14 SentabrSentabrSentabr 2026
29 ko'rishlar
XORIJDA ISTIQOMAT QILAYOTGAN YOSH VATANDOSHLAR UCHUN DAVLAT GRANTI!
Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat oliy ta’lim tashkilotlarining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 30 ta davlat granti asosidagi qabul o‘rinlari ajratildi.
📚 Yo‘nalishlar:
“O‘zbek tili va adabiyoti”, “Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili”, “Tarix”, san’at ta’limi sohasidagi bakalavriat yo‘nalishlari, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” hamda “Musiqa ta’limi”.
⏺ Qabul davlat granti asosida amalga oshiriladi
⏺ Talabgor xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandosh bo‘lishi lozim
⏺ Pasport yoki ID-karta nusxasi hamda tegishli hujjatlar taqdim etiladi
⏺ Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 17-sentabrga qadar
📞 Ma’lumot uchun: +998 90 182 11 58