University of Economics and Pedagogy
7,142
Talabalar
0
Xorijiy talabalar
207
O'qituvchilar
4
Fakultetlar
21
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida

University of Economics and Pedagogy (NOTM)
Universitetda 4 ta fakultet mavjud: Filologiya fakulteti, Iqtisodiyot fakulteti, Boshlang‘ich ta'lim fakulteti, Maktabgacha ta'lim fakulteti. Bakalavr darajasini tugatgandan so'ng, talabalar universitet tomonidan tashkil etilgan magistraturada ilmiy faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.
Bugungi kunda talabalarning iste'dodlarini namoyon etishlari uchun universitetda Talabalar teatr studiyasi, Raqamli texnologiyalar markazi, sun'iy intellekt markazi, Kovorking zonasi tashkil etilgan. Talabalarning madaniy dam olishi uchun breyn-ringlar, musiqa festivallari, sport musobaqalari, tarixiy shaharlarga sayohatlar va yozgi lagerlar muntazam ravishda tashkil etiladi.
Universitetning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Talabalarga zamonaviy axborot-resurs markazlari, kompyuter sinflari, talabalar yotoqxonalari, oshxonalar, kafelar, ochiq va yopiq sport maydonchalari, xizmat ko'rsatadi. Universitet infratuzilmasi talabalar uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Universitet 10 ta mamlakatdan 20 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlik o'rnatgan bo'lib, ularning 15 tasi faol akademik va ilmiy hamkorlik bo'yicha ikki tomonlama shartnomalar imzolagan.
Xorijiy talabalar uchun



University of Economics and Pedagogy (NOTM) xorijlik talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratgan oliy ta'lim muassasasidir. Universitetda ta'lim olish, ilmiy faoliyatda ishtirok etish va madaniy almashinuvlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjud.
1. Xalqaro hamkorlik va talabalar almashinuvi
NOTM dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalarni qabul qilishga tayyor. Universitetda 15 dan ortiq xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud. Bu hamkorliklar orqali talabalar xalqaro tajriba orttirish, almashinuv dasturlarida ishtirok etish va turli xalqaro loyihalarda qatnashish imkoniyatiga ega. Xorijiy talabalar soni ham dastlabki yillarga qaraganda 5 barobarga ortishi kutilmoqda.
2. Ta'lim jarayoni va ilmiy faoliyat
Universitetda xorijlik talabalar uchun ingliz tilida ta'lim beriladigan dasturlar mavjud. Ta'lim jarayoni zamonaviy o‘quv metodikalari asosida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va seminarlar kabi ilmiy faoliyatlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega. Universitetda talabalar uchun turli ilmiy va madaniy klublar tashkil etilgan bo‘lib, ular o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
3. Yotoqxona va yashash sharoitlari
University of Economics and Pedagogy (NOTM)da xorijlik talabalar uchun alohida yotoqxona mavjud bo‘lib, unda zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta'minlangan keng va yorug‘ xonalar mavjud. Har bir xonada yotoq, shkaf, stol, stul, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, elektr plita, samovar va boshqa zarur jihozlar mavjud. Talabalar uchun umumiy oshxona va dam olish joylari ham taqdim etilgan. Erkaklar va ayollar uchun alohida yotoqxona mavjud bo‘lib, xavfsizlikni ta'minlash uchun xodimlar ishlaydi.
4. Ovqatlanish va kundalik ehtiyojlar
Universitet hududida talabalar uchun arzon va mazali ovqatlanish imkoniyatlari mavjud. Yotoqxonada umumiy oshxona mavjud bo‘lib, talabalar o‘zlari ovqat tayyorlashlari mumkin. Shuningdek, yaqin atrofda kafelar, restoranlar va do‘konlar mavjud bo‘lib, ular talabalar ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.
5. Viza va hujjatlar
Xorijlik talabalar uchun viza olish jarayoni soddalashtirilgan bo‘lib, universitet tomonidan barcha hujjatlar tayyorlanadi. Talabalar uchun qabul xati, taklif xati, viza qo‘llab-quvvatlash xati kabi hujjatlar taqdim etiladi. Shuningdek, talabalar uchun aeroportdan kutib olish, yashash joyiga joylashtirish va boshqa yordamlar ko‘rsatiladi.
Andijon iqtisodiyot va pedagogika universiteti xorijlik talabalar uchun ta'lim olish, ilmiy faoliyatda ishtirok etish va madaniy almashinuvlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.
Xalqaro hamkorlik



University of Economics and Pedagogy (NOTM) xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali ta’lim sifatini oshirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarning global tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi. Bugungi kunda universitet 40 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan barqaror hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar Yevropa, Osiyo, MDH va boshqa mintaqalardagi nufuzli universitetlar bilan akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar hamda grant loyihalarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro hamkorlik doirasida talabalar ikki tomonlama almashinuv dasturlarida qatnashish, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli o‘qish, malaka oshirish va amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, NOTM chet ellik professor va mutaxassislarni taklif etish orqali o‘quv jarayoniga xalqaro tajriba va metodikalarni tatbiq etmoqda.
Universitet tomonidan muntazam ravishda turli xalqaro forumlar, ilmiy-ijodiy tanlovlar va madaniy almashinuv dasturlari tashkil etilib, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar yanada mustahkamlanmoqda. Bu esa NOTMni xalqaro maydonda faol ishtirok etuvchi va raqobatbardosh ta’lim muassasasiga aylantirishga xizmat qilmoqda.
Til kurslari

Universitetda ta’lim jarayoni o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Talabalarning til kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim va mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash maqsadida turli darajadagi til kurslari tashkil etilgan. Ushbu kurslar o‘zbek, rus va ingliz tillarini chuqur o‘rganish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro sertifikatlar uchun tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan. Universitetda zamonaviy o‘quv metodikalari va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilgan til ta’limi talabalarga xorijiy hamkorlar bilan samarali muloqot qilish, xalqaro dasturlarda ishtirok etish va kelajakdagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
University of economics and pedagogy
Fakultetlar

University of Economics and Pedagogy ning Maktabgacha ta’lim fakulteti – kelajak avlod tarbiyachilarini tayyorlashda yetakchi va zamonaviy ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi. Fakultetda talabalar nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lib, maktabgacha ta’lim tizimida yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Fakultet professor-o‘qituvchilari o‘z sohasining tajribali mutaxassislari bo‘lib, talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rgatib kelmoqda. O‘quv jarayonlari bugungi kun talablariga mos ravishda tashkil etilgan bo‘lib, talabalarning ijodiy fikrlashi, tashabbuskorligi va kasbiy mahoratini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Maktabgacha ta’lim fakultetida tahsil olayotgan yoshlar turli ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib, o‘z salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Shuningdek, talabalar uchun zamonaviy auditoriyalar, axborot-resurs markazi va qulay ta’lim muhiti yaratilgan.
Fakultetning asosiy maqsadi – yuksak bilimli, vatanparvar, mas’uliyatli va raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlashdir. Shu bois bugungi kunda University of Economics and Pedagogy Maktabgacha ta’lim fakulteti nafaqat sifatli ta’lim, balki talabalarning har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berayotgan nufuzli fakultetlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Kelajak tarbiyachilari aynan shu yerda o‘z orzulariga qanot bog‘lab, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar sifatida kamol topmoqdalar.

University of Economics and Pedagogy ning Boshlang‘ich ta’lim fakulteti – kelajak avlodning ilk ustozlarini tayyorlaydigan, zamonaviy bilim va yuksak pedagogik mahorat maskanidir. Fakultet o‘zining innovatsion ta’lim muhiti, malakali professor-o‘qituvchilari va talabalarga yaratilgan keng imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi.
Boshlang‘ich ta’lim fakultetida tahsil olayotgan talabalar nafaqat fan asoslarini chuqur o‘rganadilar, balki yosh avlod qalbiga yo‘l topa oladigan, zamon talablariga mos pedagog sifatida shakllanadilar. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar va xalqaro tajribalar keng qo‘llanilib, har bir talabaning kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Fakultetda nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlangan bo‘lib, talabalar maktablarda pedagogik amaliyot o‘tash orqali haqiqiy ustozlik faoliyatiga tayyorlanadilar. Bu esa ularning kelgusidagi mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga mustahkam zamin yaratadi.
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari turli ilmiy anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida faol ishtirok etib, nafaqat bilim, balki liderlik va tashabbuskorlik fazilatlarini ham rivojlantirib bormoqdalar. Fakultetda yaratilgan qulay ta’lim muhiti, zamonaviy auditoriyalar va boy axborot-resurs bazasi yoshlarning har tomonlama kamol topishiga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda University of Economics and Pedagogy Boshlang‘ich ta’lim fakulteti sifatli ta’lim, yuksak ma’naviyat va professional tayyorgarlikni o‘zida mujassam etgan nufuzli fakultetlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu yerda tahsil olayotgan yoshlar ertangi kunning fidoyi, bilimdon va zamonaviy ustozlari bo‘lib voyaga yetmoqda.
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti – buyuk kelajak poydevorini yaratuvchi ustozlar maktabi, ezgulik, bilim va taraqqiyot sari yetaklovchi maskandir.
Andijon Iqtisodiyot va Pedagogika Universitetining Iqtisodiyot fakulteti – mintaqada iqtisodiy bilimlar, tadbirkorlik va moliyaviy boshqaruv bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi ta’lim markazlaridan biridir. Fakultet zamonaviy iqtisodiy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va analitik tafakkurni shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi bilan ajralib turadi.
🔹 Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar
Fakultetda quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi:
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- Buxgalteriya hisobi va audit
🔹 O‘quv jarayoni
-
O‘quv dasturlari zamonaviy talablarga javob beradi va amaliyotga yo‘naltirilgan.
-
Tajribali professor-o‘qituvchilar tarkibi.
-
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari, biznes loyihalar va iqtisodiy tahlil ishlarida faol ishtirok etadilar.
-
Interaktiv darslar, seminarlar, treninglar va iqtisodiy laboratoriyalar mavjud.
🔹 Amaliyot va hamkorlik
-
Banklar, sug‘urta kompaniyalari, moliya tashkilotlari va sanoat korxonalari bilan hamkorlik mavjud.
-
Talabalar ishlab chiqarish amaliyotini real ish joylarida o‘taydi.
-
Mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda loyiha va grantlarda ishtirok etish imkoniyati mavjud.
🔹 Xalqaro aloqalar
-
Ingliz tilida olib boriladigan ayrim kurslar mavjud.
-
Iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, forumlar va vebinarlar muntazam o‘tkaziladi.

Andijon Iqtisodiyot va Pedagogika Universitetining Filologiya fakulteti – til va adabiyot sohasida chuqur bilimga ega, raqobatbardosh, zamonaviy fikrlovchi mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan muhim ilmiy-ma’rifiy markazlardan biridir. Fakultet o‘z faoliyatida milliy va jahon adabiyoti, lingvistika, tarjimashunoslik, va xorijiy tillar bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’limni amalga oshiradi.
🔹 Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar
Filologiya fakultetida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
-
O‘zbek tili va adabiyoti
-
Rus tili va adabiyoti
-
Ingliz tili va adabiyoti
🔹 Ta’lim jarayoni
-
Darslar innovatsion yondashuvlar, interaktiv usullar va AKT asosida olib boriladi.
-
Professor-o‘qituvchilar tarkibi malakali va xorijiy tajribaga ega mutaxassislardan iborat.
-
Talabalar amaliy mashg‘ulotlarda, adabiy tanqidiy tahlil, tarjima amaliyoti va til laboratoriyalarida ishtirok etadilar.
🔹 Madaniy va ilmiy faoliyat
-
Fakultetda muntazam ravishda adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar va olimpiadalar tashkil etiladi.
-
Talabalar ilmiy maqolalar yozish, xalqaro adabiyot va tarjima tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.
-
"Yosh filolog", "Til va madaniyat", "Tarjimonlar klubi" kabi to‘garaklar faoliyat yuritadi.
🔹 Xalqaro aloqalar
-
Fakultet xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda.
-
Ingliz va rus tillarida olib boriladigan kurslar mavjud.
-
Chet ellik talaba va o‘qituvchilar ishtirokidagi madaniy va ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ta'lim yo'nalishlari
| Boshlang'ich ta'lim 60110400 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 70410201 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi va audit 52309000 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 | Bakalavr |
| Ona tili va adabiyot : o'zbek tili 60110800 | Bakalavr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 60110700 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
University of Economics and Pedagogy
Ona tili va adabiyot : o'zbek tili
15 252 000 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
15 252 000 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
15 252 000 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
O‘zbek tili va adabiyoti
15 252 000 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
Maktabgacha ta’lim
13 981 000 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
Buxgalteriya hisobi
15 887 500 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
15 887 500 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
Iqtisodiyot
15 887 500 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
Iqtisodiyot
15 887 500 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
Buxgalteriya hisobi va audit
15 887 500 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
Boshlang‘ich ta’lim
13 981 000 so'm
yiliga
University of Economics and Pedagogy
Maktabgacha ta’lim
13 981 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Maxmudova O‘g‘iloyposhsha SHukrullo qizi
Jamolitdinova Risolatbonu Xasanboy qizi
Darmonova Dilxavas kamoljon qizi
Talabalar fikri
Toshmatova Ro'zaxon Iqboliddin qizi
Мирабдуллаев Иззатилло Исроилжон ўғли
Tojiboyeva Ruxshona Otabek qizi
Maksimova Umidaxon Dildarovna