Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
15,000
Talabalar
150
Xorijiy talabalar
606
O'qituvchilar
11
Fakultetlar
29
Kafedralar
1955
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Maqsadi:
- Dunyo talabi darajasidagi ta’lim berish, zamoviy tadqiqotlar olib borish, kreativ talant va liderlarni yetishtirish hamda ta’lim va ilm-fanni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash orqali milliy, hududiy va xalqaro miqiyosda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun hissa qo‘shish.
Vision:
Kelajakga yo‘naltilrilgan ta’lim – Kreativlik (Creativity)
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - talabalarning yuksak malakali mutaxassis bo‘lib etishishlari uchun zaruriy bo‘lgan akademik bilimlarni beruvchi hamda yurtimiz kelajagini faol ravishda shakllantiradigan ta’lim muassasasi. Universitet tomonidan taklif etilayotgan keng ko‘lamli fanlar talabalarga zamonaviy ta’limni beradi va o‘z navbatida universitetning ijtimoiy va global vazifalarini ifodalaydi. Uzluksiz ta’lim universitet ta’limining tarkibiy qismi sifatida umr bo‘yi izlanishga asos yaratadi. Innovatsiya tushunchasi universitetini doimiy ravishda takomillashtirib borish uchun muhim tamal sifatida ko‘riladi. Universitet professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi muloqotlarni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘qituvchilarning malakasini doimiy ravishda oshirib borishni yo‘lga qo‘yib, ta’lim sifatini jahon talablari darajasida bo‘lishiga intiladi.
Ilm-fanning innovatsion infratuzilmasi – Qobiliyat (Ability)
- Universitet ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida bilim va texnologiyalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash orqali kompaniyalar, universitetlar va universitetdan tashqari ilmiy-tadqiqot institutlari bilan strategik ittifoq tuzishga muhim ahamiyat qaratadi. Universitetda innovatsiyalarni spin-off orqali amalga oshirishni hamda kompaniyalar tashkil etishni qo‘llab quvvatlaydi.
Ma’naviy yetuk talantlarni yaratish – Yetuklik (Maturity)
- Universitet talaba-yoshlar orasida jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish orqali mintaqaviy va milliy tarmoqning bir qismi bo‘lishiga va jamiyat hayotida kreativ, faol hamda talantli mutaxassislarni o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashadi, shuningdek o‘z bitiruvchilari bilan munosabatlarni saqlab turadi.
Raqamli Universitet – Shaffoflik (Transparency)
- “Raqamli Universitet” konseptsiyasi asosida Universitetning ta’lim, ilm-fan va boshqaruv jarayonlarini yangi biznes modellarini yaratish orqali DDM (Data Driven Management) yondashuvi asosida ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvga o‘tish maqsadida raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan shaffof universitet infratuzilmasini yaratishdan iborat.
Barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qo‘shish - BRM
- Zamonaviy va sifatli ta’lim berish, yangi innovatsion ishlanmalarni yaratish uchun ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga milliy va xalqaroda miqiyosda erishishiga hissa qo‘shishda davom etadi.
Xorijiy talabalar uchun
Hujjatlar ro'yxati va topshirish sanasi
- Hujjatlar elektron pochta orqali yuboriladi: global.tuit@gmail.com
- Pasportning skanerlangan versiyasi (PDF formatida).
- Sertifikatning skanerlangan versiyasi, o'qigan fanlari va ulardan olingan baholar (ballar) ko'rsatilgan diplom. Magistratura uchun bakalavr diplomining oʻqilgan fanlari va olingan baholari (ballari) koʻrsatilgan skaynerlangan versiyasi.
- So'nggi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat - 3,5 sm × 4,5 sm
- IELTS : 5.5 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 71 yoki undan yuqori
- 2026-2027 o'quv yili uchun talablar
Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalari (universitetlari)ning kutilayotgan bitiruvchilari.
Talabalar ingliz tilini bilish talablariga javob berishi kerak.
Topshirish muddati;
Barcha hujjatlar 2026-yil 31-iyul soat 18:00 ga qadar yuqorida ko‘rsatilgan manzilga shaxsan topshirilishi kerak.
Universitetga qabul tartibi
TATU bakalavriat yoki magistratura bosqichida o‘qish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.
Suhbat avgust oyining birinchi yoki ikkinchi yarmida rus, o‘zbek yoki ingliz tillarida onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik, dastavval, Universitetning jahon taʼlim tizimiga integratsiyalashuvini taʼminlash, jahon oliy taʼlim tizimi standartlariga yaqinlashish, taʼlim, ilmiy, iqtisodiy faoliyat doirasini kengaytirish uchun zamonaviy shart-sharoit va normativ bazani yaratishga yoʼnaltirilgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Universitet 26 davlatning (Аvstriya, АQSh, Belarus, Birlashgan Аrab Аmirliklari, Bolgariya, Germaniya, Gretsiya, Janubiy Koreya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Qirgʼiziston, Qozogʼiston, Latviya, Malayziya, Ozarbayjon, Portugaliya, Rossiya, Ruminiya, Turkiya, Frantsiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Estoniya, Yaponiya) 47 ta universiteti, 5 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 13 ta tashkilot va kompaniyalari bilan (jami 65 ta) oʼzaro hamkorlik Shartnomasi, Kelishuv, Memorandum va loyihalar yuzasidan kelishuvlarga ega.
Talabalar almashinuvi va stajirovkalar:
2019 yilda 20 ta bakalavr talabalar va 13 ta magistrantlar xorijiy hamkor universitetlar, va institutlarda (J.Koreyaning Yonnam universiteti, Chonnam milliy universiteti, INHА universiteti, KAIST, Italiyaning Sannio universiteti) almashinuv dasturlari orqali oʼqib kelishgan. Shu yili 42 ta bakalavr talabalar xorijiy universitetlardan (J.Koreyaning Yonnam, Sungyungvan va Dongseo universitetlari) TАTUga almashinuv dasturlari doirasida kelib oʼqib ketishgan. Shu yili 11 nafar talabalar Prof. M.А.Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetiga talabalar stajirovkasi va tajriba oshirishga joʼnatildi. Xitoyning HUAWEI kompaniyasi bilan izchil amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari natijasi sifatida 10 nafar talabalar Seeds for the future - Kelajak nixollari 2019 dasturida ishtirok etishdi.
2020 yilda 11 nafar bakalavr talabalar va 1 nafar magistrantlar xorijiy hamkor universitetlar, va institutlarda (J.Koreyaning Yonnam universiteti, Chonnam milliy universiteti, INHА universiteti, KAIST, Sejong universiteti) almashinuv dasturlari orqali oʼqib kelishgan. Global pandemiya sharoitlaridan kelib chiqib 2020 yilning kuzgi semestridan boshlab barcha hamkor universitetlar oʼzlarining almashinuv dasturlari boʼyicha xorijiy talabalarni qabul qilmadilar. 2020 yilda tashkil etilgan Seeds for the future - Kelajak nixollari 2020 talabalar stajirovka dasturida HUAWEI kompaniyasining Toshkentdagi ofisida tashkil etilgan studiya orqali 10 nafar talabalar onlayn qatnashdilar va tegishli stajirovka sertifikatlarini qoʼlga kiritdilar.
2021 yilda 1 nafar talaba Janubiy Koreyaning INHА universitetida almashinuv dasturlarida ishtirok etdi. 2021 yilda tashkil etilgan Seeds for the future - Kelajak nixollari 2021 dasturida HUAWEI kompaniyasining Toshkentdagi ofisida tashkil etilgan studiya orqali 15 nafar talabalar onlayn qatnashdilar va tegishli stajirovka sertifikatlarini qoʼlga kiritdilar. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarusь Respublikasining Belarusь Davlat informatika va radioelektronika universiteti hamkorlikda tashkil etgan TАTU-BDIRU Аxborot texnologiyalari qoʼshma fakulьtetida taxsil olgan 377 nafar 2 kurs talabalari oʼqishni davom ettirish maqsadida 2021 yilning kuzgi semestridan BDIRUga yuborildilar.
2022 yil bahorgi semestrda Dasturiy injiniring fakulьteti magistranti Tursunov Javlon Slovakiyaning Bratislavadagi Slovak texnologiya universitetida almashinuv dasturida ishtirok etish uchun yuborildi. 2022 yilning aprelь oyidan boshlab almashinuv dasturida ishtirok etish uchun АKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulьteti talabasi Jamshid Yusupov Yaponiyaning Shibaura texnologiyalari universitetiga yuborildi. Bundan tashqari mazkur yilning kuzgi semestrida J.Koreyaning INHА, Yanoniyaning Shibaura texnologiyalari universiteti, Ozarbayjonning АDА universitetlariga 10 dan ortiq talabalarni almashinuv dasturlariga yuborish ustida ish olib borilmoqda. Ushbu yilda HUAWEI kompaniyasining Seeds for the future - Kelajak nixollari 2022 dasturi orqali 15 nafar talabalarni Xitoy Xalq Respublikasiga yuborish kelishilgan. Аstriyaning Klagenfurt universiteti bilan tashkil etilgan Qoʼshma taʼlim dasturi dirasida 2 nafar doktorantlar 2022 yilning yanvar oyidan oʼqishni davom ettirishlar uchun Аvstriyaga yuborildilar.
Professor-oʼqituvchilar almashinuv, malaka oshirish va stajirovka dasturlari:
2019-yilda Taʼlim sifatini qilish boʼlimi boshligʼi – Sh.Redjepov, Magistratura boʼlimi boshligʼi – Q.Shakarov va Taʼlimning kredit tizimini boshqarish tizimini boshqarish boʼlimi boshligʼi – F.Аlisherov АQShning Fulletron Kaliforniya davlat universitetiga (14.02.2019y. dan 28.02.2019y. gacha) malaka oshirishga yuborildi. АKT soxasida iqtisodiyot va menejment fakulьteti dekani – Sh.Toʼraev, АKT soxasida iqtisodiyot kafedrasi dotsenti – T.Qoʼchqorov «FАTF stardartlarini amalga oshirish» dasturi doirasida (21.04.2019y. dan 27.06.2019y. gacha) oliy taʼlim muassasalari professor oʼqituvchilari uchun malaka oshirishga yuborildi. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boʼlimi boshligʼi – D.Аsqarova, Telekommunikatsiya injiniring kafedrasi dotsenti – M.Аbdujapparova "Nokia kompaniyasining 2019 yil «Аxborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar soxasidagi talabalarning xalqaro Nokia 2019 olimpiadasida» doirasida Moskva aloqa va informatika texnik universitetida boʼldilar. Universitetning 6 nafar professor-oʼqituvchilari (25.05.2019y. dan 31.05.2019y. gacha) Rossiya Federatsiyasining Prov. M.А.Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetida malaka oshirishga yuborildilar. J.Koreyaning KOICA agentligi bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 14 nafar professor-oʼqituvchilar va xodimlar inson resurslarini rivojlantirish (Capacity bulding) dasturida ishtirok etdish uchun Koreyaga yuborildilar. Telekommunikatsiya injiniring kafedrasi katta oʼqituvchisi K.Ismanov PhD bosqichida oʼqish uchun J.Koreyaning KUMOH universitetiga yuborilgan.
2020 yilda Аxborot texnologiyalari kafedrasi assistent – I.Yusupov malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun Hindistonning ITEC tashkilotiga yuborildi. Iqtisod va menejment kaqedrasi assistent D.Gafurova Italiyaning Sannio universitetida malaka oshirdi. Telekommunikatsiya injiniring kafedrasi X.Soatov Yaponiyaning JICA agentligi tomonidan tashkil etilgan oʼquv kurslarida qatnashdi. Telekommunikatsiya texnalogiyalari fakulьteti dekani – А.Shaxobiddinov Saudiya Аrabistonining Qirol Аbdulloh fan va texnologiyalar universitetiga stadirovkaga yuborildi. АKT soxasida iqtisodiyot va menejment fakulьteti dekani – Sh.Toʼraev, АKT soxasida iqtisodiyot kafedra mudiri – N.Iminova АQShning Kaliforniya universitetiga tajriba almashinish boʼyicha yuborilgan.
2021 yilda Maʼlumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari kafedrasi mudiri X.Xujamatov Yaponiyaning JICA agentligi tomonidan tashkil etilgan oʼquv kurslarida pandemiya sharoitlaridan kelib chiqib onlayn ishtirok etdi. 2021 yilning avgust-sentyabrь oylarida 8 nafar professor-oʼqituvchilar va xodimlar tajriba almashinish maqsadida Belarusь Respublikasining Belarusь Davlat informatika va radioelektronika universitetiga yuborildilar. АQShning Fulbright dasturi doirasida Maʼlumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari kafedrasi professori N.Usmonova Idoho universitetida 1 semestrlik almashinuv dasturida ishtirok etdi.
2022 yilning birinchi choragida 11 nafar TАTU professor-oʼqituvchilari va xodimlari Belarusь Respublikasining Belarusь Davlat informatika va radioelektronika universitetida tajriba almashdilar. Elektronika va radiotexnika kafedrasi mudiri X.Sattorov va professor А.Yusupov Turkiyaning Seljuq universitetiga tajriba almashishga yuborildilar.
Bundan tashqari, har yili universitetning ERASMUS+ dasturi doirasida amalga oshirayotgan loihalari asosida 15-20 nafar professor-oʼqituvchilar tajriba almashinish va loiha yigʼinlarida ishtirok etish uchun xorijiy hamkor universitetlarda boʼladilar.
Til kurslari
o'zbek tili
Talabalar uchun imkoniyatlar
Tashkent University of Information Technologies (former Tashkent Electrotechnical Institute of Communications) was founded in 1955. On May 30, 2002, in accordance with the Decree № 3080 of the President of the Republic of Uzbekistan it was renamed into the Tashkent University of Information Technology. On June 2, 2005, according to the resolution № 91 by the President of the Republic of Uzbekistan regional branches of TUIT were formed in Karshi, Samarkand, Urgench and Fergana cities. On March 26, 2013 in accordance with Resolution № 1942 of the President of the Republic of Uzbekistan "On improvement the system of personnel training in the field of information and communication technologies", recent years number of events has being held to improve the system at the level of international standards on training highly qualified specialists in the field of ICT. There are 13 faculties, 62 departments, 23 directions of education, including 8 new directions of bachelor’s and 9 new master’s specialty in the structure of the University and in its regional filial branches. In total, there are 10242 students, including 9858 bachelor students and 384 masters. Over the last year 1 student has won the President Scholarship of the Republic of Uzbekistan, 5 State scholarship students, there are 32 students, who won the Communication fields Scholarship, and 44 students with scholarship prizes at the national Olympiads and competitions respectively. The university has 780 professor-teachers, including 204 candidates of sciences and associate professors. Teachers with scientific degrees are 31% of the total number. The total area of the University and its filial branches composes 54.4 sq. km. There are 380 school classrooms, 113 laboratories, 10 research laboratories, 9 sports complexes and grounds, 7 dormitories and 11 kitchen facilities. University has established cooperation with 26 foreign countries’ (such as South Korea, Japan, Germany, France, India) 42 universities, 8 research centers, 12 companies and organizations. Thanks to international cooperation in recent years, there 16 teaching laboratories, 9 computer classrooms, 4 education centers: the Uzbek-Indian Center of Information Technologies, Uzbek-Korean Center for Information Technologies, "Plaza" Uzbek-Korean Center, regional academic center "CISCO" have been formed. Indian Uzbek-Indian center of Information Technologies after the name J.Neru has been modernized with the grant funds of 500 thousand US dollars. University’s multimedia classes equipped with a View Sonic interactive projector and modern tools. On December 14-22, 2015, the delegation consisting of the directors of two regional branches of the university and the head of the International Relations Department visited the Seoul National University in South Korea. The main purpose of the visit was to participate in an international conference and event held to celebrate the 10th anniversary of cooperation between the CMU and TATU. At the conference TUIT delegation and SMU students trained in the Masters and Doctorate degree, presented the thesis presentation about current activities of TUIT and its filial branches. In addition, two professors of TUIT gave online presentation on their research projects in the form of a video conference. To study Next Generation Networks (NGN) in University and its filial branches there are 6 educational-scientific laboratories of "Uzbektelecom" company. This year, university students held faculty exhibition in which Internet applications and more than 90 software and technical innovations were presented for the mobile devices supporting Android, IOS and Windows OS. There are special patents and 71 certificates were gained. Since 2012 in TUIT and in its branches there are continuous multi-stage study of English language courses organized for teachers. As a result, at the beginning of 2015-2016 academic year, 52% of the total number of teachers were able to speak in English. 2013-2014 academic year, the university and its branches began to teach 71 teachers of special subjects in English language. In 2013-2014 academic year in the University entrance exams English language was included. In academic year 2015-2016 the number of specialized subjects increased from 31 to 60. Most of them is taught in English. Recent years 610 textbooks and manuals (including in academic year 2012-2013 – 179, in 2013-2014 - 205 and in 2014-2015 – 226) have been developed by professor and teacher. Information Resource Center (IRC) of the University fund includes more than 322 thousand publications - 194 thousand educational literature, 100859 Research Foundation, more than 13 thousand electronic publications. English-language foreign literature fund is 16 thousand. Irbil and Armani programs operate in the IRC. Whole IRC fund is set in this program. The total number of bibliographic writers reached to 42752. There are 58 doctoral dissertations. TUIT students have free access to the sites www.dilib.uz and www.natlib.uz A variety of information systems have been introduced into the process of management of the university and the educational process. In particular, the "Dean's office" electronic program www.decanat.tuit.uz and the System executive discipline and Electronic document exchange wwww.dcs.tuit.uz In 2014/2015 academic year in order to improve the quality of the work of graduate students and master's thesis antiplagiarism system was implemented. For last three years 490 people studied at the special teacher training courses. On the basis of 71 projects with the total cost of 3.98 billion sums scientific-research work and 126 projects worth 2.25 billion sums of agricultural work carried out on the basis of a contract with enterprises.
Fakultetlar
Magistratura
Kompyuter injiniringi fakulteti 2013 yil 26 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1942 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Axborot texnologiyalari” fakulteti negizida tashkil topgan. Xozirgi kunda fakultetda 90 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi.
Fakultetda 60610500-Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”, “Multimedia texnologiyalari”) 60610700-“Sun’iy intellekt” 60711500-“Mexatronika va robototexnika” 60611400-“Pochta aloqasi texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatura va 70610501 – “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”,)”, 70610502– “Elektron hukumat tizimini boshqarish” 70610205- “Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari”, 70610504-“Ma’lumotlar ilmi (Data Science)”, 70610503-“Tibbiyotda kompyuter tizimlari”, 70611702-“Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari”, 70610701-“Sun’iy intellekt”, 70610505-“Internet ashyolari”, 70611401-“Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi” mutaxasisliklari bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.
2023/2024 o‘quv yili bo‘yicha fakultetda kunduzgi ta’lim shaklining barcha ta’lim yo‘nalishlarida 1602 nafar talabalar tahsil olmoqda, 130 ga yaqin magistrantlar yuqoridagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qib, ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Dasturiy Injiniring fakultetiga xush kelibsiz!
Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini kelgusida takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1942-son qaroriga asosan “Axborot texnologiyalari” fakulteti negizida tashkil topgan tashkil etilgan.
Fakultet haqida: Dasturiy injiniring fakulteti raqamli texnologiyalar sohasida yangi avlod va mutaxassislarni tayyorlashga intiladi. Fakultet vazifasi talabalarga dasturiy injiniring sohasida yetakchi bo‘lish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni taqdim etishdir.
Ta’lim dasturlari: Biz keng ko‘lamli o‘quv dasturlarini taklif qilamiz, jumladan, dasturiy ta’minot muhandisligi bo‘yicha bakalavr va magistr darajalari. Bizning kurslarimiz dasturlash asoslaridan tortib sun’iy intellekt, dasturiy taʼminot va mobil ilovalarni ishlab chiqish kabi ilg‘or yo‘nalishlarni qamrab oladi. Talabalar o‘z o‘quv dasturlari doirasida ma’lum sohalarda ixtisoslashish imkoniyatiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 25 yanvardagi yig‘ilishining 5-son bayoni bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil I yarim yilligi ish rejasining 10-bandiga muvofiq belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda vazirlik tomonidan TATUda “Axborot xavfsizligi” fakulteti va fakultet qoshidagi mutaxassislik kafedralarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish yuzasidan, shuningdek, TATUda “Axborot xavfsizligi” fakultetini tashkil etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyasi xavfsizligi masalalari bo‘yicha Texnik kengashning majlisining 2016 yil 18 iyuldagi 3-son bayonini va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2016 yil 29 avgustdagi 1(661)-son Kengashining universitet tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘yicha Qarori asosida “Kompyuter injiniringi” fakulteti tarkibidagi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi “Axborot xavfsizligi” fakulteti tarkibiga o‘tkazildi, hamda uning negizida “Axborot xavfsizligini ta’minlash” va “Kriptologiya va diskret matematika” kafedralari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4751-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4851-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021-yil 24 – sentabrdagi 33-8/6733 – son xati va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 30 sentabr 2021 yildagi №995 sonli buyrug‘i bilan “Axborot xavfsizligi” fakulteti “Kiberxvfsizlik” fakultetiga o‘zgartirildi.
Toshkent elektrotexnika aloqa instituti tarkibida 1955 yilda tashkil etilgan birinchi fakultet “Telefon va telegraf aloqasi” fakulteti bo‘lib, ushbu fakultet O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi 28-sonli “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning mintaqaviy filiallarini tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida bugungi kunda “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti nomi ostida faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samardorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PP-1088 01.04.2009 yil va №PP-1123 04.06.2009 yilgi qarorlari asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi. Mazkur qarorlar asosida fakultetda 2009 yildan boshlab televizion texnologiyalar sohasida Respublika Milliy teleradiokompaniya korxonalari uchun keng ixtisosli mutaxassislarni tayyorlash maqsadida maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etildi.
Fakultet mobil, sun’iy yo‘ldoshli, radioreleli aloqa tizimlari va tarmoqlari bo‘yicha, radioeshittirish, raqamli televideniye tizimlari va tarmoqlarini loyihalashtirish hamda foydalanish uchun mutaxassislarni tayyorlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996 yil 20 maydagi 175-sonli buyrug‘iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil etildi. Toshkent Elektrotexnika aloqa institutiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi berilishi munosabati bilan 2003 yil 1 fevraldan “Iqtisod va boshqaruv” fakulteti deb o‘zgartirildi. 2013 yildan boshlab esa “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakultetiga o‘zgartirildi.
Fakultet bitiruvchilari aloqa sohasining rejalashtirish-iqtisodiy bo‘limlarida, ishlab chiqarish-texnik xizmatlarida, aksiyadorlik va xususiy korxonalarda, loyihalashtirish tashkilotlari va ijtimoiy sohada, shuningdek transport sohasida faoliyat yuritadilar. 2022 yil 26 dekabrdan fakultetni iqtisodiyot fanlari doktori Saitkamolov Muхammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li boshqarib kelmoqda.
Fakultet oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar hamda o‘rta maktablarda informatika va axborot texnologiyalarini sohasi fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagog kadlarni tayyorlaydi.
Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 yanvardagi 46-sonli "Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti tarkibida O‘zbekiston-Belorussiya qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori, Belorusiya davlati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim (Memorandum) 2017 yil 25 sentyabrdagi, shuningdek 2018 yil 13 sentyabrdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belorussiya davlat axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida axborot va radioelektronika universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, qo‘shma fakultet tashkil etish va oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha bitim asosida tashkil etilgan
Universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik doirasida fakultet bakalavriat ta’lim dasturlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha "Axborot texnologiyalari dasturi", "Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar", "Sun’iy intellekt" yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturlarini amalga oshirmoqda.
Talabalar bir vaqtning o‘zida ikkita axborot texnologiyalari sanoatining etakchi universitetlarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dastlabki 2 yil TATUda, keyingi 2 yil BGUIRda o‘tkaziladi. O‘qishni tugatgandan so‘ng, qo‘shma fakultet bitiruvchilari ikkala oliy o‘quv yurtidan ikkita diplom oladi.
TATU-Kukmin Koreya qo‘shma ta’lim
Ta'lim yo'nalishlari
| Antennalar va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar 70611502 | Magistr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Magistr |
| Axborot xavfsizligi 60610200 | Bakalavr |
| Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70610302 | Magistr |
| Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment 60611200 | Bakalavr Magistr |
| Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi 60611300 | Bakalavr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr Magistr |
| Elektr aloqa injiniringi 60612400 | Bakalavr |
| Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 60710600 | Bakalavr |
| Elektron hukumat tizimini boshqarish 70610502 | Magistr |
| Elektron kutubxona va arxivlar 70320402 | Magistr |
| Elektron tijorat 60412800 | Bakalavr Magistr |
| Infokommunikatsiya injiniringi 60612000 | Bakalavr |
| Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari 70611702 | Magistr |
| Internet ashyolari 70610505 | Magistr |
| Kiberxavfsizlik injiniringi 60612100 | Bakalavr |
| Kompyuter grafikasi va dizayn 70210402 | Magistr |
| Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 | Bakalavr Magistr |
| Kompyuter injiniringi 60610300 | Magistr |
| Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70610301 | Magistr |
| Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) 60320400 | Bakalavr |
| Logistika injiniringi 61011000 | Bakalavr |
| Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha) 60540300 | Bakalavr |
| Maxsus yoritish texnologiyalari 60611900 | Magistr |
| Ma’lumotlar ilmi (Data Science) 70610504 | Magistr |
| Mexatronika va robototexnika 60711000 | Bakalavr |
| Mobil aloqa tizimlari 70611701 | Magistr |
| Multiplikatsion filmlar texnologiyalari 70611101 | Magistr |
| Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi 70611005 | Magistr |
| Pochta aloqasi texnologiyasi 60611400 | Bakalavr |
| Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi 70611401 | Magistr |
| Qo'shma ta'lim dasturi 60610500 | Bakalavr Magistr |
| Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha) 60611500 | Bakalavr |
| Raqamli iqtisodiyot 70310501 | Magistr |
| Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 60310500 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr Magistr |
| Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari 60612300 | Bakalavr Magistr |
| Telekommunikatsiya injiniringi (“Axborot uzatish tizimlari”, Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Teleradioeshittirish”) 70611001 | Magistr |
| Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”) 60611000 | Bakalavr |
| Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi 70611004 | Magistr |
| Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti 70611003 | Magistr |
| Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari (turlari bo‘yicha) 70611601 | Magistr |
| Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”) 60611100 | Bakalavr |
| Tibbiyotda kompyuter tizimlari 70610503 | Magistr |
| Videotexnologiyalar 70611802 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Maxsus yoritish texnologiyalari
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Videotexnologiyalar
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Mobil aloqa tizimlari
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari (turlari bo‘yicha)
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Antennalar va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Multiplikatsion filmlar texnologiyalari
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Sun’iy intellekt
24 000 000 so'm
yiliga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
—
Mashhur bitiruvchilar
Abdulla Nigʻmatovich Aripov
Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov
Shin Agrippina Vasilyevna
Xurshid Mirsabirovich Mirzaxidov
Alexander Ivanovich Bedritsky
Maxsudov Jamol Tilloyevich
Fayzullaev Alisher Nasibullaevich
Xasanov Nazirjon Nabijanovich
Omonov Olim Murodullaevich
Yusupov Ulug‘bek Mirtalibovich
Ibragimov Farxad Zairovich
Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich
Aripov Jaxongir Abduxakimovich
Teshabayev To‘lqin Zakirovich
Djalalov Muzaffar Muxitdinovich
Abdullaev Bobur Sagdullaevich
Аripjanov Fayzulla Аbdullaevich
Xasanov Xislat Pulatovich
Mashanpin Timur Vasikovich
Azimov Ulug‘bek Muzapparovich
Elchiyev Javlon Djo‘rayevich
Toxtiyarov Akram Nurmaxamatovich
Arifdjanov Akmal Zakirdjanovich
Berdiklichev Mardon Jaxongirovich
Sindarov Sherzod Egamberdievich
Sabirov Muradjan Maxmudovich
Mirzayev Olimjon Nomazovich
Choriyev Abdulla Sa’dullayevich
Xodjayev Asadjon Azatbekovich
Gimranov Emil Ildarovich
Raximov Bobur Kamolovich
Elmurod Najimov
Yusupov Ildar Shamilevich
Saidoripov Lazizbek Furkatjanovich
Zakirov Olimjon Asrarovich
Shakirxanov Damir Vaxobovich