WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti

Toshkent shahri Nodavlat Veb-sayt

598

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

14

O'qituvchilar

2

Fakultetlar

22

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar Universiteti 2022-yil 7-yanvarda tashkil etilgan. 2030-yilga borib Universitet Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylanishni maqsad qilgan. Universitet yuqori sifatli ta’lim berish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda raqamli iqtisodiyot va agrotechnologiyalar sohasida innovatsiyalarni samarali joriy etishni ta’minlashga intiladi. Coventry University bilan hamkorlik- Yoshlar uchun jahon darajasidagi Britaniya ta’limiga kirish imkoniyatini yaratish maqsadida UDEA Coventry University (Buyuk Britaniya) bilan qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi. 2023-yil 28-aprelda UDEA va Coventry University O‘zbekistonda Coventry University diplom dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha rasmiy akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydilar. UDEA’da Coventry diplomi - UDEA’da ta’lim olib, dasturingizni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng, siz Coventry University (Buyuk Britaniya) tomonidan beriladigan, xalqaro miqyosda tan olingan diplomga ega bo‘lasiz.

Bizning maqsadimiz - Raqamli kelajakning muvaffaqiyatli yetakchilarini tayyorlashga qaratilgan sifatli ta’lim xizmatlarini taklif qilish.

Xorijiy talabalar uchun

Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar Universiteti (UDEA) xalqaro talabalar uchun qulay va qo‘llab-quvvatlovchi muhitni taqdim etadi. Universitet zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lib, u talabalarning ham akademik, ham ijtimoiy hayotini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Universitetda zamonaviy ma’ruza zallari, to‘liq jihozlangan kompyuter laboratoriyalari hamda keng qamrovli Ta’lim resurs markazi faoliyat yuritadi. Kampus hududida talabalar uchun zamonaviy Sport markazi, qulay o‘quv joylari va faol ijtimoiy maydonlar mavjud. Yashash uchun UDEA kampusga yaqin joylashgan ikkita talabalar turar joyini taklif etadi. Ushbu yotoqxonalar xalqaro talabalar uchun arzon va qulay yashash imkoniyatlarini ta’minlaydi. Talabalarning moslashuv jarayonini osonlashtirish va mazmunli talabalar tajribasini yaratish maqsadida universitet Xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘limi orqali doimiy yordam ko‘rsatadi. Mazkur professional jamoa xalqaro talabalarni o‘qish jarayoni davomida har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, talabalar psixologik maslahat xizmatlari, akademik maslahatchilar ko‘magi hamda madaniy almashinuv va shaxsiy rivojlanishga qaratilgan turli talabalar klublari va tadbirlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Xalqaro abituriyentlar uchun qabul ma’lumotlari - Xalqaro abituriyentlar qabul talablari, zarur hujjatlar ro‘yxati hamda tanlov mezonlari bilan universitetning rasmiy sahifasida tanishishlari mumkin: https://udea.uz/uz Saytda akademik talablar, til sertifikatlari, hujjat topshirish tartibi va muddatlari, shuningdek, xalqaro talabalar uchun stipendiyalar va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Viza va kelish jarayoni - Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar Universiteti xalqaro hamkorlik va internatsionallashuv jarayonlariga alohida e’tibor qaratadi. Xalqaro aloqalar bo‘limi xorijiy xodimlar va talabalar uchun zarur ko‘makni taqdim etadi.

Viza, kelish va joylashish masalalari yoki boshqa savollar yuzasidan quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin: international@udea.uz

O‘zbekiston vizasi - UDEA viza bo‘yicha ko‘mak xizmatini taqdim etadi. Viza va ro‘yxatdan o‘tish masalalarida yordam universitetning Viza va ro‘yxatdan o‘tkazish nizomi (VRR) asosida amalga oshiriladi.

Ozbekiston vizasiga qayerda murojaat qilish mumkin? - Siz Ozbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsulligi mavjud bolgan mamlakatda viza uchun ariza topshirishingiz mumkin. E’tibor bering, zarur hujjatlar va viza to‘lovlari fuqaroligingiz hamda murojaat qilayotgan mamlakatingizga qarab farq qilishi mumkin.

Aeroport orqali viza olish - Agar siz parvoz qilayotgan mamlakatda O‘zbekiston elchixonasi yoki konsulligi mavjud bo‘lmasa, vizani Toshkent xalqaro aeroportining xalqaro kelish zalida rasmiylashtirish mumkin.

Xalqaro hamkorlik

UDEA xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish maqsadida qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Coventry University bilan akademik hamkorlik - UDEA va Coventry University (Buyuk Britaniya) o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha rasmiy kelishuvga erishilgan. 2023-yil 28-aprel kuni tomonlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Coventry University diplom dasturlarini amalga oshirish yuzasidan rasmiy akademik hamkorlik kelishuvi imzolangan. Mazkur hamkorlik doirasida talabalar xalqaro standartlarga muvofiq ta’lim olish hamda belgilangan tartibda xorijiy diplomga ega bo‘lish imkoniyatiga ega.

Memorandum of Understanding (MoU) asosida hamkor tashkilotlar - UDEA quyidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari (MoU) imzolagan:

  • Széchenyi István University of Győr (Vengriya)
  • University of Debrecen (Vengriya)
  • Siberian Federal University (Rossiya Federatsiyasi)
  • Jiangsu Ocean University (Xitoy Xalq Respublikasi)
  • Technical University of Applied Sciences Würzburg-Schweinfurt (Germaniya Federativ Respublikasi)
  • Michigan State University (Amerika Qo‘shma Shtatlari)
  • Transport and Telecommunication Institute (Latviya Respublikasi)
  • Turiba University (Latviya Respublikasi)
  • POLIMI Graduate School of Management (Italiya Respublikasi)
  • Czech University of Life Sciences Prague (Chexiya Respublikasi)
  • S&N Solutions
  • Softwarica College of IT and E-commerce (Nepal)
  • International Centre for Education in Islamic Finance (Malayziya)
  • Woosong University (Koreya Respublikasi)

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari - Hamkorlik quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish va amalga oshirish;
  • talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
  • ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
  • xalqaro konferensiya, seminar va forumlar tashkil etish;
  • qo‘shma diplom (double degree) va sertifikat dasturlarini joriy etish.

Mazkur xalqaro hamkorliklar UDEA faoliyatining ochiqligi va xalqaro integratsiyasini ta’minlashga, shuningdek, ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajriba va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga xizmat qiladi.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Yutuqlar bilan isbotlangan ta’lim sifati – UDEA

 

UDEA talabalari:

Raximova Lobar — Prezident davlat stipendiyasi sohibasi,

Ozodova Feruzabonu — Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi!

Bu natijalar UDEA’da shakllantirilgan sifatli ta’lim muhiti, izchil akademik tayyorgarlik hamda talabalar salohiyatini ochishga qaratilgan puxta va uzluksiz olib borilgan ishlarning amaliy natijasidir.

Albatta, bu yutuqlar universitetimiz ustozlari va ilmiy rahbarlarning qo‘llab-quvvatlovi bilan bir qatorda, talabalarimizning o‘z mehnati va qat’iyati e’tirofidir!

 

Fakultetlar

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetining Biznes fakultetida 370 nafar talaba tahsil oladi. Mazkur fakultetda 8 ta ta’lim yo‘nalishi mavjud: • Buxgalteriya hisobi va moliya (Foundation) • Biznes (Foundation) • Raqamli texnologiyalar (Foundation) • Buxgalteriya hisobi va moliya (BSc Hons) • Marketing va jamoatchilik bilan aloqalar (BA Hons) • Biznesni boshqarish va yetakchilik (BA Hons) • Biznes uchun axborot texnologiyalari (BSc Hons) • Xalqaro moliya va bank ishi (BSc Hons) Barcha dasturlar Buyuk Britaniyaning Koventri universiteti (Coventry University) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Koventri universiteti THE (Times Higher Education) reytingi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 600 ta oliygohi qatoriga kiradi. Biznes fakultetining barcha bitiruvchilari bevosita Koventri universitetining diplomiga ega bo‘ladilar. Fakultetda turli xalqaro universitetlar ilmiy darajasiga ega bo‘lgan 10 dan ortiq professorlar faoliyat yuritadi, ulardan 2 nafari PhD ilmiy darajasi sohibidir. Bundan tashqari, fakultet tarkibida o‘z mamlakatlari nomidan ishtirok etayotgan 2 nafar xalqaro professor-o‘qituvchi ham faoliyat ko‘rsatmoqda

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti tarkibidagi Raqamli iqtisodiyot fakulteti zamonaviy iqtisodiyot, moliya va boshqaruv sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi tarkibiy bo‘linmalardan biri hisoblanadi. Fakultetda ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda amaliy tajribaga asoslangan holda tashkil etiladi. Fakultetda talabalar ikki bosqichda — bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olish imkoniyatiga ega. Ta’lim jarayonida talabalar moliya va moliyaviy texnologiyalar, bank ishi, marketing, menejment, Buxgalteriya hisobi, hamda biznesni boshqarish kabi yo‘nalishlarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydilar.

Bakalavr bosqichi yo‘nalishlari

  • 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiya
  • 60410600 – Bank ishi
  • 60410900 – Biznesni boshqarish
  • 60410800 – Menejment
  • 60411200 – Marketing
  • 60410200 – Buxgalteriya hisobi
  • 60412400– Agrobiznes va investitsion faoliyat

Ushbu yo‘nalishlar doirasida talabalar zamonaviy iqtisodiy jarayonlar, moliyaviy texnologiyalar (FinTech), bank tizimi, biznes boshqaruvi, zamonaviy buxgalteriya va marketing strategiyalari bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Magistratura bosqichi yo‘nalishlari

  • Loyiha boshqaruvi
  • Bank ishi
  • Biznesni boshqarish
  • Inson resurslarini boshqarish

Magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘z sohalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borish, zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini qo‘llash hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradilar.

Fakultet professor-o‘qituvchilari iqtisodiyot, moliya va boshqaruv sohalarida boy ilmiy va amaliy tajribaga ega mutaxassislardan iborat bo‘lib, talabalarga zamonaviy bilimlarni yetkazish bilan birga ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratadilar. Shuningdek, fakultet turli banklar, moliya institutlari, biznes tashkilotlari va korxonalar bilan hamkorlikda talabalar uchun amaliyot va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratib kelmoqda.

Raqamli iqtisodiyot fakulteti o‘z faoliyati orqali raqamli iqtisodiyot sharoitida samarali ishlay oladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan.

Ta'lim yo'nalishlari

BA(Hons) Business Management 60410900 Bakalavr
BSc (Hons) Business Data Analytics Bakalavr
Bank hisobi, auditi va nazorati 70412205 Magistr
Bank ishi 60410600 Bakalavr Magistr
Biznes Boshqaruvi va Yetakchilik Bakalavr
Biznesda axborot tizimlari 60411200 Bakalavr
Biznesni boshqarish 60410900 Magistr
Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) 70411302 Magistr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Buxgalteriya va Moliya Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Foundation Biznes Bakalavr
Foundation Buxalteriya va Moliya Bakalavr
Foundation Raqamli Texnologiyalar Bakalavr
Inson resurslarini boshqarish 60411000 Magistr
Inson resurslarini boshqarish 70411001 Magistr
International Foundation Year (IFY) – Business Management or Data Analytics Pathway Bakalavr
International Foundation Year in Sciences leading to MSci Pharmacy Bakalavr
Loyiha boshqaruvi 70411202 Magistr
Marketing 60411200 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Xalqaro Moliya va Bank Ishi Bakalavr

Talabalar fikri

Laziza Saloxirdiniva

UDEA o‘qish uchun dinamik va ilhomlantiruvchi maskandir. U kuchli akademik dasturlar bilan bir qatorda faol va jonli talabalik hayotini taklif etadi. Kampus zamonaviy va qulay bo‘lib, yaxshi jihozlangan auditoriyalar hamda talabalarga mo‘ljallangan shinam hududlarga ega, bu esa ta’lim olish va muloqot qilish uchun ajoyib muhit yaratadi. UDEA’da tahsil olish menga akademik va shaxsiy jihatdan o‘sishga yordam berdi. Yangi insonlar bilan tanishish va uydan uzoqda hayotni boshdan kechirish dunyoqarashimni kengaytirdi hamda fikrlash tarzimgа ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shahzoda Saidova

UDEA’da o‘qish hayotimdagi eng to‘g‘ri qarorlardan biri bo‘ldi. Universitet yuqori sifatli ta’lim beradi va ustozlar talabalar muvaffaqiyatiga chin dildan qiziqish bildiradilar. Darslar interaktiv va amaliy tarzda o‘tiladi, bu esa bilim va real ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. UDEA’da menga eng yoqadigan jihat — bu do‘stona va motivatsion muhitdir. Talabalar bilimga chanqoq va ochiq fikrli, bu esa o‘sish uchun ijobiy atmosfera yaratadi. Universitetdagi turli tadbir va faoliyatlar talabalik hayotini yanada qiziqarli qiladi. UDEA nafaqat akademik bilimlarimni mustahkamladi, balki o‘zimga bo‘lgan ishonchimni ham oshirdi.

Ezoza Qobiljonova

UDEA’dagi tajribam kutganimdan ham yuqori bo‘ldi. Birinchi kundanoq professorlar va talabalar tomonidan iliq kutib olindim. Ta’lim dasturlari puxta tuzilgan bo‘lib, kelajak kasbiy faoliyatimiz uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. UDEA’ni alohida qiladigan jihat — bu uning innovatsion yondashuvi va kuchli jamoaviy muhiti. Talabalar tanqidiy fikrlashga, faol qatnashishga va o‘z fikrlarini erkin bildirishga undaladi. UDEA talabasi bo‘lish meni yanada mustaqil, mas’uliyatli va maqsadga intiluvchan qildi. Men ushbu universitetning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman.