O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
795
Talabalar
1
Xorijiy talabalar
110
O'qituvchilar
3
Fakultetlar
10
Kafedralar
2008
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali 2008-yil 28-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-845-sonli qarori bilan tashkil qilindi. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yili 4-iyundagi PQ-1771-sonli qaroriga asos O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali bo‘lib qayta tashkil etildi.
Filial dastlabki ochilgan yili “Saxna va ekran san’ati dramaturgiyasi” va “Drama aktyorligi va kno aktyorligi san’ati” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 25 nafar talaba qabul qilingan. Hozirgi vaqtda 9 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida 1745 nafar talaba-yoshlar ta’lim olmoqda. Shuningdek, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab magistratura bo‘limi tashkil etildi va hozirgi vaqtda 9 nafar magistr talabalari tehsil olmoqda.
Filialda 3 fakultet, 10 kafedra mavjud va 90 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatta faoliyat oli boradi. Shundan, 12 nafari fan nomzodlari va falsafa doktorlari, 12 nafari professor va 10 nafari dotsent ilmiy unvonini olgan. Shunungdek, filialda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari Xalq artistlari, Xizmat ko‘rsatgan artistlar, “Nihol” va “Zulfiya” nomidagi davlat mukofatlari sohiblari talabalarga dars beradi.
Filialda ta’lim olayotgan talabalarning raqs san’atiga bo‘lgan qiziquvchanligini oshirish maqsadida 2018-yilda filial qoshidan “Tumar” raqs ansambli tashkil etildi. Bundan tashqari, talaba qizlarning bo‘sh vaqtida hunar o‘rgatishi uchun “Chevar qo‘llar” to‘garagi faoliyat yuritadi. San’at va fan yo‘nalishlari bo‘yicha ham to‘garaklar mavjud.
Filialda tomonidan hozirga qadar xorijiy davlatlarning 10 ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik Shartnomalari imzolangan. Mazkur shartnomalar doirasida filial professor-o‘qituvchilari va talabalarning xalqaro akademik almashinuv kurslarida ishtirok etishi, ilmiy stajirovka va tajriba oshirishi, xalqaro konferentsiyalar, festivallar va tanlovlarda qatnashishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti va X.A.Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universitetlari bilan doimiy ravishda professor-o‘qituvchilar va talabalarni akademik almashinuv yo‘lga qo‘yilgan.
Xorijiy talabalar uchun
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institute Nukus filialida xorijiy talabalar uchun 330 o‘rinlik talabalar yotoqxonasi 2024-2025 o‘quv yiliga foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Talabalar sport klubi, “Chevar qo‘llar” to‘garagi, “Tumar” raqs ansambli, Teatr studiyasi va fanlar bo‘yicha fan to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Filialda ixtidorli talaba-qizlar uchun 2023-yildan buyon “Maryash Ismailova nomidagi Stipendiya” tashkil etilgan.
Xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali jami 8 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik Shartnomalari imzolangan
Rossiya Federaciyasi:
Z.Ismagilov nomidagi Ufa davlat san’at institute
D.Xvorostovskiy nomidagi Sibir davlat san’at institute
Qozon davlat madaniyat instituti
Qozog‘iston Respublikasi
M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti
M.Dulati nomidagi Taraz davlat universiteti
X.A.Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universitetlari
Tojikiston Respublikasi
M.Tusunzoda nomidagi Tojik davlat san’at va madaniyat institute
Qirg‘iziston Respublikasi
Beyshenalieva nomidagi Qirg‘iz davlat madaniyat va san’at institute
Shundan, M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti va X.A.Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universitetlari nufuzli xalqaro reyting tashkiloti QS tomonidan 2023-yilda dunyoning eng yaxshi OTMlari Top-1000 talik reytingida qayd etilgan.
Filialda M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti va X.A.Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universitetlari bilan talabalarni akademik almashinuv dasturi doirasida har yili talabalar ushbu universitetlarda akademik almashuv dasturida ishtirok etadi.
Til kurslari
Filialda o'qitish O'zbek, Qoraqalpoq tillarida olib boriladi. Shunningdek, talabalar uchun "Orient Education" nodavlat til o'rgatish markazi bilan shartnomas asosida ingliz tilini o'rganish kurslari tashkil etilgan
Talabalar uchun imkoniyatlar
Hozirgi kunga qadar O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialini 550 nafar bitiruvchilar tugatgan bo‘lsa, ularning ish bilan ta’minlanish (bandlik) darajasi 95 foizdan yo‘qori. Filial bitiruvchilaridan A.Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat Yosh tomoshbinlar teatri direktori, B.Razimbetov Respublika San’at saroyi direktori o‘rinbosari, A.Seytov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat Yosh tomoshbinlar teatri direktori o‘rinbosari, A.Otepbergenov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori o‘rinbosari, M.Abdreymov filialning “Texnogen san’ati” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Fakultetlar
Teatr san'ati fakulteti
Ta'lim yo'nalishlari
| Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi 60211100 | Bakalavr |
| Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha) 60211100 | Magistr |
| Aktyorlik san’ati: estrada aktyorligi 60211100 | Bakalavr |
| Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi 60211100 | Bakalavr |
| Kino-teleoperatorlik 60210200 | Bakalavr |
| Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) 60320400 | Bakalavr |
| Madaniyat va san’at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish 60212000 | Bakalavr |
| Madaniyatshunoslik 60211800 | Bakalavr |
| Professional ta'lim: xalq ijodiyoti (chog‘u ijrochiligi) 6011240 | Bakalavr |
| Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60112400 | Bakalavr |
| Rejissorlik: kino va televideniye rejissorligi 6021120 | Bakalavr |
| San'atshunoslik: kino san'ati tanqidi va tahlili 6021100 | Bakalavr |
| San'atshunoslik: teatrshunoslik 6021100 | Bakalavr |
| Texnogen san'at: kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi 6021010 | Bakalavr |
| Xalq ijodiyoti (ashula va raqs) 60211900 | Bakalavr |
| Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik) 6021190 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
29 233 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Madaniyatshunoslik
29 233 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Professional ta'lim: xalq ijodiyoti (chog‘u ijrochiligi)
29 233 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
San'atshunoslik: kino san'ati tanqidi va tahlili
29 233 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Xalq ijodiyoti (ashula va raqs)
29 233 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Madaniyat va san’at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish
29 233 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Professional ta'lim: xalq ijodiyoti (chog‘u ijrochiligi)
29 233 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik)
29 233 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Aktyorlik san’ati: estrada aktyorligi
29 232 998 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi
29 233 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi
29 233 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Razimbetov Baxadir
Bayniyazov Alisher
Asqarov Arislanbek
Zamatdinov Adilbek
Abdikalikov Ikram
Otepbergenov Aydos Janabaevich
Talabalar fikri
Muhammad Yuldashev