Termiz davlat universiteti
17,530
Talabalar
22
Xorijiy talabalar
690
O'qituvchilar
12
Fakultetlar
46
Kafedralar
1954
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Xorijiy talabalar uchun
Hozirgi kunda Termiz davlat universitetida turli millat vakillari ta’lim olib kelmoqda. Jumladan, Turkiya, Rosssiya, Afg‘oniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar shular jumlasidandir. Ushbu xorijiy talabalar uchun universitetda ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bularga:
1. Internet tarmog‘i;
2. Kutubxona;
3. IT park;
4. Sport zallari;
5. Talabalar uchun oshxona;
6. Talabalarni dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish uchun har hafta shanba va yakshanba kunlari turli xil madaniy tadbirlar;
7. Xorijiy til kurslari;
8. Talabalar duch keladigan turli xil qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun universitet tomonidan alohida tyutor va professor-o‘qituvchilar biriktirilgan.
9. Bitiruvchilarni O‘zbekistonda ish bilan ta’minlash yoki keyingi ta’limga tayyorgarlik ko‘rish yoki kirish uchun universitet tomonidan amaliy yordam berish ham yo‘lga qo‘yilgan.
Chet ellik talabalarni qabul qilish tartibi.
Chet ellik talabalar onlayn tarzda ariza topshirishadi. Talab etilgan hujjatlar ko'rib chiqilgandan so'ng talaba suhbatga taklif etiladi. Suhbat talaba tanlagan soha bo'yicha mutaxassis tomonidan olib boriladi. Suhbat natijasiga ko'ra talaba o'qishga qabul qilinadi.
Viza olish tartibi.
Chet ellik talabalar uchun viza olish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
- Talaba o'qishga qabul qilinganidan keyin buyruq rasmiylashtiriladi;
- Buyruq rasmiylashtirilganidan keyin Tashqi Ishlar Vazirligiga viza olish bo'yicha anketa universitet tomonidan to'ldiriladi;
- Anketa ko'rib chiqilganidan keyin talabaga viza beriladi;
- Shundan so'ng talaba O'zbekiston Respublikasi hududida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Xalqaro hamkorlik
Hozirda TerDU dunyoning turli mamlakatlaridagi 100 dan ortiq nufuzli universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Ular qatoriga Jiangsu universiteti va Northwest universiteti (Xitoy), Salento universiteti (Italiya), Poitiers universiteti (Fransiya), Kaliforniya shtati universiteti (AQSH), London universitet kolleji va Kardiff universiteti (Buyuk Britaniya), Universiti Utara Malaysia, Universiti Malaysia Perlis va Universiti Malaysia Terengganu (Malayziya), Aligarh musulmon universiteti va Mumbay texnologiya universiteti (Hindiston), Charles universiteti (Chexiya), Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti, Auezov Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti va L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti (Qozog‘iston), shuningdek, Gedik universiteti, Istanbul universiteti va Ege universiteti (Turkiya) kiradi. Universitet ushbu hamkorliklar doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, hamda ikki diplomli ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, global integratsiyalashgan akademik muhitni shakllantirmoqda. Masalan, TerDU Jiangsu universiteti (Xitoy), Vladimir davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) va Polotsk davlat universiteti (Belarus) bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan.
Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Termiz davlat universitetida yetuk yutuqlarga erishgan talabalar tahsil olishgan va olishmoqda. Universitet talabalari xalqaro va respublikaning turli xil fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yutuqli o'rinlarni egallashmoqda. Akademik mobillik bo'yicha Germaniya, AQSH, Slovakiya, Chexiya va boshqa davlatlar OTMlarida tahsil olishmoqda. Universitet bitiruvchilari nufuzli joylarda ishlashmoqda.
Fakultetlar
Axborot texnologiyalari fakultetida hozirda 7 ta ta’lim yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular:
5110100-Matematika va informatika
60540201-Amaliy matematika
606110100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
60610500-Kompyuter injiniringi
60610600-Dasturiy injiniringi
60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari
60112400-Professional taʼlim: axborot tizimlari va texnologiyalari
Fakultetda 3 ta kafedra mavjud ular:
Amaliy matematika kafedrasi mudiri
Kompyuter va dasturiy injiniringi
Matematik madellashtirish va kompyuter ilmlari
2020-yil Axborot texnologiyalari fakulteti tashkil qilingan.
2023-yil 26 avgustdagi universitet kengashi qarori bilan Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti nomiga o’zgartirilgan
2024-yil 30 avgustdagi universitet kuzatuv kengashi qarori bilan Axborot texnologiyalari fakulteti fakulteti nomiga o’zgartirilgan.
Xorijiy filologiya (avvalgi Chet tillar) fakulteti 1991 yilda Tarix-filologiya fakultetidan ajralib chiqqan. 2008-2015 yillarda Filologiya fakulteti tarkibida, 2017 yilda universitet tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishdan so‘ng sobiq chet tillar fakulteti Xorijiy filologiya va rus filologiyasi fakultetlariga ajralgan.
2017 yildan Xorijiy filologiya fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 4 ta bakalavriat ta`lim yo`nalishi, 2 mutaxasisilik bo`yicha magistrlar tayyorlanadi:
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili,
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili,
- 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili,
- 61010500–Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar hamda
- 70230101 – Lingvistika (ingliz tili)
-70230101 – Lingvistika (nemis tili).
Ayni paytda filologiya fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud:
- Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi;
- Roman-german tillari kafedrasi;
- Fakultetlararo chet tillar kafedrasi;
- Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi.
Termiz davlat pedagogika instituti qoshida fizika va matematika fanlaridan mutaxassis kadrlar tayyorlash 1967 yilda Tabiiy fanlar fakulteti qoshida fizika va matematika bo‘limlari ochilishi bilan boshlangan. 1971 yilda Fizika-matematika fakulteti tashkil etilagan.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:
Matematik analiz kafedrasi
Algebra va geometriya kafedrasi
Umumiy fizika kafedrasi
Nazariy fizika kafedrasi
1992-yil Iqtisodiyot mutaxassisligi geografiya mutaxassisligi bilan birlashtirilib, Iqtisodiyot-geografiya fakulteti tashkil etildi.
1993-1994 o‘quv yilida Moliya - kredit mutaxassisligi ochilib, mazkur fakultet talabalar soni ko‘paydi. 1995-yil Iqtisodiyot-geografiya fakultetidan Moliya-menejment fakulteti ajralib chiqdi. Shu yildan Iqtisodiyot fakulteti ham alohida fakultet sifatida faoliyat yurita boshladi. 2004 yil ikkita fakultet birlashtirilib, Iqtisodiyot-moliya fakulteti tashkil etildi. 2007 yil Iqtisodiyot-moliya fakultetining nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga o‘zgartirildi. 2010 yil Iqtisodiyot fakulteti deb nomlandi. 2015 yil sentabr oyidan boshlab, fakultetning nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet bo‘lib o‘zgargan. 2018 yil sentyabr oyidan boshlab fakultetning nomi Iqtisodiyot va turizm fakulteti deb atala boshlandi.
Fakultetda 5 ta kafedra mavjud ular:
Iqtisodiyot kafedrasi
Raqamli iqtisodiyot, biznes boshqaruvi va ekonometrika kafedrasi
Moliya kafedrasi
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi
“Tabiiy fanlar” fakulteti 1965 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu fakultet bazasida 1971 yilda “Fizika-matematika”, 1988 yilda “Pedagogika va psixologiya”, 1992 yilda “Iqtisodiyot”, “Ximiya”, 1995 yilda “Jismoniy madaniyat” fakultetlari ajralib chiqdi.
1996 yili “Geografiya” ta’lim yo‘nalishining qayta qo‘shilishi tufayli “Tabiiyot – geografiya”, keyinchalik Tabiiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlandi.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:
Botanika kafedrasi
Zoologiya kafedrasi
Geografiya kafedrasi
Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi
Universitetda ko‘p yillardan buyon malakali tarix mutaxassislari tayyorlanmoqda. 1967—1968 o‘quv yilidan boshlab tarix-geografiya bo‘limi tashkil etilib, talabalar soni 50 nafar bo‘lgan. 1977—1978 o‘quv yilida talabalarning soni orta borishi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti rektorining maxsus buyrug‘i bilan tarix va xorijiy tillar fakulteti tashkil qilindi.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud:
Jahon tarixi kafedrasi
O'zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi
Arxeologiya kafedrasi
Falsafa kafedrasi
2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning farmoni bilan Respublika oliy ta’lim muassasalarida San’atshunoslik fakultetlari tashkil etildi.
2021-yil sentabr oyidan Universitet rektori A.R.Maraximovning buyrug‘i asosida Miliy libos va dizayn hunarmandchilik va kulolchilik hamda san’atshunoslik fakultetlari qo‘shilib ‘‘Milliy libos va san’at’’ fakulteti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:
Musiqa ta’limi kafedrasi
Badiiy grafika va dizayn kafedrasi
Texnologik ta’lim kafedrasi
Milliy libos va kashtachilik to‘qimachilik kafedrasi
1965 yilda Termiz davlat pedagogika instituti tashkil etildi va unda dastlab jismoniy tarbiya, pedagogika va psixologiya qo‘shma kafedrasi nomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan.
1967 yildan boshlab institutda mustaqil jismoniy tarbiya kafedrasi faoliyat yurita boshlagan. 1969 yili institutda “Jismoniy tarbiya bo‘limi” ochildi.
2015 yili kafedraning nomi “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”dan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” deb nomlandi.
Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:
Sport boshqaruvi kafedrasi
Jismoniy tarbiya va sport o'yinlari kafedrasi
O‘zbek filologiyasi fakulteti 2015-yilda Filologiya fakultetidan (xorijiy filologiya, rus filologiyasi, o‘zbek filologiyasi) ajralib, alohida fakultet sifatida tashkil etilgan. Hozirda fakultetda 52 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ularning 3 nafari fan doktori, 14 nafari fan nomzodi va PhD hisoblanadi. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lsa, 16 nafari katta o‘qituvchi va 22 nafari o‘qituvchi sanaladi.
Fakultetda 3 ta kafedra mavjud. Ular:
O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Ijtimoiy fanlar fakulteti 1988-yilda Tabiiyot fakulteti tarkibidan “Pedagogika va psixologiya” nomi bilan alohida fakultet sifatida ajralib chiqdi, Ayni paytda, fakultet tarkibidagi 4 ta kafedrada 61 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 1 nafar fan doktori, professor, 20 nafari fan nomzodi, falsafa doktori PhD, 8 nafar katta o‘qituvchi, 18 nafar o‘qituvchi, 14 nafar stajyor-o‘qituvchi.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:
Psixologiya kafedrasi
Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi
Termiz davlat universitetining yangi tuzilmasiga asosan 2021 yilning 26 avgustida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetda 46 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan: 4 nafari kimyo va texnika fanlari doktorlari, professorlar, 8 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 5 nafari kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlari, 9 nafari katta o‘qituvchilar va 20 nafari o‘qituvchilardir. So‘nggi ikki yilda fakultetda 2 ta doktorlik dissertatsiyasi va 7 ta kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud ular:
- Noorganik kimyo kafedrasi
- Analitik kimyo kafedrasi
- Organik kimyo kafedrasi
- Fizikaviy kimyo kafedrasi
Termiz davlat universitetida Yuridik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2020-yilning avgust oyida tashkil etilgan.
Fakultetda jinoyat huquqi va fuqarolik jarayoni kafedrasi mavjud
Ta'lim yo'nalishlari
| Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti 702230104 | Magistr |
| Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti 70230104 | Magistr |
| Amaliy filologiya 60230700 | Bakalavr |
| Amaliy matematika 60540200 | Bakalavr |
| Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) 70540201 | Magistr |
| Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) 60210800 | Bakalavr |
| Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) 60210800 | Bakalavr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 | Bakalavr |
| Arxeologiya 70220401 | Magistr |
| Arxeologiya 60220400 | Bakalavr Magistr |
| Arxitektura 60730100 | Bakalavr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr |
| Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo‘yicha) 70730301 | Magistr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr |
| Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 | Magistr |
| Biologiya (turlari bo‘yicha) 60510100 | Bakalavr |
| Biznesni boshqarish 60410900 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 70410101 | Magistr |
| Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) 60211500 | Bakalavr |
| Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (zarbli cholgʻular) 60211500 | Bakalavr |
| Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular) 60211501 | Bakalavr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr |
| Davlat boshqaruvi huquqi 70420106 | Magistr |
| Davlat va jamiyat boshqaruvi 60420200 | Bakalavr |
| Dizayn (kostyum dizayni) 70210401 | Magistr |
| Dizayn (kostyum) 60210400 | Bakalavr |
| Dizayn (sanoat dizayni) 60210403 | Bakalavr |
| Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto 60210400 | Bakalavr |
| Dizayn: libos va gazlamalar 60210400 | Bakalavr |
| Ekologiya 70520202 | Magistr |
| Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 | Bakalavr |
| Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60710400 | Bakalavr |
| Etnografiya, etnologiya va antropologiya. 70220601 | Magistr |
| Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Nemis tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili 60230100 | Bakalavr |
| Fizika 70530501 | Magistr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr |
| Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70530501 | Magistr |
| Geografiya 60530200 | Bakalavr |
| Geografiya 70530201 | Magistr |
| Ijtimoiy ish 60920100 | Bakalavr |
| Inson resurslarini boshqarish 60411000 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 70410102 | Magistr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Jurnalistika 60320100 | Bakalavr |
| Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 | Magistr |
| Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 | Bakalavr |
| Kimyo muhandisligi 60710100 | Magistr |
| Kompyuter grafikasi va dizayn 70210402 | Bakalavr Magistr |
| Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 | Bakalavr |
| Kompyuter injiniringi 60610300 | Bakalavr |
| Kompyuter lingvistikasi 70230401 | Magistr |
| Kompyuter lingvistikasi 70230801 | Magistr |
| Kompyuter lingvistikasi 60230400 | Bakalavr |
| Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti 70610201 | Magistr |
| Konchilik ishi 60720800 | Bakalavr |
| Kutubxona axborot faoliyati 60320400 | Bakalavr |
| Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) 60320400 | Bakalavr |
| Lingvistika (ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (nemis tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (rus tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika: o'zbek tili 70230101 | Magistr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr |
| Madaniyatshunoslik 60211800 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300 | Bakalavr |
| Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 60111900 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70540101 | Magistr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Materialshunoslik 60720300 | Bakalavr |
| Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o'zbek tili 70230105 | Magistr |
| Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish 61010100 | Bakalavr |
| Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 | Bakalavr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Moliya 70410501 | Magistr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 | Bakalavr |
| Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish 70310107 | Magistr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 | Bakalavr |
| Neft va gaz kimyosi 60530200 | Bakalavr |
| Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi 70530103 | Magistr |
| Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600 | Bakalavr Magistr |
| O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili 70111601 | Bakalavr |
| Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60112400 | Bakalavr |
| Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha) 70112401 | Magistr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Psixologiya 70310301 | Magistr |
| Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100 | Magistr |
| Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik. 70230201 | Magistr |
| Qo'shma ta'lim dasturi 60610500 | Bakalavr |
| Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari 70730309 | Magistr |
| Rangtasvir (dastgohli) 60210500 | Bakalavr |
| Rangtasvir (turlari bo‘yicha) 60210500 | Bakalavr |
| Sanoat chiqindilarini tozalash (rekuperatsiya) 70710403 | Magistr |
| Soliqlar va soliqqa tortish 60410300 | Bakalavr |
| Sotsiologiya 60310400 | Bakalavr |
| Sport faoliyati 71010201 | Magistr |
| Sport faoliyati (basketbol) 61010201 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (boks) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (dzyudo) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (kurash) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (voleybol) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati: erkin kurash 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati: futbol 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati: mini futbol 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati: qo‘l to‘pi 61010213 | Bakalavr |
| Sport faoliyati: taekvondo (WTF) 61010214 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Tarix 70220301 | Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr |
| Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 60220300 | Bakalavr |
| Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 | Magistr |
| Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 | Bakalavr |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 | Bakalavr |
| Ta’lim muassasalarining boshqaruvi 70110103 | Magistr |
| Texnologik ta’lim 60111300 | Bakalavr |
| Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) 61040100 | Bakalavr |
| Tuproqshunoslik 60530700 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo'stlik 71010101 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo'stlik 71010101 | Magistr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr Magistr |
| Vokal sanʼati: estrada xonandaligi 60211400 | Bakalavr |
| Vokal san’ati (An'anaviy xonandalik) 60211400 | Bakalavr |
| Xalq ijodiyoti 60211700 | Bakalavr |
| Xalq ijodiyoti (Folklor va etnografiya) 60211900 | Bakalavr |
| Xalqaro munosabatlar 60310200 | Bakalavr |
| Yarim o‘tkazgichlar fizikasi 70530905 | Magistr |
| Yurisprudensiya 60420100 | Bakalavr |
| Yurisprudensiya: (faolioyat turlari bo'yicha) 60420100 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Termiz davlat universiteti
Dasturiy injiniring
10 338 400 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Sport faoliyati (voleybol)
8 140 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Sport faoliyati: qo‘l to‘pi
8 140 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Sport faoliyati: futbol
8 140 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
9 372 500 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik.
10 670 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
8 140 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Iqtisodiyot
14 400 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Iqtisodiyot
12 600 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Psixologiya
8 140 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
8 140 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Ijtimoiy ish
9 054 150 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Toshqulov Abduqodir Hamidovich
Kichkilov Sherxon Xamzayevich
Ahmedov O'ral Choriyevich
Normamatov Xudoyberdi Pormanovich
To'xtayev Azamat Berdimurodovich
Tog'ayev G'afur Erkin o'g'li
Abdulatif Jumazoda
Talabalar fikri
Muhammad Aref Ansari
Muslih Ahmad Shikib
Maxdis Subxonova