WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti

Toshkent viloyati Nodavlat Veb-sayt

14,526

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

103

O'qituvchilar

6

Fakultetlar

7

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti 2022-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tashkil etilgan. Litsenziya raqami L-4409374. Universitetda iqtisodiyot, kompyuter injiniring, ona tili va adabiyot, xorijiy til va adabiyot, pedagogika va psixologiya, boshlang'ich ta'lim, maktabgacha ta'lim, tarix, jismoniy madaniyat fakultetlari va ular tarkibida 16 ta ta'lim yo‘nalishi va 3 ta 3 ta magistratura mutaxassislik mavjud.

Ilmiy dargohda yangi tadqiqotlarni e’lon qilish imkoniyatlari mavjud. Xususan, "Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti ilmiy-metodik jurnali" OAK ro‘yxatiga kiritilgan. Iqtidorli talabalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Uyg’onish” talabalar gazetasi tashkil qilingan.

Universitetda tajribali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Katta kutubxona va o‘quv zali mavjud. Internet bilan ishlash uchun kompyuterlashtirilgan xonalar mavjud. Universitet dunyoning 10 ga yaqin rivojlangan davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Rossiya, Turkiya, Qozog’iston, Chexiya, Ozarbayjon bilan samarali faoliyat olib boriladi. Rektor stipendiyasi va grantlar mavjud.

Xorijiy talabalar uchun

Bugungi kunda Germaniya, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlaridan kelgan xorijiy talabalar universitetning iqtisodiyot hamda axborot texnologiyalari (IT) ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olmoqda.

Xalqaro hamkorlik

Universitet o‘z faoliyatini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida joriy o‘quv yilida xorijiy talabalar sonini 300 nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Ushbu maqsadga erishish uchun universitet qator xorijiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan.

Xorijiy talabalar uchun qulay axborot muhitini yaratish maqsadida universitetning Instagram, Facebook va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlarida rasmiy sahifalari faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti xorijiy talabalarni keng jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ko‘plab xorijiy universitetlar va ta’lim agentliklari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan.

Xususan, 2026-yilda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti delegatsiyasi tomonidan qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Mazkur kelishuvlar akademik mobillik, talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda boshqa istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Til kurslari

Universitetda ta'lim jarayonlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Fakultetlar

Faculty of Information Technologies

Iqtisodiyot fakulteti 

Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti

Педагогический факультет

Ijtimoiy fanlar fakulteti

Muhandislik va texnika fakulteti

Ta'lim yo'nalishlari

Arxitektura 60730100 Bakalavr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Energetika muhandisligi 60710400 Bakalavr
Energetika muhandisligi. 60710400 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Nemis tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr
Kadastr 60721700 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti 70610201 Magistr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Metallurgiya muhandisligi 60711200 Bakalavr
O'zbek tili va adabiyoti 60111400 Bakalavr
O'zbek tili va adabiyoti (magistratura) 70110701 Magistr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Tarix 60111100 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr Magistr

Mashhur bitiruvchilar

Yusupova Dinara Shodmon qizi

Bakalavriat bosqichi talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi

Tursunboyev Ma'ruf Murod o‘g‘li

Bakalavriat bosqichi talabalari o‘rtasida Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi