodiy asoslari: tashkilot ichidagi resurslarni samarali

boshqarish, Maqsadli boshqaruv va qarorlar qabul qilish jarayonlari.

Strategik menejment: tashkilot strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, uzluksiz rivojlanish va raqobatbardoshlikni ta'minlash.

Organizatsion xulq-atvor va rahbarlik: rahbarlik uslublari va boshqaruvning ijtimoiy-psixologik jihatlari, xodimlar bilan munosabatlarni samarali tashkil etish.

Resurslarni boshqarish: inson resurslari, moliya resurslari, material va texnologik resurslarni samarali boshqarish.

Innovatsion boshqaruv: innovatsion texnologiyalarni boshqaruv tizimiga joriy etish, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning menejmentdagi roli kabi masalalarni qamrab oladi.

Ta'lim yo'nalishlari va dasturlar
Bakalavriat dasturlari:

60410500 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil, sirtqi ta’limda 5 yilni tashkil etadi. Ta’lim yo’nalishi davlat moliyasi, korporativ moliya, uy xo’jaligi moliyasi, davlat budjeti, mahalliy boshqaruv оrgаnlаri moliyasi, ijtimoiy ta’minot, budjetdan moliyalashtirish, g’aznachilik, davlat xaridlari, davlat maqsadli jamg’armalari, moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy nazotat, moliya bozoridagi operatsiyalar, moliyaviy risklarni boshqarish, moliya-sanoat guruhlari va transmilliy korporatsiyalar faoliyat mexanizmi, qimmatli qog’ozlar bozorida faoliyatni tashkil etish, o’zato hisob-kitoblarni tashkil etish, korporativ tuzilmalar moliyaviy resurslarini boshqarish, moliyaviy vositachilar moliyaviy faoliyatini boshqarish, moliyaviy texnologiyalar asoslari, xalqaro moliya, sug'urta faoliyati, baholash ishi kasbiy faoliyatining sohalari hisoblanadi.
60410800 - Menejment ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlаr tayyorlash kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo’yicha o’qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining mе’уоriу muddati 4 yil. Ta’lim yo’nalishi biznes, boshqaruv va huquq ta’lim sohasiga oid yo’nalish bo’lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit va sug’urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, о’rtа maxsus va oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o’z ichiga oladi. Tarmoqlar va korxonаlаrni rivojlantirish, istiqbolini belgilash, kasbiy ko’nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari va uslublari bilan bog’liq masalalar majmuasini qamrab oladi.
60410900 - Вiznеsni boshqarish tа’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo’yicha o’qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil. Ta’lim yo’nalishi - fan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidagi yo’nalish bo’lib, xo’jalik jamiyatlarida boshqaruvni tashkil etish, biznesni boshqarishning vazifalari, tamoyillari va ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, biznesni boshqarishning tashkiliy tizimi xususiyatlari, kompaniyalar faoliyatini samarali tashkil qilishda korporativ boshqaruvning roli va mulkdorlarning huquqini himoyalash, raqobat vositalari yordamida korporatsiyaning investitsion jozibadorligini oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida biznesni boshqarish modellari, korporatsiyalarni boshqaruv organlari bilan munosabatlaridagi muammolarini kompleks yechish masalalarini qamrab oladi.
60310400 – Iqtisodiy xavfsizlik ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil, sirtqi ta’limda 5 yilni tashkil etadi. Ta’lim yo’nalishi - fan va ishlab chiqarish sohasidagi ta’lim yo’nalishi bo‘lib, jamiyat, davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiyot sohasidagi huquq-tartibot va qonuniylikni ta’minlash, turli mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, moliya, kredit va sug‘urta muassaslari, davlat hamda mahalliy xokimiyat organlari, akademik va tarmoq ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy xavfsizlik, moliya, ishlab chiqarish - iqtisodiy va tahliliy xizmatlar, iqtisodiy jinoyatlarni aniqlash, sud-iqtisodiy ekspertiza faoliyati, raqobat razvedkasini o‘z ichiga oladi. Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, istibolini belgilash, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
61010100 - Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil, sirtqi ta’limda 5 yilni tashkil etadi. Ta’lim yo‘nalishi - fan va turizm sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirish, mehmonxona xo‘jaligi sub’ektlarini tizimli tahlil qilish va rivojlantirish, mehmonxona xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes strategiyasini tahlil qilish, qayta ishlash va amalga oshirish, mahsulot va xizmatlarni reklama qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, mehmonxona xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tahlil qilish, modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, matematik modellarni qo‘llash, mehmonxona xo‘jaligidagi korxonalarining raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
61010400 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil kilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yilni tashkil etadi. Ta’lim yunalishi - fan va turizm sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirish, turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes strategiyasini tahlil qilish, mahsulot va xizmatlarni reklama qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, turizm korxonalarida xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish, xizmatlar bozorini segmentlash, turizm mahsulot iste’molchilari xulq-atvorini o‘rganish, turizm korxonalari faoliyatini boshqarish, raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, turizm korxonalari dasturini tuzish, turli mulkchilik shaklidagi turistik va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirish, istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik kobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Magistratura dasturlari:

71010101 - Turizm ya mehmondo‘stlik magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’limda magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yilni tashkil etadi. 71010101 - Turizm ya mehmondo’stlik magistratura mutaxassisligi “Xizmat ko’rsatish sohasi” ta'lim sohasiga oid mutaxassislik bo’lib, mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi turistik korxonalarda, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, turizm sohasidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish, mutaxassislikka oid kasbiy ko’nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha); Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil, kechki ta’lim shaklida 4,5 yil, sirtqi ta’lim shaklida esa 5 yilni tashkil etadi. Bundan tashqari ushbu yo’nalish bo’yicha ikkinchi oliy ta’lim shakli ham mavjud bo’lib, sirtqi shaklida 4 yil tahsil olinadi.
60310400-Iqtisodiy xavfsizlik; Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
60411300-Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo'yicha); Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha); Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
60410200 – Buxgalteriya hisobi; Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil va sirtqi ta’lim shaklida esa 5 yilni tashkil etadi.
60411700-Logistika (yo`nalishlar bo`yicha); Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
60412200-Moliya sohasida boshqaruv; Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar; Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
61010400-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha); Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
61010100-Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish; Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida oqish muddati 4-yil.
Fakultetda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha magistr tayyorlanadi:.
70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha).
TALABALAR UCHUN MA’LUMOTLAR
Stipendiyalar va moliyaviy yordam: Talabalarga beriladigan imtiyozlar va grantlar haqida ma’lumot.
2024/2025 o’quv yilida Turizm (soxalari bo’yicha) yo’nalishi 4-bosqich talabasi Mirxamidova Gulibonu Mirabdullojon qizi va Mexmonhona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi talabasi Abdullabekova Noilaxon G’ofurjon qizi Navoiy nomli davlat stipendiyasi soxibi bo’lgan
Amaliyot va ish imkoniyatlari: Fakultetning hamkor tashkilotlari va amaliyot joylari.
Bitiruvchilarni ishga joylaytirish va bandligini ta’minlash maqsadi Iqtisodiyot  yo`nalishi Namangan viloyat Statistika boshqarmasi, Namangan viloyat Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasida Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi filiali ochilgan, bugungi kunda bitiruvchilar bitiruv amaliyotini ushbu tashkilotlarda bajarailishi belgilangan.
61010100-Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish va 61010400-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) yo`nalishi bitiruvchilarni uchun Namangan viloyati Turizm boshqarmasi hamda Namangan don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyatida Menejment kafedrasi filiali ochilgan, bugungi kunda bitiruvchilar bitiruv amaliyotini ushbu tashkilotlarda bajarailishi belgilangan.
Bitiruvchilarning 2 nafar talaba Nomdor stipendiant hisoblanadi.  21 nafari (24%) o`z sohasi va iqtisodoy sektorlarda ishlaydi. 18 nafar talaba chet tilini o`rganish jarayonida, 8 nafar talaba chet tilini bilish sertifikatiga ega. Ayni damda til markazlarida dars berib keladi. Qolgan 39 nafar talabalar ishga joylashtirilishi bo`yicha tegishli kafedra o`qituvchilariga biriktirilib ish tashkil etilgan.
Tadbirlar va faoliyat
Talaba tashkilotlari: Fakultetdagi klub va jamoalar (sport, madaniyat, fan va boshqalar).

“Fakultet teatr studiyasi”, “Yosh olimlar” to‘garagi, “Yosh iqtisodchi” to‘garagi, “Yosh menejer” to‘garagi, Kordinatorlar guruhi.

Xalqaro hamkorlik: Chet el universitetlari bilan aloqalar, almashinuv dasturlari.

Iqtisodiyot fakultetida hozirgi kunda 2 ta kafedra mavjud bo‘lib, 40 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. So‘nggi 6 oyda 6 nafar professor-o‘qituvchilar tomonidan dissertatsiya ishlari muvaffaqiyatli himoya qildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma, 9 ta yuqori indeksatsiyalanuvchi bazalarda maqolalar nashr qilindi. Fakultetda Malayziyaning UTARA, Rossiyaning SINERGIYA, Turkiyaning ANADOLI universiteti hamda Koreyaning QIROL SEJONG universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

ALOQA VA IJTIMOIY TARMOQLAR

Manzil: Namangan shahar, Obihayot MFY, Me’ros ko`chasi 5 uy (11-bino)

Tel:+998 97 250 43 20.

E-mail-baratovabdumalik4@gmail.com

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: t.me/namduif309

 

Fakultet 1998-yilda tashkil topgan. 2005-yildan boshlab Tabiiy fanlar fakulteti nomi bilan yuritib kelinmoqda.

Fakultetda asosiy shtatda 43 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 7 nafari fan doktori, 21 nafari fan nomzodi, PhD bo’lib, ilmiy salohiyat 65%. Bundan tashqari 4 nafar tyutorlar mavjud.

Hozirgi kunda fakultetda 37 ta akademik guruhda 788 nafar talabalar tahsil olmoqda. Bulardan 29 ta akademik guruhda kunduzgi ta’lim yo‘nalishida 637 nafar, 8 ta akademik guruhda kechki ta’limda 151 nafar talabalar taxsil olishmoqda.

Missiya va qadriyatlar
Ta'lim yo'nalishlari va dasturlar
Bakalavriat dasturlari: 

60530100-Kimyo

60530400 – Geografiya

60520200 - Meteorologiya va iqlimshunoslik

 60520200 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 

Har bir yo'nalish bo'yicha qisqacha ma'lumot (masalan, ta'lim muddati, o'qish shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi).

Magistratura dasturlari: 

70530101-Kimyo 

70530402 – Geografiya

70520201 - Atrof-muhit muhofazasi

PhD dasturlari:

02.00.01-Noorganik kimyo

02.00.06-Yuqori molekulyar birikmalar

02.00.08-Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

02.00.10-Bioorganik kimyo

11.00.01 - Tabiiy geografiya

11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

11.00.04 - Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya

11.00.05 - Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish

Talabalar uchun ma'lumotlar
Stipendiyalar va moliyaviy yordam: O‘tgan yillar mobaynida fakultet professor-o‘qituvchilarining mehnati evaziga kimyo yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olgan aspirant Abdullajanova Nodira – Prezident Davlat stipendiyasini, D.Xolmatov, S.Botirova, D.Xaydarova, O.Qosimova. F.Umarov, D.Barakayevalar  Ulug‘bek Davlat stipendiyasi g‘olibi, geografiya ta’lim yo’nalishi talabalari G.Husanova, A.Toshpo‘latov, B.Mirabdullayev va J.Ismoilovlar ham Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldilar. 

Amaliyot va ish imkoniyatlari: O‘zGidrometeo xizmat, O‘zGIPROZEM, O‘zDAVER loyiha, Norin-Sirdaryo suv havza boshqarmasi, Namangan viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, «Lactalis agro» МЧЖ, Ifoda Agrokimyo himoya MCHJ, Uchqo’org'onMegaStandart MCHJ, Merrymedfarm MCHJ va boshqa mahalliy ishlab chiqaruvchilar

Infrastruktura va resurslar
Laboratoriyalar va texnik jihozlar: Fakultetda 12 ta o’quv, 5 ta ilmiy laboratoriya mavjud. 2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 942-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi "Oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini mustahkamlash" loyihasi doirasida 350 ming AQSH dollari miqdoridagi zamonaviy o‘quv laboratoriya jixozlari olib kelinib, ishga tushirildi. 

Tadbirlar va faoliyat
Talaba tashkilotlari: Fakultetda “Kompleks geografik tadqiqotlar ilmiy markazi”, «GeoExplorer» ilmiy-amaliy ijodiy klubi faoliyati uchun ham ilmiy-uslubiy makon bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, «Ekomakon» yoshlar ishtimoiy-ekologik harakati», “Ekologik  markaz”, Yosh kimyogar, dasturchi-kimyogar, repуtitor, ilmiy-innovatsion, geograf, meteorolog, ekolog to’garaklari va zakovat intelektual klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Talabalar faoliyati: Fakultetda talabalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, iqtidorli va istedodli talabalarga ko’mak berish va ulardagi qobilyatni yanada rivojlantirish maqsadida “Besh muhim tashabbus va sport”, “Iqtidorli va iste’dodli yoshlar bilan ishlash”, “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va vatanparvarlikka ko’maklashish”, “O’zbek qiziman”, “O’zbek yigitiman”, “Volontyor yoshlar”, “Ekopatrul”, “Geografiya yo’nalishi koordinatori”, “Ekologiya va meteorologiya yo’nalishi koordinatori”, “Kimyo yo’nalishi koordinatori”, “Talabalar teatr studiyasi va QVZ jamoasi” kabi to’garaklar, loyihalar hamda klublar faoliyati ham yo’lga qo’yilgan hamda ushbu sohalarda talabalarrni o’zlari yoshlar siyosatini amalga oshirish yuzasidan faoliyat olib borishadi.

Xalqaro hamkorlik:
Fakultet olimlari xalqaro hamkorlik doirasida qator natijalarga erishib kelmoqdalar. Xususan kimyo kafedrasi dotsenti Olimjon Abdullayev 2015-2019-yillarda Xitoy fanlar akademiyasida faoliyat olib borib, Xitoy fanlar akademiyasining faxriy professori unvoniga ega bo‘ldi, bundan tashqari Xitoyda faoliyat olib borayotgan xorijlik olimlar tanlovida 1-o‘rinni egallab, oltin medal bilan taqdirlandi.

Magistrlarimiz Xitoy fanlar akademiyasiga qarashli turli ilmiy tekshirish institutlarida himoya qilgan.  Bulardan  Begmatov Nurmirza, Kamoldinov Hamidlar Xitoy FA institutida hamda Qodirxonov Jamshid dunyoning top 300 talik reytingiga kiruvchi oliy ta’lim muassasida ilmiy ishini himoya qilganligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar.

D.Sattarova 2011/2012-yillarda UNESCO granti hisobidan, 2018-yil Iste’dod jamg‘armasidan Xitoy Fanlar akademiyasi Chanchun Amaliy kimyo institutidan ilmiy stajirovkada bo‘lib qaytgan.

Hozirgi kunda bitiruvchilarimizdan 3 nafari dunyoning top 100 talik reytingiga kiruvchi Fransiyaning Parij universitetlarida doktoranturada, 3 nafari Xitoy fanlar akademiyasi doktoranti, 1 nafari Polsha davlatida doktoranturada taxsil olmoqda. 

Bundan tashqari kafedralarimiz dunyoning top 300 talik universitetlari, xususan Germaniyaning Axen universiteti, Fransiyaning Parij PSL universiteti, Belgiyaning Antverpen universiteti, Niderlandiyaning Vrije universitetlari bilan ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik natijasida 2023-yil may-iyun oylarida M.Xakimov O‘zR Innovasion rivojlanish vazirligi granti hisobidan Niderlandiyaning Vrije universitetida 2 oylik, 2024 yilda 3 oylik  ilmiy stajirovka bo‘lib qaytdi.

Geografiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi olimlari horijiy OTM va ilmiy-tadqiqot institut va markazlari (Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya, Tojikiston, Qirg‘iziston), ilmiy-uslubiy jurnallar taxririyatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalrini o‘rnatgan. kafedra dotsenti B.Abduraxmonov 2019-yilda A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida ilmiy stajirovkada bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yili dotsentlar K.Boymirzayev, I.Soliyev Abay nomidagi Qozoq davlat pedagogika universitetida, 2021-2024-yillar mobaynida dotsentlar X.Mirzaaxmedov, B.Abduraxmonov, o‘qituvchi I.Akaboyev va I.Turdaliyevlar Osh davlat universitetida, 2024-2025-o‘quv yillarida dotsentlar Sh.Z.Jumaxanov va I.R.Soliyevlar Bishkek shahridagi Qirg‘iziston-Turkiya Manas universitetida ma’ruzalar, uchrashuvlar tashkil etishdi.

Aloqa va ijtimoiy tarmoqlar
Aloqa ma'lumotlari: Fakultetning manzili, telefon raqami, email.
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: Telegram: t.me/namdu_tabiiy_fanlar

Jahon tillari fakulteti 2020-yilda tashkil etilgan bo‘lsada universitetda xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislar 1966 yildan beri  Ingliz filologiyasi, Filologiya va Xorijiy filologiya fakulьtetlari tarkibida tayyorlanib kelinadi.  

Fakultetga dotsent S.Jamolov, dotsent D.Eshondadayev, dotsent T.Gʻoziboyev, dotsent X.Sharipov, dotsent R.Muxammadjonova, dotsent A.Soy, dotsent P.M.Bronshteyn, dotsent Q.Nosirov, dotsent M.Yusupov, professor O.Nosirov, professor N.Otajonov, professor S.Saydaliyev, dotsent A.Abdullajanov, dotsent F.Gabdulxakov, dotsent O.Golubsov, dotsent H.Usmonova, dotsent Sh.Abdurahmonov, dotsent N.Uluqov, dotsent R.Karimov, dotsent S.Misirovlar rahbarlik qilgan. Bugungi kunda fakultetni professor Q.Sidiqov boshqaradi.

Fakultet asosan ingliz va nemis tillari bo‘yicha bakalavr hamda magistrlar tayyorlaydi. Namangan viloyati ta’lim muassasalarini xorijiy til mutaxassislari bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari fakultet bitiruvchilari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda tarjimon-referent va gid-tarjimonlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar.

Fakultet professor o‘qituvchilari va bitiruvchilari. Xorjiy tilllarni o‘qitish metodikasi, qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boradilar.

Fakultetning 36 nafar professor-o‘qituvchilar rivojlangan xorijiy mamlakatlarda stajirovka va malaka oshirish kurslarini o‘tagan. 

Fakultetda 2 nafar fan doktori professor, 2 nafar fan nomzodi professor, 5 nafar falsafa doktori, dotsentlar faoliyat ko‘rsatadi. 

Professor-o‘qituvchilarning barchasi xorijiy tillar bo‘yicha S1 sertifikatiga ega. Fakultetda AQSHlik ko‘ngilli talabalarga dars beradi.

Missiya va qadriyatlar
Fakultetning ta'lim sohasidagi asosiy maqsadlari til o’rganish va o’qitishni rivojlantirish va shu orqali madaniy xabardorlikni oshirish hamda hozirgi globallashuv zamonida kadrlarning til sohasida kerakli bo’lgan zaruriy til ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat;

 Shuningdek til ko’nikmalarini izchil o’qitish orqali sohada innovatsion va muqobil til o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, hozirgi dunyo hamjamiyatining til o’qitish va o’rganish sohasida duch kelayotgan muammolarga zamonaviy yechimlar topish;

Chuqur malakali tilshunoslarni yetishitirish orqali xalqaro aloqalarni mustahkamlash va madaniy almashinuvlarda faol ishtirokchiga aylanish, jamiyatga til xizmatlari, diplomatik jarayonlar va boshqaruv, hamkorlik sohalarida tarjimonlarga bo’lgan ehtiyojlarni ta’minlashdan iborat.

 Ta’lim yo‘nalishlari va dasturlar
Fakultet taklif etadigan bakalaviat yo‘nalishlari:
60230100-Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) – kunduzgi – 4 yil 
60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) – kunduzgi – 4 yil
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) – kunduzgi – 4 yil
60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) – kechki – 4,5 yil
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) – kechki – 4,5 yil.
Magistratura mutaxassisliklari:
Lingvistika (ingliz tili) – kunduzgi – 2 yil. S1 sertifikat talab etiladi
Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) – kunduzgi – 2 yil. S1 sertifikat talab etiladi
Fakultetda 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (soxalar bo‘yicha), 10.00.04-Yevropa, amerika va  avstraliya xalqlari tili va adabiyoti va 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud.
Fakultetda 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik  va tarjimashunoslik va 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha Phd.03/31.03.2021.Fil.76.05 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash va Ilmiy Seminar faoliyat ko‘rsatadi.
Yo‘nalish va mutaxassisliklar tavsifi:
60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) bu zamonaviy tilshunoslik va ta’lim sohalarining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) sohasidagi ish Ingliz tilining grammatikasi, leksikasi, fonetikasi, tarixi va madaniy konteksti haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lish, Ingliz tilining turli xil janrlari (adabiyot, jurnalistika, ilmiy yozuv, va hokazo) bilan tanishishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish mutaxassislari  Ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish va  turli xil o‘quv materiallari va texnologiyalar bilan dars jarayonini samarali tashkil, o‘quvchilarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratish imkoniyati bor.

 60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)  bu xorijiy tillarni o‘qitishni takomillashtirish sohasining eng muhim yo‘nalishlaridan biri. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)  ish  bolalarning til o‘rganish xususiyatlari, bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatish usullari, bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatishda qo‘llaniladigan o‘quv materiallari va texnologiyalarni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish mutaxassislari bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatishda sinfda o‘quvchilarni rag‘batlantirish va ularning motivatsiyasini oshirish usullari va ular uchun ingliz tilini o‘rgatishda madaniy xabardorlikni oshirish usullari kabi bilimlarni egallaydilar.

 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
O'qitishni takomillashtirish sohasining eng muhim yo’nalishlaridan biri. Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishi til o’ganuvchilar uchun til o'rganish xususiyatlari, ular uchun ingliz tilini o'rgatish usullari, o’quvchilar uchun ingliz tilini o'rgatishda qo'llaniladigan o'quv materiallari va texnologiyalarni o’rgatishga qaratilgan. Ushbu yo’nalish mutaxassislari o’quvchilar uchun ingliz tilini o'rgatishda sinfda o'quvchilarni rag'batlantirish va ularning motivatsiyasini oshirish usullari va ular uchun ingliz tilini o'rgatishda madaniy xabardorlikni oshirish usullari kabi ko’nikmalarga egadir.

 70230101 - Lingvistika (Ingliz til) magistratura mutaxassisligi
Lingvistika (Ingliz til) magistratura mutaxassisligi bu xorijiy tillarni o’qitishni takomillashtirish sohasining eng muhim yo’nalishlaridan biri.  Lingvistika (Ingliz til) mutahassisligi til o’ganuvchilar uchun til o'rganish xususiyatlari, ular uchun ingliz tilini o'rgatish usullari, o’quvchilar uchun ingliz tilini o'rgatishda qo'llaniladigan o'quv materiallari va texnologiyalarni o’rgatish bilan birgalikda ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etishga qaratilgan. Ular tomonidan ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy ish olib borish  va bibliografiyalarni tuzish kabi ko’nikmalarni o’zida jamlaydi.

70230502-Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) magistratura mutaxassisligi
Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) magistratura mutaxassisligi bu jahon adabiyoti taraqqiyoti va tarixi, rivojlanish bosqichlarini o’rganishda eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) magistratura mutaxassisligi sohasidagi ish ingliz adabiyoti tarixini o'rta asrlardan hozirgi kungacha o'rganish, muhim davrlar, yozuvchilar va asarlar bilan tanishish, adabiy asarlarni tahlil qilishning turli xil nazariyalari bilan tanishish, roman, she'riyat, drama, essey va boshqa adabiy janrlarni chuqurroq o'rganishga qaratilgan. Ushbu yo’nalish mutaxassislari ingliz adabiyoti haqida chuqur bilimlarga ega bo'lish va bu bilimlarni keyinchalik o'qituvchilik, tadqiqotchilik, yozuvchilik va boshqa sohalarda qo'llash, ingliz adabiyoti sohasida o'zingizning tadqiqot loyihalaringizni olib borish, tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va yozuv qobiliyatlarini rivojlantirish ko’nikmalariga egadir.

Fakultetda Ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikat olish uchun TESOL o‘quv kursi va “Tarjima va taxrir xizmati” markazi faoliyat olib boradi.

Talabalar uchun ma’lumotlar
Talabalar uchun AQSH, Angliya, Germaniya va boshqa mamlakatlar grantlari e’lon qilinadi. 

Universitet tomonidan iqtidorli talabalar, ijtimoiy yordamga muxtoj talabalar muntazam moliyaviy rag‘batlantiriladi. Talabalarning ijara pullarining bir qismi davlat tomonidan to‘lab beriladi.

Fakultet talabalari Namangan viloyati va respublikaning boshqa viloyatlarida maktabgacha ta’lim, o‘rta maktablar, professional ta’lim muassasalari, davlat oliy ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalari, turistik kompaniyalar va mexmonxonalarda amaliyot o‘taydilar

Infrastruktura va resurslar
Fakultetning barcha o‘quv auditoriyalari proyektor va smart doskalar bilan jixozlangan bo‘lib darslar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladi.

Tadbirlar va faoliyat
Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun “Academic writing”, “Speaking club”, “Book club”, “English club” , “Research club” to‘garaklari hamda “Nihol” talabalar teatr klubi faoliyat ko‘rsatadi.

Xalqaro hamkorlik: Chet el universitetlari bilan aloqalar, almashinuv dasturlari.

Fakultet Amerika, Britaniya, Malayziya, Hindiston va Gemaniya elchixonalari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Asosan AQSH kosulligining Faculty Enrichment Program (FEP)  dasturi “American corner” va xalqaro “TESOL” tashkilotlari bilan, Britaniyaning Hornby Trust tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan NETRUZ xalqaro loyihasi bilan, Hindiston hukumatining ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi bilan, Malayziya hukumatining MTCP (The Malaysian Technical Cooperation Programme) dasturi bilan, Germaniya hukumatining DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) halqaro dasturi bilan hamkorlik qilinadi

Aloqa va ijtimoiy tarmoqlar
Manzil: Namangan shahri, Boburshox ko‘cha, 161 uy. 

Telefon: 998692288502

Email: info@worldlang.namdu.uz

Telegram: @NamSU_YenglishF

 

Barcha O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari qatori Namangan oliy dargohining ham taraqqiyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992-yil 28-fevraldagi Farmoniga muvofiq Namagan pedagogika instituti negizida Namangan davlat dorilfununining tashkil etilganligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ldi. Bu yuksak ishonch institutning professor-o‘qituvchilari, xodimlari, 6,5 mingga yaqin talabalar jamoasi zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklab, ilm sirlarini egallash orqali yosh mustaqil vatanimiz taraqqiyotiga sidqidildan xizmat qilishga chorladi.

Namangan davlat universitetining tarix fakulteti 1993-yilning 1- sentabridan alohida fakultet sifatida ajralib chiqib, Namangan shahrining eng muhtasham binolaridan biri sobiq Sanoat va qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga ko‘chib o‘tdi. Shu davrda fakultetda yagona kafedra O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi faoliyat yuritib, 152 nafar talaba tahsil olgan. 1993/1994 va 1994/1995 o‘quv yillarida fakultet salohiyatini kengaytirish maqsadida sharqshunos-tarixchi va sharqshunos-afrikashunos mutaxassisliklariga jami 18 nafar talabalar qabul qilingan. 1994/1995 o‘quv yilidan fakultetda ToshDU (hozirgi O‘zMU)dan taklif etilgan tarix fanlari doktori, professor ustoz Sultonmurod Soliyev rahbarligida Umumiy tarix kafedrasi tashkil etildi. 1994 yilga kelib fakultet boshqaruvi yosh va shijoatli B.Talapovga ishonib topshirildi. Shu sabab universitet rahbariyatining tashabbusi bilan fakultetda 1995/1996 o‘quv yilidan huquqshunos-pedagog yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.Ushbu yo‘nalish 1998/1999 o‘quv yilidan alohida fakultet va mutaxassis tayyorlovchi kafedra sifatida ajralib chiqqan. Huquqshunoslik fakultetni 1998-2002 yillarda t.f.n.B.Talapov boshqargan.

Tarix fakultetida 1997/1998, 2007/2008 o‘quv yilida t.f.n. Q.Asqarov, 1998/2000, 2001/2002 o‘quv yilida t.f.n. G‘. Abdurahmonov, 2002/2005 yillarda t.f.n. A.Pozilov, 2005/2006, 2010/2012 yillarda t.f.n. R.Jo‘rayev, 2006/2007 o‘quv yilida t.f.n. S.Boltaboyev, 2008/2010, 2013/2014 yillarda t.f.n. B.Talapov, 2012/2013 o‘quv yilida t.f.n. B.Tursunov,  2014/2020 o‘quv yillarida t.f.n. N.Dehqonov, 2020/2023-o‘quv yillarida s.f.d. professor R.Jo‘rayev, 2022/2023-o‘quv yilida t.f.n., dotsent B.Mallabayevlar dekanlik lavozimida ishlaganlar. 2023-yil 4-sentabrdan t.f.n., dotsent Sh.Xaydaraliyev dekanlik vazifasida rahbarlik qilib kelmoqda.

Fakultet qoshida 2001-yilga kelib yangi ikki bakalavriat yo‘nalishlari – Ijtimoiy madaniy faoliyat va Milliy g‘oya, huquq  va ma’nviyat asoslari ochilgan. 2000/2001 o‘quv yilidan boshlab esa, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha magistratura mutaxasisligi bo‘yicha magistralar tayyorlab kelinmoqda.

Tarix fakultet joylashgan binoda 1998-2011 yillarda uchta fakultet faoliyat olib borgan. Dastlab 2003-2006 yillarda Ijtimoiy madaniy faoliyat va Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi alohida ijtimoiy-gumanitar bo‘lim sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa (bo‘lim boshlig‘i R.Soliyev), 2009-2011 yillarda Ijtimoiy-gumanitar fakultet faoliyat olib borgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 15-avgustdagi buyrug‘i asosida Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tashkil etilgan. 

2020-yildan Ijtimoiy fanlar fakulteti deb yuritilmoqda.

Fakultetda 60220300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), 60311000-sotsiologiya,  60220400-arxeologiya  va 60320300-arxivshunoslik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr tayyorlanadi. 

70220301-Tarix (yoʻnalishlar va faoliyat turi boʻyicha), 70230501-Etnografiya, etnologiya va antropologiya, 70220401-Arxeologiya va 70311001-Sotsiologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. 

Hozirda fakultet tarkibida 2 ta kafedra mavjud:

Tarix kafedrasiga 2025-yil 5-martdan Tarix kafedrasiga Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Vaxobov Botirali Mixailovich mudirlik qilmoqda. 

2024-yil 11-noyabrdan Ijtimoiy fanlar kafedrasiga sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Maxkamov Kodirjon Odiljonovich rahbarlik qilishmoqda.

Missiya va qadriyatlar:
Fakultetning ta'lim, tadqiqot va jamiyatdagi o'rni haqidagi asosiy maqsadlari.

Talabalarga ijtimoiy fanlarni o’qitishda chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish.

Tanqidiy fikrlash, tahliliy yondashuv va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Jamiyatda ro‘y berayotgan siyosiy, madaniy va ijtimoiy jarayonlarni tushunish va baholashga qodir mutaxassislar tayyorlash.

Ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolarni o‘rganish (masalan, ijtimoiy tenglik, gender masalalari, siyosiy islohotlar, madaniyatlararo muloqot).

Mahalliy va xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida konferensiyalar, seminarlar va loyihalarda ishtirok etish.

Yosh tadqiqotchilar va talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilish.

Fan va ta’lim orqali ijtimoiy barqarorlik, tolerantlik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qilish.

PhD/DSc dasturlari: Doktorlik darajasiga oid ma'lumotlar.
07.00.01-O‘zbekiston tarixi yo‘nalishida 13 nafar tayanch doktorant 

22.00.03-Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi yo‘nalishida 2 nafar tayanch doktorant. 

23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar yo‘nalishida 2 nafar tayanch doktorant. 

Yo’nalishlar bo’yicha qisqacha ko’rinish
60220300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘rnatilgan tartibda o‘qitish, tarixiy tadqiqotlar bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari; davlat boshqaruv organlari; davlat muzeylari; notijorat tashkilotlari; tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni o‘rganish markazlarida kompleks masalalarni yechish majmuasini qamrab oladi.

60220400 – arxeologiya – tarix va antropologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan fan bo‘lib, qadimgi jamiyatlarning moddiy - madaniy yodgorliklarini o‘rganish orqali insoniyat tarixi haqida ilmiy bilimlar hosil qilishga xizmat qiladi. Ushbu yo‘nalish arxeologik qazishmalarni olib borish, topilmalarni tahlil qilish, tarixiy rekonstruksiya qilish hamda madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishga qaratilgan. 60220400 – Arxeologiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalar dala tadqiqotlari, laboratoriya tahlillari, arxeologik yodgorliklarni dokumentatsiya qilish hamda GIS texnologiyalaridan foydalangan holda tarixiy obidalarni tahlil qilish kabi muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Zamonaviy texnologiyalar, jumladan, geofizik usullar, 3D modellashtirish va raqamli ma’lumotlar bazalaridan foydalanish orqali arxeologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish tizimi takomillashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalish madaniy merosni o‘rganish, asrash va kelajak avlodlarga yetkazishda katta ahamiyatga ega.

60311000 - Sotsiologiya - jamiyat ijtimoiy xayoti, uning sotsial strukturasi, shuningdek, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning faoliyati, turli sotsial vokealar, jarayonlar xamda kishilarning sotsial xulk-atvori qonuniyatlarini butun bir ijtimoiy murakkab tizim sifatida qamrab olib, o‘zining konkret empirik metodlari asosida ularni nazariy va amaliy jixatlarda tadqiq etadi. Mazkur yo‘nalish jamoatchilik fikrini o‘rganish markazlari, ommaviy axborot vositalari, davlat xokimiyat organlari, xuquqni muhofaza qilish organlari, siyosiy partiyalar, marketing va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy ta’minot, maxalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lmining davlat va nodavlat muassasalarida yunalishga doir masalalarni yechish masalalarini qamrab oladi.

60320300 - Arxivshunoslik bakalavriat ta’lim yo’nalishi - ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasining tarkibida bo’lib,  jamiyat rivojlanishining barcha qirralarini aniq o’rganish, jamiyat istiqbolini belgilash, hujjatshunoslik, tarix sohasini rivojlantirish, kasbiy ko’nikmaga, qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasi bilan bog’lik kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. O’zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, “O’zarxiv” agentligi tarkibiga bo’ysunuvchi Respublika Milliy arxivi, viloyat, tuman, shaxar arxivlarida va nodavlat arxivlarda joriy ishlarni amalga oshirish; - davlat boshqaruvi organlari idoraviy arxivlarida ishlash; - arxivshunoslik, hujjatshunoslikka doir masalalarni xal etishga doir ilmiy metodlar va modellar ishlab chiqilishi va tadqiq etilishi talab etiladigan hamda zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari qo’llanadigan hizmat ko’rsatish va ish yuritish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, muzeylarda, axborot-resurs markazlarida turli tadbirkorlik subyektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida va shu kabilarda arxiv ishi va hujjatshunoslik ishlarini yuritadi.

Talabalar uchun ma'lumotlar
Stipendiyalar va moliyaviy yordam: Talabalarga beriladigan imtiyozlar va grantlar haqida ma'lumot.

Amaliyot va ish imkoniyatlari: Fakultetning hamkor tashkilotlari va amaliyot joylari.

Tadbirlar va faoliyat
Talaba tashkilotlari: Ijtimoiy fanlar fakultetida Teatr studiyasi, fan to’garaklari, Zakovat klubi faoliyat ko'rsatadi.

Xalqaro hamkorlik: Chet el universitetlari bilan aloqalar, almashinuv dasturlari.

O’sh davlat universiteti;

O’sh davlat pedagogika institute;

Qirg’iz-O’zbek xalqaro universiteti; 

Qozog’istonning Farobiy nomidagi xalqaro universiteti;

Manba: www.namdu.uz

Filologiya fakulteti 1942-yilda Andijon pedagogika instituti filiali sifatida ochilgan Namangan o‘qituvchilar instituti (hozirgi NamDU)ning ilk fakultetlaridan biri bo‘lgan.

Namangan o‘qituvchilar instituti (keyinchalik Namangan davlat pedagogika instituti, hozirgi NamDU) ning o‘zbek tili va adabiyoti fakultetining ilk talabalari 1944-yilda o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi diplomini olishgan. Ilk bitiruvchilar safida keyinchalik filologiya sohasi bo‘yicha ilmiy daraja va unvon olib, Toshkent davlat sharqshunoslik institutida, keyinchalik universitetga kelib ishlagan filologiya fanlari doktori, professor Ismatulla Abdullaev, NamDUda faoliyat ko‘rsatgan, filologiya ilmi rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimlar filologiya fanlari nomzodi, dotsent Alixon Xalilbekov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent O‘g‘ilxon Azimovalar bo‘lishgan. 

1945-yilda ikkinchi bitiruvchilar, NamDUning faxri, pensioner ustozimiz filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunboy Nu’monov va kursdoshlari Xolmatjon Qahhorov, Ibrohim Qahhorov, Yusufjon Yunusov, Munavvar Mahmudova, Farida Badalova, Abdurahmon Hasanov, Ibrohim Yoqubboyevlar o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisi diplomini olishgan.

Filologiya fakulteti turli yillarda filologiya-tarix, o‘zbek filologiyasi, o‘zbek va rus filologiyasi, o‘zbek filologiyasi nomlari bilan atalgan. Fakultetga uzoq yillar filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tojiboy G‘oziboyev (1980-1984-yillar), tarix fanlari nomzodi, dotsent Tursunboy Fayzullaev (1984-1985-yillar), filologiya fanlari nomzodi, dotsent Salohiddin Jamolov (1985-1988-yillar), filologiya fanlari nomzodi, professor Odiljon Nosirov (1988-1989 yillar), tarix fanlari nomzodi, dotsent Abdulhaq Madumarov (1990-1993-yillar), filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Yusupov (1993-1998-yillar), filologiya fanlari nomzodi Tohirjon Rahmonov (1998-2002-yillar), filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Yusupov (2002-2004-yillar), filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nosirjon Uluqov (2004-2005-yillar) lar dekanlik qilishgan.

Chorak kam bir asr davomida filologiya fakulteti nafaqat Namangan viloyatiga, qo‘shni Andijon viloyati, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalariga o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlab berdi. Ular orasida Sayfulla Ismatullaev, Dilorom Isomiddinova, Ra’no Isoqova, Lobarxon Rustamova, Sanobar Abdurahmonova kabi yuzlab yetuk o‘qituvchi va murabbiylar bor.

Fakultetda tahsil olgan sobiq talabalari orasidan yetuk jurnalistlar, yozuvchi va shoirlar ham etishib chiqqan. Ziyoviddin Mansurov, Rustamjon Ummatov, Sodiq Sayhun, Isoqjon Nishonov, Musoxon Akmalov, Gulchehra Zokirova (Benazir), Manzura Abdullayevalar shular jumlasidandir. 

Universitet rektori fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdulla A’zamov tashabbusi va rahbarligida filologiya fakultetida 1993-1994-o‘quv yilida sharqshunoslik, jurnalistika yo‘nalishlari ham ochilgan. 

Jurnalistika yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari o‘zbek adabiyoti kafedrasida faoliyat yuritishgan. Bo‘lajak jurnalistlarga uzoq yillar Yangiqo‘rg‘on tumanining “Mehnat bayrog‘i”, Chortoq tumanining “Chortoq haqiqati” gazetalariga muharrirlik qilgan, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mahmudjon Ma’murov, “Namangan haqiqati” gazetasiga uzoq yillar muharrirlik qilgan, o‘sha yillarda fakultet dekani bo‘lgan tarix fanlari nomzodi, dotsent Abdulhaq Madumarov, viloyatning hozirgi yetuk jurnalistlari “Namangan haqiqati” gazetasining muharriri Mahmudjon Parpiyev, shu gazeta xodimi Nosirjon Dehqonov, “Ayol va jamiyat” gazetasi muharriri Ahmadjon Adashev, “Kamolot” (hozirgi “Yoshlar nigohi”) gazetasining avvalgi muharriri Odiljon Inomov va boshqalar saboq berishgan.

Hozirda viloyatimizdagi “Yoshlar nigohi” gazetasi muharriri Nilufar Jamolova, “Mahorat maktabi” gazetasi xodimi Alisher Jo‘rayev, “Namangan haqiqati” gazetasi muxbirlari Gulchehra Buvamirzayeva, Saida Ismoilova, Mastura Zulfiqorova, “Mingbuloq ovozi” gazetasi xodimi Orifjon Darvishov, Namangan viloyati matbuot boshqarmasi mutaxassisi Mahmuda Qodirova, “Ayol va jamiyat” gazetasi xodimi Shahlo Toshbekova, Respublika “Ekologiya” jurnali bosh muharriri Nodira Abdullayevalar fakultetning jurnalistika bo‘limining bitirishgan. 

1993-1994-o‘quv yilida Toshkent oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz filologiya fanlari doktori, professor Ismatulla Abdullaev, filologiya fanlari doktori Eminjon Talabovlar universitetga ishga taklif etildi. Fakultetda sharqshunoslik kafedrasi ochildi, dastlab kafedraga filologiya fanlari doktori, professor Ismatulla Abdullaev, keyinchalik filologiya fanlari doktori Eminjon Talabov mudirlik qilishdi. Kafedra o‘qituvchilarining sa’y-harakatlari bilan Misr Arab Respublikasi Asyut shahridagi Asyut universiteti bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatiladi. Fakultetda 1995-yilda Misr o‘quv markazi ochiladi. O‘quv markazining ochilish marosimida Misr Arab Respublikasining o‘sha paytdagi O‘zbekistondagi elchisi janob Shavqiy ishtirok etadi. O‘quv markazi 1995-1999-yillarda faoliyat ko‘rsatdi va uni Asyut universiteti o‘qituvchisi Xolid Abdulhamid boshqardi hamda talabalarga arab tilidan saboq berdi.

Ana shu ustozlarning ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 1999-yilda bir guruh talabalar sharqshunos mutaxassisligi diplomini olishgan.

Filologiya fakultetida azaldan ustoz-shogirdlik an’analari yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur fakultetni turli yillarda bitirgan va keyinchalik ilm yo‘lidan borib, ustozlari bilan shu fakultetda yelkami-yelka ishlayotgan sobiq talabalar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Diloromxon Boboxonova, Obidxon Karimov, filologiya fanlari doktori, professor Huriniso Usmonova, filologiya fanlari doktori, professor Nosirjon Uluqov, pedagogika fanlari doktori DSc, professor Mahbubaxon Sobirova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shavkatjon Abdurahmonovlar faoliyati fikrimizning dalilidir. 

Fakultetni bitirgan sobiq talabalar nafaqat Namangan davlat universitetida, respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlarida mehnat qilishmoqda. Jumladan, filologiya fanlari nomzodi, Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti Usmonjon Qosimov, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar Shahnoza Ergasheva, Xurshida Hamroqulova, Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Yulduzxon Ne’matovalar ham filologiya fakultetida tahsil olishgan.

2005-yilning avgustida ingliz filologiyasi, nemis va fransuz tillari, o‘zbek filologiyasi, rus filologiyasi fakultetlari negizida filologiya fakulteti tashkil etilgan. Fakultetga filologiya fanlari doktori, professor Ne’matillo Otajonov dekan etib tayinlandi va u 2006-yilga qadar fakultetni boshqardi.

2006-2007-o‘quv yilida yana o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti yo‘nalishlari negizida o‘zbek va rus tillari fakulteti tashkil etildi. Fakultetga bir muddat filologiya fanlari nomzodi, dotsent Huriniso Usmonova, 2007-2009-yillarda filologiya fanlari nomzodi Shavkatjon Abdurahmonov, 2009-2010-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nosirjon Uluqovlar dekanlik qilishdi.

2010-yil 12-mayida yana ingliz tili, nemis va fransuz tillari, o‘zbek tili, rus tili yo‘nalishlari negizida filologiya fakulteti tashkil etildi. Yangi fakultetni filologiya fanlari nomzodi, dotsent Rahimjon Karimov 2012-yilgacha boshqardi. 2012-yilda fakultetga pedagogika fanlari nomzodi Sohibjon Misirov dekan etib tayinlandi. 

2017-2018-o‘quv yilidan filologiya fakulteti bo‘linib, filologiya va ingliz filologiyasi fakultetlari tashkil etildi. Fakultetga pedagogika fanlari nomzodi Komiljon Abdullayev (2017-2018-yillar) filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qosimjon Siddiqov (2019-2020-yillar), falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent Rimma Zamilova (2020-2021-yillar), filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent Abdulhamid Qurbonov (2021-2023-yillar) dekanlik qildi. 

2024-yil 4-yanvardan filologiyasi fakulteti dekani sifatida geografiya fanlari doktori DSc, professor Nazarov Abdug‘affor Abdujabborovich ish boshladi. 

O‘quv-uslubiy va ilmiy soha
Fakultetda 2024-2025 o‘quv yillarida reja asosida quyidagi ishlar bajarildi: 1 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta monografiya, 33 ta uslubiy qo‘llanma nashr etilgan.

Keyingi ikki yilda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash keskin o‘sdi. Turli ilmiy kengashlarda 2023-yildan buyon fakultetning 3 nafar professor-o‘qituvchisi doktorlik (DSc – Karimova Farida, Abdullayev Komiljon, Sobirova Mahbubaxon), 5 nafar o‘qituvchi PhD (O.Yuldashev, O.Husanxo‘jayev, O.Ahmadjonov, N.Saidaxmedova, D.Akmalova, M.Usmonov, A.Rohataliyev, S.Jo‘raboyeva, B.Ashurov) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

N.Uluqov rahbarligida onomastik tadqiqotlar maktabi, prof. H.Usmonova rahbarligida pragmalingvistik tadqiqotlar maktabi, f.f.n., prof. K.Nosirov rahbarligida badiiy ijod va tarjima maktabi yuzaga keldi. Talabalar uchun to‘garaklar tashkil qilinib, ularning ilmiy-uslubiy ishlari fakultetda doimiy nashr etib kelinayotgan “Ilm ummonidan qatralar”, “O‘zbek filologiyasining dolzarb amaliy va nazariy masalalari”, “Adabiyot bo‘stoni” to‘plamlari, shuningdek, OAK ro‘yxatidagi jurnallar, konferensiyalar materiallarida e’lon qilib kelinmoqda. K.Nosirov rahbarligidagi "Lirik lahzalar" (“Заветная лира”) Ye.CHjen rahbarligida “Adabiy muhit” (“Литературная среда”) F.Karimova rahbarligida “G‘azalxon qizlar” D.Boboxonova “Notiqlik san’ati” D. Tojiboyeva “Adabiyot bo‘stoni” U.Qo‘ziyev “Yosh ijodkor”, Sh.Nabiyev “Rus tili bilimdonlari” to‘garaklari samarali faoliyat yuritadi.

Ma’naviy-ma’rifiy soha
80 nafar talabalar hududiy va Respublika miqiyosidagi tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, xususan, O‘zbek tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi X.Rahimberdiyeva “Doim hilpirab tur, bayrog‘im” insholar Respublika ko‘rik tanlovida 1-o‘rin;

Fakultetda talabalarning kasb-hunar, sport, musiqa va til o‘rganishga oid qiziqishlarini muvofiqlashtirib borish maqsadida ota-onalar kengashi tashkil etilgan. Bu masalalar kurslar kesimida ota-onalar bilan kelishuv asosida olib borilmoqda. Bundan tashqari, Prezident topshirig‘iga binoan o‘rta maktablarda kasbga yo‘naltirish, fan to‘garaklari, kafedra filiallarini ochish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Byudjetdan tashqari mablag‘ jalb etish maqsadida fakultet qoshida tarjima va tahrir markazi tashkil qilingan, shuningdek, professor Nosirjon Uluqov rahbarligida Turkiya Respublikasi bilan qo‘shma hamkorlik doirasida 2024/2026-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek va turk geortonimlarining lingvokulturologik, etnolingvistik tadqiqi” nomli fundemental loyiha doirasida 890 636 500 (sakkiz yuz to‘qson millon olti yuz o‘ttiz olti ming besh yuz) so‘mlik grand, “Mashrab” nashriyoti (jami 6 million), UzChasys MCHJ (jami 3 million) bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosida qo‘shimcha mablag‘ jalb etilgan.

2024-2025-o‘quv yilida 1038ta talaba, shundan o‘zbek tili yo‘nalishida 461ta, rus tili yo‘nalishida 414ta, jurnalistika yo’nalishida 74ta, amaliy filologiya yo’nalishida 43ta magistratura mutaxassisligida 46 ta talaba tahsil olmoqda.

Shuningdek, PhD.03/04.06.2020. Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengash OAKning 2020-yil 5-iyundagi № 159-son qarori bilan tasdiqlangan. Ilmiy kengashga 10.00.01 – “O‘zbek tili”, 10.00.02 – “O‘zbek adabiyoti”, 13.00.02 − “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)” ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilib olishga ruxsat etilgan. 2021-yilda 3 ta, 2022-yilda 4 ta, 2023-yilda 4 ta PhD, 2024-yilda 14ta PhD, 2ta dotsentlik, 1ta professorlik diplomlari va dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Filologiya fakultetida 2023-yildan boshlab, 10.00.01 – O‘zbek tili, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha doktorantura ham ochilgan. Hozirda 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha Qozoqova Nozima, Yunusova Barchinoy, Qodirova Dilfuza, Ismoilova Odina, Ahmadaliyeva Guljahon, Siddiqova Kamola, Sultonova Dilnoza, Zulaypoyeva Gulmira, Egamberdiyeva Nilufar, Mo’minova Mahliyo, Xo‘jayeva Munisa, Munavvarova Mohira, Usmonaliyev Shahboz, Shamshiyeva Diyora 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha Sharipov Dilshodbek, Aliyeva Guljahon, Egamberdiyeva Shamsiya, Sheraliyeva Rohatoy, Abdullayeva Dildora, Mamadaliyeva Gulnavozlar tayanch doktoranturada tahsil olishmoqda.

XORIJIY ALOQALAR
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining professor-o’qituvchilari xalqaro aloqalar bo’yicha qilgan ishlari

Rayhona G‘oyibboyeva

Namangan davlat universitetida xalqaro hamkorliklar doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, Rayhona G‘oyibboyeva 2018-yilning iyul va avgust oylarida Hindiston Respublikasining Haydarabod shahridagi “English foreign languages university” universitetida qisqa muddatli malaka oshirish kursida ishtirok etdi. U yerda dunyoning 18 dan ortiq davlatlaridan kelgan oliy taʼlim mutaxassislari bilan metod va tajribalar almashdi va ingliz tili bo‘yicha bilimlarini rivojlantirdi. Taʼlim sifatini oshirishda qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalarni o‘rganib qaytdi.

Qo‘ziev Umidjon Yandashalievich
NamDU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, PhD Qo‘ziyev Umidjon Yandashaliyevichning 02.12.2019 – 10.01.2020 oralig‘ida Hindiston hukumatining ITEC dasturi bo‘yicha malaka oshirish kursida ishtirok etdi.

Hindistonning Haydarobod shahrida National Institute of  Micro, small and medium enterprises (NIMSME)da  “Micro, small and medium enterprises – approaches and strategies” (Mikro, kichik va o‘rta biznes – yondashuvlar va strategiyalar) kurs bo‘yicha 6 haftalik malaka oshirib qaytdi. Kurs dasturida kichik va o‘rta biznes tushunchalari, ularni yuritish, biznes loyiha tuzish, ularni baholash, kreditlash, marketing, bank xizmatlari, hujjatlashtirish kabi jarayonlar Hindiston, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar misolida o‘rganildi. O‘quv mashg‘ulotlariga bank, soliq idoralari xodimlari, muvaffaqiyatli biznes egalari, turli motivasion yo‘nalishdagi mutaxassislar jalb etildi. Kurs davomida banklar (Andhra Bank, Exim Bank, Nabard Bank), kichik va o‘rta biznes subyektlari (suv qadoqlash sexi, hunarmandchilik ustaxonalari, traktor zavodi), ilmiy tadqiqot institutlari (Haydarobod Universiteti ilmiy tadqiqotlar inkubatori)ga o‘quv sayohatlari uyushtirildi. Kurs yakunida sayohat taassurotlari, ilmiy-tanqidiy xulosalar va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashildi. Kelajakda o‘z mamlakatimizda qanday ishlarni amalga oshirish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Milliy-madaniy kechalar, milliy qo‘shiq va raqslar tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yuldashev Otabek Toshpo‘lat o‘g‘li
Xalqaro hamkorliklar doirasida 2023-yil noyabr, dekabr oylarida Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, PhD Yuldashev Otabek Hindiston Respublikasining Chennai shahrida “Rivojlanayotgan mamlakatlarda akkreditatsiya orqali Oliy ta'limda sifatni taʼminlash" mavzusida 144 soatlik malaka oshirish kursida ishtirok etdi. 

Chennai shahrida dunyoning 15 dan ortiq davlatlaridan kelgan oliy taʼlim mutaxassislari bilan fikr almashib, Hindiston oliy taʼlim tizimida sifatni oshirishda qoʻllaniladigan texnologiyalar bilan tanishdi.

Sulaymonov Mo‘minjon, Darvishov Ibrohim, Dedaxanova Muhayyo, Qozoqova Nozima, Solixo‘jayeva Xavasxon, Usmonov Musulmon, Yuldashev Otabek 
(Qirg‘iziston O‘sh shahri 2024-yil 30-may) 

Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari 2024-yilning 30-may kuni Qirgiziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining 85 yilligi munosabati bilan hamda turkiy xalqlarning o‘zaro birdamligi, mushtarak tarixiy ildizlarini o‘rganish, madaniyat va qadriyatlardagi uyg‘unlikni tadqiq etish, turkiy xalqlar qadriyatlari va birdamligini mustahkamlash maqsadida “Turkiy xalqlarning ma’naviy integratsiyasi: tili, adabiyoti, madaniyati” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-nazariy konferentsiya o‘tkazildi. Mazkur konferensiyada Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Yaponiya va O‘zbekistonning yetakchi universitetlaridan tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Jumladan, konferensiyada Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilaridan M.Sulaymonov, I.Darveshov, N.Qazaqova, H.Salixodjayeva, O.Yuldashev, M.Dedaxanova, M.Usmonovlar faol qatnashdilar. Konferensiyada o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mo‘minjon Sulaymonov Namangan davlat universiteti rektori, professor Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unovning tabrigini o‘qib eshittirdi. Universitetning O‘sh davlat universiteti bilan hamkorlik rishtalarini mustahkamlashda, Namangan filologiya maktabi vakillarining faoliyatini yana ham ommalashtirishga, jadallashtirishda ushbu konferensiyaning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi. Universitet jamoasining esdalik sovg‘alari O‘shDU jamoasiga topshirildi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Ilmiy-nazariy anjuman yakunida ushbu konferensiyani an’anaviy ilmiy-nazariy konferensiya sifatida har yili o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Darvishov Ibrohim, Qo‘ziyev Umidjon, Yuldashev Otabek 
(Qozog‘iston Olmata shahri 2024-yil 3-7-iyun) 

Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari Darvishov Ibrohim, Qo‘ziyev Umidjon, Yuldashev Otabeklar 2024-yilning 3-7-iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi Almata shahri ATU universitetida “Xalqaro yozgi maktab – 2024”da “Современные технологии очистки воды и управление водными ресурсами!” 72 soatlik malaka oshirish kursida ishtirok etishdi. Yozgi maktab ishtirokchilari malaka oshirganlik to‘g‘risida sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sulaymonov Mo‘minjon, Abdullayev Komiljon
Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari Sulaymonov Mo‘minjon, Abdullayev Komiljonlar 2023-yil Qozog‘iston Respublikasi Shimkent Jumabek Teshenev atindag‘i universitetida “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va jahon madaniyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Rus tili va adabiyoti kafedrasining professor-o’qituvchilari xalqaro aloqalar bo’yicha qilgan ishlari 
Namangan davlat universitetida xalqaro hamkorliklar doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, Nabiyev Shuxrat Axmadjanovich 2019-yilning 18-sentyabr 16-noyabr oylarida A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida malaka oshirib qaytdi.

2022-yilning 12-16-dekabr kunlari Nabiyev Shuxrat Axmadjanovich  va Xayitov Mamasoli Mamasharipovichlar Tojikiston respublikasining Dushanbe shaxrida o’tkazilgan “Русский язык в системе школьного образования: вызовы и точки роста” nomli xalqaro forumda ishtirok etdi.

2023-yilning 7-18-avgustga qadar Djumanazarova Zilola Obidjonovna va Yusupova Ra‘no Kamalxanovnalar  Sankt-Peterburg  davlat universitetida malaka oshirib qaytdi.

2024-yilning 13-16-fevral kunlari  Nabiyev Shuxrat Axmadjanovich   Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Златоуст” o’quv-nashriyot markazida stajirovka o’tab qaytdi.

2024-yilning 22-24-may kunlari Nabiyev Shuxrat Axmadjanovich  va Xayitov Mamasoli Mamasharipovichlar Rossiya Federatsiyasi A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat institutida IV-Xalqaro Костомаров forumida ishtirok etdi.

2025-yilning 28-yanvaridan 1-fevral kunlari Nabiyev Shuxrat Axmadjanovich   Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Златоуст” o’quv-nashriyot markazida stajirovka o’tab qaytdi.

Fakultetda quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr tayyorlanadi
5120100 – filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

5120100 –  filologiya va tillarni o’qitish: rus tili

5111300 – Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) o‘zga tilli guruhlarda

5112500 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili

5111300 – Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) o‘zga tilli guruhlarda (kechki ta’lim)

5112500 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili (kechki ta’lim)

Fakultetda quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi
5A111301 – Ona tili va adabiyoti (rus tili)

5A120102 – Lingvistika: o‘zbek tili

Fakultet kafedralari:

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi. Kafedra mudiri. Qo‘ziyev Umidjon Yandashaliyevich filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) dotsent.

Rus tili va adabiyoti kafedrasi. Kafedra mudiri Xayitov Mamasoli Mamasharipovich kafedra katta o‘qituvchisi.

Manba: www.namdu.uz

Fakultet haqida qisqacha ma'lumot: 1942 yildan Namangan oʻqituvchilar instituti, 1955 yildan Namangan davlat pedagogika instituti, 1992 yildan Namangan davlat unversiteti tarix-filologiya fakulteti tarkibida boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqituvchi-kadrlar tayyorlash yaxshi yoʻlga qoʻyildi. Bu sohada ilgʻor tajribalar toʻplandi va bir qator yutuqlar qoʻlga kiritildi.

1966-1977 yillarda mazkur yoʻnalish mustaqil fakultet ( dekan prof. Gʻ.Aliyev, katta oʻqituvchi Yo.Uzoqov) sifatida faoliyat koʻrsatdi. 1980-1987 yillarda fakultet oʻzbek filologiyasi fakulteti (dekan dotsent T.Fayzullayev) tarkibiga qoʻshildi. 1987-1988 oʻquv yiliga kelib, yana mustaqil fakultet maqomi berildi, dotsent S.Toʻxtaboyev dekan etib tayinlandi hamda boshlangʻich taʼlim va maktabgacha tarbiya yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlandi.

1993-yildan boshlab “Pedagogika fakulteti” nomi bilan atala boshlandi. Oʻtgan davr mobaynida fakultetda professor A.Q.Munavvarov ( 1993-1996 yillar) dotsent S.Toʻxtaboyev ( 1996-1998 yillar) , dotsent M.Mirzaabdullayeva ( 1998-1999 yil.. 2001-2007 yillar), dotsent v.b. N.Yusupov ( 2000 yil), dotsent M.Nishonov (2007-2009 yillar), dotsent N.Uluqov, dotsent  Sh.Joʻraboyev (2009-2012), dotsent Oʻ.Abdullayev (2013 yil), dotsent S.Azizov (2013-2014yillar) dotsent X.Mavlyanov (2014-2017yillar), f.m.f.n.T.Abdullayev (2017 yil), dotsent K.Boymirzayev, (2017-2019 yillar), dotsent K.Inoqov  (2019 yil), dotsent Sh.Koʻpaysinova (2020 yil), dotsent A.Baratov (2020 yil fevraldan 2020 yil dekabrgacha), dotsent M.Boltayeva (2020-2024 yillar), hozirda dotsent I.Rahimov (2024 yil dekabar oyidan boshlab) dekan vazifasida samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqdalar. Bakalavriat dasturlari: Oʻtkan davrlar mobaynida fakultetda asosiy 2 ta kafedra “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” hamda “Pedagogika va Psixologiya” kafedralari oʻziga xos obroʻ-eʼtibor, mazmun va mohiyat, aloxida salohiyatga ega boʻlgan qadimiy kafedralardan xisoblangan. Davr taqazosi bilan turlli yillarda ushbu kafedralar negizida yondosh kafedralar ham faoliyat koʻrsata boshladi.  1960 yilda tashkil etilgan “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasini boshqargan rahbarlar: dotsent N.Boboxoʻjayev (1960-1980 yillar). (1980-1983 yillar) professor M.Yusupov (1983-1997), dotsent v.b N.Yusupov (1997-2000 yillar), dotsent B.Sattorov (2000-2002 yillar), dotsent D.Qozoqov (2002-2003 yillar), dotsent M.Nishonov,  (2006-2007 yillar). dotsent Yu.Shaamirova, dotsent M.Xamidova,  dotsent B.Sattarov, (2008-2020 yillar), professor D.Muminova (2021 yil xozirgi vaqtga qadar) mazkur kafedra  2024-yil 4-sentabrdan Maktabgacha va boshlangʻich  taʼlim kafedrasi deb nomlandi.  “Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi faolyati oliy dargohimiz tarixi bilan uzviy bogʻliq. Kafedra 1945 yilda tashkil etilgan boʻlib unga turli yillarda: dotsent A.F. Magazinnik, p.f.n. Z.Mirtursunov (1955-1958), R.Isomova (1945-1946), p.f.n., dotsent A.Asqarov (1958-1978), dotsent A.Burxonov, Gʻ.Ubaydullayev (1969), p.f.d, professor A.Q.Munavvarov (1978-1996), V.I.Shegol, dotsent M.Xayitboyev, dotsent M.S.Nishonov (1993-2002), Gʻ.K.Joʻraboyev A.X.Sattarov, B.Madaminov, Oʻ.Asqarova (2003-2020) lar kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.2020 yil 11 sentabrda Pedagogika va psixologiya kafedrasi negizida 3 kafedra “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Taʼlim menejmenti” hamda “Psixologiya” kafedralari tashkil etildi. 2024 yil sentabrdan boshlab “Pedagogika nazariyasi va tarixi” kafedrasi bilan “Taʼlim menejmenti” kafedralari muvofiqlashtirish provardida “Pedagogika” kafedrasi shakllantirildi. Ayni damda dotsent D.D.Inamov (2022 yildan boshlab) kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.  2020 yil 11 sentabrda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi asosida “Psixologiya” kafedrasi tashkil etildi. Dastlab dotsent A.Turgʻunboyeva (2020-2023 yillar), soʻngra dotsent U.D.Turaxanov (2024 yildan xozirgi vaqtga qadar) kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda. 1990-1995 yillarda “Boshlangʻich sinflarda ashula va musiqa” ( mudir N.Abdullayev, A.Azizov), “Boshlangʻich sinflarda rus tili oʻqitish metodikasi” (mudir dotsent  N.Ulugʻxoʻjayev) kafedralari ham kadrlar tayyorlash sifatiga salmoqli xissa qoʻshgan edi.Ushbu kafedralar 1995 yilga qadar faoliyat olib borgan. 1988-1996 yillar davomida “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi mustaqil faoliyat koʻrsatdi. Kafedraga dotsent M.Mirzaabdullayeva mudirlik qildi. 1996-2000 yillarga kelib “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi  “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi tarkibida faoliyat yuritdi. 2000 yilda mutaxassis tayyorlovchi “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi shakllantirildi, dotsent M.Mahsudova rahbarlik qildi. “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi 2005 yilgacha faoliyat koʻrsatdi.“Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va metodikasi” kafedrasi universitetning yetakchi kafedralardan biri boʻlib kelgan.  1960 yilda mazkur kafedraga, yaʼni “Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va metodikasi” kafedrasiga asos solindi va unga dastlab filologiya  fanlari nomzodi, dotsent N.Boboxoʻjayev mudir etib tayinlandi. Shundan soʻng 1961-1962 yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent  S.Jamolov, 1962-1966 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent S.Poʻlatov, 1966-1968 yillarda katta oʻqituvchi Yo.Uzoqov, 1969-1974 yillarda biologiya fanlari nomzodi, dotsent F.Ahmadboyeva, 1980 yilda kafedra qayta tashkil etilib, 1980-1983 yillar mobaynida filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Boboxoʻjayev, 1983-1997 yillarda professor M.Yusupov, 1997-2000 yillarda katta oʻqituvchi N.Yusupov, 2000-2002 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Sattarov, 2002-2003 yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Qozoqov, 2004-2006 yillarda psixologiya fanlari nomzodi A.Rahmonov, 2006-2007 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Nishonov,  2007-2011 yillarda esa pedagogika fanlari nomzodi A.Sobirov, 2011-2012 yillar pedagogika fanlari nomzodi,  katta  oʻqituvchi Yu.Shaamirova, 2012-2013 yillar filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova, 2014 yil fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev, 2014-2016 yillar A.Inomiddinov, 2016-2017 yillar fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev, 2017-2018-yillar pedagogika fanlari nomzodi B.K.Sattarov, 2018-2020 yillar filologiya fanlari nomzodi, professor M.O.Hamidova, 2020-2021 pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.K.Sattarovlar kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bordilar.2021 yildan “Boshlangʻich taʼlim metodikasi” kafedrasi   2 ta kafedraga, yaʼni “Boshlangʻich taʼlimda ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi” va “Boshlangʻich taʼlimda aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi” kafedrasiga boʻlindi. “Boshlangʻich taʼlimda ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi” kafedrasi mudiri sifatida 2021-2023 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.K.Sattarov, 2023-2024 yillarda PhD, dotsent R.Lutfetdinova, “Boshlangʻich talimda aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi” kafedrasi mudiri sifatida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent D.Muminova faoliyat olib bordi. 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab “Boshlangʻich taʼlimda ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi”, “Boshlangʻich taʼlimda aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi”, “Maktabgacha taʼlim metodikasi” kafedralari birlashtirilib, “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim” metodikasi kafedrasi nomi bilan kafedra mudiri sifatida pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent D.Muminova boshqarib kelmoqda. Jismoniy madaniyat kafedrasi 1967 yilda tashkil topgan boʻlib, quyidagi professor-oʻqituvchilar rahbarlik qilganlar: dotsent, Yunus Turgʻunovich Zokirov (1967-1970), dotsent Habib Ortiqovich Usmonov (1993-2002), dotsent Tolib Joʻrayevich Joʻrayev (1999-2000), katta oʻqituvchi Marchenko Nikolay Pavlovich (1973-1984), dotsent Ten Baris Pavlovich (1984-1985),  dotsent Smernova Lyudmila Sergeyevnalar (1990-1993). dotsent Boyboboyev Bohodir Gʻulomovich (2000-2008), dotsent Madaminov Baxodir Sharifjanovich (2008-2009), dotsent Ismoilov Turopjon Umrzaqovich (2009-2010).  2024 yil 26 avgustda “Jismoniy madaniyat”, “Sport turlarini oʻqitish uslubiyoti”, “Sport faoliyati”  kafedralari optimallashtirilib hozirgi “Sport faoliyati va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, professor Azizov Nosirjon Nigmatullayevich boshqarib kelmoqda. "Kasb talimi" kafedrasi "Ishlab chiqarish asoslari" kafedrasi nomi bilan "Fizika" kafedrasi bazasida 1958 yilda tashkil topgan. Kafedrani 1968-1981 yillarda katta oʻqituvchi O.Eshonov, 1982-1984 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent G.Xusanov, 1984-1986 yillarda professor O.Eshonov, 1986-1989 yillarda dotsent G.Tubayev, 1990-1993 yillarda professor A.Raximov, 1993-1997 yillarda f.-m.f.n. T.I.Umaraliyev, 1997-2005 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.X.Abdullayev, 2005-2006 yillari f.-m.f.n. T.I.Umaraliyev, 2006-2013 yillarda dotsent I.T.Uluxanov, 2013-1016 yillarda dotsent X.M.Akramov, 2017 yildan boshlab dotsent I.T.Uluxanov  rahbarlik qilib ishlab kelgan. 1987 yil Xamza nomli Namangan davlat pedagogika insititutining Pedagogika  fakulteti  qoshida pedagogika fanlar nomzodi, dotsent Badirjon Nuriddinovich Oripov tashabbusi bilan  “Tasviriy sanʼat, chizmachilik va mehnat” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedra tarixida birinchi kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Gafiyatulla Tubayev tayinlangan. Keyin esa dotsentlar B.N.Oripov, Botirsher Jabbarov, Alijon Turdialiyev, Abdinabi Amanullayev, Oʻktamjon Abdullayevlar kafedra mudiri boʻlib faoliyat yuritgan. 1993 yili kafedra faoliyatini kengayishi natijasida  “Badiiy -grafika va umumtexnika” fakulʼteti tashkil etilgan.   Bu paytda fan nomzodlari Tubayev Gafiyatulla, Qirgʻizboyeva Nafisaxon, Oripov Badirjon, Turdiyev Nurmuxammad, Nuʼmonov Damirjon, katta oʻqituvchilar Raxmonberdiyev  Maxmudjon, Ashurov Toʻrajon, Turdialiyev Alijon, Jabbarov Botirsher,  Shaxodatov  Mirjalol   va oʻqituvchilar Amanullayev Abdinabi, Roʻzinov Baxtiyor, Muxtarova Roxilaxonlar pedagogik faoliyat yuritishgan. 1998 yildan boshlab “Sanʼatshunoslik” fakulteti  mustaqil  fakultet boʻlib oʻz faoliyatini  boshladi. Fakultetga dekan B.N.Oripov, kafedra mudiri A.Turdaliyev, 2003 yilda A.Amanullayev, 2007 yilda Oʻ.Abdullayev, 2011 yilda A.Turdaliyev, 2012 yilda Oʻ.Abdullayev, 2013 yilda B.Jabbarov, 2015 yilda Oʻ.Abdullayevlar kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 2019 yilda B.Oripov kafedra mudiri boʻlib faoliyat olib borgan. 2019 yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Farmoniga koʻra koʻplab Oliy oʻquv yurtlarida boʻlgani kabi NamDUda ham Sanʼatshunoslik fakulʼteti tashkil etildi va kafedra “Tasiriy va amaliy sanʼat” nomi bilan yuritila boshladi.

Universitet kengashining 2021 yil 7 yanvar 4 - sonli majlisining 6.1–masalasida Sanʼatshunoslik fakulteti “Tasviriy va amaliy sanʼat” kafedrasi negizida “Tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi” va “Amaliy sanʼat va rangtasvir” kafedralari tashkil etilgan.

Universitet kengashining 2023 yil 30 avgust   1 - sonli majlisining 6.2–masalasida Pedagogika  fakulteti  negizida “Tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi” va “Amaliy sanʼat va rangtasvir” umumiylashtirilib “Tasviriy va amaliy sanʼat”kafedralari tashkil etilgan.

1997-1998 oʻquv yilida “Maʼnaviyat asoslari” kafedrasi qoshida Musiqa taʼlim” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri S. Norqoʻziyev 1998-1999 oʻquv  yilida Pedagogika fakulteti tasarrufiga qoʻshilib “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishida  kafedra mudiri  A.Joʻraboyev.  

1999-2000 oʻquv  yilida “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishiga kafedra mudiri etib A. Soy tayinlandi. 

2000-2001 oʻquv yilida “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshunoslik fakulteti tasarrufiga oʻtgan. A.Komolov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2001-2002 oʻquv yilida “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshunoslik fakulteti tasarrufiga oʻtib kafedra mudiri  Q.Raxmatov.

2004-2005 oʻquv yilda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Pedagogika  fakulteti tasarrufiga oʻtib kafedra mudiri A. Azizov. 2006-2008 yilida “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshinoslik fakulteti tasarrufida kafedra mudiri D. Xamdamova. 2008-2009 yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshinoslik fakulteti tasarrufida   kafedra mudiri A. Soy. 

2009-2010- yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshinoslik fakulteti tasarrufida  kafedra mudiri A. Komilov. 2011-2012 yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshunoslik  fakulteti tasarrufida, kafedra mudiri N.Abdullayev.2012-2014 yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Pedagogika  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O. Azizov.

2014-2015 yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Pedagogika  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O. Azizov. 2015-2018 yillarda “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Pedagogika  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O. Azizov. 2019-2020 yillarda “Madniyatshunoslik va musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshunoslik  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O. Topildiyev. 2020-2021 oʻquv yilida “Madniyatshunoslik va musiqa taʼlimi”  yoʻnalishi Sanʼatshunoslik  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O.Topildiyev. 2021-2022 yilda “Madniyatshunoslik va musiqa taʼlimi”  yoʻnalishi Pedagogika  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri A.Ibragimov 

2022-2023 yilda “Madniyatshunoslik va musiqa taʼlimi” yoʻnalishi Sanʼatshunoslik  fakulteti tasarrufida kafedra mudiri O.Topildiyev.  2024-2025 yilda “Sanaʼtshunoslik”  kafedrasi Pedagogika  fakulteti tasarrufida tashkil etildi. Xozirgi kunda 44 nafar professor-oʻqituvchilar boʻlib ulardan 3 nafar professor, 10 nafar fan nomzodi dotsent, 15 nafar katta oʻqituvchi, 10 nafar oʻqituvchi, 6 nafar stajyor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Sanaʼtshunoslik kafedrasida 12 ta bakalavr yoʻnalishi 1 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha talabalarga taʼlim berilmoqda. 

2025 yil. Fakultetda 5 ta mutaxassislik kafedralar faoliyat olib boradi. ”Pedagogika” kafedrasi (mudiri dotsent D.Inamov), “Psixologiya” kafedrasi (mudiri v.b.dotsent U.Turaxanov), “Sanʼatshunoslik” kafedrasi (mudiri dotsent X.Soliyev), “Sport faoliyati va jismoniy madaniyat” kafedrasi (mudiri professor N.Azizov), “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim” kafedrasi (mudiri v.b.professor D.Muminova) kafedralari shular jumlasidandir.  

Yoʻnalishlar va mutaxassisliklar
BAKALAVRIAT:
60310300-Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)

60310900- Psixologiya (amaliy psixologiya)

60110400-Boshlangʻich taʼlim

6 0110200-Maktabgacha taʼlim 

60110300-Maxsus pedagogika  (Inklyuziv taʼlim)

60920100- Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan ishlash)

60110900-Pedagogika va psixologiya

60112500-Maktab menejmenti

60210500- Rang tasvir (dastgoxli)

60210800-Amaliy sanʼat (Badiiy kulolchilik)

60211400- Vokal sanʼat

60211500- Cholgʻu ijrochiligi

61010200-Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)

MAGISTRATURA:
70310301-Psixologiya;

70110500-Maxsus pedagogika (Logopediya);

70110401-Boshlangʻich taʼlim;

70110201-Maktabgacha taʼlim;

70111201-Tasviriy va amaliy bezak sanʼati;

71010304-Sport faoliyati.

DOKTORANTURA:
17.00.04-Tasviriy va amaliy bezak sanʼati ixtissosligi.

19.00.06 - Yosh davrlar psixologiyasi va rivojlanish psixologiyasi.

13.00.01 - Pedagogika nazariyasi va tarixi

13.00.02 - Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

13.00.07 - Taʼlimda menejment

13.00.04 -  Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.

Oʻtgan tarixiy davr mobaynida fakultetda 20 mingdan ziyod yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlandi. Jamoadan 4 nafar pedagogika fanlari doktori, 8 nafar professor, 40 ga yaqin fan nomzodlari, dotsentlar, koʻplab magistrlar, 20 dan ortiq “A.Novoiy nomli Davlat stipendiyasi” sovrindorlari va Respublika fan olimpiadasi gʻoliblari yetishib chiqdi.

Bu soxada fakultet tasarrufidagi 5 ta kafedrada oliy talimning  Davlat Talim Standartlariga muvofiq oʻquv rejalarida belgilangan maʼruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashgʻulotlarning yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Shunga koʻra professor-oʻqituvchilar ilmiy-pedagogik  salohiyatni yanada oshirish, ular tarkibida yoshlar salmogʻini kengaytirish, talab darajasidagi oʻquv-uslubiy majmualar tizimini modernizatsiyalash, malakali professor-oʻqituvchilarni yangi oʻquv adabiyotlari hamda elektiron darsliklar yaratish ishiga jalb etish, oʻqitishda zamonaviy pedagogik-texnologiyalarni qoʻllash, moddiy-texnik bazasini  takomillashtirish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratib kelinmoqda.

 

Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida bergan tavsiyasi va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasining 10-son bayoni 105-bandi 4- va 5-xatboshida keltirilgan Namangan viloyatida Tibbiyot fakultetini tashkil etish bo‘yicha qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunini hayotga tadbiq etish maqsadida 2021-yil 2-sentabrdan Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti tashkil etilgan.

Missiya va qadriyatlar:  Tibbiyot fakultetining maqsadi ta'lim standarti talablariga to'liq mos keladigan ta’lim berish,  aholiga malakali yordam ko‘rsata oladigan mutaxassislarni tayyorlash, bitiruvchilarning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish. Tibbiyot fakultetining keyingi maqsadi sog‘liqni saqlash sohasida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilg‘or ta’lim, ilmiy va tibbiy texnologiyalarni integratsiyalashgan holda sog‘liqni saqlashni yaxshilash orqali jamiyatga xizmat qilishdir.

Ta'lim yo'nalishlari va dasturlar
Bakalavriat dasturlari:

60910200 - Davolash ishi. Ta’lim muddati 6 yil, o‘qish shakli kunduzgi
60910300 - Pediatriya. Ta’lim muddati 6 yil, o‘qish shakli kunduzgi
60910700 – Farmatsiya. Ta’lim muddati 5 yil, o‘qish shakli kunduzgi
Yo‘nalishlar bo‘yicha qisqacha ma'lumot
60910200-Davolash ishi

"Davolash ishi" yo'nalishi tibbiyotning eng nufuzli yo'nalishlaridan biridir. Namangan Davlat Universiteti tibbiyot fakultetida bu yo’nalish bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda.Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash uchun talabalar birinchi bosqichdan klinikagacha bo’lgan fanlar bo‘yicha kafedralarda bilim olishni boshlashadi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida talaba simulyatsion markazda turli xil zamonaviy simulyatorlar yordamida amaliy ko’nikmalarni egallaydi. Klinik bazalarda amaliy va klinik dars mashg’ulotlari tashkil etilgan, talabalar bemorlar kuratsiyasida qatnashadilar. O‘qishni tugatganlaridan so‘ng ular baklavr – “Umumiy amaliyot shifokori” diplomini olishadi. Davolash fakultetining bitiruvchilari oilaviy poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam stansiyalari, qishloq vrachlik punktlarida faoliyat olib borishlari va magistratura, klinik ordinaturada tahsilni davom ettirib, mutahassis sifatida klinika va shifoxonalarda, ilmiy tekshirish institutlari va yetakchi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borishlari mumkin.

60910300-Pediatriya

Pediatriya ishi bakalavr yo'nalishi bolalar sog'lig'ini saqlash va ularni davolashga yo'naltirilgan bo'lib, tug'ilishdan to balog'at yoshigacha bo'lgan bolalar uchun sog'liqni saqlash xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni beradi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida talaba simulyatsion markazda turli xil zamonaviy simulyatorlar yordamida amaliy ko’nikmalarni egallaydi. Klinik bazalarda amaliy va klinik dars mashg’ulotlari tashkil etilgan, talabalar bemorlar kuratsiyasida qatnashadilar. Pediatriya ishi bakalavr dasturini tamomlagan talabalar bolalar poliklinikalari, shifoxonalar, klinikalar va boshqa sog'liqni saqlash muassasalarida pediatr sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu bilan birga, bu yo'nalish bitiruvchilari ixtisoslarini chuqurlashtirish uchun magistratura, klinik ordinatura va doktorantura bosqichlarida ta'limni davom ettirishlari mumkin.

60910700-Farmatsiya

Farmatsiya bakalavr yo'nalishi dorilarni ishlab chiqarish, tarqatish, ulardan foydalanish bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Bu yo'nalishda o'qiyotgan talabalar sohaga oid bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Farmatsiya bakalavr dasturini tamomlagan talabalar dorixona, farmatsevtika kompaniyalari, shifoxonalar va tadqiqot institutlarida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu bilan birga, bu yo'nalish bitiruvchilari ilmiy izlanishlar olib borish yoki mutaxassisliklarini chuqurlashtirish uchun magistratura va doktorantura bosqichlarida ta'limni davom ettirishlari mumkin.

Qo'shimcha kurslar yoki sertifikat dasturlari: “Tibbiyot texnikumi imtiyozli bitiruvchilarini oliy ta’limga suxbat asosida qabul jarayonlariga tayyorlov” o'quv kursi Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti qoshida faoliyat ko'rsatadi.

Talabalar uchun ma'lumotlar
Stipendiyalar va moliyaviy yordam:

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan davlat grantida ta’lim olayotgan,  fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizidan kam qismini “qoniqarli” bahoga  o‘zlashtirayotgan talabalarga — stipendiyaning bazaviy miqdorida 517 800(besh yuz o‘n yetti ming sakkiz yuz) so‘m stipendiya tayinlanadi.

Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari uchun (5-,6- bosqich) “Ibn Sino” nomidagi stipendiya joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:

a) nomli davlat stipendiyalari uchun:
b) a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
c) yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
O‘zbekiston tarixini bilish;

Tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish. Bunda, talabgorlar ushbu tillar bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini aniqlash uchun o‘qish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan o‘tadilar; 

Amaliyot va ish imkoniyatlari: Tibbiyot fakulteti O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirining 2019-yil 13-noyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limida amaliyotni o’tkazish tartibi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari, tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining o’quv va o’quv amaliyot bazalari ro’yxatini tasdiqlash to’grisida”gi 279-sonli buyrug’ida belgilangan vazifalar asosida Namangan viloyat Endokrinologiya dispanseri, Namangan viloyat Patologik anatomiya byurosi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon va Namangan filiali, Namangan viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, Namangan viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi Andijon, Farg’ona, Namangan viloyatlari va tuman tibbiyot birlashmalari, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Andijon shahar “LOR-ENT” klinikasi, Andijon viloyati Xolis davolash diagnostika markazlari va respublikaning boshqa tibbiyot muassasalari bilan o’zaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqdalar.

Infrastruktura va resurslar
Laboratoriyalar va texnik jihozlar:
Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti o’quv jarayonlarini tashkil etish va amaliyot, klinik amaliyot, laboratoriya mashg’ulotlarini sifatli tashkil etish bo’yicha samarali islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. 

Jumladan, tibbiyot yo’nalishlari talabalari o’quv jarayonlari uchun qariyb uch yuz million so’mlik o’quv adabiyotlar xarid qilindi. 

Umumtibbiy va Klinik fanlar kafedralari qoshida qiymati bir milliard so’mlik simulyatsion markaz tashkil etildi.  

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2023-yil 23-avgustdagi 01-20/192-sonli xati ko’rsatilgan tibbiy sohada taʼlim oluvchi talabalar uchun nazariy va amaliy bilimlarni dars va amaliyot jarayonida inson organizmi hamda uning barcha aʼzolarini virtual reallik qurulmalari orqali oʼrgatishga ixtisoslashgan “VR Medical” innovatsion elektron darsliklar majmuasini bir milliard bir yuz million so’mga xarid qilindi va talabalar dars jarayonlarida foydalanib kelmoqdalar.

Bulardan tashqari ta’lim jarayonlari Namangan viloyatida joylashgan nufuzli tibbiyot muassasalari klinikalari laboratoriyaladi amalga oshirib kelinmoqda.

Tadbirlar va faoliyat
Talaba tashkilotlari:
Sportning voleybol, minifutbol, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha jamoalar mavjud va bir qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.   

Xalqaro hamkorlik: Tibbiyot fakulteti Turkiya, Germaniya, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Qozog’iston, Malayziya davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. Xususan, Ozarbayjon Xirurgiya ilmiy markazi, “Jigar, o’t qopi va oshqozon osti bezi xirurgiyasi” bo’limi katta ilmiy xodimi Gurbanxan Muslimov va markaz bilan doimiy aloqalar o’rnatilgan. Gurbanxan Muslimov Universitet faxriy professori xisoblanadi.

Ural davlat tibbiyot universiteti hamkorligida talabalari meʼda ichak, oshqozon, jigar kasalliklarini davolash, ultratovush texnologiyasi borasida taniqli tibbiyot mutaxassislarining foydali maʼruzalarini tinglashmoqda. 

Aloqa va ijtimoiy tarmoqlar
Manzil: Namangan shahar, Meros ko‘chasi, 11-bino.

Tel.:  +99869 227 2097

Mo‘ljal: “ANAMED” klinikasi yonida

Manba: www.namdu.uz

 

Fakultet 1957-yilda Fizika – matematika, keyingi yillarda Tabiiy fanlar fakulteti, Fizika-texnika fakulteti, Umumtexnika fanlari va badiiy grafika fakulteti, Matematika fakulteti, Fizika fakulteti singari nomlarda, 2024-yil avgust oyidan yana Fizika-matematika  fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fizika-matematika fakulteti-ilmiy salohiyat va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini uyg’unlashtirgan holda, fizika, matematika va raqamli ta’lim texnologiyalari sohalarida yetuk mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilgan bilim maskanidir. Fakultetda fundamental va amaliy fanlar bo‘yicha yuqori malakali professor-o‘qituvchilar ta’lim beradi. Ta’lim jarayonlari innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan. Fakultet tarkibida 60530900 – Fizika,  60540100- Matematika, 60540200- Amaliy matematika, 60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari, 60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat, 70530901 – Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha),  70540101 – Matematika, 70540201-Amaliy matematika mutaxassisliklari bo‘yicha  magistratura,  turli ilmiy to‘garaklar va  laboratoriyalar faoliyat yuritadi.

Fakultetning maqsadi.
Fizika, matematika va raqamli ta’lim texnologiyalari sohalarida fundamental va amaliy bilimlarga ega, ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyatida raqobatbardosh, tahliliy fikrlaydigan, ijodkor va zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.

Ta’lim sohasidagi maqsadlar
Fizika va matematika fanlari bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan, mutaxassislarni tayyorlash.

Ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarini samarali qo‘llash.

O‘quvchilarda tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirish orqali ularni mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish.

Oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish.

Tadqiqot sohasidagi maqsadlar:
Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali fan va mamlakat  taraqqiyotiga hissa qo‘shish.

Yosh tadqiqotchilar va talaba-izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, kuchli bilim va ko‘nikmaga ega yosh olimlarni tayyorlash.

Milliy va xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish orqali ilmiy salohiyatni oshirish.

Jamiyatdagi o‘rni va maqsadlari
Fizika-matematika, IT sohasini jamiyatdagi o‘rni beqiyos. Ilm-fan orqali jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilish, jamoatchilikka amaliy yechimlar taklif qilish.

Ta’lim va tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish orqali ijtimoiy faollikni oshirish.

Ta’lim yo‘nalishlari va dasturlar
Bakalavriat dasturlari:
60530900 – Fizika (bakalavr) yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturi tabiiy fanlar, muhandislik va texnologiyalarga asoslangan fundamental bilimlarni berishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalar fizikaning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganadilar. Kunduzgi va kechki  o‘qish shakllari mavjud. Ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 4 yil, kechki-4,5 yil.
60540100- Matematika bakalavriat yo‘nalishi matematikaning nazariy asoslari bilan bir qatorda uning real hayotdagi muammolarni hal etishdagi qo‘llanilishiga yo‘naltirilgan. Ushbu yo‘nalish ma’lumotlarni tahlil qilish, muhandislik va iqtisodiyot sohalarida matematik modellashtirishga e’tibor qaratadi. Ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 4 yil, kunduzgi, kechki va sirtqi o‘qish shakllari mavjud. Kechki-4,5 yil, sirtqi-5 yil.
60540200- Amaliy matematika bakalavriat yo‘nalishi matematikaning nazariy asoslari bilan bir qatorda uning real hayotdagi muammolarni hal etishdagi qo‘llanilishiga yo‘naltirilgan. Ushbu yo‘nalish dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, muhandislik va iqtisodiyot sohalarida matematik modellashtirishga e’tibor qaratadi. Ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati, kunduzgi 4 yil, kechki-4,5 yil, sirtqi-5 yil.
60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari bakalavriat yo‘nalishi zamonaviy IT sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Ushbu yo‘nalish dasturiy ta’minot ishlab chiqish, axborot xavfsizligi, sun’iy intellekt, ma’lumotlarni tahlil qilish va kompyuter tarmoqlari bilan bog’liq bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Kunduzgi, kechki va sirtqi o‘qish shakllari mavjud.Ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati kunduzgi-4 yil, kechki-4,5 yil, sirtqi-5 yil. Kunduzgi, 
60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari bakalavriat yo‘nalishi zamonaviy dasturlash, algoritmlar, ma’lumotlarni qayta ishlash va sun’iy intellekt bilan bog’liq bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish IT sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, tizim arxitekturasi, tarmoq texnologiyalari va ma’lumotlar tahliliga alohida e’tibor qaratadi. Ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati kunduzgi-4 yil, kechki-4,5 yil. Kunduzgi va kechki o‘qish shakllari mavjud.
Magistratura dasturlari:
70530901 – Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura yo‘nalishi fizikaning turli sohalarida chuqur ilmiy va amaliy bilim berishga qaratilgan. Ushbu magistratura dasturi bakalavr ta’limida olingan asosiy bilimlarni kengaytirib, mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash va ilg’or fizikaviy konsepsiyalarni o‘rganishga imkon beradi.
70540101 – Matematika magistratura dasturi matematika fanining chuqur nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga qaratilgan yuqori darajali ta’lim dasturi bo‘lib, bakalavriat darajasida olingan bilimlarni yanada rivojlantirish va ixtisoslashgan sohalarda malaka oshirish imkonini beradi. Ushbu dastur matematikaning zamonaviy yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot metodologiyasi va amaliy qo‘llanilishiga urg’u beradi, shu bilan birga talabalarni mustaqil tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorlaydi.
70540201-Amaliy matematika magistratura yo‘nalishi turli sohalarda matematik modellashtirish, hisoblash texnologiyalari va tahlil usullarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ushbu mutaxassislik talabalarni ilmiy tadqiqot, injiniring, IT, iqtisodiyot va boshqa texnologik yo‘nalishlarda ishlashga tayyorlaydi.
 PhD/DSc dasturlari:
01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha doktorantura mavjud bo‘lib,  yarimo‘tkazgich materiallari, elektron va optoelektron qurilmalar, kvant fizikasi, nanoelektronika hamda yangi avlod texnologiyalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Ushbu ixtisoslik ilmiy-tadqiqot ishlariga tayyorlash, zamonaviy yarimo‘tkazgich texnologiyalari bilan ishlash va ilg’or fizik qonuniyatlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
01.01.01 - Matematik analiz yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktorantura matematika fanining ushbu fundamental sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga qaratilgan maxsus dastur hisoblanadi. Tayanch doktorantura magistratura darajasida olingan bilimlarni chuqurlashtirish, mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va matematik analizning dolzarb muammolariga innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi. Ushbu dastur fan doktori (DSc) darajasiga erishish uchun asosiy bosqichlardan biri sifatida xizmat qiladi.
05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ixtisosligi boyicha tayanch doktorantura dasturi zamonaviy axborot texnologiyalari, intellektual tizimlar, katta ma’lumotlar (Big Data) va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqot olib borishga yo‘naltirilgan. Ushbu dastur sun’iy intellekt modellarini yaratish, algoritmlar va mashinaviy o‘rganish texnologiyalarini takomillashtirish, ilg’or hisoblash usullarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Talabalar uchun ma’lumotlar
Stipendiyalar va moliyaviy yordam: Talabalar davlat  tomonidan beriladigan grantlar orqali bepul ta’lim olish imkoniyatiga egalar. talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ko‘ra stipendiya bilan ta’minlanadilar.
Amaliyot va ish imkoniyatlari: Talabalar o‘qish davomida nazariy bilimlarini amaliyot orqali mustahkamlash uchun turli tashkilot va kompaniyalarda ishlab ko‘rish imkoniyatiga ega. Fakultet ko‘plab davlat va xususiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Davlat tashkilotlaridan Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ, Namangan Gidrometeorologiya markazi, xususiy Namangan Mexmash aksiyadorlik jamiyati, Namangan fara zavodi, Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari markazi, O‘zbektelekom, Bank va boshqa moliya muassasalari (Data Science va IT sohasida), xususiy IT va texnologiya kompaniyalaridan IT-Park Namangan, IT-School Namangan, Algoritm – IT va dasturlash sohasida amaliyot o‘tashlari mumkin.
Talabalar quyidagi yo‘nalishlarda ish topishlari mumkin: universitetlar – fundamental tadqiqotlar olib borish, Oliy ta’lim muassasalari (o‘qituvchi, tadqiqotchi), Sanoat va muhandislik kompaniyalari, Energetika va texnologik tarmoqlar, Axborot texnologiyalari va dasturlash, Yadro va kosmik texnologiyalar, Fizika laboratoriyalari va sanoat tadqiqot markazlari, Yadro energetikasi va kosmik texnologiyalar, Muhandislik va texnologik tarmoqlar, Telekommunikatsiya va IT sohasi, Nano- va mikrotexnologiyalar, kosmik va astrofizik laboratoriyalar – kvant va gravitatsiya tadqiqotlari, Yadro fizikasi va zarrachalar laboratoriyalari (CERN, Fermilab, ITER) – eksperimental ma’lumotlarni nazariy tahlil qilish, Dasturlash va hisoblash fizikasi – fizik jarayonlarni modellashtirish va superkompyuter hisob-kitoblari Kosmik texnologiyalar va aerokosmik sanoat – nisbiylik va kvant effektlarini amaliy tadqiq qilish, Yarimo‘tkazgich va mikroelektronika korxonalari (TSMC, Intel, Samsung, GlobalFoundries), Ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlar, Optoelektronika va telekommunikatsiya sohalari, Kvant texnologiyalari va supero‘tkazgichlar, Kosmik va harbiy sanoat texnologiyalari, Energetika kompaniyalari va sanoat korxonalari, Ekologiya va barqaror rivojlanish loyihalari, Ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, Davlat energiya siyosati va ekologik boshqaruv tashkilotlari, Yangi avlod energiya texnologiyalarini ishlab chiqish, Yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish kompaniyalari (Intel, Samsung, TSMC, AMD), Nano- va mikrotexnologiyalar markazlari, Telekommunikatsiya va kvant texnologiyalar sohalari, Yangi avlod energiya manbalari va quyosh panellari texnologiyalari.
IT va dasturlash: Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi muhandis (Software Engineer), Web va mobil dasturchi (Front-end, Back-end, Full-stack Developer), Sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis (AI Engineer), Ma’lumotlar tahlilchisi va Data Scientist, IT-proekt menejeri. Matematika va modellashtirish: Matematik tahlilchi (FinTech va Data Science yo‘nalishlarida), Algoritmlar va optimallashtirish bo‘yicha mutaxassis, Muhandislik va iqtisodiy modellashtirish bo‘yicha mutaxassis.  Kiberxavfsizlik va tarmoqlar: Kiberxavfsizlik mutaxassisi, Tarmoq muhandisi va administrator. Moliya va biznes sohasida IT: FinTech startaplari va bank tizimlari uchun dasturiy yechimlar ishlab chiqish, Raqamli marketing va biznes tahlilchisi. 

Manba: www.namdu.uz

Ta'lim yo'nalishlari

Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) 70230502 Magistr
Amaliy matematika 60540200 Bakalavr
Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) 70540201 Magistr
Arxeologiya 60220400 Bakalavr Magistr
Arxivshunoslik 60320300 Bakalavr
Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 70710401 Magistr
Biologiya 60510100 Bakalavr
Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 Magistr
Biologiya (turlari bo‘yicha) 60510100 Bakalavr
Biotexnologiya 60710200 Bakalavr
Davolash ishi 60910200 Bakalavr
Dizayn (sanoat dizayni) 60210403 Bakalavr
Fizika 60530500 Bakalavr
Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70530501 Magistr
Geografiya 60530200 Bakalavr
Geografiya 70530201 Magistr
Hayotiy faoliyat xavfsizligi 61020100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha 70310102 Magistr
Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) 60320100 Bakalavr
Kimyo 60530100 Bakalavr
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 Magistr
Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 Bakalavr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Matematika 60540100 Bakalavr
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70540101 Magistr
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o'zbek tili) 60230300 Magistr
Menejment 60410800 Bakalavr
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 60811000 Bakalavr
Oziq-ovqat texnologiyasi. 60720100 Bakalavr
Pediatriya ishi 60910300 Bakalavr
Sotsiologiya 60310400 Bakalavr
Sport faoliyati (basketbol) 61010201 Bakalavr
Sport faoliyati (boks) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: erkin kurash 61010200 Bakalavr
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 Magistr
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 60420100 Bakalavr
Yurisprudensiya: (faolioyat turlari bo'yicha) 60420100 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Rahim Rasuljonovich Xakimov

Rahim Rasuljonovich Xakimov (o‘zbek: Xakimov Raxim Rasuljonovich; 2 yanvar 1983 yil, Chust, Namangan viloyati) - o‘zbekistonlik siyosatchi, olim, yuridik fanlar doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisi Qonunchilik palatasining III chaqiriq deputati (2015-2019). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 yil 2019 sentyabrdagi farmoni bilan u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari — Toshkent Davlat yuridik universiteti rektori yetib tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan PQ-5156 21 yil 2021 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. 2022 yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari maslahatchi.

Murodxujayev Gʻulomjon Sobitxujayevich

Murodxujayev Gʻulomjon Sobitxujayevich (o‘zbek: Murodxujayev Gʻulomjon Sobitxujayevich; 14 noyabr 1979 yil, Yangiqo‘rg‘on, Namangan viloyati) – Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati (2016-2020). Namangan viloyati Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Namangan shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Namangan viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Namangan viloyati Mehnat bosh boshqarmasi boshlig‘i, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori, 2021 yildan hozirga qadar Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari.

Madumarov Tolibjon Abdumalikovich

Madumarov Tolibjon Abdumalikovich – 1959-yil 2-dekabrda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tugʻilgan. Millati o‘zbek. 1984-yilda Namangan davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha geografiya va biologiya oʻqituvchisi, biologiya fanlar doktori, professor. 2006 yildan Andijon davlat universiteti rektori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi PF-4698-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori (2015-2020). 2016-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2020 yildagi PF-5918-son "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida"gi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi (2020-2025). Xozirgi egallab turgan lavozimi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi.

Abdinazarov Sodiqjon Holiqnazarovich

Abdinazarov Sodiqjon Holiqnazarovich – 1964-yilda tug‘ilgan, millati о‘zbek. 1992-yilda Namangan davlat pedagogika institutining geografiya-biologiya fakultetini imtiyozli tamomlagan. 1992-2004-yillarda Qо‘qon davlat pedagogika institutida о‘qituvchi, katta о‘qituvchi, kafedra mudiri, 1993-2000 О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Botanika” ilmiy-ishlab chiqarish markazida mustaqil tadqiqotchi. 2000-yilda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Botanika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi D.015.05.01-raqamli Ixtisoslashgan kengashda “Farg‘ona vodiysi gulbandlari – Pulicaria Gaertn (biologik xususiyatlari va zahirasi)” mavzusida 03.00.05 – botanika ixtisosligi bо‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvofaqqiyatli himoya qilgan. 2004-2007-yillarda Toshkent davlat jahon tillari universitetida katta о‘qituvchi, 2007-2010 yillarda Qо‘qon davlat pedagogika institutida fakultet dekani, 2010-2014-yillarda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasida fan ta’lim, madaniyat va sport masalalari Qо‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. 2015-yil О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi О‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti Toshkent Botanika bog‘i direktori о‘rinbosari, 2016-yildan О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi О‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti Toshkent Botanika bog‘i direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Ko‘p yillik qilgan xizmatlarini e’tiborga olgan holda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi 20 yilligi”, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi 30 yilligi” hamda 2023-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi” estalik nishoni bilan taqdirlangan.

Yuldashev Faxriddin Muxtorovich

Yuldashev Faxriddin Muxtorovich - 1982-yil 28-dekabrda Namangan viloyati, Norin tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. 2005-yilda Namangan davlat universitetida bakalavr bosqichini, 2008 yilda esa magistratura bosqichini yakunlagan. 2011 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti aspiranturani tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – ijtimoiy-iqtisodiy geografiya. 2006-2008 yillarda - Namangan shahridagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida, 2008-2011 yillarda - Toshkent shahar Olmazor tumani 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2012-2013 yillarda - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘limi katta referenti, 2013-2015 yillarda esa, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘limi Ijtimoiy masalalar monitoringi sektor mudiri bo’lib ishlagan. 2015-2017 yillarda - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan shahar Kengashi raisi, 2017-2018 yillarda - Chust pedagogika kolleji direktori, 2018-2019 yillarda - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, 2019-2023 yillarda - Mingbuloq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. Hozirgi egallab turgan lavozimi – 2023 yildan boshlab esa Namangan viloyati hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Pozilov Isokjon Nasriddin o’g’li

Pozilov Isokjon Nasriddin o’g’li, o’zbek, 1992-yilda Namangan shahrida tug’ilgan. Hozirda Fransiyaning Paris-Saclay Universiteti kimyo va farmasevtika yo’nalishi doktoranti. 2014-yil Namangan Davlat universitetida bakalavr bosqichini tugatgan. 2107-yil Polshaning Adam Mickiewicz Universiteti va 2021-yil Fransiyaning Paris-Saclay Universitetida magistrlik darajasini olgan. Ish faoliyatini 2021-2022-yillar Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti va Bioorganik kimyo ilmiy tadqiqot institutlarida olib borgan.

Talabalar fikri

Hakimjon

Mamlakatimizdagi eng yirik oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan, vodiy gavhari bo‘lmish Namangan davlat universiteti viloyatimizning otaxon universitetidir. 1942-yilda Andijon o‘qituvchilar institutining shahobcha-tarmog‘i Namangan muallimlar tayyorlash oliygohi tashkil etildi. Namangan o‘qituvchilar instituti O‘zbekiston hukumatining qarori va Maorif Vazirligining 1955-yil 17-maydagi buyrug‘iga asosan 1955-1956 o‘quv yilidan boshlab Qori Niyoziy nomidagi Namangan davlat pedagogika institutiga aylantirildi. Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida ta’lim va fan ko‘lamining kengayishi natijasida 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 356-sonli farmoniga muvofiq Namangan davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilgan. Bugun universitet yurtimizdagi eng keksa va navqiron oliy ta’lim dargohlaridan biri sifatida tanilgan. Oliygohda ta’lim kredit-modul asosida olib boriladi. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 60-sonli qaroriga muvofiq universitetga moliyaviy, akademik va tashkiliy mustaqillik berildi. Hozirgi kunda 20 mingdan ortiq talaba-yoshlar 10 ta fakultet, 27 ta kafedra tarkibida, 74 ta bakalavriat / 26 ta magistratura / 35 ta doktarantura yo‘nalishlarida 600 dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim va tarbiya olishmoqda. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, mehnat bozori ehtiyojlari va yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini inobatga olib, so‘nggi yarim yil ichida universitetda 20 ga yaqin yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi hamda qabul parametrlari ikki barobarga oshirildi. Joriy o‘quv yilida 6000 nafarga yaqin abituriyent talabalikka qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida joriy o‘quv yilidan professor-o‘qituvchilar va talabalarga 5 kunlik ish va o‘qish tizimi joriy etildi. Universitetda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lida samarali ishlar amalga oshirildi. San’at va sport fakulteti: Hozirgi kunda ushbu fakultetda 13 ta ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib jami 107 nafar professor-o‘qituvchilar 2600 nafar talabalarga ta’lim berib kelishmoqda.  Biotexnologiya: Ushbu fakultetda 2 ta ta’lim yo‘nalishi, bular – Biologiya hamda Biotexnologiya yo‘nalishidir. Fakultetda jami 2 ta kafedra mavjud bo‘lib, 44 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Talabalar soni esa 1000 nafarga yaqinni tashkil etadi. 2025-yilda Shinjon Ekologiya va geografiya instituti bilan hamkorlikda ta’lim jarayonlarining amaliyot bilan bevosita integratsiyasini ta’minlash maqsadida 8 ta o‘quv hamda ilmiy laboratoriyalarini o‘zida jamlagan “Biologik tadqiqotlar markazi” tashkil qilindi. Jahon tillari fakulteti: Hozirgi kunda ushbu fakultetda 60 ta professor-o‘qituvchilar 700 dan ziyod talabalarga ta’lim berib kelishmoqda. Fizika-matematika fakulteti: Fakultetda jami 7 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, professor-o‘qituvchilar soni 97 nafarni, tahsil olayotgan talabalar soni esa 2000 nafarga yaqinni tashkil etadi. Ijtimoiy fanlar fakulteti: Ushbu fakultetda 1400 ga yaqin talaba tahsil olib kelmoqda. Fakultetning mutaxassis tayyorlovchi kafedralarida bugungi kunda 6 nafar professorlar hamda 10 dan ortiq dotsent, 25 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Filologiya fakulteti: Hozirda ushbu fakultetda 3 ta kafedra mavjud bo‘lib, bular Tilshunoslik, O‘zbek adabiyotshunosligi hamda Rus tili va adabiyoti. Jami 4 ta yo‘nalishda 2000 nafarga yaqin talaba tahsil olishmoqda. Iqtisodiyot fakulteti: Fakultetda jami 1900 nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Fakultetning mutaxassis tayyorlovchi kafedralarida bugungi kunda 1 nafar professor hamda 15 dan ortiq dotsent va 20 ga yaqin o‘qituvchilar dars berib kelishmoqda. Tabiiy fanlar fakulteti: 2021-yilning noyabr oyidan boshlab bugungi kunga qadar respublika oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyiha asosida “Islom taraqqiyot banki” tomonidan 5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ jalb qilingan xolda Germaniya, AQSH, Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlardagi firmalar bilan hamkorlikda moddiy texnika jihozlari olib kelindi va fakultetning yangi binosiga o‘rnatildi. Yuridik fakulteti: Fakultetda Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishida jami 1000 ga yaqin talaba tahsil oladi. Ularga 25 dan ortiq ilmiy salohiyatli, professor-o‘qituvchilar ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Tibbiyot fakulteti: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil Namangan viloyatiga tashrifi davomida bergan tavsiyasi asosida tashkil etilgan ushbu fakultetda hozirda Davolash ishi hamda Pediatriya ishi yo‘nalishlarida jami mingdan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Fakultetda 3 ta kafedra mavjud bo‘lib, 45 nafar professor-o‘qituvchilar talabalarga ta’lim va tarbiya berib kelishmoqda. Universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalarning ta’lim olishi va yashashi uchun munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oxirgi bir yil davomida Fizika-matematika, Tabiiy fanlar va Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun 2000 o‘rinli Innovatsion fakultet o‘quv binosi yangitdan qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur fakultet uchun dastlab 3,5 gektar maydon ajratilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu hudud 10 gektarga kengaytirildi. Talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida, universitet hududida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega 7 qavatli 400 nafar talaba uchun mo‘ljallangan talabalar turar joyi barpo etildi. Shuningdek, talabalarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, turli uchrashuv va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish uchun 450 o‘rinli Ma’naviyat va ma’rifat markazi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Universitetda talabalarning ilm-fan bilan shug‘ullanishi uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. 50 ta ilmiy to‘garak o‘zida qariyb 4500 nafar talabani jamlagan. Puxta ishlangan reja asosida olib borilayotgan tizimli ishlar o‘z mahsulini bermoqda. 2024-yilda 1 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda 15 nafar talaba nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib borayotganini alohida ta’kidlash joiz. 2 nafar talaba Prezident granti sohibi bo‘ldi. 5 nafar talaba xalqaro va 7 nafar talaba respublika fan olimpiadalari, 13 nafar talaba xalqaro va 73 nafar talaba respublika sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari qatoridan o‘rin egalladi. Universitetda talaba-yoshlarga ta’lim-tarbiya berish barobarida ilm-fanni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratiladi. Hozirda universitet huzurida ixtisosliklar bo‘yicha 5 ta Ilmiy kengash faoliyat yuritadi. 2025-yilda ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatlari, yosh avlodni barkamol insonlar etib voyaga yetkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlari hamda ilm-fan rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi yuksak baholanib ikki nafar professor-o‘qituvchilarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq ordenlar bilan taqdirlandi. Universitetning Axborot-resurs markazida 16 mingdan ziyod nomdagi 278 682 nusxadagi adabiyotlar jamlangan. Shulardan, 5923 nomdagi 92 465 nusxada darslik, 2728 nomdagi 67 360 nusxada o‘quv qo‘llanma; 3492 nomdagi 46 431 nusxada badiiy adabiyotlardir. Talabalar o‘quv jarayonida foydalanishi uchun zarur o‘quv adabiyotlari qariyb yuz foiz elektron shaklga o‘tkazilgan. Namangan davlat universitetiga qarashli 2 ta talabalar turar joylari bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 900 o‘ringa mo‘ljallangan. Talabalar turar joylari bitta hududda joylashgan. Har bir talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun ma’naviyat xonasi, kutubxona, kir yuvish va dazmol qilish uchun xonalar ham mavjud. Ayni paytda Yuksalish massivida joylashgan Innovatsion fakultet hududida ikkita 7 qavatli 800 nafar talaba uchun mo‘ljallangan talabalar turar joyi qurilish ishlari davom etmoqda. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Hozirda dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi 100 ga yaqin yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalar bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.  Respublikada birinchilardan bo‘lib Turizm sohasidagi katta loyihalar uchun kadrlar tayyorlash maqsadida 2026/2027 o‘quv yilidan Avstriyaning Krems universiteti bilan Namangan davlat universitetida qo‘shma fakultet ochish rejalashtirilgan. Ko‘p ming sonli universitetimiz jamoasi o‘z oldiga yurtimiz uchun Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – Uchinchi Renessans quruvchilari bo‘lmish kelajak avlodga ta’lim va tarbiya beradigan malakali kadrlar tayyorlashni asosiy va bosh maqsad qilib olgan.