Toshkent gumanitar fanlar universiteti
10,452
Talabalar
9
Xorijiy talabalar
95
O'qituvchilar
1
Fakultetlar
10
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
UNIVERSITETIMIZ HAQIDA
Toshkent gumanitar fanlar universiteti (qisqartmasi: TGFU; rus tilida: Ташкентский университет гуманитарных наук (ТУГН); inglizcha: Tashkent University of Human Sciences (TUHS); xitoycha: 塔什干人文科学大学(人科大) 2022-yil dekabr oyida tashkil etilgan. U O‘zbekistonda tashkil etilgan ilk nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biridir.
Universitetimiz talabalar ta’lim toifalari akademik ta’lim va akademik bo’lmagan ta’limni o‘z ichiga oladi. Akademik ta’lim bakalavriat va magistraturalarni o‘z ichiga oladi; akademik bo‘lmagan ta’limga ingliz, xitoy, koreys, rus tillari kurslari, turli qisqa muddatli o‘quv kurslari kiradi. To‘rt yillik bakalavriat yo‘nalishlari uchun tayanch o‘quv muddati 4 yil, sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun esa 5 yildir. Oddiy magistraturada o‘qishning asosiy muddati 2 yil.
Hozirda boshlang‘ich ta’lim, pedagogika va psixologiya, tilshunoslik va chet tillarini o‘qitish, buxgalteriya hisobi va audit, turizm menejmenti, iqtisodiyotni boshqarish, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, moliya, axborot tizimlari va texnologiyalari, logistika, marketing kabi 23 ta bakalavriat yo‘nalishlari va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud.
Universitetda hozirda ingliz, xitoy, rus, arab, koreys, nemis, ispan, fransuz va boshqa xorijiy tillar o‘qitilmoqda. Kelgusida alohida ingliz tili, xitoy tili filologiyasi hamda tarjimonlik fakultetlari ochish rejalashtirilgan.
Toshkent gumanitar fanlar universiteti mutaxassisliklar bo‘yicha afzalliklari va bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida kadrlar tayyorlashga bo‘lgan muttasil o‘sib borayotgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda chet el oliy o‘quv yurtlari bilan “milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, resurslardan umumiy foydalanish, bir-birini to‘ldiruvchi afzalliklar, o‘zaro manfaatli hamkorlik va birgalikda rivojlanish” tamoyillariga tayanib hamda xalqaro talabalarni qabul qilish bo‘yicha boshqaruv qoidalariga muvofiq o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
TGFU “tinchlik va hamkorlik, ochiqlik va bag‘rikenglik, oʻzaro o‘qib-o‘rganish, o‘zaro manfaatdorlik” asosida oliy ta’limni internatsionallashtirishga ko‘maklashish, ichki va xorijdagi oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, birgalikda malakali kadrlar tayyorlash va ijtimoiy, iqtisod va boshqaruv sohalarida bakalavriat yo‘nalishida talabalarni o‘qitish uchun ta’lim tizimini yaratish maqsadida hamkorlik platformasini yaratmoqda.
Universitetimiz talabalari nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham tahsil olish imkoniyatiga ega. Xususan, bakalavriat bosqichida tahsil oladigan talabalar ikkinchi kursdan keyin grant asosida chet elga o‘qishga yuboriladi. Ular o‘qishni Xitoy, Koreya, Yaponiya, Malayziya, Rossiya, Italiya va yana boshqa bir qator xorijiy mamlakatlarda davom ettirishlari mumkin.
Toshkent gumanitar fanlar universiteti ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Har yili iqtidorli talabalarni xorijdagi hamkor universitetlarga grant asosida o‘qishga yuboradi.
Har bir abituriyent universitetimizdagi o‘zi qiziqqan yo‘nalishni tanlab, qulay va zamonaviy sharoitlarda sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega. Ular o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishadilar.
Toshkent gumanitar fanlar universitetida ayni paytda 5000 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda. 80 dan ortiq o‘qituvchi-pedagoglar faoliyat yuritadi. Universitetning maʼmuriy binosi Toshkentda joylashgan, Toʻrtko‘l hamda Samarqand kampuslari mavjud.
Universitet qoshida ta’limni rivojlantirish fondi hamda til va madaniyat tadqiqot markazlarini ham ochilgan. Undan tashqari, universitetimizda xitoy, koreys, ingliz va rus tili tayyorlov kurslari ham bor. Ta’limni rivojlantirish fondini tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitet o‘qituvchilari va talabalarini rag‘batlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, pedagog va talabalarning ilmiy hamda ijodiy faoliyatlariga ko‘maklashish, darslik-qo‘llanmalar chop etish, stipendiyalar ajratish hamda turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va boshqalardan iborat.
“Toshkent gumanitar fanlar universiteti Toshkent kampusi” qurilishini boshlash arafasidamiz. Mazkur o‘quv shaharchamiz hududida o‘quv binolari, kutubxona, universitet qoshidagi maktab va bolalar bog‘chasi, stadion, o‘qituvchilar va talabalar yotoqxonalari, oshxonalar, supermarket va boshqa binolar qurilishi rejalashtirilgan. Bizning asosiy maqsadimiz o‘qituvchilar uchun eng yaxshi ish muhitini va talabalar uchun eng yaxshi ta’lim muhitini yaratishdir.
Universitet jamoasi yaqin kelajakda universitetning xalqaro nufuzini oshirib, uni jahonning eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlari qatoriga kiritishni maqsad qilgan.
Xorijiy talabalar uchun
CHET ELLIK TALABALAR UCHUN SHAROITLAR
Toshkent gumanitar fanlar universiteti (TGFU) xorijiy fuqarolar uchun xalqaro standartlarga mos, zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratadi. Universitet xorijiy talabalarni nafaqat sifatli ta’lim bilan, balki ularning O‘zbekiston Respublikasiga moslashuvi, akademik rivojlanishi hamda madaniy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar bilan ham ta’minlaydi.
Ta’lim imkoniyatlari
Universitetda xorijiy talabalar quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:
- bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim olish;
- zamonaviy o‘quv auditoriyalari va multimedia texnologiyalari bilan jihozlangan ta’lim muhitida tahsil olish;
- elektron kutubxona va raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish;
- yuqori malakali professor-o‘qituvchilar rahbarligida bilim olish;
- ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar, seminarlar va treninglarda ishtirok etish;
- xalqaro akademik almashinuv dasturlarida qatnashish imkoniyati.
Xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlash
Universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi xorijiy talabalarga o‘qish davomida har tomonlama ko‘mak beradi. Jumladan:
- qabul jarayoni bo‘yicha maslahatlar;
- hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam;
- viza va migratsiya masalalari yuzasidan konsultatsiyalar;
- vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish;
- universitetning ichki tartib-qoidalari va ta’lim tizimi bilan tanishtirish;
- O‘zbekistonning madaniyati, urf-odatlari va talabalar hayotiga moslashishda ko‘maklashish.
Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar
Universitetda talabalarning bilim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:
- zamonaviy axborot-resurs markazi;
- kompyuter sinflari va yuqori tezlikdagi internet;
- sport to‘garaklari va musobaqalar;
- ijodiy va ilmiy klublar;
- madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda xalqaro festivallarda ishtirok etish imkoniyati.
Qabul tartibi
Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq universitetga belgilangan tartib asosida qabul qilinadi. Abituriyentlar pasport nusxasi, avvalgi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etadilar. Universitet qabul jarayonidan boshlab talabaning o‘qishni boshlashigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda maslahat va tashkiliy yordam ko‘rsatadi.
Talabalar hayoti
Toshkent gumanitar fanlar universitetida turli mamlakatlardan kelgan talabalar o‘zaro do‘stona va ko‘pmadaniyatli muhitda tahsil oladilar. Universitetda milliy va xalqaro bayramlar, madaniy kechalar, sport musobaqalari, til klublari, mahorat darslari hamda turli ijtimoiy loyihalar muntazam tashkil etiladi. Bu tadbirlar talabalarning kasbiy rivojlanishi bilan bir qatorda ularning shaxsiy salohiyatini ham yuksaltirishga xizmat qiladi.
Toshkent gumanitar fanlar universiteti xorijiy talabalar uchun ochiq, zamonaviy va xalqaro hamkorlikka yo‘naltirilgan oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, ularga sifatli ta’lim, ilmiy izlanishlar olib borish va kelajakdagi professional faoliyati uchun mustahkam poydevor yaratishni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblaydi.
Xalqaro hamkorlik
XALQARO HAMKORLIK
Toshkent gumanitar fanlar davlat universiteti ta'lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida milliy hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Universitet O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat tashkilotlari hamda xalqaro markazlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Bugungi kunga qadar universitet 16 dan ortiq mahalliy va 26 ta xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan. Hamkorlik geografiyasi Xitoy, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va Hindiston kabi davlatlarni qamrab oladi.
Mahalliy hamkorlar
Universitet O‘zbekistonning yetakchi oliy ta'lim va ilmiy muassasalari bilan samarali hamkorlik olib bormoqda. Jumladan:
- O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali;
- Urganch davlat universiteti;
- Jizzax politexnika instituti;
- Angren universiteti;
- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi;
- Temuriylar tarixi davlat muzeyi;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy institutlar;
- Turon fanlar akademiyasi;
- ta'lim boshqarmalari, sport federatsiyalari va boshqa davlat hamda jamoat tashkilotlari.
Xorijiy hamkorlar
Universitet quyidagi nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi:
Xitoy
- Northwest University of Political Science and Law;
- Chang'an University;
- Shaanxi University of Science and Technology;
- Xijing University;
- Chongqing Vocational Institute of Engineering;
- Yangling Institute of Industry Technology;
- Yangling Modern Agriculture International Cooperation Center.
Turkiya
- Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi;
- Selçuk Üniversitesi;
- Aksaray Üniversitesi;
- Karabük Üniversitesi;
- Necmettin Erbakan Üniversitesi.
Qirg‘iz Respublikasi
- Osh State University;
- Osh State Pedagogical University;
- Osh Technological University;
- Kyrgyz-Uzbek International University named after B. Sydykov;
- Kyrgyz State University named after I. Arabaev;
- Ala-Too International University.
Qozog‘iston
- University of Friendship of Peoples named after Academician A. Kuatbekov;
- South Kazakhstan Medical Academy;
- R.B. Suleimenov Institute of Oriental Studies.
Rossiya
- National Research Tomsk State University.
Tojikiston
- Tajik State University of Law, Business and Politics.
Hindiston
- Osmania University;
- University of Hyderabad.
Shvetsiya
- Lund University;
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari
Hamkorlik memorandumlari doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirilmoqda:
- talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi;
- qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar;
- xalqaro konferensiyalar, seminarlar va forumlar tashkil etish;
- qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish dasturlari;
- xorijiy professorlar ishtirokida mahorat darslari va ochiq ma'ruzalar;
- xalqaro grantlar hamda ta'lim loyihalarida hamkorlik qilish;
- qo‘shma ta'lim dasturlari va akademik mobillikni rivojlantirish.
Toshkent gumanitar fanlar davlat universiteti xalqaro hamkorlik tarmog‘ini izchil kengaytirib borish, ta'lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratishni o‘zining strategik ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblaydi. Universitetning xalqaro hamkorlari bilan olib borilayotgan samarali aloqalar zamonaviy bilim va tajriba almashish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda universitetning xalqaro ta'lim makonidagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI
1. 2024-yil may oyida Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori Saburov Jumanazar Saliyevich boshchiligidagi delegatsiya Qirgʻizistonning nufuzli oliy oʻquv yurti — O‘sh davlat universitetining 85 yilligiga bagʻishlangan katta madaniy dastur va yubiley tadbirilarida, shuningdek, universitet tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan hududlarning barqaror rivojlanishiga bag‘ishlangan “Biznes, ta’lim, fan va davlat organlarining o‘zaro hamkorligi: hududlarni rivojlantirish imkoniyatlari va yo‘llari” mavzusidagi xalqaro biznes-forumda ishtirok etdi.
2. Universitetimiz rektori J.S. Saburov hamkorimiz O‘sh davlat universiteti rektori Kojobekov Kudayberdi Gaparaliyevichning taklifiga binoan 2024-yil 20-noyabrda Bishkek shahrida Qora-Qirg’iz avtonom viloyatining 100 yilligi hamda Qirg'iz Respublikasi ta'lim institutining 100 yilligiga bag‘ishlab o'tkazilayotgan “Global muammolar kontekstida Markaziy Osiyo universitetlarining transformatsiyasi” Markaziy Osiyo universitetlari rektorlarining xalqaro forumida ishtirok etdi.
3. 2025-yil TGFU professor o'qituvchisi Mo'minova Yulduz Aminboyevna O'sh davlat universitetining o'zbek tili guruhlariga master-klass o'tdi. Universitetlar o'rtasida imzolangan Memorandumda asosan TGFUning 1 nafar talabasi (S. Qunduz) O'sh davlat universitetida qisqa mobillik dasturi bo'yicha tahsil oldi.
4. 2025-yilda 7 nafara pedagog-xodimlar va 3 nafar iqtidorli talabalar (Lutfullayeva Umida Ravshanbekovna (“Pedagogika va tillar” kafedrasi mudiri va ingliz tili katta o‘qituvchisi), Kurbanbayeva Mukaddas Kozibayevna (“Pedagogika va tillar” kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlari stajyor o‘qituvchisi, Toʻrtkoʻl), Xamrakulova Maftunaxon Shuxratovna (“Aniq va gumanitar” fanlar kafedrasi psixologiya fani assistent o‘qituvchisi), Davurova Xolida Haydarovna (“Pedagogika va tillar” kafedrasi katta o ‘qituvchisi, PhD, dotsent v.b.), Qutliyev Shohruh Qosimboy o‘g‘li (Dekanat kotibi (Toʻrtkoʻl), Abduramanov Umidjan Xudaybergenovich (Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi (Toʻrtkoʻl), Abdukadirova Matlyuba Abduvorisovna (“Pedagogika va tillar” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi), Ziyayeva Hanifa Muhiddinovna (filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishi, 2-kurs), Miraxmedova Saboxat Elmurod qizi (filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishi, 2-kurs), Abdusamatova Madina Dilmurod qizi (filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishi 2-kurs xitoy tili guruhi talabasi) 22.06.2025—06.07.2025 muddatda Xitoyning Chongching shahri Chongching muhandislik kasb-hunar institutida bo'lib o'tgan "Zamonaviy ta'lim texnologiyalari, raqamli savodxonlik va ingliz tilida tanqidiy fikrlash qobiliyatlari" nomli xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etishdi.
5. TGFU va Chang'an universiteti o'rtasidagi memorandumga asosan 2025-yilda TGFU filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishi 3-kurs xitoy tili guruhining 12 nafar talabasi (A. Sarvinoz, H. Quvonchbek, K. Diyorbek, M. Tursunmurod, Q. Humoyoxon, R. Diyorbek, R. Lobar, U.Ismoil, X. Muxlisa, X. Og'abek, Y. Javohir, A. Shohsanam) universitet rektorining 2025-yil -sonli buyrug'iga binoan 2025-2026-yil 5- va 6-semestrlarda akademik mobillik dasturi bo'yicha Chang'an universitetida tahsil olmoqda.
6. TGFU va Shinjon agrar universiteti o'rtasidagi memorandumga asosan 2025-yilda TGFU menejment yo'nalishi 2-kurs talabasi (T. Sardor) universitet rektorining 2025-yil -sonli buyrug'iga binoan 2025-2026-yil 3- va 4-semestrlarda akademik mobillik dasturi bo'yicha Shinjon agrar universitetida tahsil olmoqda.
7. Toshkent gumanitar fanlar universiteti va Qirg‘iz Respublikasi O‘sh davlat universiteti o‘rtasida 2024-yil 5-aprelda imzolangan hamkorlik Memorandumi hamda O‘shDU rektori K.G. Kojibekovning 2025-yil 28-noyabrdagi 1648-2-sonli xatiga muvofiq akademik mobillik dasturi doirasida xorijiy hamkor universitetning 12 nafar talabasi 2025-yilning 2-dekabridan 23-dekabriga qadar Toshkent gumanitar fanlar universitetining turdosh yo‘nalishlarida tahsil olishdi.
Ayni paytda universitetimizda 10 dan oshiq xorijlik talabalar tahsil olmoqda.
XORIJIY ABITURIYENTLARNI QABUL QILISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qaroriga asosan Toshkent gumanitar fanlar universiteti bakalavriatiga chet ellik abituriyentlar kvotadan tashqari, test sinovlarisiz, faqat suhbat asosida qabul qilinadi.
Toshkent gumanitar fanlar universitetida o‘qish shartnomasi universitet qabul offisiga taqdim etilgan hujjatlar tegishli tartibda tekshirib chiqilgandan so‘ng tuziladi va butun o‘qish davri uchun amal qiladi. O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq shartnoma tuzilib, 1 yillik ta’lim olish uchun belgilangan 17 000 000 so‘m (mazkur summa filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, xitoy, rus, arab, koreys tillari) yo‘nalishi uchun, yo‘nalish turiga qarab to‘lov-shartnoma summalarida o‘zgarishlar bo‘ladi) miqdorining kamida 50 foizi to‘langanidan so‘ng beriladi.
Chet el fuqarolariga vizalar va viza taklifnomalarini berish va turarjoy uchun vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish oliy ta’lim muassasasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
Chet ellik talabaning universitetga kelib o‘qishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Universitet tegishli tartibda chet ellik abituriyent yoki talabaga taklif xati yuboradi.
2. O‘rnatilgan tartibda talaba evisa.mfa.uz saytidan elektron shakldagi anketa olinadi.
3. Chet ellik abituriyent yoki talabaga viza rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasiga viza talabnomasi yuboriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgandan so‘ng ularni vaqtinchalik ro‘yxatga olish (yoxud mamlakatimizda bo‘lib turgan abituriyent yoki talabalarning vaqtincha ro‘yxat muddatini uzaytirish) uchun hududlardagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga so‘rov xati yuboriladi.
Chet ellik abituriyent yoki talabalarga vizalar ular istiqomat qilayotgan yoki vaqtinchalik bo‘lib turgan mamlakatdagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsulligi tomonidan berilishi mumkin.
Xalqaro aloqalar va investitsiyalar departamenti chet ellik talabalar, universitet mehmonlari va chet ellik professor-o‘qituvchilarga viza olish uchun taklif xatlari, viza talabnomalari yuborish va rasmiylashtirish ishlariga mas’ul hisoblanadi.
Toshkent gumanitar fanlar universitetiga kirish uchun chet el fuqarolari quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
-
pasport nusxasi (elektron shaklda);
-
tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasi (ingliz yoki rus tilida);
-
ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi va uning rus yoki ingliz tiliga tarjimasining notarial tasdiqlangan varianti (eslatma: MDH mamlakatlari diplom va attestatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi);
-
agar mavjud bo‘lsa, chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (IELTS, TOEFL);
-
3x4, 8 dona fotosurat.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Tel.: +998995108023 (o‘zbek, rus, ingliz, xitoy)
E-mail: info@tgfu.uz
KASIMOV ILXOM ASHIROVICH,
Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
E-mail: kasimov.ilkhom1986@gmail.com
Til kurslari
Universitetimizda ayni paytda ingliz, xitoy tillari o'quv kurslari mavjud. 30 nafardan oshiq o'quvchi-talabalar ingliz va xitoy tillarini o'rganishmoqda.
Shuningdek, talabga ko'ra xorijlik talabalar uchun qisqa muddatli intensiv o'zbek tili kurslari ham tashkil etilgan. Mazkur intensiv kurslarda 40 dan oshiq xorijlik fuqarolar o'zbek tili bo'yicha boshlang'ich ma'lumotlarni o'rganishmoqda.
XITOY TILI KURSI
“PEDAGOGIKA VA TILLAR” KAFEDRASI QOSHIDA TASHKIL ETILGAN “QUVNOQ XITOY TILI” (“快乐汉语”) TO‘GARAGINING
ISH REJASI
“Quvnoq xitoy tili” (“快乐汉语”) to‘garagining faoliyat yo‘nalishi:
− talabalarni xitoy tili, yozuvi va tili o‘rganilayotgan mamlakat tarixi hamda madaniyatiga oid qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishtirish;
− talabalarning xitoy tiliga oid bilimlarini boyitish;
− xitoy tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish.
“Quvnoq xitoy tili” (“快乐汉语”) to‘garagining maqsadi:
− o‘tilayotgan fan bo‘yicha dastur materiallarini kengaytirish va chuqurlashtirish;
− mashhur xitoyshunos olimlar bilan talabalarni tanishtirish;
− xitoy tilining rivojlanish tarixini o‘rganish, o‘rgatish va bu bo‘yicha metodlar ishlab chiqish;
− talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, ularni bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga, xalqimiz ma’naviy merosini o‘rganishga to‘liq safarbar etish, ijodkor iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish;
− talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ilmiy, amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
“Quvnoq xitoy tili” (“快乐汉语”) to‘garagining vazifalari:
− talabalarning xitoy tili bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, lug‘at boyliklarini oshirish, ko‘nikmalarini rivojlantirish;
− talabalarni xitoy tili va uni o‘qitish metodikasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
− qiziqarli metodlar yordamida talabalarda xitoy tili hamda pedagogika faniga qiziqish uyg‘otish;
− to‘garak a’zolarining iste’dod va qobiliyatlarini aniqlash, ularning shunday fazilatlarini namoyish etish va rivojlantirib borishlari uchun munosib shart-sharotlarni yaratish;
− talabalarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
− xitoy tili grammatikasi, so‘zlashuv uslublari va tili o‘rganilayotgan mamlakat tarixi hamda madaniyatini o‘rganish, uni amaliyotga joriy etishda qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘laydigan, Vatanga sodiq, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli ilmiy, ijodiy ishlarni olib borish;
− to‘garak a’zolarini xalqimiz ma’naviy merosiga oid yangi manbalar bilan muntazam tanishtirib borish va hokazo.
To‘garak faoliyati jarayonida kutiladigan natijalar quyidagilar:
− har bir to‘garak a’zosi prezentatsiya bilan chiqishi;
− turli tanlovlar, uchrashuvlar tashkil etish;
− devoriy gazetalar chiqarish, unda to‘garak hayotini yoritib borish;
− to‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan didaktik vositalar ko‘rgazmalarini tashkil etish.
“Quvnoq xitoy tili” (“快乐汉语”) to‘garagi oldiga qo‘yiladigan talablar.
To‘garakning har bir a’zosi:
− xitoy tilining til ko’nikmalari (eshitish, o‘qish, tinglash va yozish)ni o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etish;
− xalqimiz ma’naviy merosi, urf-odat, an’ana va qadriyatlarini tiklash, ularni o‘rganish borasida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ahamiyati, maqsad va vazifalari, mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi, ayniqsa yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni milliy an’ana va qadriyatlarimizga, milliy ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini chuqur idrok etishi va bilish;
− xalqimiz merosi durdonalarini asrab-avaylash bilan bir qatorda ularni talaba yoshlar va tengdoshlari o‘rtasida targ‘ib qilish, ularda mustaqillik, insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimiz davomiyligini, ravnaqini, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashib borishini ta’minlashga oid nazariy bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
− olgan bilimlarini jamiyat qurilishiga tadbiq qilishda individual va jamoviy yondashuv malakalariga ega bo‘lishi kerak.
To‘garak faoliyatining ta’lim-tarbiyaning boshqa jarayonlari bilan bog‘liqligi.
Mazkur to‘garak faoliyati o‘z ishini o‘quv rejasidagi asosiy fanlardan olingan bilimlarga tayangan holda olib boradi, ularni o‘rganish asosida olingan bilimlar, egallangan ko‘nikma va malakalarning kengayishi va mustahkamlanishiga imkon beradi. Bunda etnomadaniyat, ma’naviyatshunoslik, milliy g‘oya tarixi va nazariyasi, milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar kabi fanlar bilan mustahkam aloqada bo‘ladi.
|
To‘garak yo‘nalishi: |
Xitoy tili |
|
To‘garakning ish tartibi: |
Chorshanba kuni 14:00 dan 15:30 gacha |
|
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan xona: |
209-xona |
|
To‘garak rahbarlari: |
I.A. Qosimov, M.F. Choriyeva |
“QUVNOQ XITOY TILI” (“快乐汉语”)
TO‘GARAGI A’ZOLARI HAQIDA MA’LUMOT
To‘garak a’zolari ro‘yxati
|
№ |
F.I.O. |
Yo‘nalishi |
|
1 |
Ko‘palov Diyorbek |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
2 |
Alijonova Sarvinoz |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
3 |
Homidov Quvonchbek |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
4 |
Qodirova Humoyoxon |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
5 |
Yunusov Javohir |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
6 |
Erkinova Farzona |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
7 |
Xudoyberdiyeva Muxlisa |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
8 |
Xurramov Og'abek |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
9 |
Razzoqova Lobar |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
10 |
Ravshanbekov Diyorbek |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
11 |
Muradov Tursunmurod |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
12 |
Umarov Ismoil |
Xitoy tili, 145-23-guruh |
|
13 |
Yorqinova Robiya |
Xitoy tili, 01-24-guruh |
|
14 |
Toʻlqinova Dilnora |
Xitoy tili, 01-24-guruh |
|
15 |
Abulqosimova Nasiba |
Xitoy tili, 01-24-guruh |
|
16 |
Hakimov Hojiakbar |
Xitoy tili, 01-24-guruh |
|
17 |
Karimova Barno |
Xitoy tili, 01-24-guruh |
|
18 |
Abdusamatova Madina |
Xitoy tili, 01-24-guruh |
|
19 |
Javlonova Oʻgʻiloy |
Xitoy tili, 01-24-guruh |
To‘garak rahbarlari: I.A. Qosimov, M.F. Choriyeva
“QUVNOQ XITOY TILI” (“快乐汉语”) TO‘GARAGINING
2024–2025-O‘QUV YILI UCHUN
ISH REJASI
|
№ |
Belgilangan chora tadbirlar |
Soat |
Sana |
Kutilayotgan natija |
|
I semestr |
||||
|
|
我的家庭 |
2 |
11.09.2024 |
|
|
|
工作日 |
2 |
18.09.2024 |
|
|
|
城市 |
2 |
25.09.2024 |
|
|
|
休息日 |
2 |
02.10.2024 |
|
|
|
天气(乌兹别克斯坦) |
2 |
09.10.2024 |
|
|
|
天气(中国) |
2 |
16.10.2024 |
|
|
|
请介绍一位你最喜欢的汉语老师。 |
2 |
23.10.2024 |
|
|
|
介绍一下你故乡的景色。 |
2 |
30.10.2024 |
|
|
|
中国著名的 |
2 |
06.11.2024 |
|
|
|
中国人口 |
2 |
13.11.2024 |
|
|
|
中国历史. |
2 |
20.11.2024 |
|
|
|
中国人民的生活. |
2 |
27.11.2024 |
|
|
|
中国人民的风俗习惯. |
2 |
04.12.2024 |
|
|
|
我的爱好 |
2 |
11.12.2024 |
|
|
|
我的好朋友 |
2 |
14.12.2024 |
|
|
II semestr |
||||
|
1. |
我的汉语老师 |
2 |
15.01.2025 |
|
|
2. |
今天几月几号 |
2 |
22.01.2025 |
|
|
3. |
我的奶奶是外语老师 |
2 |
29.01.2025 |
|
|
4. |
星期三下午我们一起去游泳 |
2 |
05.02.2025 |
|
|
5. |
你家有几口人 |
2 |
12.02.2025 |
|
|
6. |
姐姐喜欢买东西 |
2 |
19.02.2025 |
|
|
7. |
塔什干是乌兹别克斯坦的首都 |
2 |
26.02.2025 |
|
|
8. |
我的梦想 |
2 |
05.03.2025 |
|
|
9. |
留学生生活 |
2 |
12.03.2025 |
|
|
10. |
你会打太极拳吗 |
2 |
19.03.2025 |
|
|
11. |
我喜欢去旅游 |
2 |
26.03.2025 |
|
|
12. |
这双鞋子多少钱 |
2 |
02.04.2025 |
|
|
13. |
我喜欢吃中国菜 |
2 |
09.04.2025 |
|
|
14. |
简历 |
2 |
16.04.2025 |
|
|
15. |
这部电影,你看过没有 |
2 |
23.04.2025 |
|
TO‘GARAK ISHINING HAJMI VA MAZMUNI
To‘garak mashg‘ulotlarining hajmi
|
T/r |
Mashg‘ulot turi |
Ajratilgan soat |
Haftalik mashg‘ulot |
|
1 |
Amaliy faoliyat (to‘garak rahbari boshchiligidagi mashg‘ulot va tadbirlar) |
____ |
2 |
|
2 |
Mustaqil ish (talabalarning mustaqil ravishda izlanishi va faoliyati) |
_____ |
2 |
|
3 |
Nazoratlar |
Yakuniy monitoring |
1 |
|
|
Jami: |
____
|
|
TO‘GARAK A’ZOLARINING MUSTAQIL O‘RGANISHLARI UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULAR VA ULARGA AJRATILGAN SOATLARNING MIQDORI
|
№ |
Mustaqil ish uchun tavsiya etiladigan mavzular |
A/S |
|
1 |
中国的教育 |
|
|
2 |
中国文化 |
|
|
3 |
中国人口 |
|
|
4 |
你去过长城吗? |
|
|
5 |
拍照片 |
|
|
6 |
暑假你打算去哪儿? |
|
|
7 |
中国的经济 |
|
|
8 |
北京故宫 |
|
|
9 |
万里长城 |
|
|
10 |
我生活中难忘的日子 |
|
|
11 |
我的爱好 |
|
|
12 |
我最尊重的人 |
|
|
13 |
学习汉语的目的 |
|
|
14 |
中国的大都市 |
|
|
15 |
我最喜欢的作品 |
|
|
16 |
中国的节日 |
|
|
17 |
中国的首都北京 |
|
|
18 |
中国的茶文化 |
|
Talabalar uchun imkoniyatlar
TALABALARIMIZ MUVAFFAQIYATI
15–18-may kunlari Fargʻona shahridagi “Samo” sport arenasida sportning an’anaviy taekwon-do ITF turi boʻyicha “Osiyo kubogi” xalqaro chempionati boʻlib oʻtdi. Unda Qirgʻiz Respublikasi, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Hindiston kabi davlatlardan kelgan jami 200 dan ortiq sportchilar chempionlik uchun kurash olib bordilar. Ushbu nufuzli musobaqada medallar soni boʻyicha davlatlar reytingida Oʻzbekiston 1-oʻrinni egalladi.
Universitetimizning Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi 01-24-guruh talabasi Tojaliyeva Maktubaxon ham ayollar bahsida 45 kg vazn toifasida birinchi oʻrinni egallab, yurtimiz gʻalabasiga munosib hissa qoʻshdi.
Musobaqa haqida Maktubaxon shunday deydi:
“Musobaqa yaxshi o‘tdi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaymiz. Inson o‘z oldiga bir maqsadni qo‘ysa va matonat bilan intilsa, albatta, unga erishishiga ishonaman”.
Ushbu yutuq bilan avvalo Maktubaxonni, uning oila a’zolarini hamda murabbiyini butun universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari nomidan samimiy tabriklaymiz.
Fakultetlar
AMALIY VA GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
Toshkent gumanitar fanlar universitetida ayni paytda bitta fakultet mavjud: Amaliy va gumanitar fanlar fakulteti. Fakultet Nizomi Toshkent gumanitar fanlar universiteti Kengashining 2025-yil 4-sentyabrdagi 1-sonli yig‘ilishining 5-sonli qarori asosida tasdiqlangan. Fakultet tarkibida ikkita kafedra mavjud: “Aniq va gumanitar fanlar” kafedrasi va “Pedagogika va tillar” kafedrasi.
2024-2025-o‘quv yilida falkultetimizda 23 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonlari tashkil etildi. Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda.
Ayni paytda fakultetda 88 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirda fakultet dekani: Anvarov Abdulhamid Akmaljon oʻgʻli.
Ta'lim yo'nalishlari
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 60410100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr |
| Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100 | Bakalavr |
| Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) 60320100 | Bakalavr |
| Kompyuter injiniringi (АТ-servis, aхborot xavfsizligi, multimedia texnologiyalari) 60610500 | Bakalavr |
| Lingvistika (tillar bo‘yicha) 70230101 | Magistr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Marketing (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) 60412500 | Bakalavr |
| Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 60411200 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 | Bakalavr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Bakalavr Magistr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Pedagogika va psixologiya 70110102 | Magistr |
| Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha: futbol, karate, kikboksing, dzyudo, kurash) 61010300 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) 61040100 | Bakalavr |
| Xalqaro munosabatlar 60310200 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Boshlang‘ich ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Pedagogika va psixologiya
23 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
17 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Tarix
17 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Biologiya
17 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Sun’iy intellekt
17 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Marketing (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
17 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
17 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Iqtisodiyot
17 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Xalqaro munosabatlar
17 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili
17 000 000 so'm
yiliga
Toshkent gumanitar fanlar universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili
17 000 000 so'm
yiliga
Talabalar fikri
Rahmonov Abdulvosit Alijonovich
Bayranjan kizi Suydumkan
Mamatumarova Asema Zalkarbek kizi
Anarbayeva Ayjan Alimjanovna
Kalmamatova Kamila