WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Perfect-university

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

11,625

Talabalar

57

Xorijiy talabalar

207

O'qituvchilar

3

Fakultetlar

17

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Tashkent Perfect University zamonaviy va innovatsion oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, milliy va xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan, yuqori malakali, raqobatbardosh va zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Universitetning asosiy vazifasi talabalarga sifatli ta’lim berish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini yaratishdan iborat. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi. Universitetda ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bu esa mahalliy va xorijiy talabalar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratadi.
Tashkent Perfect University maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, tarix, ingliz tili, nemis tili, rus tili, xitoy tili va o‘zbek tilini o‘qitish yo‘nalishlari orqali zamonaviy pedagogika va ta’lim texnologiyalarini mukammal egallagan malakali pedagog kadrlarni tayyorlaydi. Psixologiya yo‘nalishi talabalarga inson psixikasi, xulq-atvori va shaxs rivojlanishi bilan bog‘liq nazariy hamda amaliy bilimlarni berib, kelajakda malakali psixolog mutaxassislar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, soliqlar va soliqqa tortish, bank ishi, inson resurslarini boshqarish, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda marketing yo‘nalishlari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlarida samarali faoliyat yurita oladigan, zamonaviy boshqaruv va moliyaviy tahlil ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlanadi. Logistika yo‘nalishi transport, ta’minot zanjiri va yuk tashish tizimlarini boshqarish bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni yetishtirishga qaratilgan.
Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi talabalarga xalqaro turizm industriyasi, mehmonxona biznesi, xizmat ko‘rsatish va turistik menejment sohalari bo‘yicha zamonaviy bilimlarni berib, xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlaydi. Dasturiy injiniring va kompyuter injiniringi yo‘nalishlari esa axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, sun’iy intellekt, kompyuter tizimlari va raqamli texnologiyalar sohalarida faoliyat yurita oladigan yuqori malakali IT mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Universitet xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, xorijiy universitetlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirib bormoqda. Talabalar xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish, xorijiy professor-o‘qituvchilardan ta’lim olish, chet tillarini chuqur o‘rganish va xorijda ta’limni davom ettirish imkoniyatlariga ega. Tashkent Perfect University talabalarga zamonaviy infratuzilma, malakali professor-o‘qituvchilar, innovatsion ta’lim texnologiyalari va xalqaro darajadagi ta’lim imkoniyatlarini taqdim etib, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli kasbiy faoliyati uchun mustahkam poydevor yaratadi.
 

 

 

 

Xorijiy talabalar uchun

Chet ellik talabalar uchun qulay talabalar turar joyi, sifatli ta'lim va ko'plab imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek universitet binosida va talabalar turar joyida turlicha English Clublar va til o'qitish to'garaklari faoliyat olib borishmoqda.

Xalqaro hamkorlik

Tashkent Perfect University xalqaro ta'lim makoniga integratsiyalashishni o‘zining ustuvor strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Universitet dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalari, ilmiy markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirib, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun global ta'lim va ilmiy tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda.
Bugungi kunda universitet xalqaro hamkorlikni ta'lim sifati, ilmiy salohiyat va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishning muhim omili sifatida ko‘radi. Hamkorlik dasturlari akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro konferensiyalar, qisqa muddatli o‘quv dasturlari, professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda talabalar mobilligini qamrab oladi.
Strategik xalqaro hamkorlar
Tashkent Perfect University Osiyo va Yevropaning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Shulardan biri Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lgan Chungnam National University hisoblanadi. Ushbu hamkorlik doirasida ta'lim va ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv, professor-o‘qituvchilar hamkorligi hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan. Hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlash va talabalarga xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini yaratishga xizmat qilmoqda.
Universitet, shuningdek, Osiyoning boshqa yetakchi ta'lim muassasalari bilan ham hamkorlikni izchil kengaytirib bormoqda. Xalqaro aloqalar doimiy ravishda yangi memorandumlar va qo‘shma dasturlar orqali rivojlantirilmoqda.
Xalqaro almashinuv va grant dasturlari
Tashkent Perfect University talabalari xorijda ta'lim olish va xalqaro tajriba orttirish uchun keng imkoniyatlarga ega.
Universitet Malayziyaning nufuzli INTI International University bilan hamkorlikda talabalarga 100 foiz grant asosida qisqa muddatli va akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratmoqda. Ushbu dasturlar orqali talabalar:
•    xalqaro ta'lim muhitida tahsil olish;
•    ingliz tili ko‘nikmalarini amaliy muhitda rivojlantirish;
•    xorijiy professorlardan saboq olish;
•    xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish;
•    turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Grant dasturlarining muntazam tashkil etilishi universitetning xalqaro mobillikni rivojlantirish borasidagi amaliy yondashuvini namoyon etadi.
Erasmus+ va xalqaro ilmiy hamkorlik
Universitet Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturlari doirasidagi xalqaro loyihalarda ham faol ishtirok etmoqda.
Erasmus+ loyihalari doirasida universitetda xalqaro ilmiy seminarlar, tajriba almashish uchrashuvlari va akademik treninglar muntazam tashkil etiladi. Ushbu tadbirlarda xorijiy ekspertlar, professorlar va tadqiqotchilar ishtirok etib, zamonaviy ta'lim texnologiyalari, ilmiy izlanishlar va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha o‘z tajribalarini ulashadilar.
Bu esa universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan yaqindan hamkorlik qilishiga xizmat qiladi.
Xalqaro ilmiy konferensiyalar
Tashkent Perfect University xalqaro ilmiy anjumanlarga mezbonlik qilish orqali global ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratadi.
Universitetda muntazam ravishda turli mamlakatlardan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni birlashtiruvchi xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi. Jumladan, E&SS (Economics and Social Sciences) xalqaro konferensiyasi dunyoning turli davlatlaridan ishtirokchilarni bir maydonga jamlab, zamonaviy iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilish uchun muhim ilmiy platforma vazifasini bajaradi.
Bunday tadbirlar talabalar uchun xalqaro ilmiy muhitni yaqindan his qilish, xorijiy olimlar bilan muloqot qilish hamda ilmiy faoliyatga jalb etilish imkoniyatini yaratadi.
Madaniy almashinuv
Xalqaro hamkorlik faqat ta'lim va ilm-fan bilan cheklanmaydi. Universitet turli mamlakatlarning madaniyati, san'ati va an'analarini targ‘ib etuvchi tadbirlarni ham muntazam tashkil etib kelmoqda.
Xitoy san'ati va madaniyati ko‘rgazmalari, xalqaro madaniy festivallar hamda xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va global fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Nega aynan Tashkent Perfect University?
Tashkent Perfect University xalqaro standartlarga mos ta'lim muhiti yaratishga intiladi. Universitet talabalarga:
•    xalqaro akademik almashinuv dasturlarida qatnashish;
•    xorijiy universitetlarda grant asosida tahsil olish imkoniyati;
•    xalqaro konferensiyalar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
•    xorijiy professor va mutaxassislar bilan ishlash;
•    ingliz tili hamda boshqa xorijiy tillarni rivojlantirish;
•    global mehnat bozorida raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini taqdim etadi.
Tashkent Perfect University xalqaro hamkorlikni doimiy ravishda kengaytirib, talabalarga zamonaviy, ochiq va global ta'lim muhitini yaratishni o‘z oldiga strategik maqsad qilib qo‘ygan.
 

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Toshkent Perfect Universiteti talabalar vaqtini unumli va mazmunli o'tqazish borasida turli musobaqalar, tadbirlar va uchrashuvlarni doimiy tashkil qilib boradi.

 

Fakultetlar

“Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi 2023-yil 28-avgustdagi 1-son kengash qaroriga asosan tashkil etilgan. Kafedrada: 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) va 61010400 – Turizm (faoliyat yonalishlari bo‘yicha) yo‘nalitshlari muvjud . Universitetning “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi maqsadi talabalarga iqtisodiyot va turizmning jadal rivojlanayotgan sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘lgan chuqur bilim o‘rgatish, mustaqil ishlash va self study ko‘nikmalarini shakllantirish asosida yetuk kadrlar tayyorlash. Kafedraning vazifasi zamonaviy iqtisodiy va turizm muammolarini samarali hal eta oladigan, sohaning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadigan va milliy va xalqaro miqyosda iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra dasturlari iqtisodiyot va turizmning asosiy jihatlarini qamrab oladigan ko‘plab fanlarni o‘z ichiga oladi. Talabalar mikro va makroiqtisodiyot, moliyaviy menejment, xalqaro iqtisodiyot, turizm marketingi, turizm biznesini boshqarish, mehmonxonalarni boshqarish va sayohatni rejalashtirishni o‘rganadilar. Ushbu fanlar talabalarga muvaffaqiyatli ishga joylashish va kasbiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni beradigan tarzda ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, kafedra iqtisodiy tendensiyalarni tahlil qilish va turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar bilan faol shug‘ullanadi. Universitet ushbu sohalardagi yetakchi kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, bu esa talabalarga amaliyot va, qimmatli tajriba orttirish va professional aloqalarni o‘rnatish imkonini beradi. Ushbu sohada katta tajribaga ega mutaxassislardan iborat kafedraning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari yuqori sifatli ta’lim va har bir talabaga individual yondoshishni kafolatlaydi. “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi bitiruvchilari davlat va munitsipal hokimiyatlarda, xalqaro va milliy sayyohlik kompaniyalarida, moliya va konsalting firmalarida, shuningdek ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli ishlashi mumkin.

“Raqamli texnologiyalar” kafedrasi zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Kafedra AKT sohasidagi fundamental va amaliy bilimlarni berishga, shuningdek, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, dasturlash, kiberxavfsizlik va axborot tizimlari yo‘nalishlarida mustaqil ishlay oladigan, kreativ fikrlaydigan, amaliyotda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Kafedra talabalarga zamonaviy dasturlash tillari, ma’lumotlar bazalari, tarmoqlar, raqamli tizimlar, bulutli hisoblash va Internet of Things (IoT) kabi sohalarda chuqur bilim beradi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida loyihalar yaratish, startaplar tashkillashtirish va raqamli innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantiriladi.

Kafedra o‘z faoliyatida sohadagi yetakchi kompaniyalar, texnoparklar, IT markazlar bilan hamkorlik qiladi, bu esa talabalarga real loyihalarda ishtirok etish, amaliyot o‘tash va kasbiy aloqalar o‘rnatish imkonini beradi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi ilmiy va amaliy tajribaga ega mutaxassislardan iborat bo‘lib, talabalarga sifatli ta’lim va zamonaviy bilimlarni taqdim etadi.

Pedagogika va psixologiya kafedrasi 2023-yil 28-avgustda Perfect universitetining birinchi sonli Kengash qarori bilan tashkil etilgan. Pedagogika va psixologiya kafedrasi tarkibida 60110100- Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida talabalar kunduzgi, kechgi va sirtqi ta’lim shakllarida talabalar ta’lim oladi. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati hamda ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha universitetda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan universitetning barcha yo‘nalishlarida o‘ttizdan ortiq fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari Yevropa va AQShning yetakchi universitetlari bilan doimiy ravishda ilmiy tadqiqot va pedagogik sohalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganlar. Jumladan ERASMUS loyihasi bo‘yicha Buyuk Britaniyaning Ekster, Germaniyaning Gamburg universiteti, Fransiyaning Renn, Chexiyaning Praga universitetlari hamda AQShning Garvard universiteti olimlari bilan kelishuvlarga erishilgan. Pedagogika va psixologiya kafedrasi talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash maqsadida, turdosh davlat oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston psixologlar Assostiasi, O‘zbekiston xalq tabobat akademiyasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institute, “Arbi-bahor” san’at markazi, O‘zbekiston Olima ayollar uyshmasi, UzTea, kabi bir qator yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.

Ta'lim yo'nalishlari

Amaliy filologiya 60230700 Bakalavr
Bank ishi 60410600 Bakalavr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Nemis tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 Bakalavr
Inson resurslarini boshqarish 60411000 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Logistika 61010400 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Marketing 60411200 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Soliqlar va soliqqa tortish 60410300 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Dadaboyeva Aziza

Dadaboyeva Aziza Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi. Toshkent Perfect universiteti PSI-410 guruhi 3-bosqich talabasi Dadaboyeva Aziza Nurilla qizi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi. Talabamiz ikki nafar farzandning onasi bo‘lishiga qaramay, bir vaqtning o‘zida ham oila, ham ta’limni muvaffaqiyatli olib bormoqda. Uning ta’kidlashicha, maqsadga erishish uchun to‘g‘ri muhit, ustozlar va yaqinlarning qo‘llab-quvvatlovi muhim

Gʻulomjonov Mansurbek

Ushbu bitiruvchi dasturiy injiniring yo‘nalishining iqtidorli va istiqbolli bitiruvchilaridan biri hisoblanadi. U o‘qish jarayonida yuqori darajadagi bilim saviyasi, mustahkam amaliy ko‘nikmalari, zamonaviy dasturlash texnologiyalarini puxta egallagani hamda mas’uliyatli va intizomli yondashuvi bilan ajralib turadi. Shuningdek, jamoa bilan ishlash qobiliyati, tashabbuskorligi va innovatsion fikrlashi orqali turli loyihalarda faol ishtirok etib, guruhdoshlariga yetakchilik qilgan.

Roziqova Gulnoza

Roziqova Gulnoza iqtisodiyot yo‘nalishining muvaffaqiyatli bitiruvchilaridan biri hisoblanadi. Ushbu bitiruvchi talabamiz o‘qishdagi tartib-intizomi, bilimi, jamoat ishlaridagi faolligi hamda guruhdagi yetakchiligi bilan ajralib turadi.

Talabalar fikri

TEMIR SEDA

Men Seda Temirman, Turkiyadan keldim. Tashkent Perfect Universityning Psixologiya fakultetida tahsil olaman. Nega aynan shu universitetni tanladim? Chunki bu universitet e’tiborimni tortdi. So‘ngra Toshkentga kelib, uni o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqchi bo‘ldim. Keldim, ko‘rdim va sharoitlari bilan tanishdim. Bu yerda taklif etilayotgan zamonaviy ta’lim menga juda yoqdi.

Shoxista

Mening ismim Shoxista, eng qiziqarli tomoni shundaki, Tashkent Perfect University 2000 ga yaqin talabani sig’dira oladigan talabalar turar joyiga ega. Menga eng yoqqan tomoni shundaki Tashkent Perfect University rahbariyati va hamkorlari tomonidan eng faol va iqtidorli talabalar uchun ta’lim stipendiyalari ajratilgan.

Mavlon

Mening ismim Mavlon, universitetda ikkinchi bosqich talabasiman, universitetimizda ta’lim sifati yuqori darajada. Professor-o‘qituvchilar o‘z sohasining mutaxassislari va talabalarga har doim yordam berishga tayyor. O‘quv dasturi zamonaviy talablarga javob beradi. Bilim olmoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao!

Xajiboyeva Rayxona

Universitetda ta’lim jarayoni juda yaxshi tashkil etilgan. Darslar amaliyot bilan bog‘langan, auditoriyalar zamonaviy jihozlangan. Talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va do‘stona muhit juda yoqadi. Haqiqatan ham rivojlanish uchun zo‘r tanlov!

Bunyod Qilichov

Tashkent Perfect University – zamonaviy ta’lim va yuqori sifat uyg‘unlashgan maskan. Professor-o‘qituvchilarning bilim va tajribasi, talabalarga individual yondashuv va qulay sharoitlar juda yuqori darajada. Bu yerda nafaqat diplom, balki haqiqiy bilim olish mumkin.