WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

4,228

Talabalar

13

Xorijiy talabalar

52

O'qituvchilar

3

Fakultetlar

8

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti haqida

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti — O‘zbekistonda zamonaviy ta’lim berishga yo‘naltirilgan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet iqtisodiyot, biznes va zamonaviy texnologiyalar sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilgan.

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti 2022-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan bo‘lib, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatbiyalar vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 055482- sonli (hozirda yangi 2025-yil 30-avgustdagi 377914-sonli) davlat litsenziyasi asosida qonuniy faoliyat olib bormoqda.

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti : Iqtisodiyot, Bank ishi, Buxgalteriya hisobi, Psixologiya, Boshlang‘ich ta’lim, Kompyuter injiniringi, Axborot xavfsizligi kabi 15 ta bakavr ta’lim yo‘nalishida Kunduzgi va kechki ta’lim shakli, shuningdek, Iqtisodiyot va Psixologiya yo‘nalishida magistratura bosqichida talabalarni qabul qiladi.

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti talabalarga nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalar berishga katta e’tibor qaratadi. Universitetda o‘qitish jarayoni zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion metodlar va xalqaro tajriba asosida tashkil etilgan.

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti talabalari zamonaviy auditoriyalar, kompyuter laboratoriyalari va elektron kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

Xorijiy talabalar uchun

{}

Xalqaro hamkorlik

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti va

  • Inner Mongolia Agricultural University,
  • National University of Shipbuilding,
  • Sakarya University,
  • Obuda University shu xalqaro universitetlar

bilan ikki tomonlama memorandum imzolangan.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

.

Fakultetlar

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti   2022 yilda “Iqtisodiyot” fanlar  yo‘nalishi bo‘lib ochildi. Bu yo‘nalish 2023  yilda mustaqil “Iqtisodiyot” fakultetga aylantirildi. Fakultet J.O.Kucharov, Fakultet dekani lavozimida  2023 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultet taraqqiyoti va rivojlanishida professorlar katta hissa qo‘shganlar.

Iqtisodiy tarmoqlarning talabi va  kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olib fakultet 2022 yildan “Iqtisodiyot” fakultetida  “Iqtisodiyot”, “Bank ishi”,   va “Iqtisodiyot”, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

Fakultetda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini samarali amalga oshirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda samarali natijalarga erishilmoqda. Professorlar o‘qituvchilar B.Djurayev, J.Kucharov, R.Xakimov. Z.Qayumova. M.Nazarovalar  va ko‘plab ustozlar faoliyat olib bormoqda.

Fakultet Vengeriyaning Obuda universiteti, Turkiyani Sakar amaliy fanlar universitetilari bilan professor-o‘qituvchilarning stajirovka o‘tashi, PhD talabalarning almashinuv dasturlarini amalga oshirish, magistrantlarning ta’lim olishida hamkorlik qilib kelmoqda.

Mustaqillik yillarida fakultet jamoasi turli sohasida amalga oshirilgan islohotlarda o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shishdi. Fakultetda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini raqamlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, “Yashil” iqtisodiyotni joriy qilish, bioiqtisodiyot yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Tranformatsiya jarayonida fakultetda zamonaviy o‘quv adabiyotlari yaratish, xalqaro standartlarga mos o‘quv rejalarni joriy etish va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘lga qo‘yildi.

“Ijtimoiy fanlar” fakulteti 2023-2024 o‘quv yilining 22-noyabrida universitet Kengashining 3-sonli majlis bayonnomasi qaroriga asosan, “Ijtimoiy fanlar” yonalishidan “Ijtimoiy fanlar” fakulteti tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshlagan. 

           Ijtimoiy fanlar fakulteti bo‘yicha 2025-2026 o‘quv yilida o‘quv ishlar, ilmiy, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar aniq belgilangan reja asosida amalga oshirilib kelmoqda. Fakultetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

  •  60220300 – Tarix
  •  60310900 - Psixologiya
  •  60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti
  •  60110900 – Xorijiy til va adabiyoti
  • 60110100 – Pedagogika
  • 60920100 - Ijtimoiy ish
  • 60110400 – Boshlang‘ich ta’lim

hamda magistratura bosqichining 70310301- Psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv jarayonlari olib boriladi. Dars jadvallari o‘quv rejalariga asosan, haftalik yuklama kunduzgi ta’lim uchun 24 soat, kechki ta’lim uchun 20 soat, sirtqi ta’lim uchun 24 soat belgilangan bo‘lib, kunduzgi ta’lim uchun bir smenali, sirtqi ta’lim uchun ikki smenali tashkil qilingan.

 Fakultet tasarrufida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mavjud bo‘lib, 2025-2026 o‘quv yilida kafedraning umumiy yuklama soati 16936 soat bo‘lib, shundan 9034 soati auditoriya soatlari hisoblanadi. Kafedraga 16 shtat birligi ajratilgan, ilmiy salohiyati 75 % ni tashkil qiladi.

 

Fakultetda jami 1118 nafar talaba tahsil oladi. Shundan, 207 nafar kunduzgi, 39 nafar kechki ta’lim shakli talabalari.

Bugungi kunda fakultetning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida jami 16 nafar professor-o‘qituvchilar mavjud bo‘lib, ulardan 12 nafari ilmiy darajali proffessor-o‘qituvchilar, 4 nafari magistr darajali o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 75 % ni tashkil etadi. 

Fakultet professor-o‘qituvchilarining ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlari Turkiya, Estoniya, Rossiya, AQSh, Polsha va boshqa mamlakatlarda nashr qilingan.

Fakultetning Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud.

“Moliyaviy boshqaruv va axborot texnologiyalari” fakulteti 2023-2024 o‘quv yilining 26-yanvarida universitet Kengashining 6-sonli majlis bayonnomasi qaroriga asosan, “Iqtisodiyot” fakultetidan ajralgan holda o‘z faoliyatini boshladi.
Fakultetda:
-  60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
-  60610500 - Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”)
-  60610300 – Axborot xavfsizligi (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis) 
- 60410500- Moliya va moliyaviy texnologiyalar
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv jarayoni olib boriladi. Dars jadvallari o‘quv rejalariga asosan, haftalik yuklama kunduzgi ta’lim uchun 24 soat, kechki ta’lim uchun 20 soat, sirtqi ta’lim uchun 24 soat belgilangan bo‘lib, kunduzgi ta’lim uchun bir smenali, sirtqi ta’lim uchun ikki smenali tashkil qilingan.
Bugungi kunda fakultetning “Moliyaviy boshqaruv va axborot texnologiyalari” kafedrasida jami 9 nafar professor-o‘qituvchilar mavjud bo‘lib, ulardan 4 nafari ilmiy darajali proffessor-o‘qituvchilar  (2 shtatda), 5 nafari magistr darajali o‘qituvchilar (5 shtatda) faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 44 % ni tashkil etadi. 
Fakultetda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini samarali amalga oshirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda samarali natijalarga erishilmoqda. Professorlar o‘qituvchilar I.Yuldasheva, K.Xatamov, I.Navruzov, B.Elboyev va ko‘plab ustozlar faoliyat olib bormoqda.
Mustaqillik yillarida fakultet jamoasi turli sohasida amalga oshirilgan islohotlarda o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shishdi. Fakultetda buxgalteriyaning turli tarmoqlarida raqamlashtirish, moliyaviy hisoblarni boshqarish, axborot texnologiyalariyo’nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Tranformatsiya jarayonida fakultetda zamonaviy o‘quv adabiyotlari yaratish, xalqaro standartlarga mos o‘quv rejalarni joriy etish va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘lga qo‘yildi.

Ta'lim yo'nalishlari

Axborot xavfsizligi 60610200 Bakalavr
Bank ishi 60410600 Bakalavr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Ijtimoiy ish 70920101 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr Magistr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 Bakalavr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr Magistr
Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 Bakalavr
Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha) 60410200 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr