Navoiy davlat universiteti
16,941
Talabalar
108
Xorijiy talabalar
511
O'qituvchilar
7
Fakultetlar
15
Kafedralar
1983
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 25-iyuldagi № 1392-sonli Farmoyishi, O’zSSR Ministrlar Soveti va O’zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983-yil 27-iyuldagi 455-sonli Qarori bilan tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan. Institut tarkibida 2 ta fakultet (Fizika-matematika, O’zbek tili va adabiyoti) faoliyat olib borgan. Shunin gdek 2024-yil 30-oktyabrda Prezidentimizning 430-PQ qaroriga asosan Navoiy dsavlat universiteti maqomi berildi. Hozirgi kunda Navoiy davlat universitetida 7 ta fakultet, 28 ta kafedra faoliyat ko’rsatadi. Universitetida 54 ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 19 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo’limida 10015 nafar, magistraturada 235 nafar, sirtqi bo`limda 8172 nafar, kechki bo`limda 1295 nafar, jami universitet bo`yicha 19717 nafarni tashkil etadi.
Navoiy davlat pedagogika instituti strukturasi (O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2017- yil 5- dekabrdagi 897-sonli buyrug`i ilovasi bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Ustavi hamda 2018-yil tuzilmasi tasdiqlangan. Institut Ustavi belgilangan tartibda Navoiy shahar “Yagona darcha” markazining 2017- yil 28-dekabrdagi 30-sonli qarori bilan Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan) quyidagicha shakllantirildi: Rektor, Institut Kengashi, Jamoatchilik kengashi, Prorektorlar, O`quv-uslubiy boshqarma, Axborot texnologiyalari markazi, Magistratura bo`limi, Axborot resurs markazi, Sirtqi bo`lim, Yoshlar bilan ishlash, mahnaviyat va ma`rifat bo`limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi, Halqaro hamkorlik bo`limi, Tahririy-nashriyot bo`limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo`limi, Reja-moliya bo`limi, Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi, Xodimlar bo`limi, Monitoring va ichki nazorat bo`limi, Devonxona va arxiv, Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo`limi, Fakultetlar: (Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Tarix, O`zbek tili va adabiyoti, Chet tillar, San`atshunoslik, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim, Jismoniy madaniyat). Universitetda to’liq shtat bo’yicha jami 600 nafar professor-o’qituvchilar ta`lim jarayonida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shundan, fan doktori, professorlar 50 nafar, fan nomzodi va dotsentlar 160 nafar, katta o’qituvchi va assistent o’qituvchilar 390 nafar faoliyat ko`rsatishmoqda. Universitetda ilmiy darajali professor-oqituvchilar 40% ni tashkil etadi.
Navoiy davlat universitetida o‘quv binolar soni – 8 ta (quvvati 7500 o‘rin), talabalar turar joyi – 4 ta (quvvati 1230 o‘rin), o‘quv aditoriyalar soni – 245 ta, laboratoriya xonalari soni 9 ta, kompyuter sinflari – 20 ta, sport zallar – 4 ta, ochiq turdagi sport maydonlari – 5 ta, oshxonalar soni – 3 ta, bufetlar soni – 1 tani tashkil etadi. Navoiy davlat universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, rivojlantirish va eng zamonaviy talablar darajasiga keltirish maqsadida zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya jihozlari, darsliklar va o‘quv uslubiy materiallar, xususan, elektron axborot-ta’lim resurslari, o‘quv adabiyotlari bilan doimiy ravishda yangilanib borilmoqda. Barcha o‘quv va talabalar turar joy binolari bugungi zamon talablariga mos ravishda zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari universitetda kompyuterlar soni – 950 ta, vedioproyektorlar – 135 ta, printerlar soni – 390 ta, infokiosklar soni – 3 ta, Wi-Fi qurilmalar soni – 85 ta, elektron doskalar soni – 35 ta. 2024-yil 31-okyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, Navoiy davlat universiteti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil etish taklifi maqullandi.
https://uza.uz/posts/652398
Xorijiy talabalar uchun
Navoiy davlat universitetida xorijiy talaba uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xorijiy talabalar institutga suhbat asosida qabul qilinadi. Qabul jarayonlari har yili 20-iyunda 20-iyulgacha davom etadi. Universitetda o'qish istagini bildirgan talabalar universitetning Xalqaro hamkorlik bo'limi murojaat qilgan holda onlayn suhbat muddatini belgilashlari mumkin. Hozirda universitetda xorijiy davlatlardan kelgan talabalar uchun kundalik sport bilan shug'ullanish uchun fitness zal mavjud. Bundan tashqari proffesor-o'qituvchilar tomonidan sifatli ta'lim kafolatlanadi. Universitetdagi Axborot Resurs Markazidan bepul foydalanish va ilmiy tadqiqot uchun bepul internet bilan ta'minlanadi.Aynan Xorijlik talabalar uchun bepul va qulay yotoqxonalarimiz mavjud.



Navoiy Davlat Universitetida chet ellik talabalar uchun sharoitlar quyidagilardan iborat:
1. Ta'lim jarayoni:
O'qitish jarayoni yuqori malakali o'qituvchilar tomonidan olib boriladi, talabalar zamonaviy o'quv materiallari va texnologiyalar bilan ta'minlanadi.
Turli ta'lim yo'nalishlari bo'yicha xalqaro talabalarga mos dasturlar taqdim etiladi.
2. Yashash sharoitlari:
Universitet yotoqxonalarida chet ellik talabalar uchun qulay yashash joylari ajratiladi.
Yotoqxona xonalari talabalarning qulayligi uchun zaruriy sharoitlar bilan jihozlangan.
3. Madaniy va ijtimoiy hayot:
Universitetda talabalarga turli xil ijtimoiy va madaniy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etiladi.
Xalqaro talabalar milliy festivallar va tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
4. Qo'llab-quvvatlash xizmatlari:
Universitetda chet ellik talabalar uchun maxsus qo'llab-quvvatlash markazlari mavjud bo'lib, ular til, hujjatlarni rasmiylashtirish, adaptatsiya va boshqa masalalarda yordam beradi.
5. Kutubxona va o'quv infratuzilmasi:
Talabalar zamonaviy kutubxona xizmatlaridan, kompyuter zallaridan va boshqa o'quv resurslaridan foydalanishlari mumkin.
Universitetga qabul qilish, talaba vizasi va boshqa shartlar haqida ma'lumot olish uchun universitetning rasmiy veb-saytiga yoki xalqaro talabalarga xizmat ko'rsatuvchi bo'limlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Xalqaro hamkorlik
Navoiy davlat universiteti bugungi kunga kelib 60ga yaqin xoriy davlatlar universitetlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan. Ushbu hamkorlik asosida qo`shma ta`lim dasturlari, talabalar almashuvini, ilmiy stajirovkalar yo`lga qo`yildi. Navoiy davlat universitetining Xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnoma va memorandumlari.

1. London Metropoliten universiteti Angliya Memorandum
2. Moskva pedagogika davlat universiteti Rossiya Shartnoma
3. Boshqirdiston davlat universiteti Rossiya Shartnoma
4. Qozoq davlat qizlar pedagogika universiteti Qozog`iston Memorandum
5. Tver davlat universiteti Rossiya Shartnoma
6. Liepaya davlat universiteti Latviya Memorandum
7. Penjiket pedagogika universiteti Tojikiston Shartnoma
8. Manas nomidagi Qirg`iziston davlat pedagogika universiteti Qozog`iston Shartnoma
9. Tolyatti davlat universiteti Rossiya Shartnoma
10. Astraxan davlat universiteti Rossiya Shartnoma
11. Polosk davlat universiteti Belarus Respublikasi Memorandum
12. Qalmiq davlat universiteti Rossiya Shartnoma
13. Alkorn davlat universiteti AQSh Memorandum
14. Movlono Ozod URDU milliy universiteti Hindiston Memorandum
15. I.P.Shamyakin nomidagi Mozir davlat universiteti Belarus Respublikasi Shartnoma
16. Chimkent universiteti Qozog`iston Memorandum
17. Duglas kollej Kanada Memorandum
18. Sank-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti Rossiya Shartnoma
19. M.Auezov nomidagi nomidagi Janubiy Qozog`iston universiteti Qozog`iston Shartnoma
20. V.G.Korolenke nomidagi Lazovsk davlat pedagogika universiteti Rossiya Shartnoma
21. Malayziya fan va menejment universiteti Malayziya Memorandum
22. Sanderland universiteti Buyuk Britaniya Memorandum
23. British Council tashkiloti Buyuk Britaniya Shartnoma
24. Fransisk Skorina nomidagi Gomel davlat universiteti Belarus Respublikasi Memorandum
25. Tojikiston pedagogika universiteti Tojikiston Shartnoma
26. Sank-Peterburg davlat universiteti Rossiya Memorandum
27. IRYO SOSEI universiteti Yaponiya Shartnoma
28. I.Arabayev universiteti Qirg`iziston Shartnoma
29. Abay nomidagi Qozog`iston milliy universiteti Qozog`iston Memorandum
30. Al-Farobiy nomidagi Qozog`iston milliy universiteti Qozog`iston Shartnoma
31. Qozon federal universiteti Rossiya Memorandum
32. Novosibirsk davlat universiteti Rossiya Shartnoma
33. Nasimiy nomidagi Tilchilik instituti Ozarbayjan Shartnoma
34. Chimkent shahri Markaziy Osiyo Innovatsion universiteti Qozog`iston Shartnoma
35. Amerika qo`shma Shtatlari Minnesota universiteti
36. Turkiya Anadolu universiteti
37. Vengriya Debrecen universiteti
38. Xitoy Sanya universiteti
39. Hong Kong universiteti
40. Xinjian Normal universiteti
Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
2023/2024 o‘quv yili uchun Navoiy davlat universitetidan quyidagi stipendiyaga sozovor bo‘lgan bo‘lgan talabalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Namozova Nilufar Tuxtamurodovna.
Islom Karimov davlat stipendiyasi sovrindori Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Hamidova Sarvinoz Ochil qizi.
Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lgan quyidagi talabalar:
- Omonova Sevinch Zarif qizi – 60111400-O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi;
- O‘ktamova Ruhsora Kamtar qizi – 5110100-Matematika va informatika ta‘lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi;
- Sayfiyeva Bog‘dagul Umirjon qizi – 5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 4-kurs talabasi;
- Sultanova Diana Bahodir qizi - 60112200-Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi;
- O‘rinova Oysha Dilmurod qizi - 60110700-Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishi
3-kurs talabasi;
- Raxmatova Parizoda Nusrat qizi - 60111500-Rus tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi
3-kurs talabasi;
- Xo‘jamova Dilnoza Sanoqul qizi – 5110100-Matematika va informatika ta‘lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi;
- Sayfullayeva Fotima Bahodir qizi – 60111400-O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi;
- Jumaqulov Kamron Shuxrat o‘g‘li – 5110100-Matematika va informatika ta‘lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi;
- Bahronova Iroda Otabek qizi - 60111400 – O‘zbektili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi
3-kurs talabasi.
Bobur nomli davlat stipendiyasi sovrindori Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabasi Amonboyeva Fariza Yeraliyevna.
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sovrindori Rayimov Sahzod Aliqulovich.
Navoiy davlat Universitetida 2024-yil 5-yanvar sanasida “Informatika va AT, O‘zbekiston tarixi, Ingliz tili” fanlaridan o‘tkazilgan onlayn olimpiada g‘oliblari:
1-o‘rinni egallagan Fizika va astranomiya ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi A.Xujayarova. 2-o‘rinni egallagan Matematika–informatika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi M.Toshtemirova, 2-o‘rinni egallagan Kimyo ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi N.O‘roltoshev.
3-o‘rinni egallagan Tarix va davlat huquq asoslari ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi O.Xurramova, Ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi X.Musayeva, Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs magistranti.
Fakultetlar
Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakulteti Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2008-yil 29-avgustdagi 161B UMI sonli buyrug`iga asosan “Boshlang`ich ta’lim uslubiyoti” nomi bilan tashkil topgan. Fakultet tarkibida “Boshlang`ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim” va “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedralari mavjud.
Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultetida 1 nafar fan doktori (DSc), 4 nafar dotsent, 6 nafar fan nomzodi, 3 nafar falsafa doktori (PhD), 17 nafar katta o`qituvchi va 34 nafar o`qituvchi, jami 65 nafar professor-o`qituvchilar uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim – tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‘tarish bo‘yicha hududiy xalq ta’limi hamda o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlik dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
5111700 – «Boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish» ta’lim (o`zbek, rus, qozoq, qoraqalpoq) yo`nalishida 718 nafar, 5111800 – «Maktabgacha ta’lim» (o`zbek, rus) yo`nalishida 505 nafar, fakultet bo`yicha jami 1223 nafar talaba tahsil olmoqda.
Ushbu Fakultet binosining umumiy sig‘imi 720 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 18 ta.
Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘UM.lar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 100 ga yaqin kompyuter, 24 ta planshet va 20 noutbuk (yana 1ta) (5 ta kompyuter sinfi), 10 ta videoproektor, 2 ta elektron doska, 2 ta kodoskop va 2 ta epidoskop mavjud.2018 yil dekabr va 2019 yilning yanvar oyida davlat dasturi asosida fizika laboratoriya xonalari 192000 evrolik laboratoriya jihozlari Germaniyadan olib kelingan. Jihozlar 2 ta yangi laboratoriya xonalariga o‘rnatilgan. Laboratoriyalar soni 39 ta.
Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Fakultetning 2020 yilda bitiruvchi kurs talabalari 316 nafar bulib, shundan 125 nafar talabalar bitiruv malakaviy ishi bajarishlari rejalashtirilgan. Hozirgi kunda talabalar BMI uchun amaliy ishlarini bajarmoqda. Pedagogik amaliyotda bitiruv malakaviy ishlarini tugatib, tajriba sinov ishlarini amalga oshirishda davom etmoqdalar.
Fakultet binosining umumiy sig‘imi 450 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 10 ta. Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘quv uslubiy majmualar, qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 20 ga yaqin kompyuter, (1 ta kompyuter sinfi), 3 ta videoproektor, 2 ta elektron doska mavjud.
Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Jumladan, 2019-yilda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori N.Murodova, dots. R.Yusubovalar tomonidan 3ta darslik yaratilgan. Fakultetning 2023-yilda bitiruvchi kurs talabalari 313 nafarni tashkil qilib, ularning 287 nafari bakalavr, 26 nafari esa magistrlardir.
Fakultet binosining umumiy sig‘imi 1025 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 39 ta.
Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. SHuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘UM.lar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 20 ga yaqin kompyuter, (1 ta kompyuter sinfi), 6 ta videoproektor, 3 ta elektron doska, mavjud.
Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud.
Fakultetning 2023 yilda bitiruvchi kurs talabalari kunduzgilar 488 nafar sirtqi 51 nafar, magistrlar 71 nafarnini tashkil etadi.
Navoiy viloyatida pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olib,1983-yil Navoiy shahrida Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali tashkil etilgan. Chet tillar fakulteti 1997-yilda “Oʻzbek tili va tarix fakulteti” negizida tashkil etilgan boʻlib, institutdagi eng faol va oʻz oʻrniga ega boʻlgan dastlabki fakultetlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni bilan Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filialiga Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berildi. Chet tillar fakulteti Navoiy davlat Universiteti ilmiy kengashining 1997-yil 28-iyuldagi 12-sonli qarori asosida tashkil etilgan boʻlib, dastlab fakultetni f.f.d., professor T.J.Yusupov, 1998-1999-yillarda dotsent, f.f.n. R.J.Axmedova, 2000-2004-yillarda f.f.n. F.N.Najmiddinov, 2005-2009-yillarda f.f.n. Oʻ.A.Oripov, 2010-2014-yillarda f.f.n., dotsent Q.D.Toʻxtaeva, 2015-2020-yillarda Z.D. Erdanovlar boshqargan boʻlib, hamda institut ilmiy kengashining 2021-yil 31-avgustdagi 1-sonli kengashi qarori bilan Chet tillar fakulteti ikkiga boʻlinishi bilan alohida fakultet “Ingliz tili va adabiyoti” boʻlib ajralib chiqdi. 2021-2022- oʻquv yilidan boshlab fakultetni dotsent, f.f.n. I.M.Shodiyev boshaqardi, 2024-yil fevral oyidan prof. Q.D.Toʻxtaeva boshqarib kelmoqda.
Fakultetda hozirgi kunda 3 ta kafedra mavjud boʻlib, “Ingliz tili va adabiyoti”, “Ingliz tili va amaliy kursi”, “Fakultetlararo chet tillar”kafedralari boʻlib ushbu kafedralarda jami 67 nafar professor-oʻqituvchilar ish faoliyatlarin olib borishsa shundan 54 nafari asosiy shtatda ish faoliyatlarin olib borishadi. Fakultetning ilmiy salohiyati 9% tashkil etadi, jumladan fakultetda 1557 nafar talabalar kunduzgi, kechki, magistraturada tahsil oladilar, shundan 1411 nafari qizlar tahsil oladi 146 nafari oʻgʻil bolar tahsil olib kelmoqda. Fakultetda oʻqish jarayoni 3 smenada tashkil etilagan boʻlib, Oʻquv binolarining umumiy quvvati (talaba oʻrni) 990 nafarni tashkil etadi. Fakultetda hozirgi kunda “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr hamda magistr pedagog kadrlar tayyorlanmokda. Ingliz tili va adabiyoti fakulteti bugungi kunda respublikamizning etakchi fakultetlaridan biriga, viloyatning ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifat markaziga aylandi. Fakultetda oʻtgan qisqa davrda mamlakat xalq xoʻjaligining koʻplab sohalari, xususan, taʼlim, maʼnaviyat va madaniyat tizimi uchun oliy maʼlumotli malakali pedagog mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mustaqillik yillarida fakultetdan yetishib chiqqan pedagoglarning soni 5 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Ayni paytda Navoiy davlat universiteti Ingliz tili va dabiyoti fakulteti tayyorlagan mutaxassislar uzluksiz taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlari, oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi sohalarida fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Fakultetda o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 15 ta. Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. SHuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida syllabus va fan dasturlari yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Fakultetda 1 ta kompyuter sinfi, 4 ta videoproektor, 4 ta elektron doska mavjud.
Fakultetning 2020 yilda bitiruvchi kurs talabalari 283 nafar bo’’lib, shundan magistr-31, sirtqi-31, ikkinchi oliy-33, kunduzgi-188 nafar.fakultetda hozirgi vaqtda jami 1630 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 827 nafar talaba kunduzgi bakalavr, 14 nafar magistr, sirtqi ta’lim shaklda 803 nafar.
Fakultetda 3 ta ta’lim yo’nalishi mavjud;
- Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”
- Tarix
- Tarix, qo’shimcha davlat huquqi
- Tarix oq’itish metodikasi
- Ijtimoiy ish
Fakultetda 3 kafedra mavjud;
- Tarix
- Milliy g’oya, ma’naviyata asoslari va huquq ta’limi
- Ijtimoiy fanlar
Fakultetning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan “Zamonaviy oliy ta’lim tizimi: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazildi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi farmoyishi asosida tashkil etildi.
“Tabiatshunoslik” fakulteti Navoiy davlat universiteti ilmiy kengashining 2001 yil 28 iyuldagi 12 sonli qarori asosida tashkil etilgan. 2015 yilda “Tabiatshunoslik” fakulteti nomi “Tabiiy fanlar” fakultetiga o`zgartirilgan.
Tabiiy fanlar fakultetida faoliyat olib borayotgan professor-o`qituvchilar soni 64 nafar, shundan
- To`liq shtatda 57 nafar
- O`rindoshlik asosida (ichki) 7 nafar
Talabalarning umumiy soni 1216 nafar, shundan davlat grantida 304 nafar, shartnoma asosida 912 nafar, kechki 54 nafar talaba tahsil oladi. O`quv mashg`ulotlarida o`zbek, rus va qozoq tillarida olib boriladi.
Fakultet tarkibidagi kafedralar:
- Kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi
- Biologiya o`qitish metodikasi kafedrasi
- Geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi
Fakultet tarkibidagi kafedralar ilmiy salohiyati:
- Kimyo o`qitish metodikasi kafedrasida 19 nafar professor-o`qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan 2 nafari professor, 2 nafari k.f.n. dotsent, 3 nafari RhD, ilmiy saloxiyat 36,8 %.
- Biologiya o`qitish metodikasi kafedrasida 31nafar professor-o`qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan 5 nafari b.f.n. dotsent, 3 nafari b.f.n., 1 nafari RhD, ilmiy saloxiyat 29,0 %.
- Geografiya o`qitish metodikasi kafedrasida 14 nafar professor-o`qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan 2 nafar g.f.n. dotsent, 1 nafar g.f.n., 1 nafar RhD, ilmiy saloxiyat 28,6 %. Fakultet ilmiy salohiyati 31,25 %
Fakultet tarkibidagi ta’lim yo`nalishlari:
- 5110300 Kimyo o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi
- 5110400 Biologiya o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi
- 5110500 Geografiya o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi
OTM va korxonalar bilan aloqasi:
Moskva davlat Universiteti, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi umumiy va noorganik kimyo instituti, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti, Nizomiy davlat pedagogika Universiteti, SamDU, NavDKI, NDU, JizDPI, Navoiy viloyat Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi, Navoiy viloyat gidrometeorologiya markazi, Karmana tumanidagi MChJ “Bentonite”, ”NAVOIYAZOT”OAJ.
Ta'lim yo'nalishlari
| Axborot xavfsizligi 60610200 | Bakalavr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Biotexnologiya 60710200 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr |
| Cholg‘u ijrochiligi: (turlari bo‘yicha) 60211500 | Bakalavr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr |
| Davolash ishi 60910200 | Bakalavr |
| Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 | Bakalavr |
| Fizika va astranomiya 60110700 | Bakalavr |
| Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000 | Bakalavr |
| Inson resurslarini boshqarish 70411001 | Magistr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Kimyo 60110800 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Mexanika va matematik modellashtirish 60530600 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700 | Bakalavr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Bakalavr |
| O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili 70111601 | Bakalavr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Pediatriya ishi 60910300 | Bakalavr |
| Professional ta’lim: (Axborot tizimlari va texnologiyalari) 60610200 | Bakalavr |
| Professional ta’lim: dizayn (libos va gazlamalar) 60112400 | Bakalavr |
| Professional ta’lim: rangtasvir (dastgohli) 60112400 | Bakalavr |
| Qoraqalpoq tili va adabiyoti 60111500 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (kurash) 61010200 | Bakalavr |
| Stomatologiya 60910100 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 | Bakalavr |
| Texnologik ta’lim 60111300 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) 60211400 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Navoiy davlat universiteti
Matematika
10 500 000 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
10 500 000 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
Boshlang‘ich ta’lim
10 500 000 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
Davolash ishi
34 754 999 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
Pediatriya ishi
10 500 000 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
Vokal san’ati (turlari bo‘yicha)
10 500 000 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
Cholg‘u ijrochiligi: (turlari bo‘yicha)
10 500 000 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
Musiqa ta’limi
10 500 000 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
10 500 000 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
10 500 000 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
Tarix
10 500 000 so'm
yiliga
Navoiy davlat universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Jamshid Xodjayev Bahtiyorovich
Butabekova Nursila Eshpulatova
Aksenova Elena Igorevna
Xojaxmetova Aygul
Qayumova Nodira Karim qizi
Ramatov Murat Kalbayevich
Isomiddinova Bonu Sherali qizi
Shodiyeva Aziza Zokir qizi
Islomova E’zoza Yorqin qizi
Elbek Sultonov
Jamshid Xodjayev
Faizullayeva Ezoza Abdullayevna
Talabalar fikri
Muxtorov Murodjon Furqat o`g`li
Iskandarova Gulnoza Fayzi qizi
Ibragimova Sanobar Umid qizi
Norboyeva Ismigul
Jo`raqulov Abdulaziz
Jamolova O`g`iloy Jabbor qizi
Shahnoza Barnayeva