Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
3,766
Talabalar
124
Xorijiy talabalar
113
O'qituvchilar
1
Fakultetlar
5
Kafedralar
2018
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
O’zbekistonning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud manbalari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni joriy etish, investisiyalarni faol jalb qilish turizmni rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda. Turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog’iga bosqichma-bosqich o’tishini hisobga olgan holda, jahon sayyohlik industriyasi bozorida yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarga obyektiv ehtiyoj paydo bo’ladi. Buyuk ipak yo’lidagi turizmning jozibador markazi sifatida mamlakatimizning ijobiy imijini shakllantirish, xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish va hududlarning salohiyatini to’liq jalb qilishni ta’minlash zarurati mavjud.
Turizm sohasida oliy ta’lim muassasasini ochish tashabbusi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Sindao shahrida bo’lib o’tgan Sakkizlik sammitida ilgari surilgan edi. Buning mantiqiy davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 28- iyundagi 3815-sonli qarori bilan xalqaro maqomga ega birinchi davlat universiteti tashkil etildi.
Bizning universitetda bakalavrlar mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim olishadi:
Bakalavriat
- Xalqaro munosabatlar;
- Turizm va mehmondo'stlik;
- Iqtisodiyot;
- Menejment;
- Biznesni boshqarish;
- Marketing;
- Logistika;
- Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm;
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili, koreys tili, xitoy tili, yapon tili;
- Arxeologiya
Magistratura
- Turizm va mehmondo'stlik;
- Menejment;
- Biznesni boshqarish(MBA);
- Iqtisodiyot;
- Logistika;
- Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni rekonstruksiya qilish, ta'minlash va saqlash;
- Arxeologiya
Universitet oldida turgan missiya
Universitetning vazifasi aholining bilimli, o’qimishli bo’lishini ta’minlash, takomillashtirish va mavjud bilimlarini saqlash va oshirish, ochiq fikrlash, mustaqil ilmiy tadqiqotlar va o’ziga xos badiiy ijodni rivojlantirish, insoniyat jamiyatining ijodiy rivojlanishini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdir.
O’z faoliyati natijalari uchun davlat va jamiyat oldida javobgar bo’lgan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini, shu jumladan, turizmni rivojlantirish uchun kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlar va ilg’or bilimlarni taqdim etadigan Markaziy Osiyo mintaqasining yetakchi ilmiy va ta’lim markaziga aylanish.
Universitet mustaqil jamoatchilik muassasasi bo’lib, ijodiy-ilmiy, o’quv, ijodiy-madaniy faoliyatni amalga oshiradi va akademik erkinliklar va akademik huquqlarni nazarda tutadi.
Universitetdagi pedagogik faoliyat ilmiy-tadqiqot ishlari, ishlanmalar va yangiliklar, badiiy yoki boshqa ijodiy faoliyat (bundan buyon matnda – ijodiy faoliyat), shu jumladan, o’z tadqiqotlari natijalariga asoslanadi.
Universitet barcha turdagi o’quv dasturlarini, shuningdek, uzluksiz ta’lim dasturlarini amalga oshiradi.
Bundan tashqari, universitet, birinchi navbatda, ilmiy-tadqiqot faoliyati, shuningdek, universitetning ijtimoiy hayoti, kutubxona va boshqa axborot xizmatlarini taqdim etadi, tahririyat, nashriyot faoliyati bilan shug’ullanadi. Universitet mahalliy va xorijiy universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy jamoatchilik a’zolariga ushbu tadbirlarda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratadi. Universitetning yuridik shaxslar bilan hamkorligi shakli shartnomalar bilan tartibga solinadi.
“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti – bu ta’lim, fan va ishlab chiqarishning yaqin integrasiyasiga asoslangan oliy o’quv yurtidir.
“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining vazifasi va qarashlari rivojlanish ustuvorliklariga asoslanadi:
- fan, ta’lim va iqtisodiyotning zamonaviy sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
- ilmiy kadrlarni ko’paytirish – ilmiy daraja va doktor ilmiy darajasiga ega bo’lish;
- axborot-kommunikasiya texnologiyalari, biznes, huquq va boshqaruv, gumanitar va ijtimoiy fanlar, ta’lim, jurnalistika, tabiiy fanlar, matematika va statistika sohalarini qamrab olgan akademik kadrlar tayyorlash;
- professor-o’qituvchilar tarkibi sifatini ta’minlash, shu jumladan, mamlakatning yetakchi olimlarini va chet ellik mutaxassislarni jalb qilish;
- talabalarni tanlab olish: bakalavr talabalarining qariyb 80% xalqaro va respublika fan olimpiadalari va ilmiy loyihalar tanlovlarining g’oliblari. Magistr va doktorantlar o’rtasidagi yuqori raqobat talabalarni tanlashda ham muhim omil hisoblanadi;
- Yevrosiyo va Osiyo tadqiqot-ta’lim makoniga qo’shilish masalalariga e’tibor qaratish: xalqaro tashkilotlar va birlashmalarga a’zo bo’lish;
- o’qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi;
- ikki diplomli ta’lim;
- mintaqadagi (O’rta Osiyo) va jahon universitetlari orasida yetakchilikka intilish, bu esa milliy reytingda yuqori o’rinlar va xalqaro reytingda muhim o’rinlardan iborat ekanligini isbotlaydi.
Xorijiy talabalar uchun
“Uzbek language”
To‘garagi
Mazkur to‘garak universitet xorijlik talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zbek tili va adabiyotiga qiziqishni, ularda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini oshirish, o‘zbek madaniyati bilan tanishtirishdan iborat. Guruhda 20ta gacha talaba qabul qilinadi. To‘garak bepul. Muddati o‘quv yili davomida.
O‘qituvchilar :
1. Ingliz tili yo‘nalishi, ingliz tili o‘qituvchisi.
2. O‘zbek tili yo‘nalishi, o‘zbek tili o‘qituvchisi
To‘garakning asosiy maqsadi – talabalar o‘rtasida o‘zbek tili og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida turli xil mavzularda debatlar o‘tkazish, va bu bilan ularda ijodiy fikrlash mahoratini rivojlantirish; o‘zbek tili va madaniyatini o‘rgatish, talabalar vaqtini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirishdan iborat.
“Translators”
To‘garagi
Mazkur to‘garak universitet talabalari o‘rtasida yozma tarjimaga qiziqishni, ularda tarjima ko‘nikmalarini oshirish, o‘zbek adabiyoti namunalarining inglizcha tarjimalari bilan tanishtirishdan iborat. Guruhda 20ta gacha talaba qabul qilinadi. To‘garak bepul. Muddati o‘quv yili davomida.
O‘qituvchilar : Ingliz tili yo‘nalishi, ingliz tili o‘qituvchisi.
To‘garakning asosiy maqsadi – talabalar o‘rtasida tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida turli xil mavzulardgi qisqa hikoyalarni tarjima qilish va bu bilan ularda ijodiy fikrlash, tahlil qilish mahoratini rivojlantirish; o‘zbek tili va madaniyatini o‘rgatish, talabalar vaqtini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirishdan iborat.
"Türkçe Konuşalım"
Universitetimiz talabalari uchun maxsus tashkil etilgan, turk tili va madaniyatini chuqur o'rganishga yo'naltirilgan “Türkçe konuşalım” to’garagi o'z faoliyatini davom ettiradi.
Kurs haqida asosiy ma'lumotlar:
- Til nomi: Turk tili (Türkiye Türkçesi).
- Muddati: Har oyda 4 marta, haftaning Payshanba kunlari.
- Vaqti: Soat 11:00 dan 12:00 gacha.
- Manzil: Universitet binosi, 302-xona.
- Guruh sig'imi: Sifatli ta'limni ta'minlash uchun har bir guruhda 35-40 nafargacha talaba qabul qilinadi.
- Kurs narxi: Universitet talabalari uchun bepul.
Kurs darajalari va o'quv dasturi
Kursimiz "İstanbul" darslik majmuasi asosida olib boriladi. Hozirda ishtirokchilarimiz A1 (Boshlang'ich) darajasini muvaffaqiyatli yakunladilar. Navbatdagi bosqichlarda til ko'nikmalari yanada chuqurlashtiriladi.
Kurs yakunida siz quyidagi bilimlarga ega bo'lasiz:
- Turk tilida kundalik mavzularda erkin muloqot qilish;
- O'z fikrini mustaqil, ravon va mantiqiy bayon etish;
- Table-Ronde (Davra suhbati) va debat san'ati orqali ijodiy fikrlash;
- Turk tili grammatikasi (Hozirgi zamon, egalik va kelishik qo'shimchalari)ni mukammal qo'llash.
O'qituvchi haqida ma'lumot
Mashg'ulotlar tajribali mutaxassis, o'z sohasining bilimdoni tomonidan olib boriladi:
PhD Samet Onur
- Ilmiy darajasi: Falsafa doktori (PhD).
- Mutaxassisligi: Turk tili va adabiyoti mutaxassisi.
- Yondashuvi: Darslar interaktiv metodlar, zamonaviy debatlar va jonli muloqot asosida o'tiladi.
Dars jarayonidan lavhalar
To'garagimizda darslar nafaqat foydali, balki juda qiziqarli o'tadi! Mana ishtirokchilarimizning dars jarayonidagi faolligidan namunalar:


“Nihongo de hanaso”
To‘garagi
Mazkur to‘garak universitet talabalari o‘rtasida yapon tili va adabiyotiga qiziqishni, ularda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini oshirish, yapon madaniyati bilan tanishtirishdan iborat. Guruhda 20ta gacha talaba qabul qilinadi. To‘garak bepul. Muddati o‘quv yili davomida.
O‘qituvchi : Yapon tili yo‘nalishi, yapon tili o‘qituvchisi.
To‘garakning asosiy maqsadi – talabalar o‘rtasida yapon tili og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Table-Ronde va turli hil mavzularda debatlar o‘tkazish, va bu bilan ularda ijodiy fikrlash mahoratini rivojlantirish; yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirishdan iborat.
“Young Diplomats Club” (Yosh Diplomatlar klubi)
Mazkur to‘garak universitet talabalari o‘rtasida diplomatiya va xalqaro munosabatlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularda muzokara, tahliliy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar faoliyati hamda global siyosiy jarayonlar bilan tanishtirishdan iborat.
Diplomatiya klubi talabalarning xalqaro munosabatlar, diplomatiya va global jarayonlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. O’quv yili davrida klub tomonidan talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishga bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan qator samarali tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.

To’garakda 1chi va 2chi boshqich Xalqaro munosabatlar yo’nalishida tahsil oluvchi 19 nafar doimiy faol talabalar (to’garak ro’yxatidagi talabalar) hamda xar hil tadbirlarda ishtirok etadigan talabalar ishtirok etishib kelishmoqda. To’garak o’quv yil boshida 14 xaftalik reja asosida seminar va uchrashuvlar tashkil qilinib kelinyapti. Undan tashqari, to’garak miqiyosida Youth Union bilan xamkorlikda “Sustainable Tourism” mavzusida Model United Nations (MUN) simulatsiya conferensiyasi ham tashkil qilinib, boshqa yo’nalish talabalari ham qamrab olindi.










To’garak raxbari - Djuraeva Mohigul Murodovna, 2024 senytabr oyidan hozirgi vaqtga qadar “Tillar va globa tadqiqotlar” kafedrasi assistent o’qituvchisi sifatida faoliyat olib boryapti. 2009-2012 yillar Samarqand Davlat Chet Tillar Institutining Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) yo’nalishi magistraturasini tamomlab, 2014-2018 yillar Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida assistent o’qituvchi bulib ishlagan. 2018-2021 yillar PE "KT Corporation" (Koreya telekommunikatsiya kompaniyasi) AMI (ilg'or o'lchash infratuzilma) loyihasining katta mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan. 2021-2023 yillar Yonsey Universiteti Xalqaro Tadqiqotlar Oliy Maktabi magistratura talabasi (Janubiy Korea) Xalqaro Munosobatlar yo’nalishi bo’yicha magistraturasini tamomlagan. 2023-2024 yillar “Yar Capital LLC” idorasida stajirovka o’tgan (Nyu York, AQSH).
Talabalar o'rtasida tashkil etilgan “Parlons français”
to’garagi
HISOBOTI
- Umumiy qoidalar
l. Mazkur to’garak universitet talabalari o’rtasida fransuz tili va adabiyotiga qiziqishni, ularda og’zaki nutq ko’nikmalarini oshirish, fransuz tili asosiy til bo’gan mamlakatlar madaniyati bilan tanishtirishdan iborat.
2. “Parlons français” to’garagida universitetda tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirok etadi.
3. To’garakda talaba-yoshlarning keng qamrovli ishtiroki universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha bo’lim boshliqlari hamda fakultet boshlig’i tomonidan ta'minlanadi va muvofiqlashtiriladi.
- To’garakning maqsadi va vazifalari
4. To’garakning asosiy maqsadi – talabalar o'rtasida fransuz tili og’zaki nutq ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida Table-Ronde va turli hil mavzularda debatlar o’tkazish, va bu bilan ularda ijodiy fikrlash mahoratini rivojlantirish; yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga yo’naltirishdan iborat.
5. To’garakning vazifalari quyidagilardan iborat:
Yoshlar o'rtasida fransuz tili va adabiyotiga qiziqishni oshirgan holda, ularni mustaqil fikr bildirishga oid ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
III. “Parlons français”
to’garagini tashkil etish tartibi va shartlari
7. Universitet talabalari o'rtasida “Parlons français”
to’garagini tashkil etish va nazorat qilish, rivojlantirish bo'yicha mutaxassislardan iborat to’garak rahbari belgilanadi.
8. To’garak har oyda 2 marta chorshanba kunlari 241-xona (yoki akademiyaning 702-xonasi) da 14 :00 da o’tkaziladi:
Bunda, ishtirokchilar tomonidan belgilangan mavzu ustida Table-Ronde va debatlar uyushtiriladi.
- Yakuniy qoidalar
9. To’garak tili: Fransuz tili.
10. To’garak faoliyati haqida ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda va rasmiy veb-saytlarda e'lon qilib boriladi.
“Parlons français” to’garagining a’zolari
|
|
Dilfuza Mirboboyeva, Raphael Baudrillart |
To’garak rahbarlari |
|
1 |
Universitetning 2,3,4-kurs talabalari |
To’garak a’zolari |
|
2 |
Islomova Shahina |
Arch 123 |
|
3 |
Saidaxmedova Asalya |
Guide 223 |
|
4 |
Shokirova Jasmina |
|
|
5 |
Baxodirov Shaxzod |
|
|
6 |
Hamroqulova Asaloy |
|
|
7 |
Kurbanova Asiyat |
Mantour 224 |
|
8 |
Asrorova Rayhona |
|
|
9 |
Nuriddinov Zarruxjon |
|
|
10 |
Raxmatdjonova marjona |
|
|
11 |
Azamatov Shaxzodjon |
|
|
12 |
Abdujalolova Shaxzoda |
Mar 124 |
Thematic schedule of extracurricular activities of the French Speaking Club “Parlons français”
|
№ |
Week |
Topic/themes |
Date |
|
1 |
Week 1 |
Introduction à la France |
15.10.2025 |
|
2 |
Week 2 |
Ma famille |
29.10.2025 |
|
3 |
Week 3 |
Ma ville (mon village) natale |
12.11.2025 |
|
4 |
Week 4 |
Les regions de France |
26.11.2025 |
|
Week 5 |
la langue française dans le monde |
10.12.2025 |
|
|
6 |
Week 6 |
Le sport |
24.12.2025 |
|
7 |
Week 7 |
La musique |
14.01.2026 |
|
8 |
Week 8 |
Le cinéma |
11.02.2026 |
|
9 |
Week 9 |
Les traditions |
25.02.2026 |
|
10 |
Week 10 |
Fêtes nationales en France |
11.03.2026 |
|
11 |
Week 11 |
Fêtes nationales en Ouzbekistan |
25.03.2026 |
|
12 |
Week 12 |
Les études en France |
15.04.2026 |
|
13 |
Week 13 |
Mes projets d’avenir |
29.04.2026 |
|
14 |
Week 14 |
Le shopping |
13.05.2026 |
|
15 |
Week 15 |
Mes vacances |
27.05.2026 |
3. 15-oktabrdan boshlab universitet 2-3-4-kurs talabalari uchun oyiga 2-marotaba chorshanba kunlari “Parlons français” nomli fransuz tili og’zaki nutqini rivojlantirishga yo’naltirilgan to’garak o’z faoliyatini olib bormoqda.To’garagimiz faoliyatini olib borishda shu akademik yilda bizlarga native speaker sifatida Raphael Baudrillart stajyor o’qituvchimiz biriktirib berilgan. 2025-yil 18-noyabrkuni toʻgarak faoliyati doirasida Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasida faoliyat yurituvchi Campus Frаnce loyihasi maxsus mas'ul vakili Alice МОТ xonim va Samarqand Fransuz Alyansi direktori Mariolaine LE GALLO xonim ”Parlons français “to’garagi talabalari bilan Fransiyada amaliyot o'tash va ta'lim olish imkoniyatlarini, hаmdа oliygohimizdagi talabalarga fransuz tilini o'rgatish bo'yicha hamkorlikning afzalliklari to’g'risida Campus Frаnce tizimining taqdimotini o’tkazishdi.




“Hablamos español”
Universitetimiz talabalari uchun maxsus tashkil etilgan, ispan tili va madaniyatini chuqur o'rganishga yo'naltirilgan “Hablamos español” to’garagi o'z faoliyatini davom ettiradi.
Kurs haqida asosiy ma'lumotlar:
- Til nomi: Ispan tili (Español)
- Muddati: Har oyda 2 marta, haftaning Chorshanba kunlari.
- Vaqti: Soat 13:00 dan 14:00 gacha.
- Manzil: Universitet binosi, 201-xona.
- Guruh sig'imi: Sifatli ta'limni ta'minlash uchun har bir guruhda 20-25 nafargacha talaba qabul qilinadi.
- Kurs narxi: Universitet talabalari uchun bepul.
Kurs darajalari va o'quv dasturi
Kursimiz “Español en marcha” darslik majmuasi asosida olib boriladi. Hozirda ishtirokchilarimiz A1 (Boshlang'ich) darajasini muvaffaqiyatli yakunladilar. Navbatdagi bosqichlarda til ko'nikmalari yanada chuqurlashtiriladi.
Kurs yakunida siz quyidagi bilimlarga ega bo'lasiz:
- Ispan tilida kundalik mavzularda erkin muloqot qilish;
- O'z fikrini mustaqil, ravon va mantiqiy bayon etish;
- Table-Ronde (Davra suhbati) va debat san'ati orqali ijodiy fikrlash;
- Ispan tili grammatikasi (Hozirgi zamon, egalik va kelishik qo'shimchalari)ni mukammal qo'llash.
O'qituvchi haqida ma'lumot
Mashg'ulotlar tajribali mutaxassis, o'z sohasining bilimdoni tomonidan olib boriladi:
Tursunova Parvina
- Ilmiy darajasi: yo´q
- Mutaxassisligi: Qiyosiy tilshunoslik va lingvistik tarjimashunslik (ispan tili)
- Yondashuvi: Darslar interaktiv metodlar, zamonaviy debatlar va jonli muloqot asosida o'tiladi.
Dars jarayonidan lavhalar
To'garagimizda darslar nafaqat foydali, balki juda qiziqarli o'tadi! Mana ishtirokchilarimizning dars jarayonidagi faolligidan namunalar:


Xalqaro hamkorlik
Xalqaro aloqalar
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi. Hozirgi kunga qadar universitet 100 dan ortiq xorijiy oliygoh va tashkilotlar bilan ta’lim, ilmiy tadqiqot va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlik shartnomalari va anglashuv memorandumlarini imzolagan.
Hamkorlik yo‘nalishlari
- Akademik almashinuv:
Universitet dunyoning yetakchi universitetlari bilan talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini amalga oshirib, ishtirokchilarga xalqaro tajriba orttirish imkonini beradi. - Ilmiy-tadqiqot hamkorligi:
Turizm va madaniy meros yo‘nalishida xalqaro ilmiy markazlar bilan qo‘shma tadqiqot loyihalari olib boriladi. - Madaniy almashinuv:
Talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida madaniy almashinuv dasturlari orqali turli xalqlarning madaniyatini o‘zaro anglash va qadrlash targ‘ib qilinadi.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
Universitet quyidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi:
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) – Ispaniya
- BMT Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) – Fransiya
- Butunjahon merosi shaharlari tashkiloti – Osiyo Tinch okeani mintaqasi (OWHC-AP) – Koreya
- Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo xalqaro turizm tadqiqot markazi (SBC) – Singapur
- Birlashgan Millatlar Taraqqiyot Dasturi (UNDP) – AQSh
- Ipak yo‘li universitetlari xalqaro tarmog‘i (SUN) – Koreya
- Ipak yo‘lini muhofaza qilish xalqaro federatsiyasi (IFPSR)
- Erasmus+ dasturi – Yevropa Ittifoqi
Hamkor oliy ta’lim muassasalari mamlakatlar kesimida
Shveytsariya
- Swiss Education Group
Ispaniya
- Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO)
- EL IES LA ENCANTA de Rojales, Alicante
Germaniya
- Drezden amaliy fanlar universiteti (Fachhochschule Dresden)
- Konstanz texnologiya, biznes va dizayn universiteti
Buyuk Britaniya
- Canterbury Christ Church University
- Greenwich University
- Surrey University
Isroil
- Holon texnologiya instituti
Malayziya
- UCSI University (QS reytingi: Top 300)
- MARA texnologiya universiteti (QS reytingi: Top 300)
- Malayziya boshqaruv va fanlar universiteti (QS reytingi: 600)
- City University
Janubiy Koreya
- Gyeongsang milliy universiteti (QS reytingi: 700)
- Jeju turizm universiteti
- Kwangju ayollar universiteti
- Semyung universiteti
- Honam universiteti
- Jungwon universiteti
- Chungbuk sog‘liqni saqlash va fan universiteti
- Koreya Milliy Ta’lim Universiteti
Xitoy Xalq Respublikasi
- Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti (QS reytingi: 1100)
- Kainan universiteti, Tayvan (Global reyting: 5000)
- Zhejiang xalqaro tadqiqotlar universiteti (Global reyting: 5000)
- Nankin turizm va mehmondo‘stlik instituti
- Shanxay turizm instituti
- Guilin turizm universiteti
- Sanya universiteti
- Pekin chet tillar universiteti
Turkiya
- Ege universiteti (QS reytingi: 1001–1100)
- Mug‘la Sıtkı Koçman universiteti (Global reyting: 2000)
- Yalova universiteti
- Tokat Gaziosmanpasha universiteti
- Kutahya universiteti
- Afyon Kocatepe universiteti
- Pamukkale universiteti
- Kappadokiya universiteti
- Bolu Abant Izzet Baysal universiteti
- Isparta amaliy fanlar universiteti
- Istanbul universiteti
- Mevlana almashinuv protokoli
Indoneziya
- STMIK PPKIA Pradnya Paramita
- Kusuma Negara biznes maktabi
- STMIK Jakarta STI&K
- Utara Muhammadiyah Sumatera universiteti
- Jakarta media aloqa akademiyasi
- Borobudur universiteti
- Cendekia Abditama multimedia muhandislik instituti
- STIE Nusa Megarkencana iqtisodiyot kolleji
- Trisakti turizm maktabi
- Gunadarma universiteti
- IBIT Bali turizm instituti
- Bhayangkara Jakarta Raya universiteti
- Krisnadwipayana universiteti
- Universitas Esa Unggul
- Universitas Muhammadiyah Jakarta
- Pancasila universiteti
- Bali politexnik universiteti
Qozog‘iston
- Buketov nomidagi Karaganda universiteti
- Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti
Rossiya
- Belgorod milliy tadqiqot universiteti
- Don davlat texnika universiteti
- Yujniy universiteti
- Rossiya davlat turizm va servis universiteti
- Sankt-Peterburg menejment va iqtisodiyot texnologiyalari universiteti
Qirg‘iziston
- Toktamatov nomidagi xalqaro universitet
- Qirg‘iz milliy universiteti
Tojikiston
- Tojikiston pedagogika instituti
- Tojikiston milliy universiteti
- Tojikiston savdo universiteti
- Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston madaniyat va san’at instituti
- Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti
Belarus
- Belarus jismoniy tarbiya davlat universiteti
Ozarbayjon
- Xazar universiteti
Bolgariya
- Bolgariya milliy va jahon iqtisodiyoti universiteti
Polsha
- Nisya amaliy fanlar universiteti
Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Silk Road International University of Tourism and Cultural Heritage
Fakultetlar
Fakultet vazifasi
Mehmonxona, restoran, turizm sohasining eng yuqori xalqaro standartlariga mos raqobatbardosh professional kadrlarni tayyorlash.
Asosiy funksiyalari
- Davlat ta’lim standarti bajarilishini ta’minlash;
- fakultetni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kasbiy ta’lim fanlari, dasturlari, ishchi o’quv rejalari va ishchi dasturlarni yaratish va amaliyotga joriy qilish;
- talabalarda omilkorlik – kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismlarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, bitiruvchilarning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonishini ta’minlash;
- ish beruvchilar, ta’lim organlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar bilan tizimli hamkorlikni ta’minlash;
- talabalarni o’qitish sifatini oshirish maqsadida o’quv jarayonini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- o’quv-tarbiyaviy jarayonni tahlil qilish va boshqarish;
- fakultet va kafedralar ishini muvofiqlashtirish, fakultetlardagi kafedralararo aloqalarni amalga oshirish, shuningdek, boshqa fakultetlar, shu jumladan, boshqa universitetlar bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish.
- fakultetlarda o’quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
- o’quv dasturlarini lisenziyalash va universitetning davlat akkreditasiyasi bo’yicha hujjatlar tayyorlashda ishtirok etish;
- kasbiy va yo’naltirish ishlarini tashkil qilish va o’tkazish, talabalarni fakultetga qabul qilish, ularning kasbiy tayyorgarligini ta’minlash;
- fakultet talabalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- kalendar yili davomida fakultet bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasini o’tkazish va fakultet qabul komissiyasi ishini amalga oshirish;
- fakultet bitiruvchilari bilan aloqani tashkil etish; fakultetni tugatgan mutaxassislarning tayyorgarlik sifatini o’rganish, shuningdek, ularning ish bilan ta’minlanganligi hisobini olib borish;
- universitetning me’yoriy-huquqiy bazasiga muvofiq talabalarning reytinglarini o’tkazish;
- fakultetning joriy va hisobot hujjatlarini tuzish hamda ta’lim muassasasi rahbariyatiga, ta’lim organlariga taqdim etish;
- fakultetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish bo’yicha ishlarni olib borish;
- o’quv mashg’ulotlari, shuningdek, imtihon va testlarning bajarilishini nazorat qilish;
- talabalarning dars va mashg’ulotlarga qatnashishi va o’zlashtirishini nazorat qilish;
- kafedralararo uchrashuvlar, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish va o’tkazish;
- o’quv jarayoni sifati monitoringini tashkil etish, talabalarning o’zlashtirishi va o’quv intizomini tahlil qilish;
- talabalarning o’quv faoliyati bilan bog’liq masalalarni hal qilish;
- talabalarning akademik qarzdorliklari hisobini yuritish;
- yakuniy davlat attestasiyasini o’tkazishda ishtirok etish;
- davlat stipendiyalariga nomzodlarni tayinlash va hujjatlarini rasmiylashtirish;
- talabalar bilimini nazorat qilish va o’qitish jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etish, o’qitish jarayonida differensial va individual mashg’ulotlarni joriy etishni ta’minlash;
- intizomiy xarakterga ega buyruqlar loyihalarini tayyorlash;
- o’quv va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish (fakultet majlislari, ilmiy, ijodiy va ijtimoiy foydali tadbirlar, tantanali tadbirlar);
- fakultet talabalarining universitet, shahar, viloyat va xalqaro miqyosdagi tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash;
- talabalarning ota-onalari bilan o’quv va intizomiy masalalar bo’yicha o’zaro aloqani o’rnatish;
- kafedralarning o’quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlarini rejalashtirishda ishtirok etish;
- talabalar o’zini-o’zi boshqarish organlari – talabalar Parlamenti, sardorlar, ijodiy jamoalar kengashlari faoliyatiga ko’maklashish;
- talabalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilish shakllarini amalga oshirish (ijtimoiy stipendiya tayinlash; ijtimoiy yordam uchun bir martalik stipendiya to’lash uchun hujjatlarni tanlash, bir martalik moddiy yordam ko’rsatish va boshqalar);
- universitet Ilmiy kengashi va uning o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha komissiyalari ishida, o’quv ishlari bo’yicha kengash faoliyatida, imtihon, sertifikatlashtirish va apellyasiya komissiyalari ishida qatnashish;
- universitetning o’quv jarayonini ta’minlovchi mahalliy me’yoriy hujjatlar va uslubiy xususiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish;
- dekanat nomenklaturasiga muvofiq fakultetning ish faoliyati va hujjat aylanishini ta’minlash, fakultet uchun hujjatlar, buyruqlar, farmoyishlar tayyorlash.
“Turizm menejmenti” fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 28 - iyundagi PF 3815-sonli “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga binoan tashkil etilgan. Fakultet talabalarining umumiy kontingenti 450 kishini tashkil etadi. “Turizm menejmenti” fakultetida quyidagi bo’limlar bo’yicha 4 ta kafedra tashkil etilgan va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’qitilmoqda:
Bakalavriat
- Xalqaro munosabatlar;
- Turizm va mehmondo'stlik;
- Iqtisodiyot;
- Menejment;
- Biznesni boshqarish;
- Marketing;
- Logistika;
- Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm;
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili, koreys tili, xitoy tili, yapon tili;
- Arxeologiya
Magistratura
-
Turizm va mehmondo'stlik;
-
Menejment;
-
Biznesni boshqarish(MBA);
-
Iqtisodiyot;
-
Logistika;
-
Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni rekonstruksiya qilish, ta'minlash va saqlash;
-
Arxeologiya
Ta'lim yo'nalishlari
| Arxeologiya 60220400 | Magistr |
| Biznesni boshqarish 60410900 | Magistr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr |
| Menejment 60410800 | Magistr |
| Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash 70211004 | Magistr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Biznesni boshqarish
31 200 000 so'm
yiliga
Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Arxeologiya
31 200 000 so'm
yiliga
Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Menejment
31 200 000 so'm
yiliga
Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
31 200 000 so'm
yiliga
Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash
31 200 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Ziyodulloyeva Nigina Xasanovna
Mustafaqulova Sabina Eshnazarovna
Sultonov Shohruh Xayrilloyevich